Kurs ishi mavzu: Global inqirozlarning ishchi kuchi migratsiyasiga ta’siri. Bajardi: Oxunov. J tekshirdi: Israilov. Z andijon 2023


Download 426.08 Kb.
bet1/10
Sana08.03.2023
Hajmi426.08 Kb.
#1252458
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Olimov Shoyadbek



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM , FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI


ANDIJON MASHINASOZLIK INSTITUTI

IQTISODIYOT” KAFEDRASI


Global iqtisodiy rivojlanish” fanidan




KURS ISHI
Mavzu: Global inqirozlarning ishchi kuchi migratsiyasiga ta’siri.


Bajardi: Oxunov.J
Tekshirdi: Israilov.Z


Andijon 2023


Mavzu: Global inqirozlarning ishchi kuchi migratsiyasiga ta’siri.


M U N D A R I J A
Kirish
  1. Transmilliy korporatsiyalarning vujudaga kelishi omillari va ularning nazariy tushunchalari, modellari.




2. O’zbekiston sharoitda mavjud mehnat migratsiyasi, sabab va oqibatlari.


3. Mehnat migratsiyasi va uning salbiy oqibatlarini bartaraf etish yo’llari.



Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.


Kirish

Jahon xoʻjaligi rivojlanib, mamlakatlararo integratsion aloqalar kuchayib borgan sayin, mehnat migratsiyasi ham tobora intensivlashib bormoqda. Rivojlangan mamlakatlar va iqtisodiy qoloq mamlakatlar oʻrtasidagi farqlarning uzluksiz chuqurlashib borayotgani ham ushbu jarayonlarni jadallashtirishga kuchli taʼsir koʻrsatmoqda. Chunki mehnat migratsiyasi kishilik jamiyati taraqqiyotining hozirgi bosqichida migratsiyaning oʻziga munosib ish va yuqori daromad topish maqsadida amalga oshirilgan alohida turi boʻlib, iqtisodiyoti ogʻir ahvolda boʻlgan kam rivojlangan mamlakatlarda bandlik va ish haqinig oʻtkir muammolarini hal etishning asosiy vositalaridan biriga aylandi. Tabiiyki, siyosiy mustaqillikka erishgan, lekin ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotda oʻtmishdan qolgan merosning ogʻir muammolarini uzil-kesil hal etish zaruratiga duch kelgan Markaziy Osiyo davlatlari ham mehnat migratsiyasi jarayonlaridan chetda qolish imkonini topolmadi. Mehnat muhojirlari Markaziy Osiyoning xorijdagi aholisining salmoqli qismini tashkil qiladi. Ilgari muhojirlarning asosiy oqimi Rossiyada ishlagan bo’lsa, so‘nggi besh yil ichida mehnat migratsiyasi geografiyasi tubdan o‘zgarib bormoqda.




  1. Global inqirozning mamlakatlar iqtisodiyotlariga va aholi daromadlariga, ishchi kuchi migratsiyasiga salbiy ta’siri

Bizning tahlillarimiz shundan dalolat beradiki rivojlanayotgan kichik mamlakatlar, jumladan, O‘zbekiston iqtisodiyoti 5 yoki 6 oyda iqtisodiy yo‘qotishlarni qoplab bu yilgi YaIM ning o‘sish sur’ati 1,2 – 1,5 foiz atrofida va keyingi yili 7,0 - 7,2 foizga ko‘tariladi.



2019 yil oxirida Xitoy Xalq Respublikasining Uxan shahrida paydo bo‘lgan koronovirus pandemiyasining jahon miqyosida keng tarqalishi natijasida global inqiroz vujudga keldi. Bu jahon inqirozlaridan turli jihatlari bilan farq qiladigan bo‘lib, uning iqtisodiyotga salbiy ta’siri juda kuchli bo‘lmoqda. Iqtisodiy tilda aytadigan bo‘lsak, bu pandemiya yalpi talab (AD) va yalpi taklifga (AS), makroiqtisodiy barqarorlikka tashqi “zarba” (external shock) bo‘lib oldingi iqtisodiy inqirozlardan ko‘lami va zarari jihatidan katta farq qiladi.
Bu inqiroz dunyoning 185 mamlakatida birdaniga ro‘y berdi. Yalpi taklif va yalpi talabga bir vaqtning o‘zida ta’sirini ko‘rsatdi. Rivojlanib kelayotgan ochiq global iqtisodiyot va milliy iqtisodiyotlarni bir necha oyga yopiq shaklga aylantirdi. Koronovirus pandemiyasining jahon va mintaqaviy iqtisodiyotlarga salbiy ta’sirini aniqlash va uni yumshatish bo‘yicha jahon iqtisodiy adabiyotlarida kam tajriba to‘plangan va mavzu tizimli tadqiq etilmagan. Ushbu maqolaning maqsadi koronovirus pandemiyasining jahon va mintaqaviy malakatlarga tarqalish oqibatlarini aniqlash bo‘yicha qisman o‘rganish va respublikamizda uning oqibatlarini yumshatishga qaratilgan chora – tadbirlarning samaradorligini prognoz qilishga qaratildi.

Download 426.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling