Tadqiqotlar natijasi shundan dalolat beradiki koronovirus pandemiyasi boshlanganga qadar jahon iqtisodiyoti va milliy iqtisodiyotlarda ijobiy siljishlar, barqaror rivojlanish alomatlari kuzatilgan. Oxirgi yillarda jahon iqtisodiyotida iqtisodiy o‘sishning sur’ati o‘rtacha 3 foiz atrofida bo‘lsa uning yuqori sur’atlari Xitoy, Tojikiston, Armaniston va O‘zbekistonda, past sur’atlari AQSh, Buyuk Britaniya, Rossiya Federatsiyasida kuzatilgan. Jahon iqtisodiyotining yalpi daromadi 2019 yilda 84,5 trillion AQSh dollarni, shu jumladan 20,6 AQSh dollari (ulushi 24,4 foiz), Xitoy Xalq Respublikasi 13,1 (ulushi 15,6%), Germaniya 3,9 (4,6%), Buyuk Britaniya 2,8 (3,3%), Rossiya va Janubiy Koreya 1,5 (1,9%) trillion dollarni tashkil etdi (1- jadval va 1-rasm).
Rasm -1. Jahon iqtisodiyoti va O‘zbekiston bilan hamkor mamlakatlardagi iqtisodiy o‘sish sur’atlari dinamikasi
Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2020 yil 24 yanvardagi O‘zbekiston Respublikasi Parlamentiga Murojaatnomasi hamda mamlakatimizni 2017 – 2021 yillarda yanada rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirish Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni bajarishga qaratilgan joriy yilni “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” deb atalgani va Davlat dasturining qabul qilinishi, barqaror iqtisodiy rivojlanish, xalq farovonligini oshirishda muhim dasturamal bo‘lib xizmat qiladi.
1 - Jadval. Jahon iqtisodiyoti va O‘zbekiston bilan iqtisodiy hamkor mamlakatlardagi 2018 yildagi holat
Mamlakatlar
|
Maydoni,ming kv.km
|
Aholi soni (mln. kishi)
|
YaMM (mlrd.dol)
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |