Kurs ishi mavzu: grammatik va imlo o’rgatish jarayonida muammoli ta’lim elementlaridan foydalanish chirchiq – 2022
Download 155.41 Kb.
|
farhod 19-22 slayd
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Ona tili o‘qitish nazariyai”
- 2-bob.Grammatik va imlo o‘rgatish jarayonida muammoli ta’lim elementlarini qo‘llash amaliyoti tahlili.
- Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar К I R I SH
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA О‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI CHIRCHIQ DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI “Boshlang‘ich ta’lim” fakulteti 5111700 – “Boshlang‘ich ta’limva sport tarbiyaviyish ” yо‘nalishi 19-22-guruh talabasi Salimov Farhodning “Ona tili o‘qitish nazariyai” fanidan KURS ISHI MAVZU: GRAMMATIK VA IMLO O’RGATISH JARAYONIDA MUAMMOLI TA’LIM ELEMENTLARIDAN FOYDALANISH CHIRCHIQ – 2022 Kirish 1-bob. Muammoli ta’limning nazariy asoslari 1.1. Muammoli ta’limning ilmiy-pedagogik asoslari 1.2.Yangi pedagogik texnologiyalarning asosiy xususiyatlari 2-bob.Grammatik va imlo o‘rgatish jarayonida muammoli ta’lim elementlarini qo‘llash amaliyoti tahlili. 2.1. Grammatik va imlo o‘rgatish jarayonida muammoli ta’lim elementlarini qo‘llash usullari tahlili 2.2.Muammoli ta’lim natijasida o‘quvchilar bilimining shakllanish darajasi tahlili 2.3.Ona tili darslarida muammoli ta’limni qo‘llash tajribalari Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar К I R I SH Boshlang‘ich ta’lim konsepsiyasida ta’kidlanganidek, "Bugungi kunda o‘zida ta’lim va tarbiya elementlarini mujassamlashtirgan boshlang‘ich ta’lim jarayonini tashkil etish dolzarb vazifalardan biridir”Boshlang‘ich ta’lim jarayonida ona tili ta’limining ahamiyati beqiyos. O‘zbekiston Respublikasi Davlat ta’lim standartida uqtirilishicha, "ona tili ta’limiga o‘quv fani emas, balki, butun ta’lim tizimini uyushtiruvchi ta’lim jarayoni sifatida qaraladi. Bu jarayon hozirgi kun talabiga javob bermasa, boshqa fanlar ta’limiga ham putur yetishi mumkin. Hozirgi kun talabi esa – o‘quv jarayonini mukammal isloh qilish, o‘quvchi imkoniyatini ro‘yobga chiqarish, ta’lim samaradorligini muttasil oshirib borishdir. Bunda, so‘zsiz, ta’limning yangi, zamonaviy texnologiyasiga suyanish kutilgan natijani berishi muqarrardir ". Ma’lumki, ona tili maktabda o‘quvchining kamol topishida, fikrlash darajasining o‘sishida, bilim va mehnatga xavasini uyg‘otishda, ilmiy tushunchalarini, nutqiy malakalarini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Ona tilidan olib boriladigan barcha mashg‘ulotlar tizimi shunday qurilishi lozimki, bu tizim o‘quvchilarda ona tiliga muhabbat, o‘z yurtiga, xalqiga mehr, Vataniga cheksiz hurmat va sadoqatni o‘stirishi zarur. Maktabda o‘qitiladigan ona tili fani shunchaki fonetik va grammatik tushunchalarni bir yoqlama shakllantirish vazifasini bajarmaydi, balki o‘quvchilarni badiiy til vositalari bilan ta’minlashi, ularda go‘zal nutq madaniyatini tarbiyalashi, fikr mulohazalarini ifodali bayon etishga o‘rgatib borishi lozim. O‘quvchilar har bir ilmiy-nazariy tushunchani amalda qo‘llay olishlari uchun ona tili mashg‘ulotlarida optimal mashqlar tizimi qo‘llanib borilishi shart. Bunda, albatta, an’anaviy usullardan yangicha zamonaviy, ilg‘or pedagogik texnologiya shakllariga o‘tib ishlash davri keldi. Jumladan, muammoli ta’lim usulining elementar shakllarini qo‘llashga e’tibor berish ham zamonaviy texnologiya tarkibiga kiradi. Biz ilmiy tadqiqotimizda ana shu masala bo‘yicha fikrlar bildiramiz. Download 155.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling