I. FANNING MAZMUNI
Fanni o’qitishdan maqsad – magistrlarga Vatanimiz tarixini eng qadimgi davrlaridan to o’rta asrlargacha bo’lgan bosqichda rivojlanib borish jarayonlarini, muhim ijtimoiy, iqtisodiy, mafkuraviy va etno-madaniy hayotga doir tafsilotlarini moddiy manba materiallari asosida talabalarga tushuncha berish, Ona Vatan va uning xalqiga mehr-muhabbat, istiqlol g’oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash va yosh avlod dunyo qarashida bu tuyg’ularni shakllantirishdan iborat.
Fanning vazifasi – O’zbek xalqi qadimgi va o’rta asrlar davri tarixini moddiy manba ob’yektlari-arxeologik yodgorliklar: g’or va ung’urlar, ko’l va daryo irmoqlari bo’yida qad ko’targan ibtidoiy jamoa maskan va manzilgohlari, qadimgi qishloq va shahar harobalari, mozor-qo’rg’on va ibodatxona qoldiqlarida arxeologik qazishmalar o’tkazish jarayonida to’plangan boy ashyoviy dalillar va ularning ilmiy tahlili asosida ajdodlarimizning madaniy merosi va mafkuraviy dunyosi hakida talabalarga chuqur bilim berishlikdan iborat.
II. ASOSIY NAZARIY QISM (MA’RUZA MASHG‘ULOTLARI)
II.1. Fan tarkibiga quyidagi mavzular kiradi:
1-mavzu: Arxeologiyaning dolzarb muammolari kursining maqsadi, vazifalari va muammolari.
Arxeologik ob’yektlar va ularning birlamchi manba sifatida tarix fanida tutgan o’rni. O’rta Osiyo qadimgi va o’rta asrlar davri tarixini davrlashtirish. O’zbekiston respublikasida O’rta Osiyo xalqlari qadimgi va o’rta asrlar davri tarixining arxeologik manbalar asosida o’rganishlikning nazariy va ilmiy-metodologik asoslari..
2-mavzu: O’zbekiston tarixini davrlashtirishning prinsiplari va yangicha qarashlar.
Kishilik madaniyati tarixining bosqichlari: yovvoyilik, varvarlik va tsivilizatsiya. Sho’rolar davri tarix fanida 5ta ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyalar yagona metodologik asos ekanligi. Mustaqillik yillarida tarix fani.
3-mavzu: Odamning paydo bo’lishi muammosi va uning yechimi masalasida yangicha yondashuvlar.
Odamning paydo bo’lishi haqida fan va din. Odamning paydo bo’lishi haqida arxeologik va paleoantropologik materiallar. Zinjantrop, Pitekantrop, Sinantrop, Neandertallar va ularning mehnat qurollari.Odamning paydo bo’lishi haqida politsentrik va monotsentrik nazariyalar.
4-mavzu: O’zbekiston hududi eng qadimgi ajdodlar vatani va «Fergantrop» masalasi.
O’zbekistonda paleolit davri yodgorliklari . Selungurda olib borilgan arxeologik qazishmalar. Selungur mehnat qurollari va ularning arxaik qiyofasi. Selungurda topilgan ilk ajdodlar suyak qoldiqlari. «Neandertal» topilmalari .
|