Kurs ishi mavzu: Hindiston iqtisodiyotida iqtisodiy o’sish muammolari


YaIM bo’yich yetuk davlatlar darajasi


Download 0.62 Mb.
bet3/7
Sana05.04.2023
Hajmi0.62 Mb.
#1276516
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Barchinoy

YaIM bo’yich yetuk davlatlar darajasi
Shunga qaramasdan, har yili barqaror 7 foizdan o‘sib borayotgan iqtisodiy rivojlanish temir yo‘l qatnovi jadvalidan ko‘ra ishonchli va mustahkam ekanini isbotlamoqda. Masalan, o‘tgan yigirma yil ichida Hindiston YaIM 2 baravar o‘sdi. Biroq aholi o‘rtasida qashshoqlik va ishsizlik ham kun sayin ortib bormoqda. Va qachonlardir hindlarning rivojlanishi Xitoy ekspress poyezdining changida qolib ketgani ham haqiqat edi.
2017 yilda iqtisodiyoti deyarli sekin harakatlangan Hindiston endilikda bu borada reaktiv tezlikka erishmoqda. Dekabrdan keyingi 3 oyda o‘tgan yilning mos davriga qaraganda 7,2 foiz o‘sish ko‘rsatkichiga ega bo‘lgan hind iqtisodiyoti Xitoyni (6,8 foiz) ortda qoldirdi. Ya'ni Hindiston dunyoning eng tez rivojlanayotgan katta iqtisodiyoti maqomiga yana erishdi. 2018 yilning keyingi choraklari ham shunga yaqin natijalar bilan yakunlanishi prognozlashtirilmoqda.
Narendra Modi tarafdorlari o‘tgan 4 yil ichida mamlakatda o‘tkazilgan tuzilmaviy islohotlarni to‘liq qo‘llab-quvvatlaydi. Gap shundaki, Hindiston siyosiy aralashuvlar davridan chiqib, haqiqiy bozor iqtisodiyotiga qayta murojaat etmoqda. 2016 yil oxirida o‘tkazilgan «demonetizatsiya» jarayoni mos davrning birinchi yarim yilligida iqtisodiyotdagi o‘sishni 5,7 foizgacha tushib ketishiga sabab bo‘ldi. Yangi banknotalar muomalaga chiqarildi, iyulda hayot normal holatga kelgandek bo‘ldi, biroq yangi mahsulot va xizmatlar solig‘i yuzlab mahalliy va umumdavlat soliqlari o‘rnini egalladi, yuz berayotgan jarayon yana bir bor iqtisodiyotni chalkashliklarga solib qo‘ydi.
Hindistonni yagona bozorga aylantiradigan soliqni tiklash, oxir-oqibat o‘sish sur'atlarini oshib borishiga imkon yaratdi. Tahlilchilar kelgusi yaqin yillarda Hindiston iqtisodiy portlashni boshdan kechirishini taxmin qilmoqda. Yangi iqtisodiy silkinishlar yuz bermasa, amaldagi hukumat 2019 yilgi saylovlarga xotirjam kirib borsa ham bo‘ladi. Mehnat bozorida har oyda 1 millionga yaqin ishsiz kishilar qo‘shilmoqda, iqtisodiyot o‘sish sur'ati esa 7 foiz atrofida, 100 000 kishi uchun yaratilgan ishchi o‘rniga 20 million odam da'vo qilmoqda. 15-29 yoshdagi aholining 1/3 qismi ishlamaydi, o‘qimaydi yoki biron xizmat bilan band emas. O‘zbekcha qilib tushuntirganda, Hindistonning uyushmagan yoshlari shuncha kishini tashkil etadi.
Shunga qaramasdan, Xitoy modelida rivojlanish yo‘liga o‘tib olgan Hindistonda tadbirkorlik bilan shug‘ullanish, xorijiy sarmoyani olib kirish tartibi ancha soddalashtirilgan. Ammo sanoatni yuritish uchun muhim bo‘lgan komponentlar, jumladan, temirdan tortib to ko‘mir, bank ishi yoxud plastik ishlab chiqarish ham qisman davlat nazoratiga olingan. Ayrim soha vakillari xorijiy sarmoyalarni jalb etish bo‘yicha harakatlarni boshlagan - banklar tez orada katta kredit liniyalarni ochishi murakkab vazifaga aylanishi mumkin. Noqonuniy yoki qonundan tashqari aylanayotgan kreditlarning umumiy bozordagi ulushi 70 foizdan ortiq davlat qarz beruvchi byurolarining 1/5 ga teng. Hindistonning rivojlanishiga katta turtki bo‘lgan omil - jahon iqtisodiyoti, ochiq va erkin savdo iqlimi bo‘ldi. Ikkinchi holat esa o‘zgarib bormoqda. Chunki hind AT kompaniyalari AQShning ilmiy-texnikaviy sohada tutgan davlat siyosatiga qarshi turish uchun yangi boj tariflarini joriy etishni yoqlab ovoz bermoqda. Hindiston ochiq va erkin savdo iqlimidan qisman voz kechib, elektrotexnika vositalariga davlat bojini sezilarli darajada oshirishi kutilmoqda. Hindiston ana shunday mamlakat: u bir vaqtning o‘zida umidlarni so‘ndirib, birdan g‘ayratni oshiradi. Eng muhimi, poyezd uzoq yursa ham, cheksiz yo‘lovchini manzilga eltib boradi.
Hindiston shaharlarida kundan-kunga gullab-yashnayotgan o‘rta sinf shakllanmoqda va ular axborot texnologiyasi sohasida katta yutuqlarni qo‘lga kiritdi. Hozirda mamlakat o‘z sun’iy yo‘ldoshlarini fazoga uchirish bilan birga Oyni ham zabt etish rejasi mavjud. 2014 yili hukumat tepasiga kelgan Bosh vazir Narendra Modi aholi kambag‘al qatlamining hayotini yaxshilash va iqtisodiy islohotlarni davom ettirishni o‘zining asosiy vazifasi ekanini e’lon qilgandi.
Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, iqtisodiy taraqqiyotning rivojlanishi va aholi turmush darajasining ko‘tarilishi nuqtai nazaridan Hindiston ancha tezkor ildamlamoqda. Xususan, 2017 yilning birinchi yarmidan mamlakatdagi narx-navo ham jiddiy suratlarda pasayib borganligi qayd etildi. Bu 2016 yilning noyabrida mamlakat Bosh vaziri Narendra Modi tomonidan amalga oshirilgan valyuta siyosati natijasida muomaladagi ikki turdagi banknotalarning bekor qilingani bilan bog‘liq. Xalqaro valyuta jamg‘armasi 2020 yil moliyaviy ko‘rsatgichlari bo‘yicha Hindiston Xitoydan kamida 7,4 foizga o‘zib ketishini taxmin qilmoqda. Buning sabablaridan biri sifatida Hindistondagi 100 milliondan ortiq kichik firmalarning muvaffaqiyatli ishlab turgani keltirilmoqda. Yana bir qiziq ma’lumot. 2017 yilda Hindiston Fransiyani quvib o‘tib, yalpi ichki mahsulot ishlab chiqarish hajmi bo‘yicha dunyo mamlakatlari ro‘yxatida oltinchi o‘rinni egalladi.

Hozirgi paytga kelib, u dunyoning kattaligi bo‘yicha beshinchi iqtisodiyoti (2.94 trillion dollar). 2024 yilga borib ko‘rsatkichni 5 trillion AQSh dollariga yetkazish niyatida. YAIM o‘sishi 5 foizni tashkil etgani holda uning o‘sishi 6-6.5 foizga yetishi kutilmoqda.2014-2019 yillarda 284 mlrd. dollarlik to‘g‘ridan-to‘g‘ri sarmoyalar jalb etildi, bu esa so‘nggi besh yilda bu boradagi o‘sish 190 milliard dollarga yetganligini ko‘rsatadi. 2019 yil dekabr holatiga ko‘ra, xorijiy valyutadagi zahira 457.5 milliard dollarni tashkil etdi. Jahon bankining biznes yuritishning yengilligi borasidagi indeksi bo‘yicha 2014 yilgi 142 pozisiyadan 2019 yilda 63 o‘ringa ko‘tarildi. Milliy infratuzilmalarni taraqqiy ettirish rejasi joriy etgan bo‘lib, uning maqsadi odamlarning turmush sharoitini yaxshilashdir. Kelasi besh yil ichida infratuzilmalarga 1.4 trillion dollar sarflash ko‘zda tutilgan. “Udaan” dasturini qo‘llab-quvvatlash uchun 2024 yilga borib yana 100 ta aeroport qurish kutilmoqda. Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish rasmiy Dehli oldida turgan ustuvor vazifalardan. Bu maqsadlar yo‘lida 3.1 milliard dollar ajratildi. Xorijlik sarmoyadorlar uchun ayrim davlat obligasiyalari ta’sis etildi. Ta’lim sektoriga 99 milliard dollar ajratildi: tez orada ta’lim sohasida yangi siyosat e’lon qilinadi. 20201 yil martiga kelib 150 ta oliy ta’lim dargohi diplom berish yo‘li bilan kurslarda professional tayyorgarlik jarayonini boshlaydi. Ta’lim tarmog‘i uchun tashqi tijoriy zayomlar va bevosita xorijiy sarmoyalarga ruxsat beriladigan bo‘ldi.Hindistonda ta’lim olish doirasida Osiyo va Afrika mamlakatlari uchun “Ind-SAT” dasturi tasdiqlandi. Endi sanoatning yangi istiqbolli tarmoqlari – analitika, elektronika, robototexnika, bioinformatika va sun’iy intellekt sohasida kadrlar tayyorlanadi. Ko‘nikmalarni rivojlantirish dasturlariga 420 mlrd. dollar ajratilishi nazarda tutilgan, bunda tibbiyot hamshiralari, feldsher va xorijda bemorlarga qaraydiganlar layoqatini oshirish maqsadida maxsus kurslar tashkil etiladi.

2022-yilda jahon iqtisodiyoti sekinlashdi. Uzoq muddatda global iqtisodiyot o‘sadi va Hindiston yetakchilardan biriga aylanishi mumkin. Kelgusi 15 yil ichida Hindiston yalpi ichki mahsuloti uch baravar o'shishi kutilmoqda va 2030-yilga kelib mamlakat dunyoning uchinchi yirik iqtisodiyotiga aylanadi. Hindistonlik milliarder Gautam Adani aytganidek, “Hindistonning o‘sish haqidagi haqiqiy hikoyasi endi boshlanmoqda”. Uning prognozlariga ko‘ra, 2050-yilga borib Hindiston 100 foiz savodxonlik darajasi va dunyodagi eng katta o‘rta sinfga ega qashshoqlikdan xoli mamlakatga aylanadi. Hindistonlik milliarder Gautam Adani — portlar, aeroportlar, yashil energiya, sement, ma’lumotlar markazlari va boshqalarga aloqador Adani Group kompaniyasiga egalik qiladi.


Yaqinda 1988-yilda oddiy tovar savdosi bilan shug‘ullangan 60 yoshli magnat Jeff Bezos, Bernard Arno va Bill Geytsni ortda qoldirib, 146,9 milliard dollarlik boyligi bilan dunyoning ikkinchi eng boy odamiga aylandi. 26-27-sentabr kunlari Singapurda bo‘lib o‘tgan 20-Forbes Global CEO Conference konferensiyasida so‘zga chiqqan Adani, 2030-yilga borib Hindiston 3 trillion dollarlik iqtisoddan 30 trillion dollarlik iqtisodga ega mamlakatga aylanishini aytdi. Taqqoslash uchun, bu AQSH, Yaponiya va Italiyaning yillik yalpi ichki mahsuloti (YaIM) yig‘indisidir. Yoki Xitoy, Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya va Kanadaning birgalikda ishlab chiqarilishi.
Hindistonning porloq kelajagi borligiga ko‘pchilik shubha qilmaydi. Yaqinda o‘tkazilgan Jahon iqtisodiy forumida (WEF) ta’kidlanishicha, 10 yil avval Hindiston YaIM bo'yicha 11-o‘rinni egallagan. Endi Hindiston yalpi ichki mahsuloti yiliga 7 foizga o‘sib borayotgani sababli, WEF Xalqaro valyuta foni ma’lumotlariga asoslanib, mamlakat dunyoda beshinchi o‘rinni egallab, Buyuk Britaniyani ortda qoldirganini da’vo qilmoqda. Bundan tashqari, Hindiston o‘ziga xos IT boom’ni boshdan kechirmoqda va Yaponiya kabi iqtisodiy jihatdan ancha rivojlangan mamlakatlarni ortda qoldirmoqda. S&P Global va Morgan Stanley Hindiston Yaponiya va Germaniyani ortda qoldirib, dunyodagi uchinchi yirik iqtisodiyotga aylanishini taxmin qilmoqda. Bu haqda CNBC xabar bermoqda.

S&P Global o‘z bayonotida Hindistonning nominal yillik YIM quvvati 2030-yilga borib 6,3 foiz darajasida qolishini taxmin qilmoqda. Morgan Stanley 2031-yilga kelib Hindiston yalpi ichki mahsuloti hozirgi darajasidan ikki baravar ko‘proq oshadi, deb hisoblaydi. Morgan Stanley tahlilchilarining fikricha, mamlakatning rivojlangan raqamli infratuzilmasi, ishlab chiqarishga sarmoya kiritilishi va shunga o‘xshash omillarni hisobga olgan holda Hindistonda yuqori iqtisodiy o‘sish uchun barcha zarur shart-sharoitlar mavjud.



Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling