Kurs ishi mavzu: Hindiston iqtisodiyotida iqtisodiy o’sish muammolari


Bu omillar Hindistonni shu o‘n yillik oxiriga kelib dunyodagi uchinchi yirik iqtisodiyot va fond bozoriga aylantiradi, — deyiladi bank prognozlarida


Download 0.62 Mb.
bet4/7
Sana05.04.2023
Hajmi0.62 Mb.
#1276516
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Barchinoy

Bu omillar Hindistonni shu o‘n yillik oxiriga kelib dunyodagi uchinchi yirik iqtisodiyot va fond bozoriga aylantiradi, — deyiladi bank prognozlarida.
Prognozlarga ko‘ra, mamlakat yalpi ichki mahsulotidagi sanoat ulushi 2031-yilga borib hozirgi 15,6 foizdan 21 foizgacha oshadi. Shunga ko‘ra, sanoat daromadlari uch baravar ko‘payib, hozirgi 447 milliard dollardan 1,49 trillion dollargacha oshishi mumkin. S&P Global savdo va moliya sektorini liberallashtirish, mehnat bozoridagi islohotlar, shuningdek, infratuzilma va inson kapitaliga sarmoya kiritish kursini davom ettirishni kutmoqda. Ushbu islohotlarning aksariyati allaqachon amalga oshirilmoqda.
Tahlilchilar Hindiston rasmiylarining mamlakatni xorijiy investorlar uchun markaz va qudratli ishlab chiqarish markaziga aylantirish, shuningdek, global ta’minot zanjirlariga ko‘proq integratsiyalashuvni ta’minlash istagini ko‘rmoqda. Ayni paytda Morgan Stanley yuqoridagi prognozlar amalga oshmasligiga olib kelishi mumkin bo‘lgan bir qator xavflarga ishora qilmoqda.
Shunday qilib, global retsessiya davom etishi mumkin. Hindiston iqtisodiyoti esa savdoga juda bog‘liq, chunki mamlakat ishlab chiqarishining deyarli 20 foizi eksport qilinadi. Bundan tashqari, malakali ishchilar bilan bog‘liq muammolar, murakkab geosiyosiy vaziyat va siyosiy qarorlar qabul qilishda xatolar bo‘lishi mumkin. Xalqaro Valyuta Jamg‘armasi Hindistonning yalpi ichki mahsuloti hajmi bo‘yicha sobiq mustamlakachisi bo‘lgan Buyuk Britaniyani ortda qoldirishini taxmin qilmoqda. Bu haqida XVJ hisobotiga tayanib, Russian Today telekanali xabar berdi. So‘nggi tahlillar Hindiston iqtisodi shiddat bilan rivojlanayotganini ko‘rsatmoqda. Agar o‘sish sur’ati hozirgi darajada davom etadigan bo‘lsa, 2022 yilga borib, Hindiston mahsulot ishlab chiqarish hajmi bo‘yicha Germaniyani ortda qoldiradi va dunyoda to‘rtinchi o‘ringa chiqadi. Hozirda yillik YaIM hajmi bo‘yicha jahonda oltinchi bo‘lib turgan Hindiston 2017 yilning o‘zida beshinchi o‘rindagi Buyuk Britaniyadan o‘tib ketadi.
Xalqaro Valyuta Jamg‘armasi Hindiston iqtisodiyoti yiliga 9,9 foizdan o‘sib borishini taxmin qilmoqda. Shu bilan birga, tashkilot Hindistonni yaqin kelajakda kutib turgan qiyinchiliklardan ham ogohlantirmoqda. Bular sirasiga soliq tizimini keng miqyosda qayta ko‘rib chiqish, makroiqtisodiyotda kam foyda keltirayotgan kapitalning ulkan to‘plamini tartibga solish, ish unumdorligi va mehnat sharoitlarini yaxshilash, korporativ invetitsiyalashni rag‘batlantirish hamda muhim infratuzilmaviy yetishmovchilikdan ustun kelish kabi vazifalar kiradi. Hisobotda qayd etilishicha, Hindiston naqd pul inqirozidan hamon qayta tiklanish davrini boshdan kechirmoqda. Iqtisodchilar mamlakatning bank va moliya tizimidagi holatdan ham xavotir bildirishgan. Bundan tashqari Hindistonda ichchilarning mehnat samaradorligi ham juda past darajada. Xalqaro mehnat tashkiloti Hindistonda har bir ishchiga to‘g‘ri keladigan ishlab chiqarish hajmini 3 962 dollarga baholagan. Solishtirish uchun, Germaniyada bu ko‘rsatkich 83 385 dollarga teng.
Ayushman Bharat Healthcare” dasturi — dunyodagi eng yirik tibbiyot sug‘urtasi – aholining 500 million qashshoq qatlamiga mo‘ljallangan bepul tibbiy muolaja. Bundan tashqari, 2022 yilga borib barcha hindlarni uy-joy bilan ta’minlash maqsadida 20 millionta uy qurish rejalashtirilgan. Qashshoqlar uchun 425 ta ijtimoiy ta’minot dasturlari mo‘ljallangan, banklarda 1.2 milliard hind, har bir oilaning“Aadhar” biometrik ma’lumotlari bazasi va hisob raqami ochiladi,1.2 mlrd. inson uchun uyali telefonlar yoqiladi. Ayollarga mo‘jallangan maxsus dasturlarga 3 milliard, katta yoshdagi fuqarolar uchun esa 34 milliard dollar ajratilgan. Atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishini nazorat qilish dasturlariga 72 million dollar ajratilgan. Soha ekspertlari yaqin o‘n yilda Janubiy Osiyoning bu mamlakati jahonning uchta yirik iqtisodiyotlaridan biriga aylanishini bashorat qilayotganlari ham bejiz emas. Negaki, oxirgi yillarda davlat sanoatni va ilg‘or axborot texnologiyalarini kuchaytirish, eksportni kengaytirish va global integrasiya jarayonlarida faol qatnashish hisobiga jiddiy siljishga qo‘l urdi.
Shunday qilib, bir necha yil ichida Hindiston iqtisodiyoti rivojlanayotgan mamlakatlar orasida eng tez o‘suvchisiga aylanadi. Vaholanki, 2007 yilda 1,2 trillion dollarga teng YAIM bilan Hindiston 12-o‘rinni egallab turgan edi. Albatta, 10 yil ichida iqtisodiy ko‘rsatkichlarni ikki barobarga oshirish hammaga ham emas. 2032 yilga borib, mamlakat Buyuk Britaniya, Germaniya va Yaponiyani ortda qoldirishi mumkin ekan. Odatda hind iqtisodiyotining o‘sishi demografik omil bilan bog‘lanadi. Bunday vaziyat xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish uchun barcha sharoitlarni yuzaga keltiradi. Uning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi esa 50 foizdan oshib ulgurdi.
Ayni paytda Hindiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining ilg‘or eksportchisiga aylandi. Ayniqsa, Xitoy bozorida oziq-ovqat mahsulotlari yetishmovchiligidan muvaffaqiyatli tarzda foydalanib, Chin bozorini zabt etdi. Xitoy to‘qimachilik mahsulotlari sezilarli qimmatlashuvi ortidan Hindiston butun dunyoga arzon gazlama mahsulotlarini yetkaza boshladi, ya’ni Xitoy bozorining o‘rinbosariga aylandi. Qaram mamlakatdan mustaqil iqtisodiy yirik davlatga aylanishi quvonarli albatta. Bu uning global integrasion jarayonlarga faol qo‘shilishi bilan ham izohlanadi. Hindistonning SHHTga a’zo bo‘lishi, shuningdek, YevroOsiyo iqtisodiy hamjamiyatiga a’zo davlatlar bilan erkin savdo zonasini tashkil etish borasidagi muzokaralari iqtisodiyoti kelajagi yo‘lidagi izlanishlardan biridir.
Xalqaro munosabatlarda ham Dehli Janubiy Osiyoning so‘zsiz yetakchisi. Qolaversa, uning boshqa mintaqalarda, xususan, janubi-g‘arbiy va janubi-sharqiy Osiyodagi geosiyosiy ta’siri kuchayib borayotganini ham ta’kidlash o‘rinli. Bunga davlatning o‘sib borayotgan harbiy-siyosiy imkoniyatlari va yadroviy davlat maqomi imkon beradi. Iqtisodiyotning sezilarli ko‘tarilishi, ilg‘or axborot texnologiyalari sohasidagi yetakchilik, yadroviy qurol, yetakchi davlatlar bilan strategik sherikchilik, shu va shu kabi omillar yaqin istiqbolda Hindistonning nafaqat mintaqadagi, balki xalqaro hamjamiyatdagi yetakchilik rolini belgilab bersa ajabmas.



  1. Download 0.62 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling