Kurs ishi mavzu: Ikki karrali qatorlar


I BOB. Qatorlar haqida tushunchalar


Download 438.77 Kb.
bet2/8
Sana18.06.2023
Hajmi438.77 Kb.
#1565911
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Ikki karrali qatorlar KURS ISHI (MAFTUNA) (1)

I BOB. Qatorlar haqida tushunchalar.
1.1 Sonli qatorlar.
Sonlarning biror cheksiz ketma-ketligi {an} berilgan bo`lsin. Bu sonlar ketma-ketligi elementlaridan tuzilgan
a1+a2+…+an+…= (1.1.1)
yig'indini tuzamiz va uni sonli (cheksiz sonli) qator deb ataymiz, bunda a1,a2,... sonlar (1.1.1) qatorning hadlari, an esa qatorning umumiy hadi deyiladi.
(1.1.1) qatorning hadlaridan ushbu yig`indilar ketma-ketligini tuzamiz:
S1=a1
S2=a1+a2
S3=a1+a2+a3
……………
Sn=a1+a2+…+an
Bu {Sn} yig`indilar ketma-ketligi (1.1.1) qatorning qismiy yig`indilari ketma-ketligi deyiladi.
1.1.1 ta`rif. Agar da (1.1.1) qatorning qismiy yig`indilari {Sn} ketma-ketligi chekli limitga ega, ya`ni
(1.1.2)
bo`lsa, u holda (1.1.1) qator yaqinlashuvchi deyiladi. Bu limitning qiymati S soni esa (1.1.1) qatorning yig`indisi deyiladi va quyidagicha yoziladi:
1.1.2 ta`rif. Agar da (1.1.1) qatorning {Sn} qismiy yig`indilari ketma-ketligining limiti cheksiz bo`lsa yoki mavjid bo`lmasa, u holda (1.1.1) qator uzoqlashuvchi deyiladi va uning yig`indisi bo`lmaydi.
1.1.3 ta`rif. (1.1.3)
qator (1.1.2) qatorning n hadidan keyingi qoldig`i deyiladi.
Har bir qatorning berilishi ikkita ketma-ketligining berilishiga ekvivalent bo`lib, birinchisi ixtiyoriy olingan (qatorning hadlaridan tuzilgan ketma-ketlik) bo`lib, ikkinchisi esa (qatorning xususiy yig`indilar ketma-ketligi) birinchisining hadlaridan maxsus tuzilgan bo`ladi.
Qatorning yaqinlashuvchi yoki uzoqlashuvchi bo`lishini aniqlash uning qismiy yig`indilar ketma-ketligining limitini topishga ekvivalent ekan.
Endi qator haqidagi sodda teoremalarni keltiramiz.

Download 438.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling