Kurs ishi mavzu: Inflyasiyaga qarshi siyosat va inflyasion targetlashning ahamiyati Bajardi


-§.Inflyatsion targetlashning mohiyati va uning inflyatsiyaga qarshi siyosatini amalga oshirishdagi ahamiyati


Download 216.7 Kb.
bet4/16
Sana11.05.2023
Hajmi216.7 Kb.
#1453274
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
mahmud kurs ishi makro

1.2-§.Inflyatsion targetlashning mohiyati va uning inflyatsiyaga qarshi siyosatini amalga oshirishdagi ahamiyati
O’tgan asrning 90-yillardan boshlab monetar siyosatni yuritishda yangicha yondashuv vujudga kelib, u inflatsiyani targetlash rejimi [keyingi o’rinlarda ITR] deya, e’tirof etiladi.
ITR o’z mazmuni va mohiyatiga ko’ra, monetar siyosatning muhim rejimlaridan biri bo’lib, narxlar barqarorligiga erishishda uning maqsadli [target] ko’rsatgichini belgilab olish va ushbu ko’rsatgichni ta’minlash bo'yicha Markaziy bank tomonidan amalga oshiriladigan kompleks chora-tadbirlar tizmini ifodalaydi.
Ta’kidlash lozimki, ITRning maqsadli ko’rsatgichni belgilash har bir alohida olingan mamlakat uchun chuqur makroiqtisodiy tahlil jarayonlariga asoslanishini talab etadi. Ushbu makroiqtisodiy tahlil jarayonlari rivojlangan davlatlarda ko’proq xalqaro moliya bozori konyukturasida [kapital harakatining ochiqligi sharoitida] ro’y beradigan o’zgarishlar tasirda amalga oshirilsa, rivojlanayotgan davlatlarda u asosan ichki moliya bozori konyukturasidagi o’zgarishlar ta’sirda kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.
Mana shu maqsadda bugungi kunda ko'plab iqtisodchilar o'rtasida,xususan A.Rivlin, L.Ball, N.Sheridan, O.Blanchard, N.Batini, D.Laxton, C.Walsh, S.Moiseyev, F.Kartayev va boshqalar tomonidan ushbu rejimning samaradorligini monetar siyosatning boshqa rejimlari bilan, xususan monetar agregatlarni targetlash rejimi bilan o'zaro qiyoslab, uning ijobiy va salbiy tomonlari haqida tanqidiy fikr-mulohazalar bildirganlar. Xususan, Walsh, Ball va Sheridanlar ITRni monetar siyosatning vaqtga bog’liq bo’magan maqsadli va o'zgaruvchan ko'rsatkichlari o'rtasidagi tafovutni (farqni) pasaytirishga yordam beruvchi muhim rejim sifatida baholasalar Batini va Laxtonlar uning boshqa bir ijobiy xususiyatlarini ochib berishga harakat qiladilar va ularni quyidagicha izohlaydilar: Birinchidan, ITR Markaziy bankka (regulyatorga) bo'lgan ishonchni oshirishga, uning faoliyat shaffofligini ta'minlashga, borishga hisobdorlik mas'uliyatini oshirishga va maqsadli hatti-harakatlar olib undovchi o'ziga xos rejim sifatida muhim o'rin tutishi; Ikkinchidan, ushbu rejim ko'proq moslashuvchanlikni, ya'ni maqsadli ko'rsatkichlar o'rta muddatga mo'ljallangan bo'lib, ulardan qisqa muddatli chetga og'ishlar moslashuvchanlikka salbiy ta'sir ko'rsatmasligi hamda maqsadli ko'rsatkichga erishilmagan taqdirda ham iqtisodiy o'sishga jobiy ta'sir ko'rsatish imkoniyatining mavjudligi; Uchinchidan, ushbu rejimdagi moliyaviy resurslar sarfi monetar siyosatning boshqa rejimiga nisbatan kamroq bo'lishi. Regulyator maqsadli ko'rsatkichga erishish uchun foiz stavkasini oshirishi (tushirishi) va shu yo'l bilan inflyatsiya darajasini pasaytirishi (oshirishi) hamda iqtisodiy o'sishni sekinlashtirishi (tezlashtirishi) mumkinligi ta'kidlanadi. Boshqa iqtisodchilar, xususan Rivlin va Blanchard ITRning salbiy jihatlariga asosiy e'tibor qaratib, uni quyidagicha izohlaydilar:
- Inflyatsiyaning maqsadli ko'rsatkichiga erishish regulyator uchun ko'proq noaniqliklarga (biznes muhitidagi kutilmagan shoklar, samarasiz qaror qabul qilish va uning oqibatlari ta'siridagi o'zgarishlar, tashqi konyunktura ta'siridagi o'zgarishlar va hok.) moyildir. Ammo regulyator ushbu yo'nalishda dastlabki bosqichdanoq qat'iy harakat qilishi va inflyatsiyaning maqsadli ko'rsatkichiga erishish uchun o'z sayi-harakatini qat'iy namoyon qilishi lozim, deya ta'kidlashadi. Iqtisodiyotdagi noaniqliklar iqtisodiy rivojlanishga xavf soluvchi eng asosiy omillardan hisoblanadi;
- ITR kutilayotgan o'zgarishlar uchun asos bo'laolmasligi, ya'ni uning o'zi ko'plab noaniqliklarni keltirib chiqarishga sabab bo'lishi mumkinligi ta'kidlanadi. Xususan, maqsadga qachon va qanday erishish kerakligi yoki uning o'zgaruvchan ahamiyat kasb etishi Markaziy bankni noaniqliklar sharoitida harakat qilishga hamda unga bo'lgan ishonchni pasaytirishga olib kelishi mumkinligi ta'kidlanadi;
- ITRning maqsadli ko'rsatkichlariga asosiy e'tiborning qaratilishi valyuta kursining nazoratdan chetda qolishiga sabab bo'lishi mumkinligi ta'kidlanadi. Boshqacha aytganda, valyuta kursining nazoratdan chetda qolishi uning kursining keskin tebranishlarga yuz tutishiga sabab bo'lishi qayd etiladi;
- ITRning amal qilishi uchun zarur hisoblangan shart-sharoitlarning yetarli emasligi rejim samaradorligiga bo'lgan ishonchni pasaytiradi. Jumladan, bunday shart-sharoitlarga Markaziy bankning mazkur rejimni joriy qilish bilan bog'liq texnik imkoniyatlari, uning o'z funktsiya va vazifalarini bajarishda har xil moliyaviy va siyosiy bosimlardan holi bo'lishi, mamlakat moliya bozorining rivojlanganligi va samarali institutsional tuzilmalarning mavjud bo'lishini kiritish mumkin.
Yuqoridagi har ikki holat, ya'ni ITRning afzalliklari va kamchiliklari yuzasidan bildirilgan fikr-mulohazalarga ma'lum ma'noda qo'shilish mumkin. Ayniqsa ITRni endigina joriy qilishga kirishayotgan mamlakatlar uchun, shu jumladan O'zbekiston uchun ham uning kamchiliklarini chuqur o'rganish va tahlil qilish hamda ularni o'z amaliyotida takrorlamaslik maqsadida tegishli zarur shart-sharoitlarni oldindan hozirlash eng ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi. ITR to'g'risida bir muncha kengroq ma'lumotlar Angliya banki mutaxassisi G.Hammondning «Inflyatsiyani targetlash san'ati» deb nomlangan qo'llanmasida keltirib o'tilgan. U 27 ta rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarning Markaziy banklari tomonidan ITRni joriy qilish va uning o'ziga xos xususiyatlari haqida, jumladan, ITR mazmun va mohiyati, qarorlarni qabul qilish jarayoni, institutsional tuzilma, hisobdorlik, Markaziy banklarda qo'llaniladigan monetar instrumentlar, prognozlashtirish modellari va kommunikatsiya strategiyalari hamda ITRga xavf solishi mumkin bo'lgan muammolar xususida qiyosiy tahlillar keltirib o'tgan.
Muallif ITRning mazmun va mohiyatini tushunish bo'yicha o'zining qarashlarini quyidagicha bayon qilgan. ITR – pul-kredit siyosatining qat'iy qoidalar majmuini emas, balki muayyan chegara doirasidagi (qolip doirasida) chora-tadbirlar majmuini ifodalaydi. Ushbu chegara doirasidagi chora-tadbirlarning eng muhim elementlari sifatida quyidagilar ta'kidlanadi: 1) narxlar barqarorligi pul-kredit siyosatining asosiy maqsadi sifatida aniq e'tirof etilganligi; 2) inflyatsiyaning maqsadli ko'rsatkichi keng ommaga e'lon qilinganligi; 3) pul-kredit siyosati kutilayotgan inflyatsiya darajasi prognozini o'z ichiga olgan keng doiradagi axborotlarga asoslanganligi; 4) shaffoflikning ta'minlanganligi; 5) pul-kredit siyosati maqsadlari bo'yicha mas'uliyat mexanizmlarining samarali qo’llanishi shular jumlasidandir.

Download 216.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling