Kurs ishi mavzu: Inflyasiyaga qarshi siyosat va inflyasion targetlashning ahamiyati Bajardi
-rasm O’zbekiston Respublikasida iste’mol narxlar indeksi
Download 216.7 Kb.
|
mahmud kurs ishi makro
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.1.1-jadval 7
- 2.2-§. O`zbekistonda pul-kredit siyosatni takomillashtirish va inflyasion targetlash rejimini joriy etishning hozirgi holati tahlili
2.1.1-rasm
O’zbekiston Respublikasida iste’mol narxlar indeksi 2017 yilga kelib inflatsiya darajasi barqaror holatdan yan yuqriga ko‘tarilganligi ko‘rishimiz mumkin va bunga asosiy sabab sifatida Prezident Shavkat Mirziyoyevning shu yilning sentyabr oyida imzolagan farmoniga ko‘ra konvertatsiya ochilganligi olishimiz mumkin. Shu sababdan oxirgi 3 yilda buyon inflatsiya darajasi 14 %dan yuqori ko‘rsatkichmi tashkil etmoqda. YaIM deflyatori asosida hisoblangan inflatisya darajasi 2019 yilda 22 %ni, 2020 yilda 18,2 %ni tashkil etib, 2021-2022 yillarda 13,7-10,6 % darajasida prognoz qilinmoqda. 2.1.1-jadval7 YAIM deflyatori ko’rsatkichlari Metodologiyadagi o‘zgarishlar. Respublikamiz aholisining iste’mol savatiga kiruvchi meva-sabzavotlar guruhidagi 16-18 turdagi mahsulotlarni xalqaro andozalarda belgilanganidek har oyda bir hil miqdorda emas, balki eng pishiqchilik fasllarida, masalan, kartoshka, piyoz, sabzi kabi mahsulotlarni katta miqdorda, odatda oktyabr va noyabr oylarida eng arzon paytda ko‘p miqdorda xarid qilib, qish oylarida, ya’ni narxi qimmat fasllarda kamroq xarid qilishini hisobga olib, metodologiyaga ma’lum o‘zgartirishlar kiritilgan. Unga ko‘ra yilning har bir oyida aholi tarafidan 16 turdagi mevasabzavotlarni qancha miqdorda xarid qilingan bo‘lsa, iste’mol savatida ushbu vazn qo‘llanila boshlandi. Ya’ni, yangi metodologiyaga ko‘ra turli davr mobaynida istemol va xarid qilinayotgan maxsulotlarning tarkibining o‘zgarishlari ham hisobga olina boshlangan. Ammo shunday bo‘lsada, so‘ngi 2020 yilda INI indeksi sezilarli darajada pasaydi, ya’ni 2019 yil dekabr holatiga ko‘ra 115,2 %ni tashkil etgan bo’lsa, 2020 dekabrda oyida 111,1 % ni tashkil qildi. Turlar bo’yicha solishtiradigan bo‘lsak, tovarlar 115,2 %dan 112,4 %gacha, oziq-ovqat tovarlari 118,6 %dan 115,3 %gacha, nooziq-ovqatlar tovarlari esa 110,9 %dan 108,8 %gacha hamda xizmatlar 115,2 dan 107,1 %gacha kamaydi. Bunga asosiy sabab qilib o‘tgan pandemiya yilida narxlarni davlat tomonidan barqaror saqlab turilganligini sabab qilib olsak bo‘ladi. 2.2-§. O`zbekistonda pul-kredit siyosatni takomillashtirish va inflyasion targetlash rejimini joriy etishning hozirgi holati tahlili 2017 yilda boshlangan iqtisodiyotni liberallashtirish va bozor mexanizmlari rolini oshirishga qaratilgan iqtisodiy islohotlarning yangi bosqichi o‘rta muddatli istiqbolda bank tizimi va pul-kredit siyosatini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab berdi. Ushbu yo‘nalishdagi muhim qarorlardan biri milliy valyuta almashuv kursining bozor mexanizmlari asosida shakllanish tamoyillarini joriy etish orqali ichki valyuta bozorini bosqichma-bosqich liberallashtirilishi bilan bog‘liq amaliy qadamlar bo‘ldi.Valyuta kursi shakllanishida tamomila yangi yondashuvdan foydalanilishi, o‘z navbatida, Markaziy bankning asosiy e’tiborini ichki bozordagi narxlar barqarorligiga qaratish asnosida pul-kredit siyosatini takomillashtirish imkoniyatini beradi.Ayni vaqtda valyuta bozorini liberallashtirish borasidagi islohotlarning muvafaqqiyatli amalga oshirilishi ko‘p jihatdan pul-kredit siyosatini takomillashtirish, tijorat banklari faoliyatini mustahkamlash hamda bank tizimini rivojlantirish choralari samaradorligi bilan chambarchas bog‘liq. Shundan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Valyuta bozorini liberallashtirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni e’lon qilinishidan ko‘p o‘tmay O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Pul-kredit siyosatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori qabul qilindi va Pul-kredit siyosatini 2017-2021 yillarda rivojlantirish va inflyatsion targetlash rejimiga bosqichma-bosqich o‘tish bo‘yicha chora-tadbirlar Kompleksi tasdiqlandi. Bu boradagi keyingi muhim qadamlardan biri O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 9 yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki faoliyatini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida”gi Farmonining qabul qilinishi bo‘ldi. Mazkur farmonda narxlar barqarorligini ta’minlash vazifasi Markaziy bankning bosh maqsadi etib belgilanib, Markaziy bankning mustaqilligi va institutsional rivojlanishini ta’minlash bo‘yicha tegishli choralar nazarda tutilgan. Qayd etish lozimki, iqtisodiy siyosatni amalga oshirish yondashuvlarining qayta ko‘rib chiqilishi davrida shakllanayotgan yangi voqeliklarda pul-kredit sohasidagi o‘zgarishlarning aholi va tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan to‘g‘ri qabul qilinishi va qo‘llab-quvvatlanishi muhim ahamiyat kasb etadi. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining o‘rta muddatli istiqbolda pul-kredit siyosatini rivojlantirish va amalga oshirish Konsepsiyasi kommunikatsiyalar kanalining jamoatchilik fikrini shakllantirish hamda inflyatsion targetlash rejimini amaliyotga joriy etishdagi yetakchi roli inobatga olingan holda ishlab chiqilgan.Ushbu Konsepsiyaning maqsadi inflyatsion targetlashga o‘tishning konseptual asoslarini hamda ushbu pul-kredit siyosati rejimini amaliyotga muvaffaqiyatli joriy etish uchun zaruriy sharoitlar yaratish bo‘yicha o‘rta muddatli rejalarni keng jamoatchilikka yetkazish va batafsil tushuntirishga qaratilgan. Makroiqtisodiy barqarorlik va rivojlanishni ta’minlashda pul-kredit siyosatining o‘rniMamlakatda ichki narxlar barqarorligi ta’minlanishi makroiqtisodiy va ijtimoiy barqarorlikning kafolati bo‘lib, iqtisodiy islohotlarni jadallashtirish va rivojlantirish dasturlarini muvaffaqiyatli amalga oshirishda zaruriy sharoit hisoblanadi.Bunda inflyatsiyaning past va barqaror ko‘rsatkichlari muvozanatli iqtisodiy o‘sishni ta’minlash, ishlab chiqarish raqobatbardoshligi va aholini yashash darajasini oshirishning muhim omili sanaladi. Shu nuqtai nazardan, narxlar o‘sish sur’atlarining pasayishi va barqarorlashishi davlat iqtisodiy siyosatining asosiy maqsadlaridan biri bo‘lishi kerak.Inflyatsiyaning past va barqaror darajasi aholi hamda yuridik shaxslar omonatlarini uzoq muddatli investitsiyalarga aylanishi uchun kerakli sharoit yaratadi hamda ichki bozordagi narxlar nomutanosibligini kamaytirib mavjud iqtisodiy resurslarning samarali taqsimlanishiga xizmat qiladi. Rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlarning markaziy banklari tajribalari hamda xalqaro moliya institutlari izlanishlari natijalari pul-kredit siyosatini amalga oshirishda narxlar barqarorligini ta’minlash maqsadining shak-shubhasiz ustuvorligini ko‘rsatmoqda.Shu bilan birga, pul-kredit siyosatini amalga oshirish tartibi va ketma-ketligi turli mamlakatlarda iqtisodiyotning xususiyatlari hamda tarkibiy tuzilishiga qarab farqlanadi. Amaldagi O‘zbekistonRespublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi Qonuniga ko‘ra, Markaziy bankning bosh maqsadi milliy valyuta barqarorligini ta’minlash hisoblanadi. Bunda “milliy valyuta barqarorligi” tushunchasini ikki xil, ya’ni almashuv kursining xorijiy valyutalarga nisbatan barqarorligi yoki uning ichki xarid qobiliyati barqarorligi deb talqin qilish mumkin.Almashuv kursining erkin shakllanishi sharoitida milliy valyutaning barqarorligi uning ichki harid qobiliyatini saqlash orqali erishiladi. Bunda, erkin suzib yuruvchi almashuv kursi iqtisodiyotni ichki barqarorlashtiruvchi funksiyasini bajaradi. Boshqacha qilib aytganda, to‘lov balansi bilan bog‘liq tashqi shok va qiyinchiliklar kuzatilganda almashuv kursining mos ravishda o‘zgarishi ekportyorlar va import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqaruvchi korxonalarni rag‘batlantirishga xizmat qiladi. Ayni paytda Markaziy bank pul-kredit siyosatining asosiy maqsadini ikki xil tushunilishini oldini olish va uning faoliyati asosiy yo‘nalishini aniq belgilab olish maqsadida qonunchilikka tegishli o‘zgartirishlar kiritilishi ko‘zda tutilgan.Ta’kidlash lozimki, narxlar barqarorligi deyilganda nol darajadagi yoki salbiy inflyatsiya ko‘rsatkichlari nazarda tutilmaydi. Narxlar barqarorligi deyilganda narxlarning turg‘un holatda turishi emas, balki ularning past darajada o‘sishi tushuniladi. Bir qarashda narxlarning turg‘un turishi maqbul ko‘rinsa-da, narxlarning past va barqaror o‘zgarishi iqtisodiyotning samarali faoliyati uchun eng qulay sharoit hisoblanadi. Pul-kredit siyosatini amalga oshirishning usul va mexanizmlari (inflyatsion targetlash rejimiga o‘tishning ahamiyati)Ichki bozorda narxlar barqarorligini ta’minlash vazifasi pul-kredit siyosatini amalga oshirishning aniq strategiyasi va batafsil rejasi bo‘lishini hamda maqsadli ko‘rsatkichlarga erishish uchun samarali instrumentlar va mexanizmlarni talab etadi. Pul-kredit siyosati rejimlaridan foydalanishning xalqaro tajribasi rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlar markaziy banklari tomonidan keng qo‘llanilayotgan usullar inflyatsion targetlash, monetar targetlash, valyuta kursini targetlash va nominal yakorsiz rejimlarni o‘z ichiga oladi.Inflyatsiyaning maqsadli ko‘rsatkichlariga erishish vazifasi aksariyat markaziy banklar uchun bosh maqsad hisoblansa-da, yuqorida qayd etilgan uslublar asosan tezkor va oraliq mo‘ljallarga qarab farqlanadi. Pul-kredit siyosatini amalga oshirishning ushbu usulida narxlar barqarorligini ta’minlash maqsadida pul agregatlari, rezerv pullar va pul massasi hajmlari o‘zgarishini nazorat qilish nazarda tutiladi.Ushbu strategiyaning samarali qo‘llanilishi inflyatsiya ko‘rsatkichlari va pul agregatlari o‘rtasidagi mustahkam doimiy bog‘liqlik bo‘lishini talab etadi. Bunda inflyatsiyaning maqsadli ko‘rsatkichlariga pul agregatlari hajmini maqbul darajada ushlab turish vositasida erishiladi.Monetar targetlash rejimi 1970-chi va 1980-chi yillarda AQSh, Kanada, Buyuk Britaniya, Germaniya, Shveytsariya va boshqa rivojlangan davlatlarda faol qo‘llanilgan.Shu bilan birga, so‘nggi yillarda moliya bozorlarining rivojlanishi va yangi moliyaviy instrumentlarning amaliyotga joriy etilishi hisobiga pulga nisbatan talabning nobarqaror darajada bo‘lishi mazkur usul samaradorligining pasayishiga olib keldi.Natijada markaziy banklar pul massasidagi o‘zgarishlarga samaralari ta’sir ko‘rsatish va inflyatsiyaning maqsadli ko‘rsatkichlarini ta’minlash imkoniyati cheklanishi kuzatildi.Pul agregatlari va inflyatsiya darajasi o‘rtasidagi bog‘liqlikning kuchsizlanishi tufayli ko‘pchilik markaziy banklar tomonidan pul agregatlarini targetlash amaliyotidan voz kechilib, inflyatsion targetlash rejimini joriy qilinishiga sabab bo‘ldi. Monetar targetlash rejimi pul taklifi va talabining keskin o‘zgarishlari kuzatilgan rivojlanayotgan va o‘tish davridagi mamlakatlarda iqtisodiy rivojlanishning dastlabki yillarida samarali strategiya sifatida keng ko‘llanilgan. Bunda inflyatsiya bo‘yicha tegishli ko‘rsatkichlarni belgilashda iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish maqsadlaridan kelib chiqilgan. 1994 yildan boshlab O‘zbekistonda amalga oshirilgan pul-kredit siyosati ham pul massasining keskin o‘sib ketishini oldini olish orqali milliy valyuta barqarorligini ta’minlash maqsadlariga qaratildi. Bunda rezerv pullar va pul massasining o‘zgarishi operatsion hamda oraliq mo‘ljallar sifatida qo‘llanildi.Mazkur rejim rasman monetar targetlash deb tasniflansa-da, amaliyotda milliy valyutaning almashuv kursini dollarga bog‘lash orqali bosqichma-bosqich devalvatsiya qilib borilganligi tufayli ba’zi xalqaro institutlar va mutaxassislar tomonidan ushbu rejim aralash turga kiritilgan.Bir vaqtning o‘zida ikki maqsadga yo‘naltirilgan almashuv kursi siyosati tashqi shoklar vujudga kelgan sharoitlarda samarasiz ekanligini ko‘rsatdi. Bunda bir tomondan oltin-valyuta zahiralarini oshirish vazifasi qo‘yilgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan so‘mning almashuv kursini ma’lum bir darajada ushlab turish maqsadi ko‘zlangan. O‘z navbatida, mazkur almashuv kursi to‘lov balansi holati va tashqi iqtisodiy sharoitlarni o‘zida aks ettirmagan.Bunday siyosat, o‘z navbatida, ichki valyuta bozorida muammolarni yuzaga keltirib, samarali pul-kredit siyosatini yuritish imkoniyatlarini pasaytirdi. Bundan tashqari, pul-kredit instrumentlaridan foydalanishning passiv rejimi monetar targetlashni samarali qo‘llashda qo‘shimcha qiyinchiliklar tug‘dirdi. Pul massasi o‘zgarishini omillar asosida tahlili, pul massasi o‘sishi turli davrlarda oltin-valyuta zaxiralarining oshishi hamda iqtisodiyotni kreditlash hajmlarining kengaytirish hisobiga ta’minlanganligini ko‘rsatmoqda. O‘z navbatida, Davlat byudjetining muvozanatli ijrosi va hukumat hisobraqamlarida mablag‘lar yig‘ilishi, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi hisobraqamlarida mablag‘larning jamlanib borilishi pul massasi o‘sishini maqbullashtiruv chi omillardan bo‘lgan. Ayni paytda iqtisodiyotni kreditlashning asosiy manbalari markazlashgan mablag‘lar, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi hisobidan moliyalashtirilganligi hamda ushbu mablag‘lar asosan ishlab chiqarish texnologiyalari va xomashyo materiallarini import qilish maqsadida foydalanilganligi tufayli iqtisodiyotda pul massasi o‘sishiga va mos ravishda inflyatsiya darajasiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatmagan.Umuman olganda, ushbu omillar ta’sirida pul massasi tez sur’atlarda oshishining oldi olingan. Download 216.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling