Kurs ishi mavzu: Inflyasiyaga qarshi siyosat va inflyasion targetlashning ahamiyati Bajardi


Download 216.7 Kb.
bet9/16
Sana11.05.2023
Hajmi216.7 Kb.
#1453274
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16
Bog'liq
mahmud kurs ishi makro

2.3.2-jadval
Inflatsiyani targelash siyosatini qo‘llovchi mamlakatlarning unga o‘tishdan oldingi va hozirgi inflatsiya holati8


Mamlakatlar nomi

Inflatsiyani targetlash siyosatiga o'tgan yili

Inflatsiyani targetlash siyosatiga o'tish davrida inflatsiya sur'atlari (%)

2019 yilgi inflatsiyani o'rtacha yillik ko'rsatkichlari (%)

2020 yilgi inflatsiyani o'rtacha yillik ko'rsatkichlari (%)

Pul-kredit siyosatining avvalgi maqsadli ko'rsatkichi

Rivojlangan mamlakatlar

1

Yangi Zelandiya

1990

6,1

1,6

1,4

Yo'q

2

Kanada

1991

5,6

1,9

1

Yo'q

3

Buyuk Britaniya

1992

4,3

1,7

0,7

Almashuv kursi

4

Avstraliya

1993

1,8

1,6

0,9

Yo'q

5

Shvetsiya

1993

1,8

1,8

1,6

Almashuv kursi

6

Shvetsariya

2000

2,6

0,4

4,6

Pul taklifi

7

Islandiya

2001

6,4

3

4,1

Almashuv kursi

8

Norvegiya

2001

3

2,2

2,5

Almashuv kursi

Rivojlanayotgan mamlakatlar

1

Chexiya

1997

8,6

2,6

2,2

Almashuv kursi va pul taklifi

2

Isroil

1997

9

0,8

-0,4

almashuv kursi

3

Polsha

1998

7,3

2,2

2,7

almashuv kursi

4

Chili

1999

3,3

2,6

3,1

almashuv kursi

5

JAR

2000

5,4

4,1

3,2

Pul taklifi

6

Janubiy Koreya

1998

7,5

0,4

1,9

Pul taklifi

7

Meksika

2001

9

3,6

3,5

Pul taklifi

8

Filippin orollari

2002

4,5

1,7

3

Almashuv kursi va pul taklifi

Jumladan, rivojlangan mamlakatlardan Kanada 1991 yilda targetlash siyosatiga o‘tishdan avval inflyatsiya darajasi 5,6 %ni ko‘rsatgan, targetlash rejimini qo‘llashning natijasi o‘laroq, bugungi kunda bu ko‘rsatkich 1,6 %ga tushirilgan. Birlashgan qirollikda esa 1992 yilda 4,3 % bo‘lgan bo‘lsa, keyingi yillarda 1,0 %ga tushgan. Rivojlanayotgan mamlakatlarda, jumladan, Chexiyada inflyatsion targetlashni ko‘llashdan avval 8,6 % bo‘lgan bo‘lsa, bugungi kunda 2,4 %ga tushgan. Isroilda dastlab 9,0 % bo‘lgan bo‘lsa, keyingi yillarda 0,2 %ni tashkil qilgan. Polsha mazkur rejimni 1998 yil qabul qilishidan oldin qadrsizlanish darajasi 7,3 % bo‘lgan, samarali qo‘llash natijasida uni 2,6 %ga tushirishga muvaffaq bo‘lgan. Umuman olganda, inflyatsion targetlash siyosatini kabul qilgan mamlakatlarda inflyatsiya darajasi yetarlicha past darajada va barqaror ekanligi ma’lum bo‘ldi. Mo‘tadil inflyatsiya iqtisodiyotda ma’lum zahiralarning mavjudligi sharoitida iqtisodiy rivojlanishni rag‘batlantirishi hamda tovar va pul bozori o‘rtasida bahoning belgilanishi yordamida muvozanatni saqlashi mumkin. Narxlarning nazorat kilib bo‘lmaydigan o‘sishi esa hattoki, rivojlangan mamlakatlarda ham salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Uzoq muddatli iqtisodiy siyosat kontseptsiyasiga tayangan va mo‘‘tadil inflyatsiya darajasini saqlab kolishga (yiliga 2-3 %) yo‘naltirilgan inflyatsiyani targetlash siyosati, suzuvchi valyuta kursi rejimi bilan birgalikda, bir qator mamlakatlarda, xususan, rivojlangan davlatlarda, iqtisodiy dinamikani yaxshilashga imkon berdi. Rivojlanayotgan mamlakatlarda oraliq targetlash rejimini qo‘llash o‘z ichiga valyuta kursini tartibga solish bo‘yicha chora-tadbirlarni olgan bo‘lib, ushbu mamlakatlarda to‘liq targetlash rejimiga o‘tishning zarur bosqichiga aylandi, chunki ularning rivojlanishi tashqi omillarga, ya’ni xorijiy kapital oqimi dinamikasiga bog‘liqdir. Markaziy bankning ichki valyuta bozoriga haddan ziyod faol aralashuvi iqtisodiy sub’ektlarning noto‘g‘ri strategiya ishlab chiqishiga olib keladi va ularning noto‘g‘ri investitsion qarorlar qabul qilinishiga sabab bo‘lishi mumkin. Bunday mamlakatlar uchun eng maqbul yechim iqtisodiy vaziyat va mamlakatning ochiqlik darajasiga mos bo‘lgan, ammo valyuta interventsiyalarining faqatgina pul-kredit siyosati yordamchi vositasi sifatida ko‘llanilishi sharti ostida valyuta siyosatini amalga oshirish hisoblanadi. Rivojlanayotgan bir qator mamlakatlarning inflyatsiyani to‘liq targetlash rejimini qo‘llash yuzasidan erishgan natijalari, afsuski, inflyatsiyani tartibga solishning universal uslubi ekanligini tasdiqlashga imkon bermaydi. Iqtisodiyotning xalqaro kapital oqimlari dinamikasiga yuqori darajada ta’sirchanligi natijasida yuzaga kelgan zaif moliyaviy sektor va moliya institutlari, iqtisodiy sub’ektlarning hukumat chora-tadbirlariga ishonchsizligi, iqtisodiyotning dollarlashuvi, makroiqtisodiy va moliyaviy beqarorlik sezilarli darajada bo‘lgan bu mamlakatlarda inflyatsiyani tartibga solish jarayonini murakkablashtirdi. Ko‘pgina mamlakatlarda inflyatsiyani targetlash rejimiga o‘tilgandan so‘ng makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning sezilarli darajada yaxshilanganligiga qaramasdan, ushbu jarayonning davomiyligi, rejimni amalga oshirishning dastlabki bosqichlarida muqarrar xarajatlar, rivojlanayotgan mamlakatlar inflyatsiyani targetlash siyosati samaradorligini shubha ostiga qo‘ymokda.

Download 216.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling