Kurs ishi mavzu: Inflyasiyaga qarshi siyosat va inflyasion targetlashning ahamiyati Bajardi
Download 216.7 Kb.
|
mahmud kurs ishi makro
- Bu sahifa navigatsiya:
- III BOB O’ZBEKISTONDA INFLYATSIYAGA QARSHI SIYOSAT VA INFLATSIYON TARGETLASH REJIMINI QO’LLASHNING USTUVOR YO’NALISHLARI VA ISTIQBOLLARI
II bob bo’yicha xulosa
Inflyatsion targetlash jarayoni bir qancha bosqichlarni o‘z ichiga oladi. Bular: Inflatsiyaning maqsadli ko‘rsatkichini e’lon qilish ko‘pchilik davlatlarda har xil yuz beradi. Xususan, Avstraliya, Shvetsiya, Finlyandiya Markaziy banklari hukumatdan mustaqil ravishda maqsadli inflatsiya ko‘rsatkichini e’lon qilsa, qolgan ko‘pchilik davlatlarda, jumladan Kanada, Yangi Zelandiya va boshqa ko‘plab davlatlarda Markaziy banklar xukumat bilan kelishgan holda mazkur ko‘rsatkichni e’lon qiladi. Inflatsiyaning maqsadli ko‘rsatkichilarini aniqlash. Markaziy banklar pul-kredit siyosatinin oraliq maqsadlari bo‘lgan kelajakda inflatsiya darajasining prognozini uchta asosiy parametr bo‘yicha ishlab chiqishi lozim. Bular, inflyasion targetlash muddati, narx darajasi hamda inflyasion targetlash kengligidir (diapazoni). III BOB O’ZBEKISTONDA INFLYATSIYAGA QARSHI SIYOSAT VA INFLATSIYON TARGETLASH REJIMINI QO’LLASHNING USTUVOR YO’NALISHLARI VA ISTIQBOLLARI 3.1-§. O’zbekistonda inflyatsiyaga qarshi siyosat va inflatsiyon targetlash rejimini qo’llashning ustuvor yo’nalishlari Xalqaro hamjamiyatda markaziy banklar pul-kredit siyosatini yuritishda tanlangan rejim doirasidagi tamoyillar, umumqabul qilingan uslub va mezonlardan kelib chiqadi. Inflyatsion targetlash mexanizmida pul-kredit siyosatining quyidagi tamoyillariga asoslaniladi. Inflyatsiyaning maqsadli koʼrsatkichi belgilanadi va pul-kredit siyosatida koʼrilayotgan barcha choralar ushbu maqsadli koʼrsatkichga erishishga qaratiladi. Iqtisodiyotning potentsiali, talab va taklifdagi oʼzgarishlar, makroiqtisodiy prognozlar va umumqabul qilingan standartlar asosida aniqlanadigan inflyatsiyaning erishilishi kerak boʼlgan maqbul koʼrsatkichi maqsad etib belgilanadi. Mamlakatimizda joriy inflyatsiyaning erishilishi lozim boʼlgan koʼrsatkichi 5 foiz etib belgilangan. Markaziy bank tomonidan ushbu maqsadli koʼrsatkichga erishish muddatlari va omillari ham yoritib boriladi. Iqtisodiyotda va tashqi vaziyatda yuzaga kelgan tendentsiyalar maqsadli koʼrsatkichga erishish davri 2024 yilning ikkinchi yarmiga toʼgʼri kelishini koʼrsatmoqda. Qabul qilinayotgan qarorlar, instrumentar choralar keng qamrovli makroiqtisodiy tahlil va prognozlarga asoslanadi. Markaziy bankning asosiy stavkasi boʼyicha qarorlari iqtisodiy faollikka va yalpi talabga bosqichma-bosqich, maʼlum vaqt oraligʼida kechikish bilan taʼsir koʼrsatadi. Shu sababli, Markaziy bank pul-kredit siyosati boʼyicha qarorlarni qabul qilishda har tomonlama asoslangan makroiqtisodiy tahlil va prognozlar, inflyatsion kutilmalar va inflyatsiyaning prognoz koʼrsatkichlaridan kelib chiqadi. Taʼkidlash joizki, asosiy stavka boʼyicha qarorlar maʼlum darajadagi noaniqliklar sharoitida qabul qilinadi. Sababi, makroiqtisodiy prognozlar iqtisodiy rivojlanishning ehtimoliy istiqbollari, jahon xomashyo va moliya bozorlaridagi kutilayotgan oʼzgarishlar va boshqa omillar asosida shakllantiriladi. Shu sababli ham, Markaziy bank pul-kredit siyosati yoʼnalishi boʼyicha qarorlar qabul qilishda omillarning nisbatan barqaror tendentsiyalaridan va ularning inflyatsiya darajasiga taʼsiridan kelib chiqadi. Markaziy bank asosiy stavkasi pul-kredit siyosatini yuritishning ustuvor instrumenti hisoblanadi. Markaziy bankning asosiy stavkasi – bank tizimi likvidligini tartibga solish boʼyicha banklar bilan amalga oshiriladigan operatsiyalarda qoʼllaniladigan moʼljal foiz stavkasi hisoblanib, asosiy stavka darajasini belgilash orqali Markaziy bank tomonidan jalb qilinadigan va taqdim etiladigan qisqa muddatli resurslarning narxi belgilanadi. Markaziy bank asosiy stavkasini koʼrib chiqish boʼyicha Boshqaruv yigʼilishi, pul- kredit siyosatining asosiy yoʼnalishlarida oldindan belgilangan grafik asosida yilda 8 marotaba oʼtkaziladi (2023 yil uchun yigʼilishlar grafigi 1-ilovada keltirilgan). Pul-kredit siyosati operatsion mexanizmi mustaqil ravishda ishlab chiqiladi va xalqaro tajriba asosida takomillashtirib boriladi. Pul-kredit siyosatining operatsion mexanizmi Markaziy bankning asosiy stavkasi va foiz koridori asosida ishlaydi. Operatsion mexanizmi orqali Markaziy bankning qarorlari avval banklararo pul bozoriga va keyinchalik iqtisodiyotdagi depozit va kreditlar foiz stavkalariga oʼtib boradi. Natijada, aholi va tadbirkorlik subʼektlarining isteʼmol, jamgʼarish va investitsiyalar boʼyicha kutilmalari asosida qabul qiladigan iqtisodiy qarorlari yalpi talab orqali inflyatsiya darajasiga oʼz taʼsirini koʼrsatadi. Pul-kredit sohasidagi oʼzgarishlar shaffof tarzda amalga oshiriladi va batafsil tushuntirib boriladi. Inflyatsion targetlash rejimining asosiy elementlaridan biri, bu pul-kredit sohasida qabul qilinayotgan qarorlarning ochiqligi va bu boradagi shaffoflikning taʼminlanishi hisoblanadi. Samarali kommunikatsiya siyosatining ishlab chiqilishi va pul-kredit siyosati sohasida qabul qilinayotgan qarorlarning keng jamoatchilikka oʼz vaqtida va tushunarli tilda yetkazilishi aholi va tadbirkorlik subʼektlari inflyatsion kutilmalarining shakllanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Iqtisodiyotda barqaror past inflyatsiya darajasining taʼminlanishi aholi farovonligini oshirish va tadbirkorlik faoliyatini qoʼllab-quvvatlashning, qulay ishbilarmonlik muhitini yaratishning zaruriy tarkibiy qismi hisoblanadi. Bunda, inflyatsiyaning past darajadagi barqarorligi va oldindan bashorat qilinishi aholi uchun ham, tadbirkorlik subʼektlari uchun ham iqtisodiy qarorlar qabul qilishda juda muhim ahamiyatga ega. Birinchidan, past darajadagi inflyatsiya sharoitida milliy valyutaning va bu orqali aholi daromadlarining xarid qobiliyati barqaror darajada saqlanadi. Natijada, aholining isteʼmol yoki jamgʼarma qilish boʼyicha qarorlar qabul qilishi osonlashib, iqtisodiyotda yalpi talab va yalpi jamgʼarmalarning muvozanatli shakllanishiga erishiladi. Ikkinchidan, uzoq muddatli past darajadagi inflyatsiya tadbirkorlar uchun qulay ishbilarmonlik muhitini yaratadi hamda ishlab chiqarish jarayonlarini kengaytirish uchun investitsion qarorlar qabul qilish va oʼrta muddatli rejalashtirishni amalga oshirish imkonini beradi. Uchinchidan, barqaror past inflyatsiya sharoitlari taʼminlanganda iqtisodiy oʼsish uchun qulay shart-sharoitlar yaratiladi, makroqtisodiy barqarorlikka ijobiy taʼsir qiladi, iqtisodiyotga investitsiyalarning shu jumladan, toʼgʼridan-toʼgʼri xorijiy investitsiyalarning oʼsishini ragʼbatlantiradi. Bunda, past inflyatsiya darajasi iqtisodiyotga kiritilgan mablagʼlar va ulardan olinadigan daromadlar qiymatining barqaror saqlanishi kafolati boʼlib xizmat qiladi. Аksincha, yuqori inflyatsiya darajasi va makroiqtisodiy noaniqliklar investitsiyalar oqimining kamayishiga va investorlar ishonchining yoʼqolishiga olib keladi. Iqtisodiyot tarmoqlariga xorijiy investitsiyalar bilan birga ilgʼor xorij tajribasi ham kirib kelishi, nafaqat iqtisodiy oʼsishga, balki iqtisodiy samaradorlikning oshishiga ham xizmat qiladi. Download 216.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling