3.2.-§. O’zbekistonda inflyatsiyaga qarshi siyosat va inflatsiyon targetlash rejimini qo’llashning istiqbollari
Jahon amaliyotida inflyatsion targetlash siyosatini qo‘llash bo‘yicha to‘plangan tajribalar shuni ko‘rsatadiki, ushbu strategiyadan foydalangan markaziy banklar inflyatsiyaning ichki va tashqi omillariga yetarlicha elastik va operativ tarzda javob qaytarish hamda uzoq muddatli iqtisodiy o‘sishni ta’minlash uchun shart-sharoit yaratish imkoniga ega bo‘ladi. Ko‘p hollarda markaziy bank inflyatsiyani targetlash shartlariga zid bo‘lgan moslashuvchan choralarni ko‘rishga majbur bo‘ladi, bu esa o‘z navbatida o‘zgaruvchan lokal va global iqtisodiy sharoitlarda ushbu rejimni takomillashtirish zaruratini taqozo qiladi. Shu munosabat bilan bir qator xorijiy va mahalliy iqtisodchilarning tadqiqotlarida nazariy jihatdan inflyatsiyani targetlash rejimi uni tartibga solishning boshqa uslublaridan ustunligi hali amaliy tasdig‘ini topgani ham, rad etilgani ham yo‘q, negaki inflyatsiyaga qarshi siyosatning har qanday uslubining samaradorligi borasida haligacha umume’tirof etilgan yagona to‘xtam mavjud emas. Shu nuqtai nazardan ushbu muammoni hal etish bo‘yicha oldinda keng ko‘lamli tadqiqotlarni o‘tkazishning zarurligi namoyon bo‘ladi.
Davlat Statistika qoʼmitasining rasmiy saytida koʼplab iqtisodiy koʼrsatkichlar mavjud, shu jumladan ishsizlik koʼrsatkichi xam, ammo inflyatsiya koʼrsatkichini isteʼmol narxlari indeksi orqali aniqlaymiz.
3.2.3-jadval
Ishsizlik darajasi va isteʼmol narxlari indeksi orqali inflyatsiyani aniqlash
Yillar
|
Istemol narxlar indeksi
|
Inflatsiya (%) (3)=(2)-100
|
Ishsizlik darajasi (%)
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |