Kurs ishi mavzu: Inflyasiyaga qarshi siyosat va inflyasion targetlashning ahamiyati Bajardi


Download 216.7 Kb.
bet14/16
Sana11.05.2023
Hajmi216.7 Kb.
#1453274
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
mahmud kurs ishi makro

XULOSA VA TAKLIFLAR
Inflatsiyani targetlash siyosatidan foydalanayotgan davlatlar bu orqali inflatsiya darajasini pasaytirish hamda inflatsion tebranishlarni kamaytirishga erishmoqdalar. Ya’ni inflatsionyani targetlash orqali inflatsiyani uzluksizligi qisqartirib, siyosatning yaxshilangan ishonchliligini aks ettiradi. Ushbu o‘zgarishar past nominal foiz stavkalarida ham namoyon bo‘ladi. Inflatsiyani oldini olishdagi bu yaxshilanish ishlab chiqarish o‘zgaruvchanligi yoki tabiiy qiziqish darajasini oshiradi hamda darajasini o‘zgartiradi. Xulosa qilib aytganda, inflatsiyani tartibga solish zarurati, mamlakat raqobatbardoshligini oshirish va uning jahon iqtisodiyotiga samarali integratsiyasini mustahkamlashni talab kiluvchi global munosabatlar bilan bog‘liqdir. O‘zbekistonda Markaziy bank va boshqa hukumat idoralarining inflyatsion targetlashni joriy etish uchun institutsional, huquqiy va iqtisodiy islohotlarni (yangi soliq kontseptsiyasi, axborot oshkoraligini ta’minlash, moliya bozorini rivojlantirish va makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash uchun qo‘shimcha chora-tadbirlar) ishlab chiqish uchun harakat qilishiga karamasdan, aholi real daromadlarining past qo‘rsatkichlari, inflyatsion kutilmalarning yuqoriligi, soliq siyosatining pul-kredit siyosati bilan nomutanosibligi, Markaziy bankning mustaqil siyosat yurita olmasligi O‘zbekistonda pul-kredit siyosatining ushbu rejimini qo‘llash istiqbollarini so‘roq ostiga qo‘yadi. Boshqacha aytganda, mavjud makroiqtisodiy va institutsional muhit, O‘zbekistonda inflatsiyani targetlashni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun asosiy va birlamchi to‘siqdir. Inflatsiyaga qarshi kurash siyosatining asosiy maqsadi bo‘lib, inflatsiya ustidan nazorat o‘rnatish va inflatsion jarayonlarning chuqurlashishiga yo‘l qo‘ymaslik hisoblanadi. Inflatsiyaga qarshi kurash siyosatining muhim yo‘nalishlari sifatida quyidagilarni ko‘rsatish mumkin: 1. Inflatsiyani yuzaga keltiruvchi monetar va nomonetar omillarning haqiqatdagi darajasiga baho berish. 2. Tabiiy monopoliyalar mahsulotlari va xizmatlari baholarini tartibga solish mexanizmini takomillashtirish. 3. Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar va aholining inflatsion kutish psixologiyasiga barham berish. 4. Moliya bozorlarini rivojlantirish va davlat tomonidan tartibga solish mexanizmini takomillashtirish. 5. Pul massasining o‘sish sur’atlarining barqarorligini ta’minlash. Inflatsiyani yuzaga keltiruvchi asosiy omillar sifatida quyidagilarni ko‘rsatish mumkin: 1. O‘zbekiston Respublikasida budjet tashkilotlari xodimlari ish haqining o‘sishi bilan iste’mol tovarlari baholarining o‘sishi o‘rtasidagi bevosita bog’liqlik mavjud. 2. Respublikamizda talab inflatsiyasining kuchayishi natijasida YaIM deflyatorining yuqori darajasi saqlanib qolmoqda. 3. Fuqarolarimizning xorijiy davlatlardan jo‘natayotgan pul o‘tkazmalari inflatsiyani yuzaga keltirayotgan omillar ichida asosiy o‘rinni egallamoqda. 4. Tabiiy monopoliyalar mahsulotlari va xizmatlari baholarining o‘sish sur’atlariga ega ekanligi inflatsion jarayonlarning yuzaga kelishida muhim o‘rin tutmoqda. 5. Naqd pullarga bo‘lgan talabning nisbatan yuqori ekanligi. 6. Pul-kredit siyosatini takomillashtirish bilan bog’liq bo‘lgan muammolarning mavjudligi. Markaziy bank pul-kredit siyosati mamlakatdagi makroiqtisodiy muvozanatni ta’minlashga, moliya va tovarlar bozoridagi iqtisodiy holatga ta’sir etishga hamda provardida yalpi ichki mahsulot, inflatsiya darajasi va tashqi savdo operatsiyalariga ijobiy ta’sir qilish uchun olib boriladi. Hozirgi iqtisodiy sharoitlardan kelib chiqib, ko‘plab rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlar tomonidan Markaziy bank pul-kredit siyosatida inflyasion targetlash rejimiga o‘tishga katta qiziqish bildirmoqda. Inflyasion targetlash rejimi bugungi kunda inflatsiyaga qarshi kurashishning eng optimal usullaridan biri sifatida qaralmoqda. Uning asosiy hususiyatlari quyidagilardir: •Markaziy bank oldida inflatsiyani ma’lum chegarada ushlab turish kabi aniq maqsadning bo‘lishi; •Pul-kredit siyosatida boshqa birlamchi maqsadlarning bo‘lmasligi. •Byudjet-soliq siyosati ustuvorligining yo‘qolishi. •Markaziy bank pul-kredit siyosati instrumentlarini mustaqil tanlashi; •Markaziy bank pul-kredit siyosatida shaffoflik va jamoat oldida hisobdor bo‘lishligi. Inflyasion targetlash muddati. Markaziy bank e’lon qilgan inflatsiyaning maqsadli ko‘rsatkichlarini qancha vaqt davomida saqsab turishligini bildiradi. Xozirda 24 oydan 36 oygacha bo‘lgan davrda ushbu maqsadli ko‘rsatkichni o‘zgartirmaslik eng maqbul holat hisoblanadi. Ammo ko‘pchilik davlatlar, shuningdek bizning mamlakatimizda ham odatda bir yil olinadi. Shu maqsad yo‘lida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki inflatsiya darajasini 2021 yilda 10 foizgacha pasaytirish hamda 2023 yilda 5 foiz darajadagi doimiy inflyasion maqsadni (target) o‘rnatish yo‘li bilan 2020 yilning 1 yanvaridan boshlab pul-kredit siyosati mexanizmlarini bosqichma-bosqich inflyasion targetlash rejimiga o‘tkazishni rejalashtirgan. Bizning fikrimizcha, u yoki bu davlatlar Markaziy banklarining inflyatsion targetlashga o‘tishida quyidagi uchta shart bajarilishi maqsadga muvofiqdir: •Markaziy banklar ichki iqtisodiyotda valyuta almashinuv kursining aniq bir rejimini belgilab olishi lozim. Odatda ko‘pgina davlatlar Markaziy banklari inflyasion targetlashga o‘tishda valyuta kursini erkin suzib yuruvchi rejimga o‘tkazadi; •Pul-kredit siyosati transmission mexanizmi va moliya bozori yaxshi rivojlangan bo‘lishi lozim. Bunda Markaziy banklar foiz siyosati orqali tijorat banklarining faoliyatiga qisqa muddatda ta’sir qila oladi. • Targetlash uchun foydalanadigan pul-kredit siyosati instrumentini tanlab olishi lozim. Xalqaro tajriba bozor iqtisodiyoti sharoitida pul-kredit siyosatini yuritishning samarali usullaridan biri inflyasion targetlash rejimi ekanligini ko‘rsatmoqda, bunda pul-kredit bozoridagi Markaziy bankning faol ishtiroki, shuningdek, iqtisodiy rivojlanishning muntazam tahlili va davlat siyosati rejalarining keng yoritib borilishi inflatsiyaning miqdoriy maqsadlariga erishishni ta’minlaydi.


Download 216.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling