Kurs ishi mavzu: Interaktiv texnologiyalar va metodlardan ta`limda foydalanish. Bajardi: E. O. Allaberdiyev Qabul qildi: N. R. To’xtayeva Termiz-2022 Mundarija kirish
Download 260.51 Kb.
|
allaberdiyev Erkinbek 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Bumerang» texnikasi
- «Talaba» treningi
- «Muloqot» texnikasi
- FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: 1. “
«Intervyu» texnikasi – o’quvchi-talaba savol berish, eshita olish, to’g’ri javb berish, savolni to’g’ri tuzishni o’rgatishga qaratilgan.
«Ierarxiya» texnikasi – oddiydan murakkabga, murakkabdan oddiyga o’tish usullarini qo’llash orqali ularni mantiqiy, tanqidiy, ijodiy fikrlashga o’rgatishga qaratilgan. «Bumerang» texnikasi – o’quvchi-talabalarni dars jarayonida, darsdan tashqarida turli adabiyotlar, matnlar bilan ishlash, o’rganilgan materialni yodida saqlab qolish, so’zlab bera olish, fikrini erkin holda bayon eta olish hamda bir dars davomida barcha o’quvchi-talabalarni baholay olishga qaratilgan. «Talaba» treningi – o’quvchi-talabalar bilan individual holda ishlash o’qituvchi va talaba o’rtasidagi to’siqni yo’q qilish, hamkorlikda ishlash yo’llarini o’rgatishga qaratilgan. «O’qituvchi shaxsi» treningi – o’qituvchining innovatsion faoliyatini ochib beruvchi «O’qituvchi shaxsiga qo’yiladigan talabalar» mavzusidagi mustaqil fikrlashga, ijodiy insho yozish orqali fikrlarni bayon qilishga qaratilgan. «Muloqot» texnikasi o’qituvchilarni auditoriya diqqatini o’ziga jalb etish, dars jarayonidahamkorlikda faoliyat ko’rsatishga, uni tashkil etishni o’rgatishga qaratilgan. «Boshqaruv» texnikasi o’qituvchilarni auditoriyani boshqarishdagi usullari hamda o’quvchi-talabalarni ish jarayonida boshqarish usullari bilan tanishtiruvchi va shunga o’rgatishga qaratilgan. Xulosa Xulosa o’rnida shuni aytishim kerakki, men kurs ishida “Informatika va axborot texnologiyalarini o’qitishda ineraktiv texnologiya va k ,,,,,,,,mmetodlardan foydalanish va ularni dars jarayoniga tadbiq qilish” mavzusini o’quv jarayonida qanday foydalanilishini yoritdim. O’zbekiston Respublikasi Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va «Ta’lim to’g’risida»gi qonunda o’quv jarayoniga ilg’or pedagogik texnologiyalarni joriy etish mamlakatimiz ta’lim tizimini isloh qilishning asosiy ko’rsatkichlaridan biri sifatida e’tirof etilishi bejiz emas. Chunki, pedagogik texnologiya ta’lim jarayonini inqirozdan holi etish, uni bozor iqtisodi sharoitiga mos holda takomillashtirish va Davlat ta’lim standarti talablariga muvofiq kadrlar tayyorlashning muhim omillaridan biri bo’lib hisoblanadi. Bizni hamisha o‘ylantirib keladigan yana bir muhim masala – bu yoshlarimizning odob-axloqi, yurish-turishi, bir so‘z bilan aytganda, dunyoqarashi bilan bog‘liq. Bugun zamon shiddat bilan o‘zgaryapti. Bu o‘zgarishlarni hammadan ham ko‘proq his etadigan kim – yoshlar. Mayli, yoshlar o‘z davrining talablari bilan uyg‘un bo‘lsin. Lekin ayni paytda o‘zligini ham unutmasin. Biz kimmiz, qanday ulug‘ zotlarning avlodimiz, degan da’vat ularning qalbida doimo aks-sado berib, o‘zligiga sodiq qolishga undab tursin. Bunga nimaning hisobidan erishamiz? Tarbiya, tarbiya va faqat tarbiya hisobidan. Sh.Mirziyoyev Zero ta’lim jarayonini tashkillashda axborot–kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanayotgan ko’pgina rivojlangan mamlakatlar o’quv jarayonini sifat jihatdan yangi bosqichga ko’tarishga erishayotganliklari hayotda o’z tasdig’ini topmoqda. Ushbu bitiruv malakaviy ishda bayon etilgan ma’lumotlar esa bu axborot–kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish salohiyati to’g’risida fikr yuritishga asos bo’ladi. Ayniqsa, tashhizlanuvchan o’quv maqsadlarini belgilash, talabalarni mustaqil bilim olishga undash, o’quv jarayonini doimo rivojlanib boruvchi dinamik tizim sifatida loyihalash kabi tashkiliy-uslubiy ishlarni amalga oshirishda innovatsion texnologiyalar katta imkoniyatlarga ega. Innovatsion texnologiyalar joriy etish tajribasini o’rganish va unga maqsadli yondashish, o’quv jarayonini insonparvarlashtirish, bunda talabani sust ob’ektdan faol sub’ektga aylantirish, bilish faoliyatining aniq maqsadlarga yo’nalganligini hamda o’quv jarayonini ishlab chiqarish jarayoni kabi takrorlanuvchanligini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega bo’ladi. Mening fikrimcha ta’limda ko’plab innovatsion usullar va interaktiv texnologiyalar samarali bo’lib, ayniqsa ta’limda aniq maqsad qo’yish yoki fanlararo bog’lash, aniq maqsadga erishish ko’p foydali xisoblanadi. «Maqsadli yondashuv» uslubi ta’limda o’quvchi, talabalarni ijodiy fikrlashga, fanning mazmun mohiyati va maqsadini o’rgatadi. U nafaqat o’quv-bilim faoliyatini tizimlashtiradi, jadallashtiradi, balki ta’lim oluvchilarning umumiy madaniyatini yuksaltirishga ham xizmat qiladi, predmetlararo bog’lanish tufayli maqsadlar turli darajada namoyon bo’ladi: masalan informatika va axborot texnologiyalari fanining maqsad va darajalari kuydagilardan iborat: Informatika va axborot texnologiyalariga bog’liq bir necha fanlarni birlashtirib, maxsus kurslar yaratish. Informatika va axborot texnologiyalar o’quv fanlarining turli bo’laklarini ma’lum bir blokka birlashtirish, bir mavzuni ikki yoki bir necha predmetlar asosida o’rganish, bilimlarni umumlashtirish asosida axborot texnologiyalar bo’yicha yaratilgan kurslarni o’rganish. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: 1. “Ta’limda innovatsion texnologiyalar” Ishmuxammedov R, Abduqodirov A, Pardayev A. Toshkent-2008 2. O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 21 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasi. “Amalga islohotlarimizni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyat qurish – yorug‘ kelajagimizning asosiy omilidir”. Toshkent – “O‘zbekiston” - 2013 Download 260.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling