Kurs ishi Mavzu: Ishlab chiqarish jarayonlari sanitar – gigienasi


Ishlab chiqarish muhitining mikroiqlimiga ikkita asosiy ichki va tashqi sabablar bog‘liq bo‘ladi


Download 371.02 Kb.
bet2/5
Sana19.06.2023
Hajmi371.02 Kb.
#1623419
1   2   3   4   5
Bog'liq
HFX

Ishlab chiqarish muhitining mikroiqlimiga ikkita asosiy ichki va tashqi sabablar bog‘liq bo‘ladi.

  • Ichki sabablar nisbatan doimiy xarakterga ega bo‘lib, ishlab chiqarish texnologiyasiga, qo‘llanadigan asbob-uskunalarga va sanitariya-texnikaviy qurilmalarga bog‘liq bo‘ladi. Ichki sabablarning ta’sir kuchi qo‘llaniladigan asbob-uskunalarning quvvatiga va sanitariya-texnikaviy qurilmalarning sifatiga bog‘liq bo‘ladi.

Tashqi sabablar o‘zgaruvchan xarakterga ega bo‘lib, yil fasllariga, ob-havoga, kecha va kunduzga bog‘liq bo‘ladi. Tashqi sabablarning ta’sir kuchi binolarning devoriga, tomiga, qanday materialdan qurilganiga, romlarning bor yo‘qligiga va ularning sifatiga bog‘liq bo‘ladi.

Shovqin tebranish,infra ,ultra tovushlarning tasiri, oldini olish chora tadbirlari,


20 dan 20000 gersgacha (gs) tebranishlar tovush deb ataladi va ularni biz tovushdek eshitamiz. (Gers 1 sekunddagi tebranishlar chastotasidir).
Bir qancha tovushlarni tartibsiz qo‘shilishi shovqin deb ataladi.
20 gs dan past bo‘lgan tebranishlar infratovush deb ataladi.
20000 gs dan yuqori bo‘lgan tebranishlarni esa ultratovush deyiladi. Ultratovushlarni biz eshita olmaymiz, ularni faqat ba’zi bir uy xayvonlarigina eshita oladi.
  • Qattiq jismlarning tebranishiga va shu tebranishlarni jismlarning o‘zlari yoki boshqa qattiq jismlar orqali uzatilishiga silkinish,titrash deyiladi.
  • Silkinishni biz chayqalishdek qabul qilamiz va ularni tebranish chastotasi 1 gs dan 100 gs gacha bo‘ladi.
  • Juda ko‘p tebranishlarga ega bo‘lgan tovushlar insonning kar bo‘lib qolishga asosiy sabab bo‘ladi. Ishlab chiqarishda shovqin ichki quloqqa faqat havo orqali o‘tibgina qolmasdan, balki bosh suyagi orqali ham o‘tadi.
  • Silkinishning zararli ta’siri:
  • Silkinish ishlab chiqarish zarari bo‘lib, odam tanasiga yoki uning ayrim qismlariga bevosita beriladigan mexanik tebranma harakatlardir. Qattiq jismlarning sekundiga 26 tadan kam (infratovushlar) va 20000 dan yuqori (ultratovushlar) tebranishi eshitish organi tomonidan tovush sifatida qabul qilinmaydi. Odam organizmi ularni fizika nuqtai nazaridan ma’lum bir davr ichida takrorlanadigan tebranuvchi harakatlar yig‘indisidan iborat silkinish sifatida qabul qiladi.
  • Ishlab chiqarish sharoitida silkinish odam organizmiga bilvosita yoki bevosita ta’sir qiladi.
  • Turli xildagi pnevmatik asbоblarni ishlatishda faqat ish qilayоtgan qо‘lga titrash ta’sir qilibgina qоlmay, balki tananing bоshqa qismlari, ayniqsa, asbоblar uchun tirgak bо‘ladigan yоki ishlanayоtgan buyumlarni bоsib turadigan оyоqqa ham ta’sir qiladi.
  • Shovqin va silkinishga qarshi ko‘riladigan tadbirlar:
  • Ishlab chiqarishdagi qattiq shovqinlarni keskin kamaytiradigan yoki yo‘qotadigan choralarga, birinchi navbatda shovqin chiqaradigan texnologik jarayon yoki asbob uskunalarni o‘zgartirish kiradi.
  • Mashinalar, stanoklar va boshqa turdagi mexanik asbob uskunalarning ishlashida shovqin va silkinishni keltirib chiqaruvchi sabablar eng avvalo harakat qilish jarayonida ulardagi ayrim qismlarning bir-biriga urilishi, mashinalarning silkinuvchi va aylanib harakat qiluvchi qismlari kiradi. Bu sabablarni yo‘qotishni asbob uskunalarni konstruksiyalash vaqtidan boshlash kerak.
  • Tajribalar shuni ko‘rsatadiki, shovqinni yutuvchi materiallar yordamida shovqin kuchini deyarli 10 marta kamaytirish mumkin ekan.
  • Shоvqin va titrashni оrganizmga ta’sirini kamaytirishda ishchilarni mehnat qilish rejimiga e’tibоr berib, nоrmal mehnat sharоitini tashkil etish kerak.
  • Shоvqin va titrashga qarshi kurashda maxsus kiyimlar ham muhim ahamiyatga ega.

Download 371.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling