Kurs ishi Mavzu: Ishlab chiqarish jarayonlari sanitar – gigienasi


Ishlab chiqarish changi va ularga qarshi chоra-tadbirlar


Download 371.02 Kb.
bet4/5
Sana19.06.2023
Hajmi371.02 Kb.
#1623419
1   2   3   4   5
Bog'liq
HFX

1.Ishlab chiqarish changi va ularga qarshi chоra-tadbirlar

  • Sanoatda, transport vositalarini ishlatishda va qishloq xo‘jaligida bajariladigan ishlarning deyarli hammasida chang hosil bo‘lishi va ajralishi kuzatiladi.
  • Har xil texnologik jarayonlarni bajarishda yuzaga keladigan va havoda muallaq holatda bo‘ladigan qattiq moddalarga ishlab chiqarish changi deb aytiladi.

Changning ishchilar salomatligiga zararli ta’siri quyidagi omillarga bog‘liq bo‘ladi:
- chang zarralarining fizik-kimyoviy xossasiga;
- kattaligi (dispersligi) va shakliga;
- havodagi changning miqdoriga;
- smena davomida ta’sir etish muddati va kasbda ishlash davriga va h.k.
Таbiy chaglar
Suniy changlar
Tabiatda inson ta’sirisiz hosil bo‘ladigan changlar. Bunday changlarga shamol va bo‘ronlar ta’sirida qum va tuproqning eroziyalangan qatlamlarining uchishi, o‘simlik va hayvonot olamida paydo bo‘ladigan changlar, vulqonlar otilishi, kosmosdan yer atmosferasiga tushadigan va boshqa hollarda hosil bo‘ladigan changlarni kiritish mumkin. Atmosfera muhitidagi chang miqdori tabiiy sharoitga, havoning holatiga, yil fasllari va ushbu hudud qaysi mintaqaga joylashganligiga bog‘liq.
Sanoat korxonalarida va qurilishlarda insonning bevosita yoki bilvosita ta’siri natijasida hosil bo‘ladigan changlar kiradi. Kelib chiqishi bo‘yicha organik, mineral va aralashma changlar farqlanadi. Changning zararli ta’siri asosan uning kimyoviy tarkibiga bog‘liq.
Changning asosiy turlari

Kelib chiqishi bo‘yicha chang zarralari organik (o’simlik va hayvon changlari), organik bo’lmagan (mineral va metall changlari) va aralashgan holda bo’lishi mumkin. Chang ko’zga, nafas olish yo’llariga, o’pkaga va teriga zararli ta’sir qiladi. Changlarning fizik va kimyoviy xossalari ularning dispyersligi, zarrachalarning shakli, erish qobiliyati hamda kimyoviy tarkibiga bog’liq. Changlarning havoda muallaq holatda bo’lishi davomiyligi, nafas olish organlariga kirib borish chuqurligi, fizik va kimyoviy faolligi va boshqa xossalari chang zarrachalarining o’lchamlariga bog’liq bo’ladi.

  • Kelib chiqishi bo‘yicha chang zarralari organik (o’simlik va hayvon changlari), organik bo’lmagan (mineral va metall changlari) va aralashgan holda bo’lishi mumkin. Chang ko’zga, nafas olish yo’llariga, o’pkaga va teriga zararli ta’sir qiladi. Changlarning fizik va kimyoviy xossalari ularning dispyersligi, zarrachalarning shakli, erish qobiliyati hamda kimyoviy tarkibiga bog’liq. Changlarning havoda muallaq holatda bo’lishi davomiyligi, nafas olish organlariga kirib borish chuqurligi, fizik va kimyoviy faolligi va boshqa xossalari chang zarrachalarining o’lchamlariga bog’liq bo’ladi.

Download 371.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling