Kurs ishi mavzu: Islom sivilizatsiyasining vujudga kelishi va rivojlanishida Markaziy Osiyolik allomalarning qo‘shgan hissasi


Download 119.28 Kb.
bet9/12
Sana22.06.2023
Hajmi119.28 Kb.
#1648884
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
JABBOROV OMONDULLA)

Xorazm ma’mun akademiyasi.Ilmiy markaz tuzish, fan taraqqiyotiga xizmat qilish, uning samaralaridan foydalanishga intilish an’anasi X asr oxiri - XI
asming boshlarida Xorazmda hukmronlik qilgan Ma’muniylar (995-1017) sulolasi davrida ham davom ettirildi va yanada yuqori pog‘onaga ko‘rsatildi.995-yil Gurganj amiri Ma’mun ibn Muhammad ibn Iroq Afrig‘iylar Nulolasiga barham berdi. U Kat shahrini bosib oladi va poytaxtni Gurganjga ko‘chirib, o‘zini xorazmshoh deb e’lon qiladi. Uning vorisi Ali ibn Ma’munning taklifi bilan 1004—1005-yillarda Abu Nasr ibn Iroq, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Abu Sahl Masihiy, al-Xo‘jandiy, kimyogar olim Abdu Malik as-Solibiy kabi o‘z davrining o‘nlab buyuk olimlari Gurganj shahriga to‘planishadi. Shu tariqa 1004-yildanboshlab l iurganjda «Dor-ul-hikma va maorif» (ba’zi manbalarda «Majlisi ulamo») nomini olgan ilmiy muassasa to‘la shakllanadi. Bu yerda ilmning barcha sohalarida tadqiqot va izlanishlar olib borilib, ko‘plab manbalar to‘plangan, tarjimonlik ishlari bajarilgan, hind, yunon, arab olimlarining ishlari o‘rganilgan. XVIII-XX asr tarixchi olimlari tomonidan olib borilgan tadqiqotlar bu dargoh o‘z davrining Akademiyasi bo‘lganligini isbotladi. Keyinchalik unga shartli ravishda «Xorazm Ma’mun akademiyasi» deb nom berildi.Xiva shahrining 2500 yilligiga bag‘ishlangan yubiley tantahalarida 0‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I. Karimov Xorazmdagi Ma’mun akademiyasini qayta tiklash tashabbusi bilan chiqdi va 1997-yil 11-noyaprda imzo chekkan Farmoniga binoan Xiva shahrida Ma’mun akadfemiyasi qayta tashkil qilindi. Bu voqea o‘zbek xalqi madaniy va ma’naviy hayotida muhim o‘rin egalladi1.
Imom Buxoriy (810-870-yy). Hadis ilmining rivojida oltin davr hisoblangan hijriy uchinchi (milodiy to‘qqizinchi) asrda hadisshunoslikda katta muvaffaqiyatlar qo‘lga kiritilgan. Chunonchi, butun islom dunyosidagi eng nufuzli manbalar deb tan olingan oltita ishonchli hadislar to‘plamining mualliflari yashab ijod qilishgan. Yana shunisi diqqatga sazovorki, mazkur olti muhaddisning deyarli hammasi Markaziy Osiyolik bo‘lib, ular: Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy, Imom Muslim ibn al-Hajjoj (206/819-261/874), Abu Iso Muhammad ibn Iso at-
Termiziy (209/824-279/892), Imom Abu Dovud Sulaymon Sijistoniy (202/817-275/880), Imom Ahmad An-Nasoiy (215/830-303/915), Imom Abu Abdulloh Muhammad ibn Yazib ibn Mojja (209/824-273/886) kabi siymolardir. Shular ichidan «Hadis ilmida amir al-mo‘miniyn>> degan sharafli nomga sazovor bo‘lgan Imom al-Buxoriy alohida e’tiborga molik buyuk olimdir.Uning to‘liq ismi Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil ibn Ibrohim ibn al-Mag‘iyra ibn Bardazbeh al-Juafiy al-Buxoriy bo‘lib, u hijriy hisobda 194-yil shawol oyining 13-kuni (810-yil 20-iyul)da Buxoro shahrida tavallud topgan. U yoshligidan aql-idrokli, o‘tkir zehnli va ma’rifatga havasi kuchli bo‘lib, turli ilm-fanlami, ayniqsa, hadis ilmini zo‘r qiziqish bilan egallaydi. Manbalarda ko‘rsatilishicha, u o‘n yoshidan boshlab o‘z yurtidagi turli rivoyatchilardan eshitgan hadislami, shuningdek, Abdulloh ibn al-Muborak va Vakiy kabi olimlaring hadis to‘plamlarini mutolaa qilib, yodlagan, ustozi Shayx Dohiliy bilan hadis rivoyatchilari haqidagi qizg‘in bahslarda qatnashgan. 825-yili o‘n olti yashar al-Buxoriy onasi va akasi Ahmad bilan Hijozga qarab yo‘l tutadi, muqaddas shaharlar Makka va Madinani ziyorat qilib, bir necha yil Hijozda yashab, hadis ilmidan o‘z bilimini yanada oshirish maqsadida o‘sha paytda ilm-fanning yirik markazIaridan hisoblangan Damashq, Qohira, Basra, Kufa, Bag‘dod kabi shaharlarda yashab, u joylardagi mashhur olimlaridan hadis bilan bir qatorda fiqh ilmidan ham ta’lim oladi, yirik olimlar davrasida ilmiy bnhslar-u munozaralarda qatnashadi va ilm toliblariga dars ham berdi. Imom al-Buxoriy hayotining ko‘p qismi xorijiy ellarda, musofirchilikda o‘tdi.Ilm oshirish maqsadida Imom Buxoriy ko‘plab olimlardan ta’lim oladi. 0‘z navbatida Imom Buxoriy ham ko‘pgina shogirdlariga ustozlik qilgan. Is’hoq ibn Muhammad ar-Ramodiy, Abdulloh ibn Muhammad al-Masnadiy Muhammad ibn Xalif ibn Qutayba, Ibrohim nl-Harbiy, Abu Iso at-Termiziy, Muhammad ibn Nasr al-Marvaziy, Muslim ibn al-Hajjoj kabi yetuk olimlar uning shogirdlaridir.Termizlik mashhur muhaddis Abu Iso Termiziy Imom Buxoriyga ham shogird, ham safdosh hisoblanib, ulaming o‘zaro munosabatlari ihratli bo‘lgan.
Uzoq yillar Sharqning turli-tuman mamlakatlariga safar qilgandan keyin umrining oxirlarida al-Buxoriy besh (863-868) yil Nishopurda yashab, madrasada hadis ilmidan dars bergan. O‘sha paytda Nishopur musulmon Sharqidagi eng yirik ilmiy markazlardan biriga aylanganligi sababli ko‘p mashhur olimlar shu shaharda to‘planishgandi. Al-Buxoriyning at-Termiziy bilan uchrashuvi ham Nishopurda yuz berib, diyorimizdan chiqqan ikki mashhur muhaddis o‘rtasida unutilmas, qizg‘in ilmiy bahslar, ko‘pdan ko‘p ijodiy, do‘stona uchrashuvlar bo‘lib o‘tadi1. At-Termiziyning yozishicha, u o‘z asarlari uchun ko‘p ma’lumotlami al-Buxoriy bilan uchrashuvlaridan olgan. Shu bilan birga al-Buxoriy ham at- Termiziyning bilimini yuqori baholab: «Men sendan ko‘rgan foyda sen mendan ko‘rgan foydadan ortiqroq», deb unga nisbatan chuqur hurmatini bildirgan. At-Termiziy o‘z ustozi va safdoshi al-Buxoriyni butun umri davomida hurmatlab, unga samimiy sadoqatda bo‘lgan.Imom al-Buxoriy nafaqat yirik olim, balki o‘zining go‘zal xulq atvori, odamoxunligi, muruwatliligi, himmatliligi va beqiyos saxovatliligi bilan boshqalardan tamomila ajralib turgan. U zehni o‘tkirligi va yodlash qobiliyatining kuchliligi bilan ham xalq orasida g‘oyat shuhrat qozongan. Manbalarda al-Buxoriyning 600 mingga yaqin hadisni yod bilgani qayd qilingan.Imom al-Buxoriy xorijdan qaytgach, o ‘z vatani Buxoroda ko‘plab shogirdlar va ulamolarga hadis ilmidan saboq berish bilan mashg‘ul bo‘ladi. Aksariyat omma uni hurmat qilgan, ammo ba’zi hasadgo‘y, qora niyatli kishilar al-Buxoriyni ko‘rolmas edilar. Natijada hasadgo‘ylarning xatti-harakati tufayli Buxoro amiri Xolid ibn Ahmad az-Zuhaliy bilan al-Buxoriyning aloqasi buzilib qoladi. Bunga sabab, amir olimdan uning huzuriga kelib, «Al-jome’ as-sahih», «At-ta’rix» kitoblarini o‘qib berishni talab qiladi. Lekin al-Buxoriy: «Men ilmni xor qilib, uni hokimlar eshigi oldiga olib bormayman, kimga ilm kerak bo‘lsa, o‘zi izlasin. Lekin Alloh oxirat kuni ilmni yashirmay uni toliblarga sarf qilgani uchun meni kechiradi», degan javobni aytadi. Amirga javob yoqmay, fitnachi, shaxslarning gapiga kirib, al-Buxoriyga
shaharni tark etishni buyuradi. Shundan keyin al-Buxoriy Samarqandga qarab yo‘l oladi va birmuncha muddat Xartang qishlog‘ida o 'z sho gird lari va qarindosh-urug‘larinikida yashagandan keyin og‘ir kasalga chalinib. hijriy 256-yil (milodiy 870-yil 1-sentabr) 60 yoshida vafot etadi va shu yerda dafn qilinadi.Imom al-Buxoriy avlodlarga boy va qimmatli ilmiy meros qoldirgan bo‘lib, u yozgan asarlarning soni yigirmadan ortiqdir. Ulardan «Al-jome’ as-sahih», «Al-adab al-mufrad», «At-ta’rix as-sag‘iy», «At-ta’rix al-avsot», «At-ta’rix al-kabir», «Kitob al-ilab”, «Barr ul-volidayn», «Asomi us-sahoba», «Kitob al-kuna» va boshqalarni ko‘rsatish mumkin. Buyuk allomaning eng muhim asari, shubhasiz, «Al-jome’ as-sahih»dir. Bu asar «Sahiyh al-Buxoriy» nomi bilan ham mashhur. Uning g‘oyat ahamiyatli tomoni shundaki, Imom al-Buxoriygacha o ‘tgan muhaddislar o‘z to‘plamlariga eshitgan barcha hadislarini tanlab o‘tirmay qatorasiga kiritaverishgan. Imom al-Buxoriy esa turli roviylardan eshitgan hadislarni tabaqalarga bo‘iib,ularning ishonchlilarini ajratib, alohida kitob yaratdi1.

Download 119.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling