Kurs ishi mavzu: Islom sivilizatsiyasining vujudga kelishi va rivojlanishida Markaziy Osiyolik allomalarning qo‘shgan hissasi
Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy (783-850)
Download 119.28 Kb.
|
JABBOROV OMONDULLA)
Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy (783-850). Buyuk matematik, astronom va geograf Muhammad al-Xorazmiy VIII asming oxiri va IX asming birinchi yarmida yashab ijod etdi. Bu davrda Movarounnahr va Xuroson Arab xalifaligi tarkibiga kirar edi.Xorazmiy dunyo fani taraqqiyotiga katta hissa qo‘shdi. U algebra fanining asoschisi edi. «Algebra» so‘zining o‘zi esa uning «Al-kitob al-muxtasar fi hisob al-jabr va al-muqobala» nomli risolasidan olingan. Uning arifmetika risolasi hind raqamlariga asoslangan bo‘lib. hozirgi kunda biz foydalanadigan o‘nlik pozitsion hisoblash sistemasi va shu sistemadagi amallaming Yevropada tarqalishiga sabab bo‘ldi. Olimning «al-Xorazmiy» nomi esa «algoritm» shaklida fanda abadiy o‘mashib qoldi. Uning grografiyaga doir asari esa arab tilida o‘nlab geografik asarlaminglyaratilishiga zamin yaratdi1. Xorazmiyning «Zij»i Yevropada ham, Sharq mamlakatlarida ham astronomiyaning rivojlanish yo‘lini ko‘rsatib berdi. Lekin afsuski, fanning bir necha tarmoqlariga asos solgan, «o‘z davrining eng buyuk matematigi va agar barcha shart-sharoitlar nazarga olinsa, hamma davrlaming ham eng buyuklaridan biri»|(J. Sarton) bo‘lgan bunday siymoning hayoti haqida ma’lumotlar deyarli saqlanmagan. Xorazmiy Xorazm-loikasida tug‘ilib, o‘sdi. Adabiyotlarda 783- yil uning tug‘ilgan yili deb qabul qilingan. U dastlabki ma’lumot va turli sohadagi bilimlarni alosan o‘z yurtida, 0‘rta Osiyo shaharlarida ko‘pgina ustozlardan olgan.Ma’lumki, al-Ma’rtiun 809-yildan Marvda dastlab xalifa Xorun ar- Rashidning noibi, so‘ng 813-yildan boshlab xalifa sifatida 819-yili Bag‘dodga ko‘chadi. Al-Ma’mun Marvda bo‘lganida Xorazmiyni, movarounnahrlik va xmrosonlik boshqa olimlami o‘z saroyiga jalb qilgan.Xalifa al-Ma’mun dawida Bag‘dodda Markaziy Osiyo va Xurosondan kelgan bir guruh olimlar ijod etgan. Ular orasida Xorazmiy bilan bir qatorda Marvon Yahyo ibn Abu Mansur, al-Farg‘oniy, Habash al-Marvaziy, Xolld ibn Abdumalik al-Marvarrudiy, Forobdan Abul Abbos al-Javharij va boshqa olimlar bor edi.Bag‘dodda al-Ma’mun otasi tomonidan asos solingan ilmiy markaz - «Bayt ul-hikma» faoliyatini har tomonlama takomillashtirib, unga yirik davlat muassasasi tusini berib, avvaliga taijimonlik faoliyatini keng ko‘lamda rivojlantirdi. Vizantiya, Hindistondan ko‘plab kitoblar keltirilib, «Bayt Ul-hikma»ning faoliyat doirasi birmuncha kengaytiriladi, uning noshida ikkita yirik rasadxona: birinchi 828-yilda Bag‘dodning ash-Shammosiya mahallasida, ikkinchisi Damashq yaqinidagi Kasiyun tog‘ida 831-yilda barpo etiladi. Ikkala rasadxonaning ham faoliyatini O‘rta Osiyo va Xurosondan kelgan olimlar boshqaradi. Xorazmiy bu ilmiy markazning mudiri sifatida lining faoliyatini kuzatib turadi1.Xorazmiy bilan Bag‘dodda, keyinchalik «Ma’mun akademiyasi» nomi bilan tanilgan «Bayt ul-hikma»da Suriya, Iroq, Eron va xalifalikning boshqa yerlaridan kelgan olimlar ham faoliyat ko‘rsatishgan. lroq ular orasida o‘rta osiyoliklar salmoqli o‘rinni egallagan. Xorazmiy ana shunday ilmiy muhitda yashab ijod qildi. U 850-yilda Bag'dodda vafot etdi. Xorazmiy qalamiga mansub 20 dan ortiq asarlaming faqat 10 tasi bizgacha у etib kelgan. Bular «Al-jabr va al-muqobala hisobi haqida qisqacha kitob» - algebraik asar, «Hind hisobi haqida kitob» yoki «Qo‘shish va ayirish haqida kitob» - arifmetik asar, «Kitob suratul-arz» - geografiyaga oid asar, «Zij», «Asturlob bilan ishlash haqida kitob», «Asturlob yasash haqida kitob», «Asturlob yordamida azimutni aniqlash haqida», «Kitob ar-ruhoma», «Kitob at-ta’rix», «Yahudiylaming taqvimi va bayramlarini aniqlash haqida risola». Bu asarlaming to‘rttasi arab tilida, bittasi Farg‘oniyning asari tarkibida, ikkitasi lotincha taijimada saqlangan va qolgan uchtasi hali topilgan emas. Xorazmiyning arifmetik risolasi qachon yozilgani noma’lum. Biroq unda olim algebraga oid risolasini eslaydi. Demak, bundan Xorazmiy arifmetik risolani algebraik risoladan keyin yozgani ma’lum bo‘ladi. Bu risola XII asrda Ispaniyada lotin tiliga tarjima qilingan. Tarjimaning XIV asrda ko‘chirilgan yagona qo‘lyozmasi Kembrij universiteti kutubxonasida saqlanadi. Risola «Diksit Algorizmi», ya’ni «Al-Xorazmiy aytdi» iborasi bilan boshlanadi1.
Download 119.28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling