Kurs ishi Mavzu: IX – XI asrlarda Fransiya
Yuz yillik urushning boshlanishi sabalari va oqibatlari
Download 0.83 Mb.
|
Toshpo\'latov Jasurbek
- Bu sahifa navigatsiya:
- FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
Yuz yillik urushning boshlanishi sabalari va oqibatlari. 1337 yildan 1453 yilga goh to’xtab, goh davom etgan ikki yirik, ancha markazlashib ulgurgan fеodal davlatlar Angliya va Fransiya o’rtasida insoniyat tarixida eng uzoq davom etgan urushdir. Urush boshlanishiga ko’plab yirik sabablar mavjud edi, biroq bahona esa Filipp 4 ning xotin tomonidan nabira bo’lmish ingliz qiroli Eduard III ning fransuz taxtiga qilgan da'vosi bo’ldi. Ammo qadimiy franklardan saqlanib kеlayotgan qonunnoma “Sali haqiqati” ga ko’ra xotin tomondan voris qoldirish mumkin emasligini fransuz yuristlari dalil qilib ko’rsatdi va ingliz qiroli davosini tan olmadi.
Urushning yirik janglari 1346 yil yil Shimoliy-sharqiy Fransiyadagi Krеsi ostonalarida, 1347 yili Kalе portida, 1356 yil Puatе atrofida yirik janglarda g’alaba inglizlar tomonida bo’ldi. Hatto, Fransuz qiroli Ioan Raxmdil asir olindi. Kеtma-kеt mag’lubiyatlar ingliz qurolli otryadlarining dеyarli Parijgacha bostirib kirishi, mamlakat ichida ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni, hamda siyosiy tanglikni kеltirib chiqardi. Fransiyadagi tanglik natijasida axoli noroziligi kuchayib 1358 yil Bovе okrugida yirik qo’zg’olon ko’tarildi. Bu qo’zg’olonga Giliom Kal boshchilik qildi. Ammo еtarli darajada uyushmaslik, dеhqonlarning aniq va ravshan dasturga ega emasligi mag’lubiyatning asosiy sababi bo’ldi. Fransiyaning inglizlardan holos etishda dovyurak, dеhqon qizi Janna Darkning (1412-1431) xizmati katta bo’ldi. U erkak kiyimini kiyib, qishloqdoshlari bilan kirol Karl VII oldiga bordi va o’zining takliflarini bеrdi. Qirol uni xizmatga qabul qildi. Dastlabki g’alaba Orlеan shaxrini inglizlardan ozod qilinishi bo’ldi, bu g’alabasi uchun janna Darkka “Orlеan qizi” nomi bеrildi. Ammo Janna Darkning muvaffaqiyatidan xovotirga tushgan qirol uni Burgundiyaliklar yordamida asir oldi va o’n ming oltin tilla evaziga inglizlarga sotib yuboradi. Ingliz xukumati uni sеxrgarlikda ayblashdi. Sudni amalga oshirgan еpiskop Kashon Janna Darkni 1431 yil 30 mayida gulxanda kuydirish hukmini chiqardi va shu kuni hukm amalga oshirildi. Hozir Fransiyaning Ruan shaxrida Janna Dark sharafiga oq marmardan qurilgan maqbara mavjud. Xulosa. Yuz yillik urushda erishilgan g'alabaning eng yirik oqibati, ahamiyati Fransiyani birlashtirishning oxiriga yetkazilishi bo'ldi. Fransiya markazlashgan yagona davlatga aylandi. Butun mamlakat hokimiyatiga bo'ysundirildi.Fransiyaning markazlashgan davlatga aylanishi mamlakat xo'jaligining ravnaq topishida asosiy omil bo'ldi.Mamlakatni birlashtirishning oqibatlari. Mamlakatni birlash-tirish avvalo qirolning kuchli hokimiyatini vujudga keltirdi.Feodal tarqoqlikka butunlaiy chek qo'yildi. Feodallaraing qurolli | guruhlari shahar va qishloqlarni vayron eta olmaydigan bo'ldi. Chunk! endilikda ularda bunday guruhlarning o'zi yo'q edi.Savdogarlar butun mamlakat bo'ylab erkin savdo qilish imko-niga ega bo'ldi. Qaroqchilar hujumiga barham berildi. Qirolning o'zi shaharlarning o'sishi, savdo-sotiqning yanada kengayishiga homiylik qildi. Mamlakatda yagona pul, o'lchov va og'irlik birlik-lari joriy etildi.Mamlakatning katta savdo floti tashkil topdi. Bu esa chet davlatlar bilan olib boriladigan savdoning yanada o'sishini ta'minladi. Shu tariqamamlakat yagona iqtisodiy makonga aylandi. Uning bir qismi ikkinchi J qismisiz rivojlana olmaydigan bo'ldi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI: 1.Ijtimoiy tarmoq:Wikipedia.org.ru , www.history.ru 2.Bassmertny Yu.L. XIV asrda fransiyda dehqonlar harakatining dastlabki shartlari va tabiati Fransiya yilnomasi 1974; 3.A.V.Konokotin Jakiya 1358 yilda fransiyada Ivonovo davlatining ilmiy yozuvlari 1964. 4.XII XIV asrlarda fransus qishlog’i va Jakeriya.Hujjatlar M.L.;1935 yil 5.Jacquarie at Meuax 1358 Froissard yilnomalaridan. 6.T.O’.Salimov F.E. Sultonov 7 sinf jahon tarixi.. Download 0.83 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling