Kurs ishi mavzu: “Keynsning makroiqtisodiy muvozanat modeli” Bajardi: 3 – kurs ik-520 talabasi Omonova Gulinur Ilmiy rahbari: Topshirgan sanasi: Himoya qilgan sanasi: Baho: samarqand 2023


Xakikiy va rejalashtirilgan xarajatlar


Download 236.22 Kb.
bet4/9
Sana18.03.2023
Hajmi236.22 Kb.
#1283153
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Keynsning makroiqtisodiy muvozanat modeli Kurs ishi (3)

3. Xakikiy va rejalashtirilgan xarajatlar.

Ishlab chikarishning kamayishi natijasida mumkin bo`lgan yo`kotishlarning oldini olish uchun jami talabni tartibga solib turadigan faol davlat siyosati zarur. SHuning uchun xam Keynsning iktisodiy nazariyasini ko`p xollarda jami talab nazariyasi deb yuritiladi. Jami talab komponentlari, ayniksa investitsiyalarning o`zgarishi makroiktisodiy bekarorlik sabablaridan biridir.


Xakikiy investitsiyalar rejalashtirilgan va rejalashtirilmagan investitsiyalar mikdorini o`z ichiga oladi. Rejalashtirilmagan investitsiyalarga tovar – moddiy zaxiralariga (TMZ) investitsiyalardagi kutilmagan o`zgarishlar kiradi. Ushbu rejalashtirilmagan investitsiyalar tenglashtiruvchi mexanizm sifatida jamgarma va investitsiyalar mikdorining o`zaro bir-biriga mos kelishiga olib keladi va makroiktisodiy muvozanatni ta`minlaydi.
Rejalashtirilgan xarajatlarga uy xo`jaliklari, firmalar, davlat va tashki dunyoning maxsulot va xizmatlarni sotib olishga mo`ljallagan xarajatlari kiradi. Firmalar tomonidan ishlab chikarilgan maxsulotlarni sotishdagi kutilmagan o`zgarishlar tovar moddiy zaxirasiga rejalashtirilmagan investitsiyalar kilishga olib kelsa, xakikiy xarajatlar rejalashtirilgan xarajatlardan fark kiladi.
Rejalashtirilgan xarajatlar funktsiyasi :E=S+ I +G+Xp ko`rinishiga ega. Dekmak uning grafigi iste`mol funktsiyasi (S=a+ v (U-T) ) grafigiga nisbatan I+G+Xp mikdorda yukoriga surilgan bo`ladi. Keltirilgan Xp -sof eksport bo`lib, uning funktsiyasi esa kuyidagi ko`rinishga ega:
Xp = g - m’Y
Bu erda :g – avtonom sof eksport;
m’ - importga chegaralangan moyillik; Y – daromad.
Importga chegaralangan moyillikimport xarajatlaridagi o`zgarish mikdorini bunga sabab bo`lgang daromadlardagi o`zgarish mikdoriga bo`lib topiladi.
m’ = ΔM / ΔY;

Bu erda: ΔM - importga xarajatlarning o`zgarishi;


ΔY - daromadlarning o`zgarishi.
YAlpi daromadlarning oshishi bilan import xam oshadi. CHunki, bunda iste`molchilar va investorlar xam milliy xam import maxsulotlarga bo`lgan xarajatlari mikdorini oshiradilar. Ayni paytda mamlakatning eksporti xajmi shu mamlakatdagi yalpi daromadlar (Y) mikdoriga bevosita boglik bo`lmaydi, balki tovar olib chikib ketayotgan mamlakatning yalpi daromadlari o`zgarishiga boglik bo`ladi. SHuning uchun xam mamlakatdagi yalpi daromadlar (Y) o`zgarishi bilan sof eksport (Xp) o`rtasidagi bogliklik salbiydir va sof eksport funktsiyasida minus ishorasi bilan belgilanadi.
Keynsning makroiktisodiy muvozanat modelini ko`rib chikish jarayonini soddalashtirish uchun sof eksport mikdori yalpi daromadlar (Y) o`zgarishiga boglik emas deb olinadi. SHuning uchun sof eksport to`ligicha avtonom xarajatlar mikdoriga ko`shiladi, ya`ni avtonom xarajatlar (S + I + G +Xp) yigindiga teng deb olinadi.

Download 236.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling