Kurs ishi mavzu: Kimyoviy muvozanat termodinamikasi. Kimyoviy reaksiyaning izotermik, izobarik va izoxor tenglamalari. Muvozanat konstantalari. Kurs ishi rahbari: Turaxonov Sh. O. Andijon -2023 Mundarija Kirish I bob Kimyoviy muvozanat


Download 27.97 Kb.
bet4/7
Sana16.06.2023
Hajmi27.97 Kb.
#1490876
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Parpiboyeva 2023 5

II bob. Kimyoviy reaksiya
Kimyoviy reaksiya bir kimyoviy moddalar majmuining boshqa moddalarga aylanishi jarayonidir.[1] Kimyoviy reaksiyalar spontan, yaʼni oʻz-oʻzidan, yoki boshqariluvchi boʻlishi mumkin. Ikkinchi holda kimyoviy reaksiyani oʻtkazish uchun tashqaridan biror energiya (issiqlik, yorugʻlik, elektr) talab etiladi. Kimyoviy reaksiyalarda elektronlar harakati bosh rolni oʻynaydi. Kimyoviy reaksiyaga kirishuvchi moddalar reagentlar, deb ataladi. Reaksiya natijasida hosil boʻladigan moddalar esa kimyoviy reaksiya mahsulotidir. Kimyoviy reaksiyalar kimyoviy formulalar orqali ifoda etiladi. Kerakli mahsulotni olish uchun bir necha reaksiyalar ketma-ketligi talab etilishi mumkin, bu jarayonga kimyoviy sintez deyiladi.
Kimyoviy reaksiya namoyishi.
Kimyoviy reaksiyalar - bir turdagi kimyoviy moddalarningtarkibi va xossalari jihatidan farq qiladigan ikkinchi turdagi moddalarga aylanish jarayoni. Kimyoviy reaksiyalarni kimyoviy tenglama bilan ifodalash mumkin, mas, sulfat kislotaga ruh taʼsir ettirilganda ruh sulfat va vodorod gazi hosil boʻladi:
H2SO4+Zn=ZnSO4+H2.
Kimyoviy reaksiyalarda atomlar oʻzgarmaydi, bir birikmadan ikkinchisiga oʻtadi, xolos. Kimyoviy jarayonlarda toʻgʻri (qaytmas) reaksiya (mas, vodorod yodidning vodorod va yoddan hosil boʻlishi: N2+12->2N1) bilan bir qatorda, qaytar reaksiya (mas, vodorod yodidning parchalanishi:2HI<=>H2+I2) ham sodir boʻladi. Kimyoviy reaksiyalardaishtirok etadigan elementlarning oksidlanish darajadari (valentliklari) oʻzgarsa, bunday reaksiyalar oksidlanish-kaytarilish reaksiyalari deyiladi. Kimyoviy reaksiyalarda molekulalar, atomlar va ionlar ishtirok etishi mumkin. Shunga koʻra, reaksiyalar uchga boʻlinadi: oddiy, ionli va radikal reaksiyalar.
2.1 Kimyoviy reaksiyaning izotermik, isobar jarayonlari.
Oddiy reaksiyalarda molekulalar oʻzaro reaksiyaga kirishadi, mas,
N2+S2=2NS.
Ionli reaksiyalar ionlar ishtirokida boradi. Radikal reaksiyalarda oraliq mahsulot sifatida albatta erkin radikal hosil boʻladi. Radikal reaksiyalar, odatda, zanjir tarzida boradi (k,. Zanjir reaksiyalar). Toʻgʻri va teskari reaksiyalar tezligi teng boʻlganda sistemada kimyoviy muvozanat karor topadi (qarang Kimyoviy termodinamika). Murakkab reaksiyalar, parallel reaksiyalar, ekzotermik reaksiyalar, endotermik reaksiyalar, qattiq fazali reaksiyalar ham mavjud.
Izotermik jarayon (yun. ἴσος (izos) - "barobar" va θέρμη (termon) - "issiq") deb oʻzgarmas haroratda tizim holatining oʻzgarishiga aytiladi. Bu jarayonda harorat sobit qoladi: ΔT = 0. Havoning asta-sekin siqilishini yoki meshdan gazni soʻrib chiqarganda nasos porsheni ostida gazning kengayishini taxminiy oʻlaroq izotermik jarayon, deb hisoblash mumkin. Izotermik jarayonni oʻtkazish uchun o datda tizimga termostat oʻrnatiladi. Bunda jarayonning kechishi yanada tezlashadi. Tizim harorati esa termostat haroratidan farq etmaydi. Izotermik jarayon shunday jarayonki, gaz vazni, molyar gaz va harorat є — konstanta hisoblanadi. Izotermik jarayon Sobit haroratda tizim holatining oʻzgarishi. Carnot issiqlik dvigateli tarxi Carnot issiqlik dvigateli tarxi.
Izotermik jarayon (izo... va yun. therme — issiqlik) — oʻzgarmas temperaturada fizik sistemada roʻy beradigan fizik yoki kimyoviy jarayon. Mas, oʻzgarmas bosimda suyuqlikning qaynashi, kattik, jismning erishi va b. Qaytar va kaytmas Izotermik jarayonlar bor. Izotermik jarayonlarda ideal gaz bosimi b-n hajmi oʻzaro teskari proporsional holda oʻzgaradi. Izotermik jarayonlar issiqlik mashinalarida ham roʻy beradi. Uning grafigi izoterma deyiladi. Izotermik jarayonlar tarkibiy qism sifatida Karno siklit kiradi

Download 27.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling