Kurs ishi mavzu: Ko’p fotonli jarayonlar. Topshirdi: Salayeva. H. Qabul qildi: Matyoqubov. H
-rasm.Qutblangan nurlanishning qaytish koeffitsiyentining tushish burchagiga bog’liqligi
Download 235.9 Kb.
|
Lazer kurs ishi
3-rasm.Qutblangan nurlanishning qaytish koeffitsiyentining tushish burchagiga bog’liqligi.
3-rasmda keltirilgan bog‘lanishlardan ko‘rinib turibdiki, qutblanish turlicha bo‘lgan nurlanishlaming ikki muhit chegarasiga tushishi φ1 burchagining o‘zgarishiga qarab, qaytish koeffitsiyenti turlicha bo‘lishi mumkin. Agar yorug‘lik nurlanishi ikki muhit chegarasiga Bryuster burchagi φB qonun bilan bog‘langanligi uchun tushish burchagi tgφB=n0 kelib chiqadi. Bryuster burchagi — dielektrik sirtdan qaytuvchi yorug‘likning to‘la qutblanadigan tushish burchagidir. Dielektrik sirtdan qaytuvchi yorug‘lik to‘la qutblangan bo‘lishi uchun tabiiy yorug‘likning tushish burchagi bilan dielektrikning sindirish ko‘rsatkichi orasidagi munosabatni - Bryuster qonuni deyiladi. Shunday qilib, qaytgan va singan nurlar 90° burchak tashkil qilganda qutblanish darajasi eng yuqori bo‘ladi. Bu holda qaytgan nur butunlay qutblangan, singan nur esa qisman qutblangan bo‘ladi. Qutblanish darajasi - qisman qutblangan yorug‘likning qutblangan qismini tashkil qiluvchi jadallikning yorug’likning to‘la jadalligiga nisbati bilan xarakterlanadi. Gazli lazerlarda chiziqli qutblangan nurlarni olish uchun razryad nayining chetlari Bryuster burchagi ostida joylashgan shisha plastinkalar bilan yopiladi. Buning natijasida Bryuster burchagi ostida qo‘yilgan shisha plastinkalar bilan chegaralangan razryad nayli lazerlarning qutblanishlari to‘la chiziqli qutblangan bo‘ladi. Xulosa. Biz ushbu kurs ishida ko’p fotonli jarayonlarni fizik asoslarini ko’rib chiqdik. Lazer nurlanishining modda bilan o‘zaro ta’siri mohiyati shu nurlanishning xarakterli xususiyatlari: kogerentligigi, monoxromatliligi, ingichka yo‘naluvchanligi, yuqori intensivlikka egaligi va qisqa davomiyligi kabilar hisoblanadi. Aynan shu ko‘rsatilgan xususiyatlari yangi va xilma-xil fizik jarayonlarga asoslangan bo‘lib, uni fizikaning alohida bo‘limi qilib ajratdi. Nurlanish tizimining yutug‘i o‘zaro ta’sirning boshlang‘ich holatidayoq modda o‘zini namoyon qilishidir, ya’ni elementar aktdan moddaga tashqi maydonning bir necha fotonlari yutiladi. Bu jarayon bir fotonli, ya’ni lazerdan boshqa nurlanish manbalari uchun ko‘p fotonli jarayonga aylanadi. Ko‘p fotonli uyg‘onishlar shunday jarayonki, kvant sistemasida (atomda, molekulada) elektron bog‘langan bir holatdan (boshlang‘ich), tashqi maydonning bir necha fotonlarini yutishi natijasida, boshqa bog‘langan holatga (oxirgi) o‘tadi. Bunda boshlang‘ich va oxirgi holatlar orasida boshqa bog‘langan elektron holatlari yo‘q deb hisoblanadi. Agar shunday holat mavjud bo‘lsa, foton (yoki bir necha fotonlar) yutganda aniq bir o‘tish sodir bo‘lmaydi, foton (bir necha foton) energiyasi bilan o‘tish energiyasi o‘rtasida rezonans bo‘lmaydi, yoki bunday o‘tish tanlash qoidasi bo‘yicha ta’qiqlangan bo‘ladi. Bu qoida nurlanish xususiyatiga va kvant sistemaga bog‘liqdir. Download 235.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling