Kurs ishi mavzu: Ko’p fotonli jarayonlar. Topshirdi: Salayeva. H. Qabul qildi: Matyoqubov. H


-rasm. Ikki fotonli uyg‘onishning prinsipial chizmasi


Download 235.9 Kb.
bet10/13
Sana22.02.2023
Hajmi235.9 Kb.
#1221796
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Lazer kurs ishi

1-rasm. Ikki fotonli uyg‘onishning prinsipial chizmasi.




2.3. Lazer nurlanishining monoxramatikligi, kogorentligi, qutblanishi
Lazer nurlanishining energiyasi va quvvatl. Lazering ish rejimiga qarab xususiyatlarini turli fizik kattaliklar bilan ifodalash mumkin. Lazer uzluksiz nur chiqaruvchi maromda (rejimda) ishlaganda uning xususiyatini xarakterlovchi asosiy kattalik sifatida quvvat olinadi. Hozirgi mavjud lazeming nurlanish quvvati keng intervalda (oraliqda) o‘zgaradi. Masalan: 10-3 Vt dan 10-6 Vt gacha va undan ortiq quvvatli lazerlar yaratilgan. Shunga qarab quvvati 10-3 Vt dan kichik qiymatga ega lazerlar past quvvatli, quvvati 10-6 Vt dan katta lazerlar yuqori quvvatli lazerlar hisoblanadi. Nurlanish intensivligi I va quvvati P orasidagi bog’lanish
P=I*S (3).
orqali ifodalanadi. Bu yerda S - nurning ko‘ndalang kesim yuzasi. Impuls va davriy impuls maromida ishlaydigan lazerlar uchun nurlaming bir impulsdagi energiyasi Eu impulsning davom etish vaqti Tu impulslaming qaytarilish chastotasi vu nurlanishning o‘rtacha quvvati Po’r va impuls quvvati Pu kabi kattaliklar muhim o‘rin tutadi. Lazer texnikasida ishlatiladigan maxsus usullar yordamida impulsning davom etish vaqti 10-2 s bo’lgan lazerlar yaratilgan. Bunday lazer nurlanishlari impulslaridan alohida ajratilgan nurlanishning bir impuls energiyasi e„ kichik 1÷10 J qiymatga ega bo‘lishiga qaramay, lazer nurining impuls qiymati juda kattadir. Ya’ni:
Pu (4).
ifodaga ko'ra bunday lazer quvvati katta qiymatga ega bo’ladi. Rezonator aslligini modulatsiyalash natijasida impulsning davom etish vaqti 10-9 s atrofida bo‘lgan holda qattiq jismli faol muhitga ega lazerning bitta impuls energiyasini 104 J ga yetkazish mumkin. Rezonator-muayyan takroriylikdagi tashqi kuch ta’sir qilganda eng katta amplituda bilan tebranish qobiliyatiga ega bo’lgan tebranish tizimi. Asllik - reaktiv quvvatning dielektrik yo‘qotishlar burchagi kotangensiga teng kuchlanish ostida turgan izolatsiyasidagi dielektrik yo‘qotishlarga nisbati. Modulatsiya - qandaydir muntazam fizikaviy jarayonni tavsiflovchi kattaliklami vaqt davomida berilgan qonun bo‘yicha o‘zgarish. Lazerda yana bir kattalik, foydali ish koeffitsiyenti bilan ham farqlanadi. Qattiq jismli faol muhitga ega lazerlar 1÷5, gaz lazerlari 1÷15, yarimo‘tkazgich lazerlar 40÷60% foydali ish koeffitsiyentiga ega. Lazerlami loyihalashda lazerning foydali ish koeffitsiyentlarini oshirishga alohida ahamiyat beriladi. Chunki past foydali ish koeffitsiyentiga ega lazerlarda faol muhitni sovitib turish ancha murakkab muammolardan biridir.
Lazer nurlanishining to‘lqin uzunligi. Lazerlarning to'lqin uzunligi qiymati bo‘yicha rentgen nurlaridan tortib infraqizil nurlarigacha to‘g'ri keladigan oraliqda nur chiqaradi. Ulaming to‘lqin uzunliklari 1÷105 nm oraliqda yotadi. Turli xil lazerlarning to‘lqin uzunliklari 2 - rasmda keltirilgan.


Download 235.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling