Kurs ishi mavzu: korxona foydasi, uning taqsimlanishi va ishlatilishi bajardi


Foydaning taqsimlanishi va ishlatilishi


Download 97.77 Kb.
bet5/12
Sana23.04.2023
Hajmi97.77 Kb.
#1389518
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
farhod kurs ishi101%

5. Foydaning taqsimlanishi va ishlatilishi
Korxona yalpi foydasining taqsimlanishi ham muhim ahamiyat kasb etadi. Eng avvalo yalpi foydadan boshqa iqtisodiy sub’ektlarga turli toʻlovlar amalga oshiriladi. Bu toʻlovlarga boshqalarning yer va binolaridan foydalanganlik uchun ijara haqi, qarzga olingan pul mablagʻlari uchun toʻlanadigan foizni kiritish mumkin. Bundan tashqari, korxonalar davlat va mahalliy hokimiyat organlari byudjetiga soliqlar toʻlaydilar, turli hayriya va boshqa fondlarga mablagʻlar kiritadilar. Mablagʻlarning qolgan qismi korxona sof foydasini tashkil etadi. U korxonaning ishlab chiqarish va ijtimoiy ehtiyojlariga, shuningdek jamgʻarish (ishlab chiqarishni kengaytirish)ga, atrof-muhit muhofazasi, xodimlarni tayyorlash va qayta tayyorlash va boshqa maqsadlarga sarflanadi.

Ishlab chiqarish xarajatlarining mohiyati.

Bozor iqtisodiyoti sharoitida har qanday korxonani asosiy maqsadi foydaolishdir. Ammo ushbu maqsadni amalga oshirish, unga erishish, ishlab chiqarishxarajatlarini miqdori va korxona ishlab chiqaradigan mahsulotga bo`lgan talab bilanchegaralangandir.Binobarin, ishlab chiqarish xarajatlari foydani asosiy chegaralovchisi va shuvaqtni ichida taklif xajmiga ta’sir etuvchi asosiy omildir. Shuning uchun ishlabchiqarish xarajatlarini hisobga olish, uning tarkibini tahlil etish korxonasamaradorligini oshirish, uni oqilona boshqarishining muhim shartlaridan biridir.Keling endi xarajatlar masalasiga iqtisodiyot nazariyasidagi mavjud yondashuvlarniko`rib chiqaylik. Mehnat nazariyasiga asosan K. Marks ishlab chiqarish xarajatlarinitova ishlab chiqarishga sarflar (ish haqi, xom ashyo, yoqilg`i, mehnat qurollariniamortizatsiyasi) sifatida talqin etgan. Undan tashqari ishlab chiqarish xarajatlariga usavdodagi xarajatlarni ham qo`shgan. Birinchi xil xarajatlarni u ishlab chiqarish,ikkinchi xilini esa muomala xarajatlari deb atagan. Bunda u bozordagi ahvol vaboshqa hollarni e’tiborga olgan. Marks tovarning qiymatini ishlab chiqarish xarajatlaritashkil etadi degan fikrga asoslangan.Firmaning iqtisodiy resurslarga ketgan sarflariishlab chiqarish xarajatlari deb ataladi. Firma faoliyatining asosiy maqsadi – foydaolish va xarajatlarni minimallashtirish. Xarajatsiz hech bir iqtisodiy faoliyat yuzbermaydi. Sarf-xarajat foyda olishning sharti, chunki usiz ishlab chiqarishning o‘zibo‘lmaydi.Ishlab chiqarish xarajatlari deganda tovar va xizmatlarni ishlabchiqarish va sotish bilan bog‘liq bo‘lgan sarflar, ya’ni iqtisodiy resurslarnitopish, xarid qilish va ulardan samarali foydalanish sarflari tushuniladi. Ishlabchiqarish xarajatlari tarkibida moddiy va mehnat sarflari mavjud. Moddiy sarflarbozor narxida xarid qilingan mashina-mexanizmlar, asbob-uskunalar, binolar,shuningdek, xom ashyo, asosiy va yordamchi materiallar, yonilg‘i va energiyasarflaridan iborat bo‘lib, muayyan narxlarda hisoblanadi. Mehnat sarflari – ish haqi,mukofotlar, ijtimoiy sug‘urtaga ajratmalar, tadbirkorni qoniqtiradigan normalfoydadan iborat.Tovar birligining qiymatiga ishlab chiqarish xarajatlari hamda foyda miqdorikiradi.Ishlab chiqarishga qilingan barcha sarf- xarajatlarning puldagi ifodasimahsulot tannarxini tashkil qiladi.Unga bevosita ishlab chiqarish xarajatlari vamuomala xarajatlari kiradi.Muomala xarajatlari tushunchasi tovarlarni sotishjarayoni bilan bog‘liq bo‘lib, shu tovarlarni ishlab chiqaruvchidan olib,iste’molchiga yetkazilguncha ketadigan sarflardir.Ular ikki guruhga bo‘linadi:qo‘shimcha muomala xarajatlari va sof muomala xarajatlari.Tovarlarni o‘rash,qadoqlash, saralash, transportga ortish, tashish va saqlash xarajatlariqo‘shimcha muomala xarajatlari hisoblanadi.

Download 97.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling