Kurs ishi mavzu: korxona foydasi, uning taqsimlanishi va ishlatilishi bajardi


Bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarish xarajatlari mazmuni va tarkibi


Download 97.77 Kb.
bet9/12
Sana23.04.2023
Hajmi97.77 Kb.
#1389518
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
farhod kurs ishi101%

4.Bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarish xarajatlari mazmuni va tarkibi.
Milliy iqtisodiyotdagi ishlab chiqarish birliklari (korxona. firma) o'z faoliyati natijalaridan ko'proq foyda olishga harakat qiladilar. Har qanday korxona oladigan foyda nafaqat o‘zining tovarini ancha yuqori narxlarda sotishga, balki tovar ishlab
chiqarish va uni sotishga qilinadigan sarf-xarajatlarni kamaytirishga ham intiladi.
Tovarlarni sotish narxlari asosan korxona faoliyatiga bogMiq boMmagan tashqi sharoitlar bilan belgilansa, ishlab chiqarish sarf-xarajatlari korxonaning ishlab chiqarish va tayyor tovarlarni sotish jarayonlarini tashkil qilish samaradorligi darajasiga bogMiq. Lekin har qanday tovarni ishlab chiqarish va sotish uchun ma’lum sarf-xarajatlar talab etiladi.
Hozirda ishlab chiqarish xarajatlarini tadqiq qilishda ikki xil nuqtai nazardan - klassik va neoklassik yoki zamonaviy yondashish mavjud. Klassik nazariya yondashuviga ko‘ra, ishlab chiqarish xarajatlari — bu mahsulot ishlab chiqarish uchun amalga oshirilgan barcha jonli mehnat, pul va moddiy sarflardir. Umumiy nazariy jihatdan quyidagilarni farqlash lozim: 1) ishlab chiqarishning ijtimoiy xarajatlari yoki mahsulot qiymati;
2) korxona (firma)ning individual ishlab chiqarish xarajatlari.
Ijtimoiy ishlab chiqarish xarajatlari — bu mahsulot ishlab chiqarish uchun ijtimoiy zaruriy mehnatning umumiy (j°nli va moddiylashgan) sarflaridir. Ular mazkur mahsulotni ishlab chiqarish jamiyat uchun qanchaga tushganligini ko'rsatadi. Tovar
ishlab chiqarish sharoitida ijtimoiy xarajatlar pul shaklida namoyon boMadi va tovar qiymatiga muvofiq tushadi, ya’ni:
w = с + v + m,
bu yerda: w — ijtimoiy ishlab chiqarish xarajatlari yoki mahsulot qiymati; s — doimiy kapital; v - o‘zgaruvchi kapital (ishchi kuchi) xarajatlari; m — qo'shimcha qiymat.
Korxona (firma) mahsulotining ishlab chiqarish xarajatlari - bu korxonaning mahsulot ishlab chiqarish va uni sotishga qilingan barcha sarflari yig’indisidir:
к = s + v.
Uning tarkibiga xom ashyo va materiallar, amortizatsiya, Ishlab chiqarish xarajatlari deganda, tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish va iste’molchilaiga yetkazib berishga qilinadigan barcha sarflar tushuniladi. Ishlab chiqarish sarf-xarajatlari tarkibiga xom
ashyo, asosiy va yordamchi materiallar, yonilgM va energiya uchun qilingan xarajatlar, asosiy kapital amortizatsiyasi, ish haqi va ijtimoiy sug'urtaga ajratmalar, foiz toMovlari va boshqa xarajatlar kiradi.Ishlab chiqarishga qilingan barcha sarf-xarajatlaming puldagi ifodasi mahsulot tannarxini tashkil qiladi.
Ishlab chiqarish xarajatlarini ikkiga bo'lib o'iganish mumkin: bevosita ishlab chiqarish xarajatlari va muomala xarajatlari (Ichizma). Ishlab chiqarish xarajatlari deganda mahsulotni bevosita ishlab chiqarish uchun qilinadigan barcha sarflar (ish haqi. xom ashyo va material sarflari, amortizatsiya va h.k.) tushuniladi. Tovar birligining qiymatida ishlab chiqarish xarajatlari faqat uning bir qismini tashkil qiladi. Ishlab chiqarish xarajatlari tovar qiymatidan foyda miqdoriga kam bo'ladi. Muomala xarajatlari tushunchasi tovarlarni sotish jarayoni bilan bog'liq bo'lib, shu tovarlarni ishlab chiqaruvchidan olib, iste’molchiga etkazilguncha ketadigan sarflai^ga aytiladi.Ular ikki guruhga bo'linadi: qo‘shimcha muomala xarajatlari va sof muomala xarajatlari. Tovarlarni o‘rash, qadoqlash, saralash, transportga ortish, tashish va saqlash xarajatlari qo‘shimcha muomala xarajatlari hisoblanadi. Muomala xarajatlarining bu turlari ishlab chiqarish xarajatlarining davomi hisoblanib, tovar qiymatiga kiradi va uning qiymatini oshiradi. Xarajatlar tovarlar sotilgandan keyin
olingan pul tushumi summasidan qoplanadi. Sof muomala xarajatlari sotuvchi maoshi, marketing (iste'molchilar talabini o'lganish), reklama va shu kabi xarajatlardan iborat bo'ladi. Sof muomala xarajatlari tovarqiymatini oshirmaydi va ishlab chiqarish jarayonida yaratilgan tovarni sotgandan keyin olingan foyda hisobidan qoplanadi.

UMUMIY XARAJATLAR




Ishlab chiqarish xarajatlari




Muomila xarajatlari


sof muomila xarajatlari



Yonilg’I va moylash materiallari xarajatlari

Xom-ashyo xarajatlari










Ish haqi

Qo’shimcha muomila xarajatlari

Amortizatsiya va h.k


Download 97.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling