Kurs ishi mavzu: magnit maydonida qutblanish tekisligini burilishini õrganish
Download 0.56 Mb.
|
MAGNIT MAYDONIDA QUTBLANISH TEKISLIGINI BURILISHINI ÕRGANISH
XULOSA
2.Qutblanish tekisligining magnit maydon ta’sirida aylanishi Optik noaktiv moddalar magnit maydoni ta’sirida qutblanish tekisligini aylantirish xususiyatini o’zida hosil qilar ekan. Magnit maydoni bilan yorug’lik to’lqini maydonining bevosita o’zaro ta’sirining natijasi emas, magnit maydoni o’sha maydonga qo’yilgan moddaga qutblanish tekisligini aylantiradigan qobiliyat berib, shu moddaning xossalarinigina o’zgartirar ekan. Har bir jismning aylantirish yo`nalishi magnit maydonining yo`nalishiga bog`liq bo`lib, yorug`likning tarqalish yo`nalishiga bog`liq bo`lmaydi. Qutblanish tekisligning tabiiy aylanishida esa bizning yorug`lik dastasi bo`ylab yoki unga qarshi qarashimizga bog`liq ravishda aylantirish yo`nalishi har-xil bo`lar edi. Tabiiy aylantirishda hodisani yuzaga keltiradigan asosiy sabab yorug`lik to`lqini maydonining ta`siri edi. Shuning uchun manzaraning simmetriyasi uning E va H vektorlarinig joylashishiga, ya’ni yorug`lik yo`nalishiga bog`liq. Qutblanish tekisligi magnit maydoni ta`sirida aylanganda asosiy sabab tashqi magnit maydonining ta’siri bo`ladi. Shuning uchun aylantirish yo`nalishi tashqi magnit maydonining yo`nalishi bilan aniqlanib, yorug`likning yo`nalishiga bog`liq bo`lmaydi. Qutblanish tekisligining magnit maydon ta’sirida aylanishiga magnit maydon ta’sirida elektronlar orbitalarida vujudga keladigan pretsessiya sabab bo‘ladi. Elektronlar pretsessiyasi natijasida turli yo‘nalishlarda doiraviy qutblangan to‘lqinlarning tezliklari bir xil bo‘lmay koladi. Bu hol qutblanish tekisligining aylanishiga olib keladi 3. Qutblanish tekisligi aylanishining yo‘nalishiga qarab, optik aktiv moddalar o‘ngga va chapga aylantiruvchi moddalarga bo‘linadi Agar nurga qarama-qarshi yo‘nalishda qarab turilsa, o‘ngga aylantiruvchi moddalarda qutblanish tekisligi soat strelkasi bo‘yicha aylanadi, chapga aylantiruvchi moddalarda esa, soat strelkasiga teskari aylanadi. SHunday qilib, o‘ngga aylantiruvchi moddalarda nurning yo‘nalishi va aylanishning yo‘nalishi chap vint sistemasini tashkil qiladi, chapga aylantiruvchi moddalarda esa, o‘ng vint sistemasini tashkil qiladi. Kvarsning aylantiruvchi xususiyati uning kristall strukutrasi bilan bog‘lik, chunki erigan kvars bunday xususiyatga ega bo‘lmaydi. Optik aktiv suyuqliklar va amorf jismlarda esa, bu xususiyat molekulalarning o‘zlarining nosimmetrik tuzilishiga bog‘liq. Agar o‘zaro perpendikulyar qutblagichlar orasiga optik aktiv modda (kvars kristalli yoki ichiga qand eritmasi solingan shaffof idish) joylashtirilsa, ko‘rish sohasi yorishadi. Qaytadan qorong‘ilik hosil qilish uchun ikkinchi qutblagichni burchakka burish kerak bo‘ladi. Berilgan moddaning solishtirma aylanish doimiysi va uzunlik ma’lum bo‘lsa, burilish burchagini o‘lchab, eritmaning konsen-tratsiyasini aniklash mumkin. Bunday qutblantirgichlar yordamida Konsentratsiyani aniqlash turli moddalarni ishlab chiqarishda, jumladan, biologik obekt (qon, siydik) larda qand konsentratsiyasini aniqlashda va qand ishlab-chiqarishda keng qo‘llanadi (tegishli asbob saxarimetr deb ataladi). , Foydalanilgan adabiyotlar Sh.Mirziyoyev." Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz." Toshkent"O'zbekiston" 2007 2. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyevning" Fizika ta'lim sifatini oshirish va ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida" gi PQ-5032 sonli qarori/ Otajonov Sh, Eshchanov B.X. Optika Uslubiy majmua, O'zMU 2015 M.H.O’lmasova 3- qism. Optika, atom va yadro fizikasi. “Shoakbar” hususiy nashriyot - 2010-yil. Ispaniyaning Fan va Texnologiya Jamg'armasi. Didaktik birlik: O'z nuriga ega bo'lgan fan. Qayta tiklandi: fecyt.es. O'Donnell, B. Nurli favvoralar. Qayta tiklandi: edutecne.utn.edu.ar. 7. P.Q Xabibullayev, A. Boydedayev, A. Bahramov Fizika T:2005y 8. Douglas C, Giancoli. “PHYSICS”. PRINCIPLES WITH APPLICATIONS. Pearson.2014, 1079 page. 9. Абдураҳмонов К.П., Эгамов У. “Физика курси”. Дарслик. Тошкент. 2011. 10.Qodirov O va boshqalar. “Fizika kusri”. O’quv qo’llanma. Fan va texnologiya. 2005. 11.Toshxonova J.A va boshqalar. Fizikadan praktikum. O’quv qo’llanma. O’zbekiston faylasuflar milliy jamiyati. 2006. 12.www.google.com 13.www.ziyo.uz 14.www.arxiv.uz Download 0.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling