15-rasmda eng sodda saxarimetrning sxemasi tasvirlangan.
– oddiy qutblagich, – yarim soya qurilmasi, –tekshirilayotgan eritma solinadigan idish (kyuveta). Ko‘rish sohasining ikkala yarmi bir xil yoritilgan bo‘lishiga yarim soya qurilmasi ikki marta – idishga eritma quymasdan oldin va quyilgandan keyin sozlab olinadi. Tuzilmaning ikkala vaziyati orasidagi burchak eritmaning qutblanish tekisligini qanchaga aylantirishini ko‘rsatadi. Yarim soya qurilmasining gardishiga shkala chizilgan bo‘lib, daraja chiziqchalarining qarshisiga bevosita konsentratsiyaning qiymatlarini ko‘rsatuvchi belgilar quyilgan bo‘ladi.
Zeyeman hodisasi. Faradeyning birinchi magnitooptik kashfiyotidan yarim asr o‘ttach, Zeeman 1896 yilda tashqi magnit maydoni ta’sirida spektral chiziqlar chastotasining zaif o‘zgarishini topdi. Zeeman qurilmasining prinsipial sxemasi Faradeyning oxirgi tajribasidagi qurilmaga mos kelar edi. Biroq bundan keyingi tajribalarda Zeyeman muhim qo‘shimcha kiritdi: Zeyeman spektral chiziqlar chastotasining o‘zgarishini kuzatishdan tashqari, Lorents ko‘rsatmalariga muvofiq bu chiziqlar qutblanishining xarakteriga ham diqqat jalb qildi; ma’lumki, o‘sha vaqtda Lorents optik hodisalarning elektron nazariyasini ham rivojlantirayotgan edi.
Zeyeman tajribalarining sxemasi va kadmiyning juda ensiz yashil-zangori chizig‘i uchun amalga oshirish mumkin bulgan eng sodda holdagi natijalari quyidagidan iborat.
16-rasm Zeyeman tajribalarining sxemasi
Bir jinsli 10 000— 15 000 E maydon hosil qila oladigan kuchli elektromagnitning (18.16-rasm) qutblari orasiga chiziqli spektr beradigan manba, masalan, Geysler trubkasi yoki vakuum yoyi qo‘yiladi. Magnit maydonini ko‘ndalangigagina emas (ko‘ndalang effekt), balki maydon bo‘ylab ham kuzatish (bo‘ylama effekt) mumkin bo‘lishi uchun elektromagnitning o‘zagi teshib qo‘yilgan. YOrug‘lik ajrata olish kuchi katta (100 000 chamasida) bo‘lgan spektral apparatga, masalan, difraksion panjara yoki interferension spektroskopga tushiriladi. CHiqayotgan yorug‘likning qutblanish xarakterini tahlil qilish uchun nur yuliga har xil moslamalar ( linza, analizator va chorak to‘lqinli plastinka) qo‘yiladi. YOrug‘likni magnit maydonining o‘zi qutblaydi. Spektral chiziqlarningmurakkab turlarini kuzatish uchun kuchliroq (40 000 E ga yaqin) magnit maydonlari va kuchliroq spektral apparatlar (ajrata olish kuchi 300 000 – 400 000 chamasida) ishlatishga to‘g‘ri keladi. Ba’zan tajriba bir necha soat davom etgani uchun magnit vaqt o‘tishi bilan magnit maydonini doimiy qilib turishi kerak, ajrata olish kuchi katta bulgan spektral apparat ishlatish uchun temperatura deyarli bir darajada turishi kerak.[11]
Do'stlaringiz bilan baham: |