Kurs ishi mavzu: Maktab yoshdagi bolalarni jismoniy tarbiyasi Bajardi: Norbayev Anvar Qabul qildi: Boboqulov Chori Qo`yilgan ball: Termiz 2022 mavzu: maktab yoshdagi bolalarni jismoniy tarbiyasi mundarija: Kirish


Download 91.58 Kb.
bet1/9
Sana06.11.2023
Hajmi91.58 Kb.
#1750730
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Kurs ishi mavzu Maktab yoshdagi bolalarni jismoniy tarbiyasi Ba-fayllar.org


Kurs ishi mavzu: Maktab yoshdagi bolalarni jismoniy tarbiyasi Bajardi: Norbayev Anvar Qabul qildi: Boboqulov Chori Qo`yilgan ball: Termiz 2022 mavzu: maktab yoshdagi bolalarni jismoniy tarbiyasi mundarija: Kirish

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI


OLIY VA O'RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI
TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI
SPORT FAOLIYATI VA BOSHQARUV FAKULTETI
III-BOSQICH 305-GURUH
TALABASI NORBAYEV ANVARNING
JISMONIY MADANIYAT NAZARIYASI VA METODIKASI FANIDAN YOZGAN

KURS ISHI
Mavzu: Maktab yoshdagi bolalarni jismoniy tarbiyasi

Bajardi: Norbayev Anvar
Qabul qildi: Boboqulov Chori
Qo`yilgan ball:___________
Termiz - 2022


MAVZU: MAKTAB YOSHDAGI BOLALARNI JISMONIY TARBIYASI
MUNDARIJA:
Kirish…………………………………………………………………………….3
I.BOB. MAKTAB YOSHIDAGI BOLALAR JISMONIY TARBIYASI VA UNING AHAMIYATI
1.1 Maktab yoshdagi bolalar jismoniy tarbiya nazariyasi……….………6
1.2 Maktab yoshidagi bolalarni jismoniy tarbiyaga bo`lgan qiziqishi va uni
jismoniy tarbiya muhitida shakllantirish ……..………………………….11
II.BOB. MAKTAB YOSHDAGI BOLALAR JISMONIY TARBIYASINI SHAKLLANTIRISH BOSQICHLARI .
2.1 Maktab yoshdagi bolalar jismoniy tarbiyasini bosqichma bosqich o`rganilishi ………...........................................................................................18
2.2 Maktab yoshidagi bolalar jismoniy tarbiya mashqlarning organizmiga ta’siri………………………………….………….……………..………………..27
XULOSA VA TAKLIFLAR……………………………………………………32
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR………………………………………33

KIRISH.
Mavzuning dolzarbligi. O‘zbekiston Respublikasining mustaqilligi sharofati bilan barcha sohalarda har tomonlama yuksalish yuz berayotgani, tub ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy o‘zgarishlar, umuminsoniy qadriyatlar tizimida yangilanish, insonning barcha shaxsiy ehtiyojlari, talablari va manfaatlari birinchi o‘ringa ko‘tarilayotgani, ayniqsa o‘sib kelayotgan yosh avlodning ma’naviy-axloqiy va jismoniy imkoniyatlari yanada oshayotgani bugungi kunda sir emas. Shu munosabat bilan yangi insonni tarbiyalashning murakkab va ko‘p qirrali muammosining muhim yo‘nalishi har bir kishida o‘z sog‘lig‘i to‘g‘risida o‘zi qayg‘urish madaniyatini singdirishdir. Uni tarkib toptirish uchun oila, maktabgacha muassasalar, maktab, o’rta maxsus kasb-hunar ta’limi tizimi, mahalla, sog‘liqni saqlash, jismoniy tarbiya va sport tizimlarining xodimlari butun kuch-quvvatini, g‘ayratini ishga solib, bolaning ongiga yoshlikdan jismoniy tarbiyaga bo‘lgan muhabbatini singdirib borishlari darkor.
O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.A. Karimov “Sog‘lom avlod uchun” ordenini topshirish marosimida so‘zlagan nutqida: “Biz naslimizning kelajagi-sog‘lom avlod uchun kurash boshladik. Shu nom bilan orden ta’sis etdik va maxsus xalqaro jamg‘armani tuzdik. Bu bejiz emas, albatta. Sog‘lom avlod deganda, biz faqat jismoniy baquvvat farzandlarimizni emas, balki ma’naviy boy avlodga ega bo‘lgan xalqni tushunishimiz kerak. Bunday xalqni hech qachon hech kim yenga olmaydi. Buni hammamiz yaxshi anglab olmog‘imiz shart”, - deb alohida ta’kidlagan.
Hozirgi kunda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoyev rahbarligida mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sport sohasida boshqarish tizimini takomillashtirish, ommaviy sportni rivojlantirish, iqtidorli spotrchilarni tanlash 4 va tarbiyalash, sohani malakali kadrlar bilan mustahkamlash borasida keng ko’lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Respublikamizda bolalarni jismoniy tarbiyalashning ilmiy asoslangan zamonaviy tizimlari, shakl va uslublari joriy etilgan bo’lib, bu sohada muhim vazifalar belgilangan.
Ana shunday vazifalarni amalga oshirish uchun boshqa sohalar qatori maxsus jismoniy tarbiya sohasida ham adabiyotlar yaratilishi yo’lga qo’yilgan.

Download 91.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling