Kurs ishi mavzu: Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida son saqoqqa oid tasavvurlarni shakllantirishga doir ijodiy mashg’ulot ishlanmalari yaratish Bajardi
Download 353 Kb.
|
Abdullayeva Madinabonu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzuning dolzarbligi
- Mavzuning vazifasi
KIRISH
Mavzuning maqsadi: Bolalarga matematikadan ta’lim berish va maktabgacha ta’limdagi o‘quv-tarbiya jarayonini takomillashtirishning maqsadlaridan biri — bu bolalarda matematik tasavvurlarni shakllantirishdir. Bolalar matematik tushunchalarini shakllantirish uchun pedagogika, falsafa, mantiq, psixologiya va boshqa bir qator fundamental fanlarda o‘rganiladigan xususiyatlar va qonuniyatlarni bilish kerak. Bolalardagi matematik bilim hayotdan ajralmagan holda dun- yoni chuqurroq, to‘laroq o‘rganishga imkon yaratadi. Bunda bolalarda matematik tushunchalardan oldin mavjud bo‘lgan g‘oya katta ahamiyatga egadir. Har bir yangilikdan oldin g‘oya paydo bo‘ladi, keyin shu yangilik haqida fikr yuritiladi. Fikr o‘z qarorini topishi uchun voqealarni taqqoslaydi, ko‘rib chiqadi va ularga asoslanib, kelib chiqqan natijalarni isbotlash uchun umumiy uslubni anglashga va shu natijani umumiy ifodalashga harakat qiladi. Matematik masalalarni yechish jarayoni o‘zining mohiyati bo‘yicha mustaqil fikrlashni talab qiladi. Matematik tasavvurlarni shakllantirish darajasi turli insonlarda turlicha bo‘ladi. Matematik tasavvurlarni shakllanishi doimiy mashq qilishni talab qiladi. Bu mashqlar oila va maktabgacha ta’limda boshlanadi. Har bir mustaqil yechilgan masala, tuzilgan masala va masalani yechish jarayonida uchragan qiyinchiliklarni mustaqil yengishida matonat shakllanadi, ijodiy qobiliyatlar rivojlanadi. Mavzuning dolzarbligi: Bolada matematik tasavvurlarni shakllantirishda muammoli taiim katta ahamiyatga egadir. Muammoli taiim — bu didaktik tizim boiib, pedagog (tarbiyachi)larni muammoli xarakterdagi savollami yechishga jalb qilishni nazarda tutadi. Psixologlar fikrlash muammoli vaziyatdagi savoldan boshlanadi, deb hisoblaydilar. Shuning uchun muammoli vaziyat muammoli ta’limning asosini tashkil qiladi, muammoni yechish uchun sharoit yaratadi. 1Vaziyat — bu ilmiy bahs-munozara orqali tasavvurlarni tartibga solish uchun zaruriyatga chaqiruvchi jarayondir. Mavzuning vazifasi:. Har bir bolaning shaxsiy xususiyatlariga qarab ta’lim berish, ya’ni ta’lim berishni individuallashtirish. Ta’lim berish psixologik-pedagogik adabiyotda o‘quv jarayonining shunday tashkili tushuniladiki, ta’lim-tarbiya berish uslub va vositalarining tanlanishida bolaning shaxsiy psixologik xususiyatlari nazarda tutiladi. Ta’limni individuallashtirish bilim va ko‘nikmalarning har bir bola tomonidan ongli, mustahkam o‘zlashtirilishini ta’minlashga, uning aqliy kuchi va bilish qobiliyatlarini shakllantirishga, bilimni mustaqil topa bilishini shakllantirishga hamda bu bilimni turli amaliy va o‘rgatuvchi masalalarni yechishda ijodiy ishlata bilishni o‘rgatishga qaratilgan. Download 353 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling