Kurs ishi mavzu: Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalarning tafakkurini rivojlantirish Bajardi


II BOB. Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalarning tafakkurini


Download 46.86 Kb.
bet9/13
Sana02.01.2022
Hajmi46.86 Kb.
#198801
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
II BOB. Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalarning tafakkurini oshirishning amaliy ahamiyati

Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalarning tafakkurini oshirish vositalari

Maktabgacha yoshdagi meyorida rivojlanayotgan bolalarning psixik rivojlanishida katta o‘zgarishlar bo‘ladi. Ularda idrok tafakkur rivojlanib boradi. Aqli zaif bolalarda esa bu psixik jarayonlarning hammasi kechikib rivojlanadi. Ayrim aqli zaif bolalarda bu psixik jarayonlarning rivojlanishi juda sekin sur’atda o‘tadi.

Meyorida rivojlanayotgan bolalar tevarak atrofdagi kishilarning ish – harakatlarini o‘yinlarda mustaqil suratda aks ettira boshlaydilar. Ular birgalikda o‘ynaydilar. Meyorida rivojlanayotgan bolalarni faoliyatining Yangi turlariga o‘rgatish mumkin bo‘lib qoladi. Aqli zaif bolalarda bu jarayonlarni sekinlik Bilan rivojlanganligini guvohi bo‘lish mumkin.

Aqli zaif bolalarda o‘yin faoliyati o‘ziga xos xususiyatlarga egadir. Aqli zaif bolalarda o‘yin faoliyatini rivojlanmaganligigini sababi intellektni buzilganligidir.

4-5 yoshli meyorida rivojlanayotgan bolalar tevarak atrofdagi voqelikka nisbatan faol harakatda bo‘ladilar. Syujetli roli o‘yinlar mazmuni murakkablashib boradi. Bu yoshdagi aqli zaif bolalar esa endigina o‘yinchoqlar bilan munosabatda bo‘la boshlaydilar.

Aqli zaif bolalarning nutqi ham o‘zining meyorida rivojlanayotgan tengdoshlarnikidan farq qiladi. Ularni birinchi so‘zlari 3 yoshda. Jumlalar esa maktabgacha yoshning oxirlariga borib shakllanadi. Ular nutqining fonetik va grammatik tomonida ko‘p kamchiliklar ko‘zatiladi. Lug‘at boyligi kambag‘al, passiv nutqi faol nutqiga nisbatan ustun bo‘ladi. Xotira turg‘un buzilgan bo‘ladi. Aqli zaif bolalarning diqqati tarqoq bir maqsadga qaratilgan bo‘lmaydi.

Psixik jihatdan kamol topib borish bir qator yosh davrlarni o‘z ichiga oladi, bu davrlarning har birining o‘z xususiyati bor. Kamol topib borishdagi yosh davrlarining xususiyatlarining bilish nihoyatda muhimdir. Chunki shaxsning psixik xususiyatlarining tarkib topishini o‘z ichiga oladigan bir butun jarayonda har bir yosh bosqichi undan ilgarigi bosqichga chambarchas bog‘langan bo‘ladi. Kamol topib borishning bundan avvalgi har bir bosqichi bamisoli navbatdagi bosqich uchun baza yaratadi. Bolaning kamol topib borishining butun jarayonidagi xalqalardan biri bo‘ladi. Biror yosh davrda kamol topib borishning buzilishi navbatdagi davriga muqarrar sur’atda salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

Maktabgacha oligofrenopedagogika aqli zaif bolalarni tarbiyalash va ta’lim berish, ularning mustaqil faoliyatlarini tashkil etish maqsadida turli metodlardan foydalanadi. Maxsus pedagogika metodlari umumiy maktabgacha pedagogikada qo‘llaniladigan metodlariga o‘xshashdir. Ammo maxsus maktabgacha tarbiya muassasasining korreksion-tarbiyaviy vazifalariga va aqli zaif bolalarning rivojlanish xususiyatlariga bog‘liq metodlar to‘ldiriladi, o‘zgartiriladi.

Bolaga ta’sir etish shakli bo‘yicha metodlar og‘zaki va ko‘rgazmali bo‘ladi. Ularning barchasi maxsus maktabgacha tarbiyada qo‘llaniladi. Og‘zaki va ko‘rgazmali metodlar Amaliy metodlar bilan uyg‘unlashtiriladi.

Og‘zaki metodlarga ko‘rsatma, hikoya qilish , suhbat, ma’lumot berish, hodisani tasvirlash va boshqalar kiradi.

Ko‘rgazma metodlar kuzatish, predmetlar va tevarak-atrofdagi hodisalarni tekshirish (ko‘rish, taktil, eshitish orqali), ya’ni bolanig hissiy tajribasini tashkil etishni o‘z ichiga oladi.

Amaliy metodlar bola faoliyatini tashkil etishning turli usullarini (amaliy va bilim topshiriqlari, didaktik o‘yinlarni tashkil etish va hokazo) mujassamlaydi.

Umumiy pedagogikadagidek maktabgacha oligofrenopedagogikada ham yuqorida ko‘rsatilgan metodlarning birortasi ham alohida qo‘llanilmaydi. Ularning barchasi birgalikda qo‘llaniladi. Tarbiya va ta’limning har bir bosqichida metodlarning nisbati bolalarning rivojlanish darajasi va pedagog va tarbiyachi oldida turgan vazifalardan kelib chiqadi.



Mashg‘ulotlarning tuzilish tamoyillari.

Maxsus maktabgacha muassasalarida ta’limning o‘ziga xosligi faqatgina og‘zaki, ko‘rgazmali va amaliy metodlarning qaynday qo‘llanilishigagina emas, balki o‘quv jarayonining tashkil etilishiga ham bog‘liqdir.

Mashg‘ulotlarning tuzilishi tamoyillarini ko‘rib chiqamiz. Ma’lumki, ta’limning boshlanishida aqli zaif bolalarning diqqati tarqoq, qisqa vaqtli bo‘lib, faqat predmetning tashqi ko‘rinishiga qaratiladi. Demak, bu vaqtdagi mashg‘ulotlarning tuzilish tamoyillaridan biri bo‘lib, faoliyat turini tez-tez o‘zgartirish xizmat qiladi, chunki ob’ektlar va faoliyat turini o‘zgartirishda bolaning diqqati tortiladi va bu mashg‘ulotni samarali davom ettirishga imkon beradi. Asta-sekin har bir faoliyat turiga ajratiladigan vaqt ko‘paytirilib, faoliyat turlari esa kamaya boradi.

Maxsus bolalar bog‘chalarida mashg‘ulotlarning tuzilish tamoyillaridan yana biri – dastur materialining takrorlanishidir . Aqli zaif bolalarga normal intelekdagi bolalarga qaraganda juda ko‘p takrorlash zarurdir. Mashg‘ulotlar shunday tarzda tuzilish lozimki, topshiriqlarni takrorlash yangi holatlarda va yangi predmetlarda o‘tkazilishi kerak. Bu bolalarda mashg‘ulotlarga nisbatan qiziqishining yo‘qolishini oldini oladi, ikkinchidan bolalarda egallangan bilimlarni yangi ob’ekt va holatlarga ko‘chirishni shakllantirishga yordam beradi. Shu asosda bolalarda predmetlar va hodisalar haqidagi umumlashgan tasavvurlar paydo bo‘ladi. Shu tarzda mashg‘ulotlarning tuzilish tamoyillardan navbatdagisi – egallangan bilimlarni boshqa materialga ko‘chirishni ta’minlash tamoyilidir. O‘qitishning dastlabki yo‘llarida mashg‘ulotlarni to‘g‘ri tashkil etishni muhim sharti mashg‘ulotlarning o‘yin shaklida bo‘lishidir. Vaqt o‘tishi bilan bolalarda faoliyatning o‘ziga, so‘ngra bilishga qiziqishning shakllanishi mashg‘ulotlarning o‘yin shaklidagilarini kamaytirib borishga imkon beradi.

Har bir tamoyilni batafsil ko‘rib chiqamiz.

1. Faoliyat turlarini o‘zgartirish.

Ta’limning birinchi yilida aqli zaif bolalar (5 yoshdagi) bir predmetga yoki birorta faoliyatga diqqatlarini 5 minutdan ortiq vaqt qarata olmaydilar. Shuning uchun bolalar ko‘zdan kechirayotgan predmet yoki harakat har 5 minutda o‘zgartirilib turilishi lozim. Tayyorlov davrida bunday o‘zgarish deyarli har 3 minutda o‘tkazilish maqsadga muvofiq. Demak, mashg‘ulot 15 minut davom etsa u avval 5 keyinchalik esa 3 faoliyat turini o‘z ichiga oladi. III-IV o‘quv yillarida mashg‘ulotlarning vaqti o‘zaytiriladi – bir mashg‘ulot 30-35 minutgacha davom etadi. Bu vaqtga kelib korreksion-tarbiyaviy ishlar to‘g‘ri tashkil etilganda bolalarning diqqatini ancha turg‘un, ixtiyoriy bo‘lib qoladi. Bolalar bir faoliyat turi bilan ancha uzoqroq vaqt (7-10 minut) shug‘uullanishlari, bunda bolalarga berilagn topshiriqlar qiziqarli, fikrlashga doir, nutqiy xarakterga ega bo‘lishi kerak. Boshqa hollarda, masalan topshiriqlar o‘yin, Amaliy faoliyat bilan bog‘langan bo‘lsa bir faoliyat turiga bolalarni 10-15 minutgacha jalb etish mumkin.

Bu yerda faoliyat turini kamroq o‘zgartirish, mashg‘ulot 2-3 xil turli topshiriqlardan tuzilishi mumkin.

Quyidagi namunani ko‘rib chiqamiz:

1. O‘quv yili. Elementlar matematik tasavvurlarni shakllantirish bo‘yicha mashg‘ulot.

Dastur bo‘yicha mazmuni: 1. Taqlid bo‘yicha bir turdagi predmetlar guruhidan «Bitta” va “Ko‘p”ni ajratishga o‘rgatish. 2. Bolalarni predmetlarni kata-kichikligi bo‘yicha ajratishga o‘rgatish. (kata-kichik).

1. Taqlid bo‘yicha bir turdagi predmetlardan bitta predmetni ajratish. “Archa ekamiz” o‘yini. Har bir bola oldiga panischada 5 ta archa qo‘yiladi. Pedagogda ham 5 ta archa va teshiklari bo‘lgan quticha bo‘ladi. Pedagog bolalarga «Archa ekamiz” deydi. Bita archani oladi va qutining teshigiga tiqadi. So‘ngra “Men qanday bajargan bo‘lsam, shunday qilinglar” deydi. Boshqa archani oladi va ko‘taradi. Bolalar ham xudi shu harakatni bajaradilar. Pedagog bolalarning barchasi bittadan archani olganliklarini tekshiradi. So‘ngra bolalar navbat Bilan qo‘shimcha teshigiga archani tiqib “archa ekadilar” (5 minut).

“Qo‘ziqorin sher” o‘yini. Polga 10-12 ta qo‘ziqorin qo‘yiladi. Pedagog savatchani olib unga 4-5 ta qo‘ziqorin soladi. Bolalarga savtchada qo‘ziqorin ko‘pligini ko‘rsatadi. 2 ta bolani chaqirib ularga savatchalar beradi va qolgan qo‘ziqorinlarni terishini taklif etadi. Har bir savtchada bir necha – “ko‘p” qo‘ziqorinlar to‘planadi (3 minut).

2. Pedagogning harakatiga taqlid qilib ikki tuzilmali matryoshkalarni yig‘ish. Bolalar stollarida ikki tuzilmali matryoshkalar bo‘ladi. Pedagog o‘zidagi matryoshkani ochib ichidan kichkinasini oladi. Bolalar taqlif bo‘yicha xudi shunday qiladilar. Pedagog bolalar bilan birgalikda kichkina matryoshkani ko‘rib chiqadi va “kichkina matryoshka” deydi. So‘ngra bolalar pedagoga taqlid qilib kichik matryoshkani kattasining ichiga soladilar va kattasini yopadilar. Pedagog bolalarning diqqatini endi bolalarning qo‘lida kata matryoshkaligiga tortadi. (4 minut).

3. “Matryoshkalarni mashinada uchirish” o‘yini. Pedagog ochiq kuzovli mashinani olib bolalarga matryoshkalar uchishni istayotganliklarini aytadi. O‘zining qo‘lidagi matryoshkani kuzovga qo‘yadi, bolalar taqlid qilib matryoshkalarini qo‘yadilar va mashinada uchiradilar. Pedagog bolalarning diqqatini mashinada bir necha *- «ko‘p” matryoshkaligiga qaratadi. (3 minut).

Dastur materialining takrorlanishi

Egallangan bilimlar, ma’lumotlarni harakat usullarini boshqa holatga ko‘chirishni shakllantirish

Dastur materialining takrorlanishini bir tomondan uni o‘zlashtirishni va mustahkamlashni ta’minlashini ikkinchi tomondan. Ularni boshqa holatga ko‘chira olinishi elementar matematik tasavvurlar materialida ko‘rish mumkin.

Elementar matematik tasavvurlarni shakllantirish bo‘yicha dasturda 1 o‘quv yilida «katta kichiklik” bo‘limida bolalarni predmetlarning katta kichikligiga qarab ajratishga o‘rgatish talabi mavjud.

Dastlab aqli zaif bolalarda predmetlarni kata kichikligiga qarab ajratish didaktik o‘yinchoqlar bilan harakatda va predmetli – o‘yin faoliyatida shakllantiriladi.

Avval bolaga shunday topshiriqlar beriladiki, u predmetlarni kata kichikligini e’tiborga olishi lozim bo‘ladi. Masalan, bir mashg‘ulotda bolalar matryoshkani yig‘ishga o‘rganadilar (avval 2 tuzilmali, so‘ngra 3 tuzilmali), keyingisida katta va kichik qutilarga mos qopqoqlarni tanlab yopish va hokazo. Bunday barcha topshiriqlar shunday prinsipda asoslanganki kata kichiklikni e’tiborga olinmasa natijaga erishilmaydi. Aqli zaif bolalar avval predmetlarni, shakllarni, teshiklarni. Qutilarni qopqoqlarni katta kichikligini faxmlay olmaydilar, topshiriqni kuch ishlatib bajarishga harakat qiladilar, Ular sinash yo‘li bilan harakat qilishni, bunday topshiriqni bajarish usulini bilmaydilar. Pedagog bolaga avval eng birinchi usulni uni sinab ko‘rishga o‘rgatadi. Sinash (proba) bolani predmetning kata kichikligini ajratishga olib keladi. Mustaqil izlanishga undaydi. Asta-sekin bolalar bir topshiriqdan ikkinchisiga o‘tib ongli ravishda sinab ko‘rishga o‘rgana boradilar, bu usulni bir topshiriqdan ikkinchisiga o‘tkazishni, harakatlar jarayonida kata kichiklikni faxmlashni bilib oladildar. Shunday qilib, kata kichiklikni ajratishga qaratilgan turli topshiriqlar bolalarda mashg‘ulotlarga nisbatan qiziqish uyg‘otadi, bolalarning predmetlarni katta kichikligi bo‘yicha farqlanishi haqidagi tasavvurlarini mustahkamlaydi va kengaytiradi, ularni umumlpashtirishga yordam beradi va shunday qilib hosil qilingan tasavvurlarni bir ob’ekt va holatdan boshqasiga o‘tkazishni ta’minlaydi.

O‘YIN SHAKLI

O‘yin shakli bolalarni mashg‘ulotlarga jalb etishga, ularda topshiriqlarga nisbatan ijobiy hislarni hosil bo‘lishiga yordam beradi. Ammo aqli zaif bolalar Bilan ishlashda mashg‘ulotni o‘yin shaklida o‘tkazish ayniqsa birinchi o‘quv yilida yetarli bo‘lmaydi. Ularga o‘yin topshirig‘ini berish lozim. Bu nima? Tasavvur qilamizki, pedagog mashg‘ulot o‘tkazyapti, mashg‘ullotning maqsadi bolalarni predmetlarning va ularning tasvirlarini o‘xshatishga o‘rgatishdir. Bu topshiriq – bilish. O‘quv topshirig‘idir, bolalarda esa hali na bilimga qiziqish na o‘quv faoliyati shakllanmagan. Bu topshiriq faqat pedagog uchundir. Bolalarga esa boshqa topshiriq – o‘yin topshirig‘i beriladi. Topshiriq shunday tuzilishi lozimki uni bajarish jarayonida bola predmetni uning tasviri Bilan o‘xshatishni o‘rganishi lozim. Masalan, bolalarga «O‘z o‘rningni top” o‘yini taklif qilinadi. Bolalarga o‘yinchoqlar beriladi, qator qilib qo‘yilgan stulchalarda esa ularning rasmlari qo‘yiladi. Bolalar o‘zlarining qo‘lidagi o‘yinchoqlari Bilan xonada o‘ynaydilar, childirma chalinganda marshirovka qiladilar. “O‘z rasmingni top” signali berilganda bolalar stulchalarga qarab yuguradilar. Har bir bola qo‘lidagi o‘yinchoq rasmi qo‘yilgan stulchaga o‘tirish lozim. Shu tarzda bolaning vazifasi o‘z o‘rnini topishi. O‘yinchoqning rasmi esa maqsadga erishish vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Shunday qilib pedagog va tarbiyachining maqsadi bir, bolalarda esa maqsad boshqa.. Ammo bolalarga shunday o‘yin topshirig‘i taklif qilinishi lozimki, unda o‘yin natijasiga erishish dastur materialini o‘zlashtirishga olib keladi.

Korreksion ta’limda og‘zaki, ko‘rgazmali va amaliy metodlarning uyg‘unlashuvi

Aqli zaif bolalarning rivojlanishi xususiyatlarini ko‘rib chiqqanda biz ularda nutqning kechikib shakllanishini va ko‘pchilik aqli zaif bolalarning maktabgacha tarbiya muassasalariga qabul qilinish vaqtida nutqi deyarli rivojlanmagan bo‘lishi haqida to‘xtab o‘tgan edik. Bu demakki, o‘qitishning dastlabki bosqichlarida nutq ijtimoiy tajribalarni – bilim, tevarak – atrof haqidagi ma’lumotlarni harakat usullarini bolaga berishning asosiy vositasi, ko‘nikma va malakalarga o‘rgatish vositasi bo‘lib xizmat qila olmaydi. Demak, aqli zaif bolalarga ta’lim berishning dastlabki yillarida og‘zaki metodlar yetakchi metod bo‘la olmaydi. Lekin buni og‘zaki metodlar ta’limdan chiqarib tashlanishi lozim degani emas. Aksincha ulardan albatta foydalanish lozim. Muhimi ulardan to‘g‘ri foydalanish kerak.

Ta’limning dastlabki bosqichlarida nutq qanday rollarni bajaradi?

Avvalo, nutq bolalarning diqqatini yig‘adi. Ularning faoliyatni shakllantiradi, mashg‘ulotda boshqaradi. Og‘zaki shaklda pedagog va tarbiyachilar bolpalar oldiga topshiriqlar vazifalar faoliyat maqsadini qo‘yadilar. MAshg‘ulot, o‘yin, mashqlar davomida kattalar bolalarning faoliyatini borishini erishilgan natijalarni ta’kidlab boradilar. Bolalar olgan tajribalarni umumlashtiradilar.

Bu davrda korreksion-tarbiyaviy ishning asosini ko‘rgazma va Amaliy metodlar tashkil etadi. Ammo bu yerda ham ish juda murakkab bo‘ladi.

Buni tushuntirish uchun Yana bir bor maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalarning psixik rivojlanish xususiyatlariga e’tibormizni qaratishimiz lozim.

Ma’lumki, aqli zaif bolalarda psixik rivojlanishining buzilishlari, tizimli xarakter kasb etadi. Ularda faqatgina nutqning rivojlanishi orqada qolmay, balki idrok, tafakkur, faoliyatning rivojlanishi ham orqada qoladi.

Ko‘rgazmali metodlardan foydalanish uchun idrok ma’lum darajada rivojlangan bo‘lishi lozim. Bola diqqatini yetarli darajada predmetga qarata olishi, uni ko‘zdan kechirishi, xususiyatlarini va munosabatini ajrata olishi, predmet va harakatlarni rasmlarda taniy olishi kerak. Bularning barchasi aqli zaif bolalarda maktabgacha tarbiya yoshining boshlanishiga kelib ham shakllanmay qolgan bo‘ladi. Bu pedagoglarni ta’limning ko‘rgazmali vositalarini tanlashda ehtiyotkorlik va aniqlik Bilan harakt qilishlarini talab etadi.

Aqli zaif bolalarning diqqati ixtiyorsiz, tarqoq bo‘lganligi sababli mashg‘ulot vaqtida bolalarning ko‘zi ostida faqatgiga Ushbu mashg‘ulot uchun lozim bo‘lgan predmetlargina bo‘lishi lozim. Ortiqchalari ularning diqqatini tarqatadi. Eng yaxshisi, bolalarning diqqati 1-2 tagina predmetlarga qaratilishi lozim. Shuni aytib o‘tish kerakki, Ushbu predmetlar yirik, rangli bo‘lishi talab etiladi.

O‘qitishning 1- yilida ko‘rgazma materiali sifatida rasmlardan ehtiyotkorlik Bilan foydalanish tavsiya etiladi. Chunki aqli zaif bolalar ko‘pincha predmetlarni tasvirda taniy olmaydilar, ayniqsa qanday harakatlar tasvirlanganligini tushunmaydilar, rasmdagi yuz ifodasini va ishoralarni esa umuman tushunmaydilar.

Ta’limda rasmlardan noto‘g‘ri foydalanish bolalarning dastur materialini formal ravishda o‘zlashtirishga, xususan predmetlarni va harakatlarni ifodalaydigan so‘zlarni tushunmaslikka olib keladi. Ko‘pincha bolalar bir rasmda predmetning nomini bilib olib, o‘sha predmetni boshqa rasmda nomlay olmaydilar yoki real predmetni uning tasviriga moslab olmaydilar. Rasmlardagi harakat nomlarini eslab qolib, ularni Yangi holatlarga, real hayotga tatbiq eta olmaydilar.

Rasmlardan ko‘rgazma vositasi sifatida foydalanishdan avval bolalarni tasvirni idrok etishga, ularni real predmetlarga. Harakatlarga. Holatlarga moslashtirishga maxsus o‘rgatish zarur.

Aqli zaif bolalar uchun xarakterli bo‘lgan idrok etishning sekinligi harakatlanuvchi tasvirlarni – kino va teleko‘rsatuvlarni to‘la idrok to‘sqinlik qiladi.

Bolalar ko‘pincha tasvirlanayotgan viqea-hodisalarning ketma-ketligini kuzatishga ulgurmaydilar, muhim joylarini o‘tkazib yuboriladilar. Shuning uchun Ushbu metodlar ham idrokni tayyorlash bo‘yicha maxsus ish bilan bog‘lanishi lozim.

Aqli zaif bolalarni o‘qitishdagi dastlabki davrda Amaliy metodlardan foydalanish bolalarning faoliyatini va bolalar tajribasini tashkil etish maqsadga muvofiqdir. Amaliy metodlarni qo‘llashning namunasi sifatida yuqorida yoritib o‘tilgan «katta kichiklik” haqidagi tasavvurlarni shakllantirish bo‘yicha ishlarni keltirish mumkin.

Ta’limning tashkil qilishda bolaga ijtimoiy tajribani berish usullarini to‘g‘ri tanlash muhim ahamiyatga egadir. Bunday usullar-og‘zaki tasvirlash yoki so‘z ko‘rsatmasi, ko‘rsatish (taqlid) namuna, ishorali ko‘rsatma, bolani kata odam bilan birgalikdagi harakatlaridir.

Bolaga ijtimoiy tajribani o‘rgatish usullari o‘rtasidagi munosabatlar faol bo‘lib, ular doimo bir – birini o‘rnini olib turishi lozim. Masalan, namuna bo‘yicha harakat qila oladigan bolani taqlid qilishda, mustaqil harakat qila oladigan bolani namunada ushlab o‘tirish kerak emas. Shu Bilan birga bola harakatni so‘z ko‘rsatmasi bo‘yicha bajara olmasa namuna bo‘yicha, zarur bo‘lganda, taqlid qilishga o‘tish mumkin va hokazo. Shuni ham ta’kidlab o‘tish zarurki, bolalar turli topshiriqlarni turlicha bajaradilar. Bu topshiriqning murakkabligi va bolaning Ushbu faoliyat bilan tanishligi darajasiga bog‘liq.

Shuni eslatib o‘tish lozimki, ko‘rgazmali va amliy metodlar albatta nutq Bilan – so‘z ko‘rsatmasi, topshiriqni og‘zaki tushuntirish, og‘zaki tasvirlash bilan birga qo‘llanilishi, ammo nutq asta sekinlik bilan kiritilishi zarur.




Download 46.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling