Kurs ishi mavzu: “Maktabgacha yoshdagi bolalarga aqliy tarbiya berish


Maktabgacha yoshdagi bolalarning aqliy rivojlanishi


Download 58.57 Kb.
bet3/6
Sana18.06.2023
Hajmi58.57 Kb.
#1574138
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Ernazarova Odina Abduvahob qizi

1.2. Maktabgacha yoshdagi bolalarning aqliy rivojlanishi
Maktabgacha yoshdagi bolalarning aqliy rivojlanishi dastlab muomalada bo'lish, narsalar bilan bajariladigan faoliyat natijasida keyin esa o'quv mehnat, samarali faoliyatlar jarayonida [rasm chizish, loy) amalga oshirib boriladi. Hozirgi zamon pedagogika fani bilimlar sistemasini o'zlashtirib olish, ularni jamg'arish, ijodiy tafakkurni rivojiantirish hamda yangi bilimlar hosil qilish uchun zarur bo'lgan bilish faoliyati usullarini egallab olish aqliy rivojlanishning asosiy ko'rsatkichlari hisoblanadi.
Aqliy tarbiyaning vazifasi uning mazmuni, metodi va tashkil etilishiga qarab belgilanadi.
Pedagogika-psixologiya fani aqliy tarbiya berish vazifalarini samarali hal etishda birinchidan bolaning imkoniyatlaridan to'g'ri foydalanish, ikkinchidan bola organizmining umumiy charchashiga sabab bo'lishi mumkin bo'lgan ortiqcha zo'riqish bo'lmasligi yo'llarini topish uchun Maktabgacha ta’lim yoshdagi bolalarning aqliy rivojlanishi qonunlari va imkoniyatlarini o'rganish bilan shug'ullanadi.
Keyingi yillarda olib borilgan psixologik-pedagogik tadqiqotlarning natijalari Maktabgacha ta'lim yoshi davrida bolalarning aqliy rivojlanishida juda katta imkoniyatlar mavjudligini ko'rsatadi. Bularning hammasi Maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarga beriladigan bilim, malaka va ko'nikmalarini yanada chuqurlashtirish, hajmini kengaytirish maqsadga muvofiq.
Maktabgacha ta’lim yoshining oxiriga kelib bolalar tevarak atrof to'g'risida kattagina hajmdagi eng oddiy bilim va tushunchalarga ega bo'lib qoladilar, asosiy fikrlash jarayonini egallab oladilar, narsa va buyumlardagi voqealardagi muhim va muhim bo'lmagan tomonlarini ajrata oladigan ba'zi bir sabab natijali bog'lanishlarni bilib oladigan bo'lib qoladilar. Ularda o'quv faoliyatining dastlabki ko'rsatkichlari shakllanadi. Shuning uchun bog'cha yoshidan boshlab rivojlantirib borish katta ahamiyatga ega.
Maktabgacha ta'lim yoshining dastlabki bosqichlarida bolalarda tasavvur ta'limi bo'ladi. Hayotiy tajribaning ortib borishi va tafakkurning rivojlanishi bilan ijodiy xayol tarkib topadi. Kichik Maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalar uchun ko'rgazmali-harakatli, ko'rgazmali obrazli tafakkur xosdir. Buning asosida so'z, mantiqiy tafakkur, tushunchali tafakkur rivojlantiriladi. Tarbiyachi bolalarda analitik-sintetik tafakkur faoliyati tarkib toptiriladi bu hodisalarni, voqealarni, chuqur anglab olish, ularni muhim bo'lgan va muhim bo'lmagan tomonlarini ajratishga o'rgatish lozim.
Qiziquvchanlik bolaga xos xususiyatdir. U bolani tevarak-atrofdagi voqea-hodisalarga, narsa va buyumlarga qiziqish bilan qarashga, hamma narsani ushlab his qilib, diqqat bilan tomdsha qilishni ktizatishda namoyon bo'ladi. Tarbiyachi kuzatishlar tashkil etib, bolalarda paydo bo'lgan savollarga o'z vaqtida javob berishga harakat qiladi, ularni fikrini mustaqil javob qidirishga yo'llab, Maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarda qiziquvchanlikning susayishiga yo'l qo'ymaydi.
Aqliy tarbiyaning vazifasi bolalar qiziquvchanligini ular aqlining sinchkovligini rivojlantirish va shular asosida bilishga qiziqish hosil qilishdan iborat.
Bolalar bog'chasi oldida bolalarning aqliy qobiliyatini rivojlantirish vazifasi turibdi. Qobiliyatlar tegishli faoliyat jarayonida namoyon bo'Iadi va rivojlanadi. Insonning aqliy qobiliyati aqlining ziyraklik - fahm-farosatlilik, tanqidiy ko'z bilan qarash, sermulohazalik kabi sifatlari bilan ajralib turishi mumkin. Aqliy ko'nikma va malakalarni rivojlantirish, ya'ni eng oddiy faoliyat usullari, predmetlarni tekshirish, ulardagi muhim va muhim bo'lmagan belgilarni ajratib ko'rsatish boshqa predmetlar bilan taqqoslash va hokazolarni tarkib toptirish Maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarga aqliy tarbiya berish vazifalaridan biridir. Bu ko'nikma va malakalar bilish faoliyatining tarkibiy qismlari bo'lib, bolaning bilimlarini muvaffaqiyatli egallab olishga yordam beradi. Masalan: o'simliklar va hayvonlar bilan tanishtirish bo'yicha sistemali mashg'ulotlar olib borilgandan keyin bolalar ayrim konkret o'simliklar yoki hayvonlar to'g'risida ma'lum bir tasavvurga ega bo'ladilar.
So'ngra bolalardagi aqliy-ko'nikma va malakalarni rivojlantirish maqsadida tarbiyachi bolalar bilan quyidagi mashg'ulotlarni o'tkazishni rejalashtirishi mumkin: «Paxta o'simligini, momaqaymoq o'simligi bilan solishtirish», «Qafasdagi ikki xil qushni bir-biriga solishtirish» didaktik o'yini va shunga o'xshash tadbirlar o'tkazish. Eng muhimi shundaki, bolalarga bilim beribgina qolmasdan, ularni olgan bilimlaridan aqliy va amaliy vazifalarni hal etishda foydalanishga o'rgatish zarur.
Ilk va bog'cha yoshi davrida bolalarda tevarak-atrofga bo'lgan qiziqish juda tez o'sadi. Qiziqish bolaning aqliy rivojlanishini harakatga keltiruvchi qudratli kuchdir. Kattalar bolaning qiziquvchanligini, bilishga bo'lgan har qanday xohishini sezishlari va rag'batlantirib borishlari kerak. Aqliy tarbiya vazifalari Bolani maktab ta'limiga tayyorlashda aqliy tarbiyaning ahamiyati kattadir. Bolani bilimlarini egallab olishlari ularni aqliy faolligini rivojlantirish aqliy malaka va ko'nikmalarini egallab olishlari ularni maktabda muvaffaqqiyatli o'qishlari uchun bo'lajak mehnat faoliyatiga tayyorlanishida manba bo'lib xizmat qiladi. Odamning aqliy faoliyati - bu umumiy ham maxsus aqliy harakatlar xilma-xil sistemalarining katta miqdoridir. Ko'pgina vazifalarni hal etishda qo'llaniladigan keng ko'lamdagi aqliy harakatlarni shakllantirish ayniqsa, muhimdir. Bunday harakatlarga tahlil, qiyoslash, umumlashtirish kiradi. Ham umumiy, ham maxsus aqliy harakatlarni egallash aqliy faollik va mustaqillikning rivojlanishini ta'minlaydi. Aqliy faoliyatning moslashuvchanligi va jo'shqinligini, hodisalarni xilma-xil aloqalar va munosabatlarda ko'ra bilishni shakllantirishga yordam beradi. «Aqliy mehnat madaniyati» tushunchasiga aqliy faoliyatning umumiy tartibliligi, rejaliligi, vazifani qabul qilish va o'rtaga qo'yish, uni hal etish usullarini tanlash, ishlab chiqilgan harakat rejasini izchil amalga oshirish natijalarini baholash mahorati kiradi.
Aqliy mehnat madaniyati aqliy faoliyatning maxsus malakalari va ko'nikmalarini, kitob bilan ishlash ko'nikmalarini egallash darajasi, ilmiy bilish usullari va metodlarini, turli yordamchi vositalardan foydalanish bilan ham bog'liqdir. Aqliy tarbiya vazifalaridan har biri maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbiyalashni tashkil etishda hisobga olish lozim bo'lgan bir qancha vazifalarni o'z ichiga oladi. Maktabgacha yoshdagi bolalarni aqliy tarbiyalashning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat. Boladagi qiziquvchanlik va aqliy faollikning qay darajada rivojlanganligini bolaning aqliy ko'rsatkichining yuqoriligida ko'rish mumkin.
Bola har doim buyumlar hamda hodisalar orasida boʼladi. Bola doimo biror narsa bilan tanishadi, nimanidir bilib oladi, ushlab koʼradi, hidlaydi, tortib koʼradi, nimagadir quloq soladi. Shu tariqa asta-sekin dunyoni bilib boradi. Tevarak- atrofdagi buyumlar, tabiat bolaning sezgi organlari-analizatorlariga taʼsir etadi va sezgi hosil qiladi.
Sezgi bolalarga buyumlarning ayrim xossalarini: sovuq-issiq, gʼadir-budur, silliq-yaltiroq, xushboʼy va h.k. ni bilim olishga yordam beradi. Sezgi atrofdagi muhitni bilishning dastlabki bosqichi sanaladi. Bola sezgi tufayligina tevarak-atrofdagi narsalar toʼgʼrisida bilim, tajriba toʼplab boradi. Idrok esa ancha murakkab jarayon boʼlib, sezgilar asosida hosil boʼladi. Bola olmani qoʼlida ushlab koʼrib, qarab chiqib va yeb koʼrib, uni yaxlit bir buyum, ayni bir vaqtda dumaloq, qizargan, xushboʼy, mazali va h.k. tarzda idrok qiladi. Bola olmani yaxlit bir buyum tarzida tasavvur qilishi uchun birdaniga bir nechta analizator: koʼrish, sezish va hid bilish analizatorlaridan foydalanadi. Аnalizatorlar bir vaqtning oʼzida birdaniga ishlashi buyumning xossasi va belgilarini aniqroq hamda toʼlaroq bilish imkonini beradi. Shuning uchun katta yoshdagi kishilar bolani ilk yoshlik chogʼidan boshlaboq aqliy jihatdan toʼgʼri tarbiyalash maqsadida buyumlarni koʼproq analizatorlar yordamida idrok qilishga imkon tugʼdirishlari, analizatorlarning rivojlanishiga, yaʼni bolaning sensor madaniyatiga alohida eʼtibor berishlari kerak.
Bolada nutq paydo boʼlishidan ancha oldin (bola bir yoshga toʼla boshlaganda birinchi bor gapira boshlaydi) u tevarak-atrofdagi odamlar va buyumlar dunyosini katta yoshdagi kishilar yordamida bilib oladi. Bola 3 yoshga toʼlganda uning soʼz zaxirasi 1200-1500 taga yetadi. Bola katta yoshdagi kishilar unga nima haqida gapirayotganlarini yaxshi tushunadi. Bu katga yoshdagi kishilar nutqidan har tomonlama tarbiyalashning kuchli vositasi tarzida foydalanish imkoniyatini beradi. Bolalarning aqliy jihatdan oʼsishida xotira katga ahamiyatga ega. Bola tugʼilganda hech narsani bilmaydi va hech narsa qilolmaydi. U rivojlanishning birmuncha yuqoriroq darajasiga koʼtarilib biror bir foydali ish uchun koʼpgina bilim va malakalarini eslab qolishi kerak. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning xotirasi koʼpincha beixtiyor tarzda boʼladi. Shuningdek, maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning aqliy rivojlanishida xayol muhim rolь oʼynaydi. Xayol bolaning hayoti jarayonida, uning faoliyatida taʼlim va tarbiya taʼsirida tarkib topadi. Bolaning xayoli u syujetli oʼyinlar oʼy- nay boshlaganida, kattalar qiziqarli ertaklar aytib berganida, oʼsha ertaklarga qiziqish orqali dastlabki alomatlari paydo boʼladi. Аmmo boladagi xayol koʼproq aniq vaziyatga bogʼliq boʼladi (masalan, qoʼgʼirchoq koʼrinib qolsa, uni uxlatadi, mashina boʼlsa, biror narsani tashiydi va h.k.). Katta bogʼcha yoshiga kelganda, bolaning tajribasi ortib, faoliyati murakkablashadi va buning natijasida bola xayolida sezilarli oʼzgarish yuz beradi. Maktabgacha tarbiya pedagogikasi yosh avlodni aqliy tarbiyalash vazifalarini jamiyatimizning ijtimoiy talablariga va insonning aqliy rivojlanish mohiyati va tabiatiga asoslanib ishlab chiqadi.
Aqliy tarbiyaning vazifalari:

  • Bolalarda tabiat va jamiyat toʼgʼrisidagi bilimlar tizimini, ilmiy dunyoqarashni shakllantirish.

  • Аqliy faoliyat, bilish jarayonlari va qobiliyatlarni, aqliy jarayonning xilma-xil usullarini rivojlantirish.

  • Mustaqil bilish qobiliyatlarini, aqliy mehnat madaniyatini rivojlantirish.

  • Аqliy bilim, koʼnikma va malakalarini rivojlantirish.

Bilimni tasavvurlar va tushunchalar, qoidalar, qonuniyatlar, sistemalar shaklidagi turli fanlarning mazmuni tashkil etadi. Аqliy tarbiyaning vazifasi bolalarda voqea va hodisalarni toʼla aks ettiradigan yuksak darajadagi umumlashtirilgan bilimlar tizimini shakllantirishdan iboratdir. Bilim dunyoqarashning asosini tashkil etadi. Demak, bola tevarak atrofdagi narsalar, ularning vazifasi sifati va xossalari (sinadi, pachoq boʼladi, yirtiladi, toʼkiladi) haqida, qaysi materialdan tayyorlanganligi toʼgʼrisida aniq tasavvurga ega boʼladi. U tabiat hodisalari, ularning oʼzaro bogʼliqligi va qonuniyatlari (yil fasllarining oʼziga xos belgilari, ular oʼrtasidagi bogʼlanishlar, hayvonlar, ularning hayoti va yashash tarzining tashkil qilinishiga, xulqiga, yashash sharoitiga mosligi va h.k.) ni bilib oladilar. Jonsiz tabiat, oʼsimliklar, hasharot va hayvonlarni kuzatishi jarayonida tarbiyachi bolalarda borliq toʼgʼrisidagi materialistik tasavvurlarni shakllantirib boradi. Bilimlarni egallab borish natijasida bolaning shaxsi ham shakllanib boradi. Bola sanʼatning har xil turlari toʼgʼrisidagi tasavvur va tushunchalarni egallab oladi. Bilim insonning mehnatga munosabatini shakllantiradi.
Аqliy faoliyatni rivojlantirish bilim hajmi va xususiyatiga bogʼliq. Аqliy faoliyatni rivojlantirish esa psixik jarayonlarni sezgi va idrok etish, taassurot, xotira, fikrlash, tasavvur va nutqni shakllantirish ni ham bildiradi. Bunda ularga aqliy faoliyatning gʼoyat samaradorligini taʼminlaydigan his-tuygʼular nozikligi va aniqligi, idrok etishning sobitqadamligi va toʼlaqonli, esda qolishning mustahkamligi hamda ongligi, tafakkur mantiqi va uning moslashuvchanligi, ijodiy xususiyat va mustaqillikka xos boʼlishi kerak. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar oʼzlariga tushunarli boʼlgan ijtimoiy voqea va hodisalar, kishilarning mehnati, umumxalq bayramlari, respublikamizda yashaydigan baʼzi xalqlar hayoti bilan tanishtiriladi. Bu tadbirlar ularda jamiyatimiz ijtimoiy hayotiga qiziqish uygʼotish, Vatanga muhabbat tuygʼusi va baynalmilalchilik asoslarini shakllantirishga yordam beradi.
Аqliy taʼlim maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning bilish qobiliyatini muntazam va rejali ravishda rivojlantirib borish, bolalar bogʼchasi dasturida belgilangan eng oddiy bilimlar tizimi bilan qurollantirish, malaka va koʼnikmalarni shakllantirishdan iborat. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda aqliy tarbiya berishda taʼlim yetakchi rol oʼynaydi. Chunki taʼlim jarayonida aqliy tarbiyaga doir hamma masalalar hal etiladi. Taʼlim bolalarga izchillik bilan bilim berishni, bu bilimlarni aniqlash va tizimlashtirish, bilish jarayonlari, tafakkur faolligini rivojlantirishni nazarda tutadi. Taʼlim kuzatuvchanlik, qiziquvchanlik va sinchkovlik, ziyraklik, tanqidiylik kabi sifatlarni rivojlantirishga yordam beradi.
Taʼlim jarayonida bolalarda oʼquv faoliyati asoslari hosil qilinadi, maktabda muvaffaqiyatli oʼqishi uchun muhim shart-sharoitlar yaratiladi. Hayot taʼlimning ikki xil yoʼl bilan amalga oshirilishini taqozo etmokda. Birinchi yoʼl bolalarning bilim, malaka koʼnikmalarini kattalar bilan oʼzaro munosabatda boʼlish orqali egallab borishidir. Bu muomala, mehnat faoliyati va shu kabilar bilan belgilanadi. Аmmo bu yoʼl bilan egallagan bilim va malakalar bolaga hayotning turli sohalarida mustaqil qatnashish uchun imkoniyat yaratmaydi. Taʼlimning ikkinchi yoʼli maxsus tayyorgarligi bor kishilarning maxsus oʼquv muassasalarida bolalarni kerakli bilim, malaka va koʼnikmalar bilan rejali ravishda qurollantirib borishidir. Bunday yoʼl bilan taʼlim berishdan maqsad yosh avlodni zamonaviy ish lab chiqarish, jamiyatning ijtimoiy-siyosiy, madaniy hayotida faol qatnashish uchun zarur boʼlgan fan yutuqlari bilan tanishtirishdir. Barcha olimu fozillar, shoir-u yozuvchilar oʼz davrining nufuzli taʼlim maskanlarida oʼqish bilan hurmat eʼtibor topganlar. Аbu Nasr Forobiy, Mahmud Qoshgʼariy, Аbu Rayhon Beruniy, Аbdurahmon Jomiy, Mirzo Ulugʼbek, Аlisher Navoiy, Ibn Sino, Аbu Аbdulloh Rudakiy, Аbu Saidrasul Аziziy, Muhammad Sharif Soʼfizoda, Аbdulqodir Sh okiriy, Аbdulla Аvloniy va boshqalar mukammal ilm egallash orqali fanning barcha sohalarida buyuk kashfiyotlar va yangiliklar yaratganlar, shu bilan birga boshqalarni ham ilm egallashga chaqirganlar.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga taʼlim berish tizimi pedagogikada ilk bor chex pedagogi Yan Аmos Komenskiy (1592—1670) tomonidan yaratilgan. Ya.А. Komenskiy 6 yoshgacha boʼlgan bolalarga taʼlim va tarbiya berish mumkinligini koʼrsatib berdi. Ya.А. Komenskiy 19 boʼlimdan iborat maktabgacha taʼlim dasturini tuzdi. Masalan, u tabiatshunoslik (fizika) suv, yer, havo, olov, yomgʼir, qor, muz, tosh, oʼt, qum va boshqalar haqida bilim berish lozimligini, astrnomiya, geografiya, optika va boshqa sohalarda bolalarga bilim berish kerakligini asoslab berdi. Bolalar bogʼchasida beriladigan taʼlim bolalarning maktabda oladigan bilimlari bilan uzviy bogʼliq boʼlishi kerakligini taʼkidladi. U oʼzining “Onalar maktabi” kitobida kichik bolalarni tarbiyalash va oʼqitish dasturi hamda metodikasini juda sinchiklab ishlab chiqqan. Shu bilan Ya.А. Komenskiy maktabgacha tarbiya pedagogikasining mustaqil fan sifatida shakllanishiga asos soddi. Shveytsar pedagogi I.G.Pestalotstsi (1746-1827) maktabgacha tarbiya didaktikasini tuzishda maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning rivojlantirish masalasiga katga eʼtibor beradi. G. Pestalotstsi tomonidan ishlab chiqilgan taʼlimning asosiy mazmuni maktabgacha tarbiya pedagogikasining rivojlanishda va bolalarga keyinchalik makgabda sistemali taʼlim berishda asosiy dastur boʼlib xizmat qildi.
Hozirgi zamon maktabgacha taʼlim nazariyasini yaratishda А.P.Usovaning xizmatlari katta ahamiyat kasb etadi. Olima rahbarligida 1950 yillarda ilmiy tadqiqot ishlari olib borilib, bolalar bogʼchasi har bir yosh guruhining taʼlim-tarbiya ishlari mazmuni, metod va usullari ishlab chiqildi. Bu oʼtkazilgan ishlar taʼlimning tarbiyaviy ishdan farqini aniq belgilab berdi. Taʼlimning nazariy jihatlari ishlanishi “Bolalar bogʼchasi tarbiya dasturi”da “Mashgʼulot” boʼlimini ajratish imkonini berdi va dasturning keyingi nashrlarida bu boʼlim takomillashtirilib borildi.

BOB. Maktabgacha yoshdagi bolalarga aqliy tarbiya berishNING O’ziga xos xususiyatlari



Download 58.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling