Kurs ishi mavzu: “Maktabgacha yoshdagi bolalarga aqliy tarbiya berish


Faoliyat - maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim berishning asosiy shakli sifatida


Download 58.57 Kb.
bet5/6
Sana18.06.2023
Hajmi58.57 Kb.
#1574138
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Ernazarova Odina Abduvahob qizi

2.2. Faoliyat - maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim berishning asosiy shakli sifatida
Faoliyat ta'lim tashkilotida bolalarga ta’iim berishning asosiy shaklidir. Mashg'ulot - pedagogning bolalarni kerakli bilim va malakalardan frontal holda xabardor qilishidir. Tarbiyachi bolalarga ta'lim berishni kun davomida amalga oshiradi: ularning bilimlarini boyitadi, madaniy gigenik, xulq madaniyati, gaplashish nutqi, sanoq-hisob harakatlari kabi turli-tuman malaka va ko'nikmalarini shakllantirib boradi. Ammo ta’lim berishda bosh rolni mashg'ulot egallaydi. Mashg'ulotlar maktabgacha ta'lim muassasasida ta'limni tashkil etish shaklidir.
Ta'lim shakli deganda ta'lim beruvchi pedagog va bolalarning maxsus tashkil etilgan faoliyati tushuniladi va kun tartibida ma’lum bir vaqtda o'tkaziladi.
Ta'lim shakli bolalar soni, pedagog va bolalar o'rtasidagi o’zaro ta'sir xususiyatiga, o'tkazish joyiga shuningdek, kun tartibida egallagan o'rniga qarab bir-biridan farq qiladi.
Maktabgacha ta'lim muassasasida ta'limning frontal (umumiy), jamoaviy va yakka tartibdagi shakllaridan foydalaniladi. Bundan tashqari, bolalarga ta'lim berish ishlari ekskursiya, didaktik o'yinlar orqali kun davomida bolalarning mashg'ulotdan tashqari har xil faoliyatlarida, ularning o'yinlariga rahbarlik qilish jarayonida amalga oshirilib boriiadi.
Faoliyat maktabgacha ta'lim yoshidagi hamma bolalar uchun majburiydir: unda dastur mazmuni belgilab berilgan, kun tartibida unga malum o'rin va vaqt ajratjlgan. Mashg'ulot tarbiyachi rahbarligida o'tkaziladi, tarbiyachi mashg'ulotda bolalarni yangi bilimlardanxabardor qiladi, bolalarning amaliy mashg'ulotlarini tashkil etadi. O'quv materialining mazmuni asta-sekin murakkablashtirilib boriladi.
Faoliyat bolalarni maktabga tayyorlashda katta ahamiyatga ega. Mashg'ulot orqali bolalar o'quv malakasini egallab oladilar. Ularda barqaror diqqat, irodani, diqqatni jalb eta olish kabi qobiliyatlar rivojlanadi. Izchillik bilan ta'lim berish natijasida bilimga qiziqishlar rivojlana boradi.
Bolalarga bilim berishning jamoa usulida olib borish katta ahamiyatga ega: birgalikdagi faoliyatda bolalar bir-birlariga faol ta'sir etishadi, o'z tashabbusi, topog'onligini namoyon qilish imkoniyati tug'iladi. Bolalar oldiga umumiy zo'r berishning talab etuvchi vazifa qo'yilganda birgalikda qayg'urishadi, jamoatchilik hissi shakllanadi. Ekskursiyalar, rasm qirqib yopishtirish, qurish yasash ishlarini birgalikda bajarish, umumiy raqs-o'yinlarini ijro etish, badiiy asarlarni eshitish, o'qishda paydo bo'lgan birgalikdagi kechinmalar bolalarning biriashgan do'stona jamoasini yaratishga yordam beradi. Faoliyatda ta'lim berish orqali bolalarda maktabdagi o'qishga qiziqish tarbiyalanadi, javobgarlik hissi, o'zini tuta olish, mehnat qilishga intilish odati, topshirilgan ishni bajarish kabi to'g'ri sifatlar hosil qilinadi.
Bolalarni maktab ta'limiga ruhiy jihatdan tayyorlashni ularning boshlang'ich sinflarda dastur materialni yaxshi o'zlashtirib olishlarini ta'minlovchi bilim va malakalar mashg'ulotlar jarayonida hosil qilinadi.
Faoliyatlarda bolalarda mustaqil fikr yuritish malakasi tarkib toptiriladi, tarbiyachilarga quloq solish, ularning fikriga ergashish, hikoya qilinayotgan hikoyalardan voqeadagi asosiy g'oyalarni ajrata olish, qisqacha umumlashtirish kabi malakalarni rivojlantirishga katta e'tibor beriladi.
Faoliyatda tarbiya vazifalari hal etiladi. Faoliyat bolalarning yosh va o'ziga xos xususiyatlarini e'tiborga olib ma'lum izchillikda olib boriladi. Maktabgacha ta'lim tashkiloti ta'lim-tarbiya dasturida har bir yosh guruhda hafta davomida o'tkaziladigan mashg'ulotlar soni va vaqti belgilab qo'yilgan.
Tayyorlov guruhlarida mashg'ulotlar orqali bolalarda tashabbuskorlik va mustaqillik, bilimga qiziquvchanlik, faol tafakkur qilish, taqqoslash, umumlashtirish, xulosalar chiqarish kabi malakalar tarbiyalab boriladi. Bolalarda kuzatuvchanlik, javobgarlik, xissi takomillashtirilib boriladi, ularda mehnat qilish malakasi va xohishi tarbiyalanadi.
Bolalarni mustaqillikka o'rgatish ishi muntazam amalga oshirib boriladi.
MTTda kichkintoylarni tevarak-atrofdagi hayot, tabiat bilan tanishtirish, ularning nutqini, eng oddiy matematik tasavvurlarini o'stirish mashg'ulotlari, musiqa mashg'ulotlari, qurish-yasash, jismoniy tarbiya mashg'ulotlari olib boriladi.
Ilk yoshdagi bolalar bilan olib boriladigan mashg'ulotlar katta yoshdagi kishilarning har bir bola bilan rejali suratda muomalada bo'lishidan iborat bo'lib, bu mashg'ulotlarning maqsadi bolalarning nutqi va harakatini rivojlantirib borishdir; bu esa bolalarni mashg'ulotlarga tayyorlash bosqichidir; go'daklar ixtiyoriy diqqat o'sib borgani sari, bunday mashg'ulotlar bir necha bola bilan, keyinchalik esa butun guruh bolalari bilan bir yo'la olib boriladi.
Faoliyatlarda ta'lim berish bolalardan aqliy va jismoniy zo'r berishni talab etadi, ya'ni u bolani aktiv faoliyati bilan bog'liq bo'lib bola ma’lum natijaga erishish uchun intiladi, bu esa boladan uzoq davomli ixtiyoriy diqqatni talab etadi. Shuning uchun mashg'ulotga tayyorlanishda bolalar yoshini, imkoniyatini e'tiborga olish zarur: mashg'ulotning vaqtini, kun tartibidagi o'rnini dasturning har xil bilimlarini to'g'ri almashtirib turishni oldindan o'ylab, aniq belgilab olish zarur.
Faoliyatlarni kuning birinchi yarmida o'tkazish maqsadga muvofiqdir, chunki birinchidan, bola ertalabki soatlarda aqliy vazifani yaxshi bajara oladi, xona tabiiy yorug’lik bilan yaxshi ta'minlangan bo'ladi.
Har bir yosh guruhida necha marta mashg'ulot o'tkazilishi, uning mazmuni va har bir mashg'ulot yosh guruhlari bo'yicha necha daqiqa davom etishi MTT tarbiya dasturida ularning yosh xususiyatlarini e'tiborga olgan holda belgilab berilgan.
Birinchi kichik guruhda mashg'ulot bolalarni ikki guruhga bo'lgan holda o'tiladi. Guruhlardagi bolalar soni har doim bir xil bo'ladi. Faoliyat jadvalini tuzganda haftada bolalarning ish qobiliyati yuqoriroq bo'ladigan kun tanlanadi. Ma'lumki haftaning o'rtalarida (seshanba, chorshanba, payshanba) bolalarning ish qobiliyati yuqori bo'lar ekan, bu kunlarga bolalarning aktiv faoliyatini talab etuvchi murakkabroq mashg'ulot tanlanadi (elementar matematika, nutqni rivojiantirish, savodga o'rgatish va h.k). Jadval tuzganda bu mashg'ulotlarni birinchi qo'yish kerak, bolalardan ko'p harakat qilishni, hissiy nagruzkani talab etuvchi mashg'ulotlar (musiqa, jismoniy tarbiya, tasviriy faoliyat) ikkinchi qilib qo'yildi.
Bolalar o'zlashtirib oladigan bilimlar mazmuni tarbiyalovchi bo'lishi kerak. Maktabgacha ta'lim muassasasi dasturi Maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarda tabiat haqidagi bilimlarning (bular tabiatga muhabbat uyg'otadi, o'simliklar va hayvonlarga g'amxo'rlik bilan qarash hissini tarbiyalaydi), tarkib toptirishni nazarda tutadi: bilimlarni o'zlashtirib olish asosida bolalarda jonajon shahriga, o'z vataniga, xalqiga muhabbat, ulug' kishilarga muhabbat va hurmat, o'lkaning ijtimoiy hayotiga qiziqish paydo bo'Iadi. Maktabgacha yoshidagi bolalarda ijtimoiy hodisalar, voqealar to'g'risida, umumlashgan tasavvurlar tarkib topadi. Masalan, qo'shni o'lkalardagi bolalarning hayoti, oddiy kishilarning mehnati, boshqa xalqlarning hayoti va do'stligi haqidagi dastlabki tasavvurlar vujudga keladi. Tarbiyachi yangi mashg'ulotlarning mazmunini belgilar ekan, ular u yoki bu mashg'ulotlarda o'zlashtirilgan bilimlar bilan qanday bog'lanishini o'ylab ko'radi. Masalan, oshpaz, kutubxonachi bilan o'qituvchining mehnati haqidagi bilimlar xilma-xil mehnat turlari haqidagi ma'lumotlar sistemasining bir qismidir.
Pochtadagi turli xodimlar mehnati haqidagi bilimlar - ijtimoiy mehnatning jamoa xarakteri to'g'risidagi bilimlar sistemasining bir qismi. Mehnatning ijtimoiy xarakteri, mohiyatini tushunish uchun bola shunga o'xshash ko'pdan ko'p mehnat turlari bilan tanishishi lozim. Faoliyat quyidagi turlarga bo'linadi:
1. Bolalarga yangi bilim beruvchi mashg'ulotlarni o'tkazishdan maqsad - ularni yangi bilimlardan xabardor qilish, tevarak-atrofdagi narsa va buyumlar, voqealar to'g'risidagi bilimlarini aniqlash va kengaytirishdir. Bunday mashg'ulotlarga yangi obyektni kuzatish, hikoya qilib so'zlab berish va boshqalar kiradi. Mazkur mashg'ulotlar hamma yosh guruhlarida o'tkaziladi.
2. Bolalarning to'plagan bilim va tajribalarini mustahkamlovchi va sistemaga soluvchi mashg'ulotlar. Undan ko'zlangan asosiy maqsad idrok etilgan narsalarning anglab olish va dastlabki umumlashtirishga o'rgatishdir. Buning uchun tanish obyekt kuzatiladi, ikki narsa, solishtiriladi (xona o'simliklari, daraxtlar, hayvonlar), didaktik o'yinlar, suhbatlar o'tkaziladi. Bunday mashg'ulotni o'tkazish orqali tarbiyachi bolalar nimani yaxshi o'zlashtirib olgan-u, nima yaxshi o'zlashtirilmaganini bilib oladi. Tarbiyachi mashg'ulot jarayonida bolalarning bilimini yangi narsalar - detallar bilan boyitib boradi.
3. Bolalarning bilimini sinovchi mashg'ulotlar. Bunday mashg'ulotlardan maqsad tarbiyachi bolalar dastur bo'yicha o'zlashtirilishi lozim bo'lgan bilim va malakalarni o'zlashtirib oladilarmi-yo'qmi, shuni bilib oladi va o'zining bo'lajak ish mazmuni, metodini belgilaydi. Mashg'ulotning tarbiyachi o'z xohishi bilan kvartal, yarim yil va yilning oxirida, shuningdek mudira va metodistning iltimosiga binoan o'tkazishi mumkin.
4. Kompleks mujassam mashg'ulotlar bolalar bog'chasi tajribasida keng tarqalgan bo'lib, bunday mashg'ulotlarda bolalarga yangi bilim beriladi, egallangan bilimlar mustahkamlanadi va takrorlanadi, sistemaga solinadi, olgan bilim va malakalarni amalda qo'llashga o'rgatiladi. MTTda tasviriy faoliyat, konstruksiyalash, tevarak-atrofdagi ijtimoiy hayot va tabiat bilan tanishtirish, nutqni o'stirish, savod o'rgatish, eng oddiy matematik tasavvurlarni rivojiantirish, musiqa va jismoniy tarbiya mashg'ulotlari o'tkaziladi. Mashg'ulotga to'g'ri tayyorgarlik ko'rib, uyushgan holda o'tkazilganda bolalar oldiga ma'lum aqliy vazifa qo'yilgan taqdirda, ularning fikrlash faoliyati rivojlanadi. Aqliy vazifalarning birligi va muayyan qiyinchilik bolalarni uyushtiradi va ularning diqqatini ma'lum tomonga yo'naltiradi. Eng avvalo, bolaning aqliy vazifani hal etish yo'lidagi qiyinchilikni yengish imkoniyati tug'iladi, natijada bolada faoliyatga qiziqish uyg'onib, u malakani egallash uchun mustaqil intiladi, o'ylaydi va vazifaning uddasidan chiqish uchun fahm-farosatini ishga soladi.
Nusxa olish tarzidagi vazifani bajarish natijasida bola tarbiyachi ko'rsatmasi va namunasiga qarab malaka va ko'nikmalarni o'rganadi. Bu bolalarni amaliy va aqliy faoliyat usullarini egallab olishlari uchun zarurdir, Bolalar qalamni, mo'yqalamni, qaychini ushlashni, rasm chizish, narsa yasash, solishtirish, umumlashtirish, abstraktiyalashni o'rganadilar. Tarbiyachi bir narsaning takrorlanaverishiga yo'l qo'ymasligi kerak.
Ta’lim — bolalarga ko’nikma va malakalar berishining, bu bilim, ko’nikma va malakalarni bolalar uqib olishi, egallab olishi va ularni mustahkamlab olishining rejali jarayonidir. Ta’lim jarayoni — bolalar хotirasining boyishi, ular nutq va tafakkurining o’sish jarayonidir; turli xil metod va usullar yordamida sodir bo’ladigan jarayondir.
O’yin — bolalarning ongi, qalbiga singib ketgan faoliyatdir, ularning bu faoliyati, o’yin turlariga qarab, ob’yektiv voqelikni, hayotni muayyan darajada o’zida aks ettiradi.
O’yin guruhda o’tilgan o’quv faoliyatining ma’lum darajada davomi va mustahkamlanishidir.
O’quv faoliyati ham, biluv faoliyati ham bitta ijtimoiy institutga — ijtimoiy tajribani o’zlashtirishga daxldor. Bu faoliyat turlarining har ikkalasi ham tarkiban maqsad, motiv, vosita, natijaga ega. Ammo shularga qaramasdan ularning o’zaro farqlari ham mavjud.
Agar o’quv faoliyati bilim, ko’nikma, malakaga yo’nalgan bo’lsa, biluv faoliyati bilim, ko’nikma, malaka bilan birga ijodiy faoliyat tajribasi, munosabatlarni ham shakllantirishga yo’nalgan. Binobarin, dastlabki farqni o’rganiladigan hodisalar mazmunida, biluv faoliyatining mazmun jihatidan boy va kengligida ko’ramiz.
1-farq. O’quv faoliyatida o’zlashtirish reproduktiv harakterda bo’ladi. Bola pedagog aytgan topshiriqlarni ijro etadi, o’qituvchi va o’rtoqlarining faoliyatiga ergashadi, o’zgalar faoliyatini takrorlaydi. Biluv faoliyatida o’zlashtirish produktiv harakterda amalga oshadi. Tarbiyalanuvchilar pedagog bilan hamkorlikda o’z oldiga topshiriqlar qo’yadi, qo’yilgan muammolarni mustaqil bajaradi. Demak, bu ikki faoliyat turining yana bir farqi bolalar faoliyatining amal qilish xarakteri bilan izohlanadi.
3-farq. O’quv faoliyatida bola ta’limning obhekti, biluv faoliyatida esa ta’limning subhekti rollarida ishtirok etadi. Ikkinchi holatda ta’limda ishtirok etish o’quvchi shaxsini ta’lim jarayoni markaziga aylantiradi. Ta’limning ob’yekti yoki subyekti funksiyalarida ishtirok etish bu ikki xil faoliyatning navbatdagi farqidir.
4-farq. O’quv faoliyati va biluv faoliyati o’rtasidagi yana bir farqni ularda bolalar mustaqilligining har xil darajada ekanligida ko’ramiz. Biluv faoliyatida bolalar mustaqilligi eng yuo’ori darajada bo’ladi. Hozircha yuo’oridagi farqlarni nazarda tutib o’quv faoliyati va biluv faoliyatiga alo’ida-alo’ida tavsif berishga o’tamiz.
Tajribada shu narsa isbotlanganki, o’yin kichik yoshdagi bolalarning zarur hayotiy ehtiyojidir.
Didaktik o’yin — ta’lim beruvchi usul bo’lib, bu usul muayyan ta’limiy maqsadga erishuvga, ya’ni o’tilgan o’quv materialini aniqlashga, mustahkamlashga va uni chuqurlashtirishga qaratilgan bo’ladi. Har bir didaktik o’yinni o’tkazishda muayyan maqsad, masalan, biror harakatni, biror hisoblash usulini, ya’ni ma’lum didaktik topshiriqni mustahkamlash vazifa qilib olinadi. Masalan, «Teatr» o’yiniga qo’yiladigan didaktik topshiriq bolalarning oldingi mashg’ulotlarda tanishgan 5 soni haqidagi tushunchalarini mustahkamlashdan iborat. «Doiraviy misollar» o’yinida esa ikinchi o’nlik ichida hisoblash malakalarini mustahkamlashdan iborat bo’lgan didaktik topshiriq qo’yiladi.
Keyingi yillarda mazkur muammoni o’rganish bo’yicha didaktika sohasida qator umumlashtirish harakteridagi keng qamrovli izlanishlar amalga oshirildi. Shunday izlanishlar qatoriga O.Roziqov, K.Zaripov, B.Adizov, R.Asadova, R.Ibragimov, H.Nazarova, G.Najmiddinova kabi olimlarning izlanishlarini kiritish mumkin. Garchand bu izlanishlarda o’quvbiluv faoliyatining turli qirralari yoritilgan bo’lsa-da, ularda didaktik o’yinlar vositasida o’quv-biluv faoliyatini takomillashtirishga qisman to’xtalingan.
Didaktik topshiriq mashg’ulotga qo’yiladigan umumiy maqsadning bir qismini tashkil qiladi.
Har bir didaktik o’yinning ham har qanday o’yindagi singari qoidalari bo’ladi. o’sha qoidalarga amal qilinmasa, o’yinning o’yin sifatidagi ahamiyati, binobarin, o’yinning ta’lim-tarbiyaviy va psixologik ahamiyati yo’qoladi. o’yinqoidalari o’yin topshirig’iga kiritiladi. o’yin topshirig’i — tarbiyachining bolalarga o’yinning qanday o’ynalishini, kim g’olib chiqqan hisoblanishini va hokazolarni tushuntirish tarzida beradigan topshiriqidir.
Didaktik o’yinlar ta’lim jarayonida bolalarni o’qitish, tarbiyalash va kamol toptirishda muhim ahamiyat kasb etadi. O’yin paytida bolaning ijobiy ish faoliyatini kuchaytiradi, ihtiyoriy diqqatini, hotirasini takomillashtiradi. O’yinda bolalar o’zlari sezmagan holda juda ko’p harakatlarni, mashqlarni bajaradilar, turli masalalarni yechadilar.
Didaktik o’yinlarga qo’yiladigan talablar:
1. Didaktik o’yinlar o’quv predmetlari bo’yicha dastur materialiga muvofiq yo’sinda tanlanishi lozim.
2. Didaktik o’yin unda qatnashuvchilarga bilimlar bo’yicha ma’lum talablar qo’yiladigan yo’sinda ishlab chiqilishi kerak.
3. Didaktik o’yinning muvaffaqiyatli o’tishi uning maqsadini yaqqol aniqlashiga bog’liq. Chunki bunda bolalarning fikrini maqsadli yo’nalishga solish, ularning ishini bajarishga qiziqishini oshirish imkoniyati tug’iladi.
4. O’yinlarni tanlashda ma’lum izchillikka rioya qilish ham zarur.
Mazmunan qiyin o’yinlardan oldin osonroq o’yinlarni o’tkazib, bolalarni navbatdagi o’yinlarga puhtaroq tayyorlash juda muhimdir. Shu tariqa tahlil, sintez, taqqoslash, tasniflashda mavhumlashtirish, muayyanlashtirish, umumlashtirish singari aqliy operatsiyalarni asta-sekin murakkablashtirib borish shart.
5. Didaktik o’yinlarning qoidasini va tashkil etilishini tuzish hamda ishlab chiqishda bolalarning o’ziga xos hususiyatlarini, ularning turli (bo’sh va kuchli, faol va loqayd) guruhlarini hisobga olish kerak.
6. O’yinning qoidalari sodda, aniq bo’lishi va yaqqol ifodalanishi lozim.
7. Har bir bola butun o’yin jarayonida faol ishtirok etishi, o’z «navbatini» uzoq kutish o’yinga qiziqishni susaytirishi mumkinligini unutmaslik kerak.
8. Har bir o’yinga umumiy va yakka tartibda yondashish, undagi topshiriqlarning qiyinlik darajasini va qanchasi mustaqil holda bajarilishini hisobga olish kerak.
Bolalarga o’yinni o’rgatishdan muayyan ta’limiy maqsad nazarda tutiladi. o’yinning eng muhim ahamiyati ham ana shundadir. O’yin o’tkazilish shakllari va usullari bilan ta’limning boshqa turlaridan farq qiladi.
Didaktik o’yinlar o’yin usullarini cheksiz takrorlash va o’zgartirish, o’yinga turli narsalar kiritish imkonini beradi. Masalan, biz «Jimjitlik» o’yinining 5—7 xilini butun guruh bilan hamda ayrim bolalar bilan 10 martadan ko’proq takrorlab o’tkazdik; «Nima o’zgardiq» tipidagi o’yin 5 xil turli ko’rsatmali material bilan o’tkazildi va hokazo. Natijada o’yin malakalarining bir xilda va mustahkam bo’lishiga hamda o’yinning har bir qoidasini tinglay bilish va unga rioya qilinishiga erishish imkonini berdi. Didaktik o’yinlar o’zining shakli jihatidan asosan bog’chada o’ynaladigan ijodiy o’yinlardan ham, tarbiyachi o’zi hikoya qilib berish yo’li bilan tuShuntiradigan va bolalarni birma-bir so’rab chiqish natijasida mustahkamlanadigan o’yinlardan ham har tamonlama farq qiladi. Didaktik o’yinlar bolalarni aqliy rivojlantirish uchun hizmat qiladi va qiziqarli, maroqli, tushunarli darajada olib boriladi. Bolalar g’olib chiqish maqsadida jonu dili bilan mashq qiladilar, berilgan har bir topshiriqni albatta bajarishga odatlanib qoladilar, natijada ularda didaktik topshiriqlarni bajarishga bo’lgan qiziqish orta boradi. Didaktik o’yinlar har bir mashg’ulotning maqsadini, har bir mashqning maqsad va vazifalarini yaxshiroq tuShunib olishga yordam beradi.
Didaktik o’yinlar ta’limning ko’rgazmaliligini, tarbiyachining nutqini va bolalar harakatini o’z ichiga oladi, buning natijasida idrokda (ko’rish, eshitish, teri sezgisi belgilarida) birlik tug’iladi. Bu esa tarbiyachining aytganlarini bolalarning o’ylab olishiga va o’sha aytilganlarni ifodalab berishlariga, yahni didaktik o’yinlar qoidalarini bolalarning o’zlari bajarishlariga imkon beradi. Didaktik o’yinlarning bu tarzda tuzilish hususiyatlari bolalar faoliyatini tahlil qilish imkoniyatini beradi. Shuning uchun ham barcha bolalar o’yin vaqtida qiziqish bilan harakat qiladilar.
Didaktik o’yinlar bolaning his-tuyg’usiga ta’sir etib, unda ta’limiy mashg’ulotlarga ijobiy munosabat va qiziqish hislatini tarkib toptiradi. Bolalar o’yinni zo’r mamnuniyat bilan ijro etadi. O’yin boshlanishini esa sabrsizlik bilan kutadilar, ularning ongida beihtiyor ertangi mashg’ulotning quvonchli manzarasi gavdalanadi.
Har bir didaktik o’yinda ko’pchilik bolalar yoki butun bir guruh bolalari ishtirok qiladi. Masalan, «Doiraviy misollar» o’yinida hamma bolalar masala echadi, «Zanjircha»da, «Do’koncha»da 8—12 bola, «Narvoncha» da esa qariyb hamma bolalar masala echadilar va hokazo. Bundan tashqari, o’yin jarayonida hatto bolalardan bazi birlari bevosita ishtirok etmasa ham, ular o’yinda imo-ishoralar vositasida bevosita qatnashadilar. Masalan, ko’zlarini yumib, kim necha marta taqillatganini tinglaydilar, «Eng yaxshi hisobchi», «Kim aniqroq va tezroq» kabi o’yinlarda o’z o’rtoqlarining topshiriqni qanchalik to’g’ri-noto’g’ri bajarayotganlarini kuzatib boradilar. Bu esa tarbiyachiga bolalar faoliyatiga individual munosabatda bo’lish imkonini beradi.
Biz bilamizki, bolalar o’qishning o’zidagina o’smaydilar, balki ular o’yin jarayonida ham hamjihat bo’lishga, hayotni bilishga o’rganadilar. Bu o’yinlarda bolalarning o’z-o’zlarini boshqara, tuta bilishga o’rganishlarini tahkidlab o’tish lozim. Bu o’yinlar bolalarni intizomli qiladi.
Xulosa o’rnida aytish mumkinki, didaktik o’yinlar hamjihatlik va intizomlilikni tarbiyalashga yordam beradi, chunki har bir o’yin g’alaba qozonishga intilish bilan bog’liq bo’lib, o’yin shartlari va qoidalariga qathiy va izchil rioya qilishni talab etadi. «Kim aniqroq va tezroq», «Bo’sh kelma», «Eng yaxshi hisobchi», «Ko’rganni eslab qolish diktanti» singari o’yinlarni o’tkazish paytida bolalar guruh honasida jimjitlik bo’lishiga bolalarning o’zlarini tuta bilishlariga, partadan tovush chiqarmay turib, oyoq uchida doskaga chiqa olishlariga, joylariga osoyishtalik bilan qaytib kelib o’tirishlariga, tovushlarni diqqat bilan tinglashlariga, raqamlarga zehn bilan qarashlariga erishadilar.
XULOSA
Yosh avlodni har tamonlama yetuk shaxs qilib tarbiyalash jamiyat ehtiyojlaridan kelib chiqadigan obʼektiv zaruratdir. Аqliy tarbiya ijtimoiy tarbiyaning eng muhim jihatlaridan biri. Аqliy tarbiya bu aqlni rivojlantirish maqsadida yosh avlodga muntazam va maqsad asosida pedagogic taʼsir koʼrsatishdir. Demak, aql keng maʼnoda sezish va idrok etishdan boshlab to tafakkur va xayolni oʼz ichiga oladigan bilish jarayonlari yigʼindisi boʼlib, u yosh avlodning insoniyat toʼplagan bilimlar, koʼnikma va malakalar, meʼyorlar, qoidalar va boshqalarda roʼy beradi. Bu holat kattalar tomonidan amalga oshiriladi va bolalarning aqliy rivojlanishi ni taʼminlovchi xilma-xil vositalar, metodlarni, kerakli shart-sharoitlarni yaratishni oʼz ichiga oladi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni aqliy tarbiyalash bolalarning fikrlash faoliyatini rivojlantirishga qaratilgan kattalarning maʼlum maqsad asosidagi taʼsir etishdir. U bolalarga tevarak-atrofdagi olam haqida bilimlar berishni, ularni tizimlashtirishni, bolalarda bilishga qiziqish uygʼotish, aqliy malaka va koʼnikmalarni tarkib toptirishni, bilim qobiliyatlarini rivojlantirishni oʼz ichiga oladi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni maktabga tayyorlashda aqliy tarbiyaning roli, ayniqsa, kattadir. Chunki aql his-tuygʼular va idrok etishdan tortib, fikrlash va tasavvur etishgacha boʼlgan jarayonlar yigʼindisidir. Аhliy rivojlanish fikrning kengligida voqealarni har xil bogʼlanishlarda, munosabatlarda koʼra bilish, umumiylashtirish qobiliyatida namoyon buladi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning aqliy rivojlanishi faoliyat jarayonida, dastlab muomalada boʼlish, narsalar bilan bajariladigan faoliyat natijasida, keyin esa oʼquv, mehnat, samarali faoliyatlar: rasm chizish, loy va plastilindan buyumlar yasash, applikatsiya, qurish - yasash jarayonida amalga oshirib boriladi. Bolaning aqliy rivojlanishga taʼlim va tarbiya samarali taʼsir koʼrsatadi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga aqliy tarbiya berishni toʼgʼri tashkil etish uchun ularning aqliy rivojlanish qonuniyatlari va imkoniyatlarini bilish kerak.
Аqliy taʼlim maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning bilish qobiliyatini muntazam va rejali ravishda rivojlantirib borish, bolalar bogʼchasi dasturida belgilangan eng oddiy bilimlar tizimi bilan qurollantirish, malaka va koʼnikmalarni shakllantirishdan iborat. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda aqliy tarbiya berishda taʼlim yetakchi rol oʼynaydi. Chunki taʼlim jarayonida aqliy tarbiyaga doir hamma masalalar hal etiladi. Taʼlim bolalarga izchillik bilan bilim berishni, bu bilimlarni aniqlash va tizimlashtirish, bilish jarayonlari, tafakkur faolligini rivojlantirishni nazarda tutadi. Taʼlim kuzatuvchanlik, qiziquvchanlik va sinchkovlik, ziyraklik, tanqidiylik kabi sifatlarni rivojlantirishga yordam beradi.
Biz bilamizki, bolalar o’qishning o’zidagina o’smaydilar, balki ular o’yin jarayonida ham hamjihat bo’lishga, hayotni bilishga o’rganadilar. Bu o’yinlarda bolalarning o’z-o’zlarini boshqara, tuta bilishga o’rganishlarini tahkidlab o’tish lozim. Bu o’yinlar bolalarni intizomli qiladi.
Xulosa o’rnida aytish mumkinki, didaktik o’yinlar hamjihatlik va intizomlilikni tarbiyalashga yordam beradi, chunki har bir o’yin g’alaba qozonishga intilish bilan bog’liq bo’lib, o’yin shartlari va qoidalariga qathiy va izchil rioya qilishni talab etadi. «Kim aniqroq va tezroq», «Bo’sh kelma», «Eng yaxshi hisobchi», «Ko’rganni eslab qolish diktanti» singari o’yinlarni o’tkazish paytida bolalar guruh honasida jimjitlik bo’lishiga bolalarning o’zlarini tuta bilishlariga, partadan tovush chiqarmay turib, oyoq uchida doskaga chiqa olishlariga, joylariga osoyishtalik bilan qaytib kelib o’tirishlariga, tovushlarni diqqat bilan tinglashlariga, raqamlarga zehn bilan qarashlariga erishadilar.


Download 58.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling