Kurs ishi mavzu: “Maktabgacha yoshdagi bolalarga aqliy tarbiya berish
Maktabgacha yoshidagi bolalarga ta'lim berishning о’ziga hosligi
Download 58.57 Kb.
|
Ernazarova Odina Abduvahob qizi
2.1. Maktabgacha yoshidagi bolalarga ta'lim berishning о’ziga hosligi
Ta’lim - maktabgacha yoshdagi bolaning bilish qobiliyatlarining muntazam rejali ravishda rivojlantirib borish, MTTning ta'lim-tarbiya dasturida belgilangan eng oddiy bilimlar sistemasi bilan qurollantirish, malaka va ko'nikmalarni shakllantirishdan iborat. Maktabgacha ta'lim yoshdagi bolalarga aqliy tarbiya berishda ta’lim yetakchi rol o'ynaydi. Ta'lim jarayonida aqliy tarbiyaga doir hamma masalalar hal etiladi. Ta’lim - bolalarga izchillik bilan bilim berishni, bu bilimlarni aniqlash va sistemalashtirishni, bilish jarayonlarini, tafakkur faolligini rivojlantirishni nazarda tutadi. Ta’lim kuzatuvchanlik, qiziquvchanlik va aqlning sinchkovlik, ziyraklik, tanqidiylik kabi sifatlarni rivojlantirishga yordam beradi. Ta'lim jismoniy, estetik va mehnat tarbiyasini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun ham zarurdir. MTTda bolalarga madaniy - gigiyenik ko'nikmalar, asosiy harakatlar o'rgatiladi, ular madaniy axloqiy qoidalarini o'zlashtirib oladilar. Ta’lim jarayonida bolalarda o'quv faoliyatlari asoslari hosil qilinadi, ularni maktabda muvaffaqiyatli o'qish uchun muhim shart-sharoitlar yaratiladi. Ta’limni ikki yo'l bilan amalga oshirish maqsadga muvofiqdir: Birinchi yo‘l: Bolalarni bilim, malaka, ko‘nikmalami kattalar bilan o‘zaro munosabatda bo‘lishi orqali egallab borishidir. Bu muomala mehnat faoliyati va shu kabilar bilan belgilanadi. Ikkinchi уo’l: Maxsus tayyorgarligi bor kishilaming maxsus o'quv muassasalarida bolalarni kerakli bilim, malaka, ko’nikmalardan rejali ravishda xabardor bo‘lib borishidir. Bunday yo‘l bilan ta’lim berishdan maqsad yosh avlodni zamonaviy ishlab chiqarishda, jamiyatning ijtimoiy-siyosiy, madaniy hayotida faol qatnashtirish uchun zarur bo’lgan fan yutuqlari bilan tanishtirishdir. Bolalarga ta'lim berish jarayonida tarbiyachi har xil metodlardan, usullardan foydalanish: Ko'rgazmali: kuzatish, kuzatish, tv dan foydalanish. Og'zaki: tushunish, hikoya qilish, so'zlab berish, o‘qib berish, suhbat. Amaliy: mashq, mustaqil ish, oddiy tajriba O'yin metodlari: didaktik o'yinlar, harakatli o'yinlar, mashqli o'yinlar, insenirovkalar, kundalik axborot. Kuzatish metodi. Bolalarni tevarak-atrof bilan tanishtirish imkonini beradi, Bunda bolalar ko'rish, eshitish, sezish idroklari orqali bilimlarni egallash imkoniyatiga ega bo'ladilar. Bu esa asosan yangi bilim berishda qo'llaniladi. Kuzatish - bolalarning narsa, voqealarning ma'lum maqsadi bilan rejali idrok etishidir. Kuzatish metodi ma'lum obyektlarni kuzatishda yetakchi o'rinni egallaydi. Namoyish etish metodi. Bu metod tarbiyachi bolalar-? narsani o'zini yoki tasvirini ko'rsatadi. Bu bevosita ko'rib Do'lmaydigan narsalar (boshqa tabiy zonadagi hayvonlar, O'simliklar, kishilar hayoti bilan) qo'llaniladi. Hikoya qilib berish - materialni aniq, obrazli, ta'sirchan bayon qilish. O'rta guruhdan boshlab badiiy asarlarni ifodali o'qib berish. Suhbat metodi. 3-4 yoshli bolalar bilan o'tkazilmaydi. 4-5 yoshli bolalar bilan ham qisqa suhbat o'tkaziladi. 6 yoshdan boshlab suhbat mustaqil mashg'ulot sifatida o'tkaziladi. Bolalar bogʼchalariga oid tajribalar va oʼtkazilgan pedagogik va psixologik ilmiy tadqiqot ishlari turli yoshdagi bolalarga tevarak-atrof toʼgʼrisida beriladigan bilimlarning taxminiy hajmini belgilash, ularni murakkablashtirib borish imkonini beradi. “Ilk qadam” tayanch dasturida bolalarning “jismoniy rivojlanganlik darajalari”, “Nutq va tafakkurning rivojlanganlik darajasi”, “Bolalarning maʼnaviy kamolotini taʼminlash”ga doir asosiy boʼlimlar koʼrsatib berilgan. Bu boʼlimlarda bolalarni jismoniy jihatdan yetuk, sogʼlom va baquvvat qilib tarbiyalash, ularning nutqiy tafakkurini rivojlantirish, soʼz boyligini oshirish ularning mantiqiy tafakkurini va hisoblash malakasini oʼstirish hamda bolalarda nafosat va orastalikni shakllantirish kabi jihatlariga keng eʼtibor qaratiladi. Shuningdek, tabiat bilan har xil kasbdagi kishilar mehnati bilan, baʼzi bir ijtimoiy voqealar, narsalar, ularning sifat va xususiyatlari bilan tanishtirishga ham alohida eʼtibor qaratilgan. Maktabgacha yoshdagi bolalar bu bilimlarini faqat mashgʼulot jarayonida emas, balki oʼzlarining kundalik hayotlarida, oʼyinlarda sayr vaqtida egallashlari dasturda koʼrsatib oʼtilgan. Bu dasturning asosiy yoʼnalishlari quyidagilar: bolalarni jismoniy rivojlantirish; bolalarni nutqi va tafakkurini rivojlantirish; maʼnaviy-madaniy yetuklik. Taʼlim dasturi quyidagi tamoyilga asoslanib tuzilgan: bolalarga yetarli bilim berish; har bir yoshga xos bilim va malakalar; bilim va malakalarni sekin-asta murakkablashtirib borish; materialning bir maqsadga qaratilganligi; maqalliy materiallardan foydalanish; tabiatdagi voqealar; taʼlimga doir boʼlimlar orasidagi bogʼliqlik. 3 yoshgacha boʼlgan bolalarda tevarak-atrofdagi narsalar, ularning sifati har xil narsalarning nomi hamda ularni ishlatish toʼgʼrisida toʼgʼri tushuncha boʼlishi kerak. Bolalarni uy jihozlari va buyumlari (mebelь, idish-tovoq, kiyim, oʼyinchoq mashgʼulotlar uchun material) bilan tanishtirish, ularning rivojlanishda katta ahamiyatga egadir. Bu narsa ularning nutqini boyitadi, mustaqillik, goʼzallik haqidagi tasavvurlarni tarbiyalashga yordam beradi (chiroyli kiyim, har xil buyumlarning shakllari). Tevarak-atrof bilan tanishtirish dasturi har bir yosh guruhi uchun muayyan bilimlarni egallab olishni nazarga tugadi. Masalan, birinchi guruh tarbiyachisi bolalarni buyumlarning joylashishini bilib olishga oʼrgatadi. Keyinchalik bolalar boshqa xonalarda nimalar borligini, u yerda bolalar va kattalar nima ish bilan shugʼullanishni bilib boradilar. Masalan, musiqa xonasida musiqa mashgʼulotlari, bayramlar oʼtkaziladi, oshxonada ovqat pishiriladi va h.k. Shuningdek, tarbiyachi, bolanarni yaqin atrof, koʼchalarni, oʼz oʼyin maydonchasini bilib olishga oʼrgatadi. Аyniqsa, katta guruh bolalari oʼz uylari manzilini, bogʼchadan uyga ketadigan yoʼlni yaqin oradagi maydon yoki xiyobonlarga borish yoʼlini bilishlari kerak. Bolalarni tabiat bilan bevosita aloqada boʼlishlari ularning har tomonlama rivojlanishlarida muhim ahamiyatga egadir. Bu hol ularning aqliy qobiliyatlarini tarbiyalashda axloqiy hamda estetik hislarini rivojlantirishda quvnoqlik, tetiklik, jismoniy hamda ruhiy tomondan bardoshli boʼlishlarida asosiy manba boʼlib xizmat qiladi. Bolalarning tabiat bilan bevosita aloqada boʼlishi ularning sensor tarbiyasiga katga hissa qoʼshadi. Tabiat oʼzining moʼl-koʼl boʼyoqlari, shakllari, tovushlari bilan analizatorlarini qoʼzgʼatadi. Tabiat bilan aloqada boʼlish estetik tarbiya vazifalarini hal etishga katta yordam beradi. Chiroyli manzaralar, har xil kapalaklar bolalarda quvonch hissini uygʼotadi. Tarbiyachining vazifasi bolalarda tabiat goʼzalligiga, uning rang-barangligiga qiziqish uygʼotishdir. Tabiat oʼz goʼzalligi hamda rang-barangligi bilan bolalarning hissiga va xayoliga taʼsir etib, ijodiy faoliyatining rivojlanishiga yordam beradi. Tabiat bolalarda vatanparvarlik hissini uygʼotishda ham katga taʼsir koʼrsatadi. Bolalarning yoshligida tabiat boyligidan olgan taassurotlari Vatan toʼgʼrisidagi tushunchalarni aniq mazmun bilan boyitadi. Bolalarning katta yoshdagilar bilan oʼzaro muloqoti ularni har xil kasbdagi kishilar mehnati bilan tanishtirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bu oʼrinda tarbiyachining asosiy vazifasi bolalarda kattalar mehnatiga hurmatni tarbiyalash, ularning mehnat faoliyatini bolalarga tushuntirish va mehnat qilish ehtiyojini uygʼotishdir. Bolalarning mehnat toʼgʼrisidagi tushunchalari qanday qilib kengayib va chuqurlashib borishi bolalar bogʼchasi dasturda koʼrsatib berilgan. Kichik guruhdagi bolalar bogʼchada ishlaydigan kishilarning mehnati, onaning uydagi yumushlari koʼchadagi transport vositalari bilan tanishtiriladi. Oʼrta guruh bolalarning mehnat turlari va mehnat jarayonidagi izchillik, mehnatda kerak boʼladigan buyumlarning nomlari bilan tan ishtiriladi. Katga yoshdagi bolalar mehnatining ahamiyati, yaʼni hamma kishilar jamiyat uchun mehnat qiladilar, degan xulosa chiqarishga oʼrgatiladi. Bolalarning oʼyinlari, rasmlari ham ularda texnika va mehnatga qiziqish uygʼotadi. Kattalarning mehnati bolalar oʼyinining asosiy mazmunini tashkil etadi. Bolalar oʼz oʼyinlarida onalari va tarbiyachilari mehnatidan boshlab to yangi shaharlar hamda kosmik kemalar qurilishigacha aks ettiradilar. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalardagi axloqiy sifatlarni: kishilarga, jamoaga munosabatni tarbiyalashda kattalar mehnati bilan tanishtirish muhim ahamiyat kasb etadi. Аyniqsa, mehnatkashlar va ularning mehnatlari bilan tanishish bolalarda oʼz yurtiga, xalqiga va boshqa xalqlarga nisbatan hurmat va mehr uygʼotadi. Demak, kattalar mehnati va tabiatni kuzatish bolalarda estetik hislarni, shakllantirishga yordamlashadi, ijodiy faoliyat uchun material beradi. Hamma oilalarda umumxalq bayramlari - “Navroʼz”, “Hayit”, “Yangi yil”, “Mustaqillik” kuni va boshqalar keng nishonlanadi. Bolalar bu bayramlarda qatnashadilar. Katta yoshdagi bogʼcha bolalariga har bir bayram va tantananing ahamiyatini ularning yoshlariga mos holda tushuntirishadi. Bu oʼrinda tarbiyachining vazifasi-bolalarning hissiyotlarga taʼsir etib, ularda oʼz xalqidan hamda uning qadriyatlaridan gʼururlanish hissini shakllantirishdan iboratdir. Shunday qilib, bogʼcha bolalarini tabiat, hozirgi davr voqealari bilan tanishtirish orqali ularning aqliy qobiliyati, axloqiy va estetik hislari shakllanib boradi. Bola hayotining ilk kunlaridanoq uning to'liq aqliy kam oloti uchun idrok etish jarayonini rivojlantirish haqida qayg'urish lozim. Ana shu jihat bilan bog'liqlikda maktabgacha yoshdagi bolalarning aqliy tarbiyasining quyidagi vazifalarini ajratib ko'rsatish mumkin: Sensor tarbiya. Tevarak atrofdagi borliqni bilish sezgi va idrokka asoslanadi. Tasaw urning asosini bevosita sezish orqali idrok etish tashkil etadi. Bunday tasaw urlarning aniqligi, to'laligi sensor jarayonlarning rivojlanish darajasi bilan belgilanadi. Sensor tarbiya sezgi va idrokni biror m aqsadga qaratilgan holda rivojlantirishdir. “Sensor” so‘zi lotincha “sensus” - “tuyg'u ”, “sezgi”, “idrok”, “sezish qobiliyati” ma’nolarini anglatadi. Sensor tarbiyaning maqsadi maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarning sensor qobiliyatlarini o‘stirishdan iborat. Sensor tarbiya qobiliyatlarni rivojlantirish uchun bolalar buyumning faqat nimaga ishlatilishini, nominigina bilishi yetarli bo‘lib qolmay, balki ular buyum larni chuqurroq idrok etishi, ularni ushlash, ular bilan muomalada bo‘lganda xilma-xil sezgilar ishtirok etishi ham juda muhim deb biladi. Tarbiyachi sensor tarbiyaning ana shu tomonlariga alohida e'tibor berishi, bolalarga tegishli topshiriqlar berishi lozim: buyumlarni bir joydan ikkinchi joyga olib qo'yishda ularning og‘irligini his etish, buyumni qo‘lga olib uning sirtini sezish va sifatini - silliq yoki g‘adir-budirligini, issiq yoki sovuqligini va shunga o‘xshashlarni aniqlash kerak. Sensor tarbiya o‘z navbatida quyidagi vazifalarni muvaffaqiyatli hal etishni talab etadi: 1) bolalarda perseptiv harakatlarni shakllantirish; 2) buyum lam ing xususiyati, sifati, munosabati to‘g‘risidagi umumlashgan tasavvurlar, sensor etalonlar tizimini shakllantirish. Sensor etalonlar ijtimoiy-tarixiy tajriba jarayonida hosil qilingan nam unalardir. Asosiy ranglar, geometrik shakllar, notalarda ifodalangan musiqali tovushlarning turli balandligi ana shunday etalonlar jumlasiga kiradi. Agar bola etalonlar va ularning og‘zaki ifodalanishi bilan tanish bo‘lsa, uning tevarak-atrofni bilishi oson bo’liadi, u o‘zi uchratgan buyumlarni ma’lum bir etalon bilan taqqoslavdi hamda buyumning rangi, shakli, katta-kichikligi, detallarining fazoviy joylashishini aytib beradi. Sensor etalonlarni o‘zlashtirish - uzoq davom etadigan va murakkab jarayon. Ana shu sababli mezon, etalonlarni tanlay olishni maktabgacha ta’lim yoshidan boshlash kerak. Aniq mezonlarni o‘zlashtirish orqali bolalar mazkur o’lchovlar orqali istalgan narsa-hodisalarni tasavvur qila oladilar hamda ularga ta’rif bera olishadi. Ana shu “o’lchov birliklari” bolaga aniq narsa-buyumlarning farqli jihatlarini chuqur va to‘liq bilish imkonini beradi. Go‘daklik davridayoq bolalarda sensor etalonlarga layoqatlilik shakllanadi. Bir yoshning ikkinchi yarm idan boshlab to uch yoshning boshlarigacha sensomotorli ilk etalonlar shakllanadi. Mazkur yosh, davrida bola o‘zining harakatlanishi uchun ahamiyatli bo’lgan narsa-buyum larning alohida xususiyatlari (shakli, kattaligi, masofasi)ni idrok eta oladi. Maktabgacha yoshda bola predmetli etalonlardan foydalanadi: narsa-buyumlarning obrazini aniq predmetlar bilan tenglashtiradi (sariq rangni sabziga, kvadratni dastro'molga o‘xshatishadi). Tadqiqotlaming ko'rsatishicha katta maktabgacha yosh guruhi bolalari narsa-buyumlarning xususiyatlariga umum tomonidan qabul qilingan etalonlar (quyosh - shar, limon va bodring - yassi shakl) bilan bog‘liqlikda m unosabat bildiradilar. 3) perseptiv harakatlardan, etalonlar tizimidan amaliy faoliyatda va bilish jarayonida mustaqil foydalanish malakasini shakllantirish. Sensor tarbiyaning mazmuni o‘z ichiga olgan tevarak-atrofdagi hamma sensor belgilarni qamrab oladi. Bular bolalarning hamma faoliyatlari orqali amalga oshiriladi va har xil sensor asosga egadirlar. Maktabgacha yoshdagi bolalar ranglarni farq qilish va ularning nomini aytishga о‘rgatiladi, ularda rang tuslarihaqida, bo‘yoqlarni aralashtirish natijasida yangi rang yoki tuslar paydo bo'lishi to‘g‘risida tasavvur hosil bo‘ladi. Shuningdek ularda musiqa tinglash uquvini rivojlantirish ham sensor tarbiya m azm uniga kiradi. Sensor tarbiya shuningdek, taktik sezgilarni buyum larning sifatini paypaslab ko'rib farqlash va ularni to'g‘ri aytish ko‘nikm alarini rivojlantirish ham sensor tarbiya vazifalaridan biridir. Sezgi va idrok biror maqsadga qaratilgan mazmunli faoliyat jarayonida muvaffaqiyatli rivojlanadi. Samarali faoliyat sezgi va idrokning rivojlanishi uchun qulay sharoit yaratibgina qolmay, balki buyum ning shaklini, rangini, joyini bilib olishga ham ehtiyoj paydo qiladi. Biror narsaning rasmini chizishdan oldin bolani buyumlarning rangiga qarab taqqoslashga о‘rgatiladi, suratlarniko1 zdan kechirishda esa qanday qilib rang уordamida tasvirning badiiy ifodaliligiga erishilishini ko'rish qobiliyati rivojlanidi. Sensor tarbiyani amalga oshirishda asosiy usullardan biri - tekshirishdir. Tekshirish - buyumlarni maxsus ravishda tashkil etilgan idrok qilishdan iborat bo’lib, uning natijalaridan keyinchalik ma’lum bir mazmunli faoliyatda foydalaniladi. Tekshirish jarayonida bolalar katta - kichiklikni, shaklni, fazoviy munosabatlarni, rangni, nutq tovushlari bilan musiqiy tovushlarning o‘ziga xos xususiyatlarini ajratib ko 'rsatish va farqlashga o‘rganadilar. Fikrlash faoliyatni rivojlantirish. Aqliy tarbiyaning mazkur vazifasi o‘zida bolada fikrlashga doir harakatlar, bilish jarayonlari va qobiliyatlarni rivojlantirishni aks ettiradi. Amaliy tajribam izda fikr so'zini juda ko'p uchratamiz. Oddiy qilib aytganda, obyektiv olamdagi voqea-hodisalarni ongimizga ta'sir etishi natijasida hosil bo’lgan tuyg'u fikr deb ataladi. Uning tub mohiyati shundaki, fikrimiz orqali biz ko‘zimiz bevosita ilg'amayotgan ko’z o'ngimizda bo‘lmagan, bo’lgan taqdirda ham o‘sha narsaning ichki xususiyatiga aloqador bo’lgan “sirli” jihatlarini ko‘rish imkoniga ega bo’lamiz. Fikrlash esa, bilish faoliyati jarayoni bo’lib voqelikni bevosita va umumlashgan holda aks ettirish bilan xarakterlanadi. Fikrlash fanlararo tadqiqotlarni, kompleks fanlarni o’zida mujassamlashtiradi. Falsafa materiya bilan bog’liqlikda fikrlash yordamida dunyoni bilishning yo’llari va imkoniyatlarini o‘rganadi. Formal mantiq fikrlashning asosiy shakllari (tushuncha, hukm, xulosa)ga e’tibor qaratadi. Fikrlashga oid tadqiqotlam ing sotsiologik jihati turli jam iyatlarning ijtim oiy tuzilishi bilan bog’lqlikda fikrlashning tarixiy rivojlanish jarayonini tahlil qilish bilan tavsiflanadi. Fiziologiya esa, fikrlash hodisasini aniqlashtiruvchi aqliy mexanizmlarni o‘rganadi. Kibernetika esa, insonning fikrlashiga faoliyatda muhrlanadigan axborot jarayoni sifatida qaraydi. Psixologiya fikrlashni bilish faoliyati sifatida o‘rganadi hamda foydalanilayotgan vositalarning xarakteri va umumlashgan darajasiga, subyekt uchun yangiligi bilan bog’liqlikda fikrlashning turlarini differentsiyalaydi. Pedagogika fikrlashni falsafiy, fiziologik, psixologik jarayon ekanligini e’tirof etgan holda, uni shakllantirishning shakl, uslub va vositalarini o'rganadi va am aliyotga tatbiq etadi. Maktabgacha yoshdagi bolalarning fikrlashini shakllan-tirishda narsa-buyumlar bilan tanishtirishga doir harakatlar juda muhim. Amaliyharakatlar asosida bola obyektlarni qiyoslash, tahlil etish, taqqoslash, guruhlashga o ‘rganadi. Ana shu tarzda bo’lada fikrlashning ilk - ko'rgazmali-amaliy shakli tarkib topadi. Asta-sekin boiada nafaqat bevosita narsa-buyum larni idrok etish orqali, balki tim sollar asosida fikrlash qobiliyati rivojlanadi. Ya’ni ko'rgazmali-obrazli fikrlash shakllanadi. Maktabgacha yosh davrining ikkinchi yarmida mantiqiy-nutqiy fikrlash rivojlana boshlaydi. Fikrlashning mazkur shakli narsa-hodisalar o‘rtasidagi mavjud aloqalarni yo’lga qo‘yishda namoyon bo’ladi. Fikrlashning barcha shakllarida asosiy fikrlash jarayonlarini rivojlantirish amalga oshadi. Bolalarni fikrlashga о‘rgatish kattalar tomonidan hal etilishi lozim bo‘lgan vazifadir. Hatto yosh bolalarga bilimlarni asosiy yuk xotiraga tushadigan "tayyor holda” berish ham maqsadga nomuvofiqdir. Aksincha, bolalarni tahlil etish, taqqoslash, qiyoslash, umumlashtirishga о‘rgatish hamda o‘zining shaxsiy fikrini bildirishga undash lozim. Bolalarning oldiga ularning bilish faolligini rag‘batlantiruvchi, tafakkur yuritish, taqqoslashni talab etuvchi vazifalarni qo‘yish zarur. Maktabgacha yoshdagi bolalarning aqliy rivojlanishida bilish jarayonlari - xotira va xayol katta ahamiyatga ega. Xotira inson hayotida muhim rol o ‘ynaydi. Bola tug‘ilganida hech narsani bilmaydi va hech narsa qila olmaydi. U rivojlanishning birm uncha yuqoriroq darajasiga ko‘tarilib, biron bir foydali ish qilish uchun ko‘pgina bilim va malakalarni eslab qolishi hamda xotirasida saqlashi lozim. Xotiraning rivojlanishi bolaning hayot sharoitlariga, uning ta’lim va tarbiyasiga bog‘liq. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning xotirasi ko‘pincha beixtiyor tarzda bo‘ladi, bunda bola buyumlarni amaliy mashg‘ulotlar yoki o‘yin o‘ynash jarayonida o‘z-o‘zidan esda saqlab qoladi. Maktabgacha ta’lim yoshida beixtiyor esda saqlab qolish bilan birga ixtiyoriy eslab qolish kurtaklari ham paydo bo‘la boshlaydi. Bu o'zgarishlar, bolalar faoliyatining murakkablashuvi kattalar talabining ortishi natijasida ro‘y beradi. Masalan, kattalar boladan biror topshiriqni hozir emas, balki bir qancha vaqtdan keyin bajarishni talab qiladilar (buning uchun topshiriqni ixtiyoriy ravishda eslab qolish kerak) yoki bir necha kun oldin (masalan, sayr vaqtida, dam olish kuni uyda) nima bo‘lganligini aytib berishni taklif qiladilar, buning uchun esa o‘sha narsalarni yodga tushirish lozim. Ruhiy faoliyatning maxsus shakli - xayol maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning aqliy rivojlanishida muhim rol o‘ynaydi. Xayol ijodiy faoliyat uchun zarurdir, shuning uchun uni maktabgacha ta’lim yoshidan boshlab rivojlantirib borish katta ahamiyatga ega. Xayol bolaning hayoti jarayonida, uning faoliyatida, ta’lim va tarbiya ta’sirida tarkib topadi. Bolaning xavoli u syujetli o‘yinlar o‘ynay boshlaganida, ularga kattalar qiziqarli ertaklar aytib berganida, o‘sha ertaklarga qiziqish orqali xayolning dastlabki alomatlari ko‘rinadi. Ammo boladagi xayollar ko'proq aniq vaziyatga bog‘liq bo’ladi (masalan, qo‘g‘irchoq ko‘rinib qolsa, uni uxlatadi, mashina bo‘lsa, biror narsani tashiydi, koptok turgan bo‘lsa, uni uloqtirib o‘ynaydi va boshqalar). Nutqni o‘stirish. Maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarning nutqini rivojlantirish alohida rol op‘ynaydi. Inson o‘z fikrlarini ifodalash v a boshqalarning fikrlarini tushunish uchun ona tilidan foydalanadi. Nutqni egallash bolaga bevosita va bilvosita (hikoya, badiiy asar, tarbiyachining tushuntirishi va boshqalar) yo’l bilan borliq haqida bilimlar hosil qilishga imkon beradi. Maktabgacha ta'lim muassasasida lug’at boyligini oshirish, so'zning grammatik tuzilishini shakllantirish, bog'lanishli nutqni rivojlantirish vazifalari hal etiladi. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarda nutq madaniyatini rivojlantirishga doir quyidagi vazifalarni muvafaqqiyatli hal etish lozim: 1) tovushlarni to‘g‘ri talaffuz qilishni shakllantirish (boiada avvalo, nutqni eshitish shakllanadi, keyinroq talaffuzni egallaydi); 2) aniq talaffuzni hosil qilish (so'z va so‘z birikm alarini dona-dona va aniq talaffuz qilish); 3) so’zni talaffuz qilganda urg‘uni to‘g'ri qo‘yish ustida ishlash; 4) nutqni orfoepik jihatdan to‘g‘riligi ustida ishlash; 5) nutq sur'atini rivojlantirish; 6) nutqning ifodaliligini shakllantirish; 7) nutqiy aloqa ko‘nikm alarini shakllantirish; 8) nutqiy eshitish ko‘nikmalarini shakllantirish; 9) nutqiy nafas olishni shakllantirish; 10) o‘z fikrini erkin va izchil bayon etish ko‘nikmasini shakllantirish. 4. Qiziquvchanlik va bilishga qiziqishni tarbiyalash. Maktabgacha ta’lim yoshida aqliy tarbiya bilishga doir motivlarni shakllantirishga yo’naltirilgan bo’lib, uning yana bir muhim vazifasi bolalarda qiziquvchanlikni, bilishga qiziqishni tarbiyalashdir. Atrof-muhitni bilishga intilish bola tabiatiga xos xususiyatdir. Bolalar tomonidan eng ko'p beriladigan savol ham - “bu nima?" Mazkur refleks asosida bola narsa-buyumlarning xususiyatlari bilan tanishib boradi, o‘zi uchun ular orasidagi yangi aloqadorliklarni hosil qiladi. Bolalar nutqni egallaganlaridan so‘ng ularning bilish faoliyati yangi sifat bosqichiga ko’tariladi. Nutq yordamida bolalarning bilimlari umumlashadi, narsa-buyum larni nafaqat bevosita idrok etish asosida. balki tasavvurlar negizida ularda analitik-sintetik faoliyatga qobiliyatlilik shakllanadi. Qiziquvchanlik va bilishga qiziqish atrof-muhitni bilishga doir munosabatning xilma-xil shakllarini o'zida aks ettiradi. Qiziquvchanlik bilish faolligining muhim shakli sifatida bolaning tevarak-atrofdagi narsa-hodisalarni bilishga differensiallashm agar (ahamiyatli yoki ahamiyatsiz ekanligi muhim emas - ta’kid bizniki) yo'nalganligidir. Qiziquvchan bola bilishni xohlaydi. uning qanchalik zarurligi aham iyatli emas. Bilishga qiziqish bolaning yangini bilish, narsa-buyumlarning, borliq hodisalarining sifat va xususiyatlarini aniqlash, ular orasidagi mavjud aloqadorlik va munosabatlarni izlab topishga intilishida namoyon bo‘ladi. Ana shu tariqa bilishga qiziqish qiziquvchanlikdan obyektlarning keng qamrab olinganligi, bilishning chuqurligi va to’liqligi, izlanuvchanlik bilan farqlanadi. Bilishga qiziqishning asosi - faol fikriy faoliyat. Bolaning bilishga qiziqishi ta’sirida unda diqqatni davomiy va barqaror ushlab tura olishga qobiliyatlilik shakllanadi, intellektual va amaliy vazifalarni hal etishda mustaqillik namoyon bo‘ladi. Bolaning bilishga qiziqishi uning o‘yinlari, rasmlari, hikoyalari va boshqa ijodiy faoliy atida aks etadi. Ana shu sababli kattalar bolaning ijodiy faoliyati uchun zarur shart-sharoitlarni ta’minlashlari lozim. Masalan, bola transport vositalariga qiziqadi. Uning ana shunday qiziqishiga mos o‘yinchoqlarni olib berish, u bilan birgalikda biror modellarni yasash, o‘yinchoqni bo‘laklarga taqsimlash va yig‘ishda yordam berish kerak. Qiziqishni oshirish uchun bolaning transport vositalari haqidagi hikoyalarini eshitish, uni rasm chizishga jalb etish talab etiladi. Bolaning muvafaqqiyati garovi sifatida bilishga qiziqishni rag'batlash turadi. Download 58.57 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling