Kurs ishi mavzu: “Mashinasozlik chizmalariga o’lchamlar qo’yishning o’ziga xos hususiyati” Bajardi: “Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi” sirtqi ta’lim yo’nalishi 2-kurs guruh talabasi Muxtorova Orasta


Download 345.5 Kb.
bet2/8
Sana09.04.2023
Hajmi345.5 Kb.
#1347761
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Muxtorova Orasta

Kurs ishining maqsadi: Bugungi texnika asrida yashayotgan ekanmiz, nafaqat fan va texnika, sanoat, qurilish, balki ta’lim-tarbiya jarayoni ham kundan-kunga o’zgarib bormoqda. Bunday tez o’zgaruvchan sharoitda yosh avlodni yuksak zehnli, topqir va zukko qilib tarbiyalash va chuqur bilim berish biz bo’lajak o’qituvchilarning zimmasiga tushadi. Chunki mashinasozlik sanoatida yaratilayotgan va ishlab chiqarilayotgan har qanday buyum va detallar chizmalar yordamida tayyorlanadi va o’qiladi. Shunday ekan biz maktab davridan boshlab o’quvchilarga chizmachilik fanining hab bir mavzusi bo’yicha mukammal bilim berib borishimiz zarur.
Kurs ishining vazifasi:

- mashina detallarining shakli va elementlari bilan tanishtirish;
- o`lchash asboblari va o`lchash usullarini o’rganish;
- dopusklar, o`tkazishlar va ularning chizmalarda belgilanishi;
- o`lcham bazalari to`g`risida tushuncha berish.
Kurs ishining amaliyotdagi ahamiyati: “Mashinasozlik chizmlari” mavzusiga maktab programmasida juda oz ma’lumot berilgan. Shu sababli ushbu kurs ishidan mavzuni kehgroq o’rganmoqchi bo’lgan maktab o’quvchilari va talabalar hamda o’qituvchilar o’z pedagogik faoliyatlarida foydalanishlari mumkin.
Kurs ishining predmeti: Mavzuni o’rganishning shakl, usul va vositalari.


  1. Mashinasozlik chizmalari. Buyumlar va ularning turlari.

Mashinasozlik buyumlari sanoatda buyumlar ishlab chiqarishda asosiy texnik hujjat bo’lib hisoblanadi. Mashinasozlik chizmalarini tuzishda va boshqa texnikaviy hujjatlarni tayyorlashda standartlar to’plami- “Konstruktorlik hujjatlarining yagona sistemasi” da qo’yilgan talablarga amal qilinadi.
Mashinasozlik sanoatida barcha buyumlar GOST 2.101-68ga muvofiq ikki guruhga asosiy ishlab chiqarish buyumlari va yordamchi islab chiqarish buyumlariga bo‘linadi.
Asosiy ishlab chiqarish buyumlariga halq ho‘jaligiga yеtkazib berish uchun mo‘ljallangan buyumlar kiradi. Masalan, zavod traktor va seyalkalar ishlab chiqarsa, bu buyumlar zavod uchun asosiy ishlab chiqarish buyumlari hisoblanadi.
Yordamchi ishlab chiqarish buyumlariga asosiy ishlab chiqarish buyumlari ishlab chiqarishda faqat korxona ehtiyoji uchun ishlab chiqariladigan buyumar kiradi. Masalan, traktor seyalka tayyorlash uchun turli moslamalar, shtamp, qirqish asboblari, o‘lchash asboblari.

Download 345.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling