Kurs ishi mavzu: “Mashinasozlik chizmalariga o’lchamlar qo’yishning o’ziga xos hususiyati” Bajardi: “Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi” sirtqi ta’lim yo’nalishi 2-kurs guruh talabasi Muxtorova Orasta


Buyumlar quyidagi turlarga bo‘linadi


Download 345.5 Kb.
bet3/8
Sana09.04.2023
Hajmi345.5 Kb.
#1347761
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Muxtorova Orasta

Buyumlar quyidagi turlarga bo‘linadi:
1. Detal - bir hil nomli material va markadan yig‘ish operatsiyalaridan foydaanmasdan tayyorangan buyum: Masalan, val, porshen,shatun, bolt, gayka. Detallarning ma’lum maqsad uchun belgilangan qismlari detal elementlari deyiladi: faska, arlkga, rezba, shlitsa.
2. Yig‘ma birikmalar - tarkibiy qismlari yig‘ish operatsiyalari bilan biiktirilgan buyumlardir. Masalan, avtomobil, stanok, kran, ventil, traktor.
Yig‘ma birliklarga quyidagi buyumlarni kiritish mumkin:
a) korhonada yig‘ish uchun tarkibiy qismlarda ajratib upakovka qilingan buyumlar: ekskovator, po‘lat konstruksiyali ko‘priklar, minorali kranlar;
b) boshqa yig‘ma birlikka o‘rnatiladigan umumiy vazifani bajaruvchi detallar to‘plamidan iborat bo‘lgan buyumlar: avtomobillarning elektr jihozlari, yonilg‘i bilan ta’minlash sistemasi.
3. Kompleks - ikki va undan ortiq maxsuslashtirilgan buyumlar tayyorlovchi korhonada yig‘ilmagan, ammo o‘zaro bir-biriga bog‘liq vazifalarni bajarishi ko‘zda tutilgan buyum. Masalan, parmalash ustanovkalari, paxta terish mashinalari.
4. Komplekt - umumiy vazifaga ega bo‘lgan yig‘ish operatsiyalari bilan biriktirilmagan buyumlar. Masalan, o‘lchash apparatlari kompleksi, ehtiyoj qismlar kompleksi.
Konstruktorlik hujjatlarining turlari. Konstruktorlik hujjatlariga grafikaviy va matnli hujjatlar kiradi.
Bu hujjatlar orqali detalni tuzilishini, ta’mirlanishini, ishlatilishini bilish mumkin. Quyida ba’zi konstruktorlik hujjatlari keltirilgan.
1. Detal chizmasi - detal tasvirini va uni tayyorlash uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi.
2. Yig‘ish chizmasi - buyumning tasviri hamda uni tayyorlash, yig‘ish va nazorat qilish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi.
3. Umumiy ko‘rinish chizmasi - buyumning asosiy tarkibiy qismlarining o‘zaro bog‘lanishini va buyumning ishlash prinsipini aniqlovchi hujjat.
4. Nazorat chizma - buyumning geometrik shakli va tarkibiy qismlarini aniqlovchi hujjat.
5. Gabarit chizma - buyumning soddalashtirilgan tasviri va uning gabarit, o‘rnatish va biriktirish o‘lchamlari keltirilgan hujjat.
6. Montaj chizma - buyumni o‘rnatish uchun kerak bo‘lgan ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi.
7. Sxema - buyumni yoki uning qismlari va ularning o‘zaro bog‘lanishi shartli tasvirlar, belgilar bilan ko‘rsatilgan hujjat.
8. Spetsifikatsiya - yig‘ma birlik, komplekt va komplekslarning tarkibini aniqlovchi hujjat.
Konstruktorlik hujjatlari bajarish usuliga ko‘ra quyidagi turlarga bo‘linadi.
1. Originallar - yastalgan materialda bajarilgan hujjat bo‘lib, ular asl nusxa tayyorlash uchun mo‘ljallanadi.
2. Asl nusxalar - ko‘plab nusxa ko‘chirish imkonini bajaradigan materialda tayyorlangan bo‘lib, mas’ul shaxslarning asl imzolari bilan rasmiylashtirilgan hujjatdir.
3. Dublikatlar - asl nusxalardan olingan bo‘lib, asl nusxalarni qayta tiklash va nusxa ko‘chirish imkoniyatini beradigan hujjat.
4. Nusxalar - asl nusxa yoki dublikat bilan bir xillikni saqlab qolgan bo‘lib, buyumni loyihalashda, ishlab chiqarishda, ta’mirlashda foydalanish uchun mo‘ljallangan.


  1. Download 345.5 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling