Kurs ishi mavzu: Matnni filologiya fani tarixidagi o'rni va ahamiyati. Bajaruvchi
Download 108.5 Kb.
|
Sobirova Muxlisa-ok
Xususiy bilimni aniqlash. Tahlilning aniq texnologiyalari va uslublarini qo‘llash sohasida xususiy bilimni shakllantirish juda muhim. Tahlilning qay darajada batafsil va ishonchli tavsiflanishidan, qay darajada tushunarli, mahorat bilan bayon etilishidan qatiy nazar, ilmiy tahlil, avvalambor, ko‘nikma, ilmiy chaqqonlik, mahoratni talab qiladi. Ular ilmiy ishda amaliy ishtirok bilangina shakllanadi. Bunday amaliy ishtirok maxfiy ifodalanmaydigan bilimni shakllantiradi, u bilimning eksplesit shakllarini idrok etish va o‘zlashtirish uchun fond bo‘ladi. Implisit bilimning mavjudligi bilimdon ekspertlarning mavjudligi bilan tasdiqlanadi.
Bu odamlar darslik, ma’lumotnoma, yo‘riqnoma, maqola, monografiya va h.k.larda qayd etilgan eksplesit bilimlardan tashqari hech kim bilmagandek va qila olmagandek biladilar va qila oladilar. Bu bilim ham boshqaga berilishi mumkin, lekin bevosita namunaga rioya qilish natijasida va bevosita qo‘shma ilmiy faoliyatdagi shaxsiy kontakt asosida vujudga keladi. Shuning uchun ham ilm-fanda ilmiy maktab shu darajada yuqori baholanadi. Ilmiy maktab so‘z birikmasi ikkita uzviy ma’noga ega. Birinchi ma’nosi ilmiy yo‘nalish; ikkinchi ma’nosi bir qator tadqiqotchilar (ba’zida esa tadqiqotchilarning birnechta avlodi)ning norasmiy birlashmasi, ular ma’lum ilmiy yo‘nalishni yaratib rivojlantiradilar. Ilmiy maktab odatda original va mahsuldor g‘oyalarni to‘plashga qobiliyatli yetakchi atrofida shakllanadi. Biroq ilmiy maktabning yetakchisiga mashhur ko‘zga ko‘ringan olim bo‘lish yetarli emas. U ajoyib pedagog, tashkilotchi, o‘z hamkasaba va shogirdlarining tadqiqot faoliyatini birlashtirish va yo‘naltirish, ilmiy dasturlar strategiya va taktikasini ishlab chiqarish qobiliyatiga ega bo‘lishi lozim. Aynan ilmiy maktab doirasida shogird va ustozning hamkorlikdagi ilmiy faoliyati amalga oshiriladi.Bu jarayonda shogird nafaqat eksplisit, balki implisit bilimga ham ega bo‘ladi. U nafaqat o‘qiydi, balki hozirgi paytda yaratilayotgan ilm-fan, jonli bilim muhitida ishtirok etadi.Tadqiqotchini ma’lum maktabga mansubligi odatda bu tadqiqotchiga fanning eng qiyin sohasi bo‘lgan ilmiy tahlil uslublariga ega bo‘lish borasida, kengroq aytganda esa, ilmiy tafakkur metodologiyasiga ega bo‘lishda tez va muvaffaqiyatli komillikka erishadi. Eksperiment va tadqiqotning eksperimental bazasi. Eksperiment – olg‘a surilgan taxminlarning haqiqiyligini, maqsadga yo‘naltirilganligini tekshirish yoki obyektiv jahonning qonunlarini aniqlash.Eksperiment jarayonida tadqiqotchi o‘rganilayotgan hodisaga aralashib, uning “tabiiy” oqimini o‘zgartiradi. Tajribaning bir shartini yo‘q qilib, boshqalarini istisno qiladi, uchinchisini kuchaytiradi yoki kuchsizlashtiradi. Eksperimentning bunday imkoniyatlarida uning kuzatuvdan afzalligi namoyon bo‘ladi. Chunki u hodisani “sof” ko‘rinishda o‘rganish imkoniyatini beradi. Bunda qo‘shimcha omillar olib tashlanadi. Eksperimentning natijalari birinchi tadqiqotchidan mustaqil tarzda boshqa tadqiqotchi tomonidan olinsa, ishonchli hisoblanadi. Eksperimental baza ham individual labaratoriya chegarasidan chiqib ketgan. Eksperiment miqyosi va u asoslangan nazariy bilim darajasi hamda berishi lozim bo‘lgan natijasi zamonaviy laboratoriya, poligon, tajriba maydonlari aslida yaxlit o‘ta murakkab ishlab chiqarish jarayoni hisoblanadi. Eksperementlarda eng yangi texnika, asbob-uskunalar ishlatiladi. Ularga yuqori malakali personal xizmat qiladi.
Download 108.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling