Kurs ishi mavzu: “Mehr va Suhayl” hikoyatida bosh qahramonlar va obrazlar


Download 267.05 Kb.
bet4/13
Sana03.02.2023
Hajmi267.05 Kb.
#1151272
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Mehr va Suhayl


deb ta’kidlaydi va diqqatni asarning asosini tashkil etgan yetti hikoyatga, bu hikoyatlarning aytuvchilari sayr ishiga mohir boʻlgan yetti musofir ekanligiga qaratib, doston nomini “Sab’ai sayyor”, ya’ni “yetti sayyor (kezuvchi)” deb ataganini uqdiradi.“Sayyor” soʻzi lugʻatlarda: 1. kezuvchi, sayyoh; 2. sayyora — planeta tarzida izohlanadi.

 Navoiy dostonidagi asosiy gʻoya sayyohlar va ularning hikoyatlari orqali yoritiladi, lekin sayyoralar bilan bogʻliq masalalar ham bor. Shunga koʻra, Navoiy «sayyor» soʻziga uning ikkala ma’nosini yuklab, dostonni “Sab’ai sayyor” deb atagan. Qolaversa, Nizomiyning “Haft paykar” dostoni nomidagi “paykar” (1. goʻzal, 2. surat), Dehlaviyning “Hasht behisht” dostoni nomidagi “behisht” (1. taxt, 2. jannat), Ashrafning “Haft avrang”idagi “avrang” (1. taxt, 2. sayyora) soʻzlari ham ikkala ma’nosida ishlatilgan. Shuningdek, “sayyor” ham “paykar”, “behisht”, “avrang” soʻzlari kabi yopiq boʻgʻin bilan tugallangan.

Demak, Navoiy doston nomlanishida ham salaflari izidan borgan va dostonini «Sab’ai sayyor» atagan. 

Alisher Navoiy “Xamsa”sining toʻrtinchi dostoni “Sab’ai sayyor” deb atalib, 1484 yilda yozib tugallangan. Asarning bosh qahramoni Bahrom boʻlib, tarixiy shaxs sifatida Eronning sosoniy hukmdori Varaxran V (420 – 438 yillarda podsholik qilgan) bilan bogʻliq. Bu hukmdor qulon (yovvoyi kiyik)ni ovlashga nihoyatda oʻch boʻlganligi uchun xalq orasida Bahrom Goʻr (qulon) laqabi bilan shuhrat topgan. Sharq mamlakatlarida Mars (Mirrix) yulduzi Bahrom deb atalib, jang-u jadallar homiysi sifatida keladi.

Bahrom bilan bogʻliq xalq naqllari, afsona va rivoyatlar dastavval eronliklar tomonidan vujudga keltirilgan va davrlar oʻtishi bilan Sharq xalqlari orasida keng tarqalib ketadi. Bahrom obrazi dastlab forsiy adabiyotda Abulqosim Firdavsiy “Shohnoma”sida tasvirlanadi. Firdavsiy Bahromni musbat va manfiy jihatlarga ega murakkab shaxs sifatida tasvirlaydi: u bir tomondan, adolatsevar podsho, vatanparvar yurt egasi, tengsiz aql-idrok, kuch-quvvat sohibi, mohir ovchi boʻlsa, ikkinchi tomondan, kitobxon koʻz oʻngida aysh-ishratga, ehtirosga oʻch, xudbin va qahri qattiq shaxs sifatida gavdalanadi.


Download 267.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling