Kurs ishi mavzu: Mumtoz adabiyotda xamsanavislik an’analari


Mumtoz adabiyotda xamsanavislik an’analari


Download 0,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/7
Sana17.06.2023
Hajmi0,86 Mb.
#1554085
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
navoiyshunoslik kurs ishi xanjarova (1)

Mumtoz adabiyotda xamsanavislik an’analari 
Sharq xalqlari adabiyotida dostonnavislik shakllaridan biri
"Xamsa" yozish bilan bogʻliq adabiy anʼana. Nizomiy Ganjaviy 
asos solgan. 
Ijodkorlar Nizomiy "Panj ganj"ini ("Besh xazina") tashkil 
etuvchi "Mahzan ul-asror", "Xusrav va Shirin", "Layli va 
Majnun", "Haft paykar", "Iskandarnoma" dostonlarining 
mavzui, syujet va kompozitsiyasi, qahramonlari, vazni, 
joylashish tartibini saqlagan holda mustaqil asar yaratganlar. Bu 
badiiy ijodda katta mahorat maktabi sanalgan. Xamsa 
dostonlarining har biri mavzuyi, qahramonlari, hatto qoʻyilgan 
masalalarigacha aniqlikka ega boʻlib, bu janrda ijod qilgan 
yozuvchi oʻz mahoratini ana shu anʼanaviy vositalar yordamida 
koʻrsatishi, shu orqali oʻz davri ideallarini ifodalashi lozim 
boʻlgan. Anʼanaga koʻra, Xamsadagi 1-dostonning asosini 
falsafiy-axloqiy masalalar tashkil etgan. 2—3 dostonlar sevgi 
orqali aks ettirilgan ijtimoiy-maʼnaviy masalalarni yorituvchi 
mavzu asosida uyushgan. 4-doston sarguzasht asar boʻlib, unda 
adolatli 
shoh 
masalasi 
koʻtarilgan. 
Soʻnggi 
doston 
avvalgilarining 
xulosasi, 
umumlashmasi 
boʻlib, 
unda 
ijodkorning 
maʼnaviy-axloqiy, 
ijtimoiy-siyosiy, 
falsafiy 
qarashlari aks etgan. Sharqda badiiy qimmati turlicha boʻlgan 50 
dan ortiq xamsalar vujudga kelgan. Xamsaning alohida 
dostonlariga javoblar ham yozilgan. Pekin bizgacha bu 
asarlarning hammasi ham yetib kelgan emas. Xamsa 
dostonlaridan faqat birigagina javob yozib, yuksak darajada 
shuhrat qozongan ijodkorlar ham boʻlgan (Fuzuliy, "Layli va 
Majnun"). X.da eng koʻp dostonlar "Layli va Majnun" 


mavzusida yaratilgan. Keyingi oʻrinlarda tegishli ravishda 
"Xusrav va Shirin", "Mahzan ul-asror", "Iskandarnoma", "Haft 
paykar" mavzusidagi dostonlar turadi. 
Xamsanavislar uz asarlarida epik-romanik, qahramonlik yoki 
sufiylik mavzusini birinchi uringa qoʻyganlar. Nizomiy 
Ganjaviy "Xamsa"sining syujet va mavzulari turli xalqlar badiiy 
adabiyotlariga taʼsir etib, 13— 20-asrlar mobaynida 600 dan 
ortiq asar yaratilgan. 
Nizomiy "Xamsa"sini fors tilida yozgan. Boshqa xalklar X. 
anʼanasini oʻz tillarida davom ettirganlar. Turkiy, urdu, pushtu, 
kurd, arman va boshqa tillarda xamsalar yaratilgan. Davrlar 
oʻtishi bilan muayyan ijtimoiy-siyosiy sharoitda belgilangan 
mavzu, syujet, kompozitsiya, obrazlarga ega boʻlgan "Xamsa" 
dostonlarining mazmuni, tarkibi oʻzgarib borgan. X. anʼanasi 
Kavkazorti, Oʻrta Osiyo, Afgʻoniston, Pokiston va Hindiston 
mamlakatlarida davom ettirilgan. 
Turkiy xalqlar adabiyotida X.ka qiziqish 13—14-asrlardan 
boshlangan. Qutb Xorazmiy Nizomiyning "Xusrav va Shirin" 
dostonini, Haydar Xorazmiy sheʼriy shaklini saqlagan holda 
ayrim oʻzgarishlar bilan "Mahzan ul-asror" dostonini turkiy tilga 
tarjima qilgan. Turkiy (oʻzbek) tilida "Hayrat ul-abror", "Farhod 
va Shirin", "Layli va Majnun", "Sabʼai sayyor", "Saddi 
Iskandariy" nomlari bilan 5 doston — "Xamsa" yaratgan Alisher 
Navoiy X. taraqqiyotiga beqiyos hissa qoʻshgan va X.ni turkiy 
xalqlar adabiyotida Nizomiy darajasiga kutardi. Bunda Navoiy 
oʻzigacha boʻlgan buyuk xamsanavislar — Nizomiy Ganjaviy, 
Amir Xusrav Dehlaviy va Abdurahmon Jomiylarni uziga ustoz 
deb bildi va ularning X.dagi gʻoyaviy-badiiy anʼanalarini 
mahorat bilan rivojlantirdi. X.ni yuqori pogʻonaga olib chiqdi. 
Navoiy X.da anʼanaviy obrazlar hisoblangan Farhod, Shirin, 
Dilorom, Layli, Majnun, shohlardan Xusrav, Bahrom, Iskandar 
obrazlarini yangicha, oʻz davri adabiyotining insonparvarlik 
gʻoyalari nuqtai nazaridan talqin etdi. Navoiy "Xamsa"si turli 
xalqlar dostonchiligining keyingi taraqqiyotiga ijobiy taʼsir 


qilgan. Oʻzbek shoiri Xoja ("Maqsad ulatvor"), turk shoiri 
Lomiy va uygʻur shoiri Nizoriy ("Farhod va Shirin"), 
ozarbayjon shoiri Fuzuliy ("Layli va Majnun") oʻzlarining 
dostonlarini 
Navoiyning 
"Xamsa" 
dostonlari 
taʼsirida 
yaratganlar. Navoiy "Xamsa"si ayni vaqtda oʻzbek adabiy 
tilining boyligi, mukammal va rang-barangligini ham namoyish 
etadi. 
Sharqda xamsachilikning o‘ziga xos tarixi va an’anasi 
mavjud. “Xamsa” yozishni ozarbayjonlik ulug‘ shoir 
Nizomiy Ganjaviy bosh- lab bergan. Lekin u bu asarini 
avvaldan niyat qilib, ma’lum bir reja asosida yaratmagan. 
Nizomiy 
1173—1179- 
yillarda 
Arzinjon 
hokimi 
Faxriddin Bahromshohga bag‘ishlab “Maxzan ul-asror” 
(“Sirlar xazi- nasi”) nomli pandnoma yozadi. 1180—
1181- yillarda Iroq hukmdori To‘rg‘ul II ning iltimosiga 
ko‘ra “Xusrav va Shirin” dostonini yarata- di. 1188- 
yilda Shirvonshohlardan Axsatan I Nizomiyga “Layli va 
Majnun” dostonini yozishni buyuradi. 1196- yilda 
hukmdor Alovuddin Ko‘rpa Arslonning topshirig‘i bilan 
Bahrom haqida “Haft paykar” (“Yetti go‘zal”) yoziladi. 
1196—1201- yillarda “Iskandarnoma” yaratila- di. Shu 
tariqa 1173—1201- yillar oralig‘ida – 28 yil davomida 
muallif- ning besh dostoni dunyo yuzini ko‘rdi. Shundan 
so‘ng adibda turli yil- larda bitilgan bu dostonlarni jamlab, 
yagona bir nom bilan atash fikri tug‘ilgan va “Panj ganj” 
(“Besh xazina”) nomi bilan mashhur bo‘lgan birinchi 
“Xamsa” vujudga kelgan. 
Nizomiydan yuz yildan so‘ng asli shahrisabzlik 
turkiy qavmlar 
avlodidan bo‘lgan Xusrav Dehlaviy (1253—1325) 
o‘zining “Xamsa”sini 1299—1301- yillarda yozib 
tugalladi. 

“Matla 
ul-anvor” 
(“Nurlarning 
boshlanmasi”), “Shirin va Xusrav”, “Majnun va Layli”, 


“Hasht behisht” (“Sakkiz jannat”), “Oyinayi Iskandariy” 
(“Iskandar oynasi”) dostonlari- ni yozib, Nizomiy ishini 
davom ettirdi va natijada adabiyotda xam- sachilik 
an’anasi paydo bo‘ldi. 

Download 0,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling