Kurs ishi mavzu: Mumtoz adabiyotda xamsanavislik an’analari


“Buxl erur borcha sifatdin xasis, Lek saxo


Download 0.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/7
Sana17.06.2023
Hajmi0.86 Mb.
#1554085
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
navoiyshunoslik kurs ishi xanjarova (1)

“Buxl erur borcha sifatdin xasis, Lek saxo 
javhari asru nafis”. Lekin saxo- vat kim to‘g‘ri 
kelsa yoki o‘ziga tanish odamlargagina ehson qilish 
emas. Saxiy kishi ehtiyojmandlarga ko‘maklashishi, 
muhtoj odamlar
ga beminnat qo‘l cho‘zishi lozim. 
Zarurati bo‘lmagan kishilarga saxiy- lik qilish aqldan 
emas. Bunday odamlarga shoir “O‘yla bulutdekki, 
quruq bog‘ uza Yog‘may o‘tub, suvni to‘kar tog‘ 
uza” deb tash- bih ishlatadi. Kishilar saxovatiga ko‘z 
tikishdan ko‘ra o‘z mehnati bilan kun kechirishni
Navoiy saxovatdan ham ulug‘ himmat deb biladi.
Keyingi maqolatda odob masalalari yoritilgan. 
Adib unda kishi- lar bilan munosabat va muomala 
madaniyati, o‘zini tuta bilish, bola tarbiyasi va 
boshqalar to‘g‘risida o‘z mulohazalarini bildiradi. 


Odob, tavozeni alqaydi, o‘zini tuta bilmaslik, o‘rinsiz 
kulgi kabi salbiy xis- latlarni qattiq qoralaydi. Inson 
munosabatlarda har bir kishining ah- voliga yarasha 
muomala qilishi, kattalarga xizmat, kichiklarga 
shafqat etishi lozim deb uqtirgan shoir: “Har 
kishining tavrig‘a loyiq kerak, Surati holig‘a 
muvofiq kerak. Kimki ulug‘roq anga xizmat kerak
Ulki kichikroq, anga shafqat kerak”, — deb ta’lim 
beradi. Tanosub san’ati asosiga qurilgan quyidagi 
misralarni esa har bir farzand o‘ziga dasturulamal deb 
bilishi kerak:
Boshni fido ayla ato 
qoshig‘a, Jismni qil sadqa 
ano 
boshig‘a. 
Tun-
kunungg‘a aylagali nur fosh 
Birisin oy angla, birisin 
quyosh.
Maqolatlardan 
birini 
Navoiy 
elga 
manfaat 
yetkazish masalalari- ga bag‘ishlaydi. Insonning 
hayoti jamiyatda, odamlar orasida kechadi. Dunyo 
insonlarning xayriyati (yaxshiliklari) bilan, jamiyat 
ezgu ish- lar bilan obod bo‘ladi. Shuning uchun har 
bir shaxs qaysi yo‘l bilan bo‘lmasin: mehnati yo 
mablag‘i bilan, shirin so‘zi yoki maslahati bi- lan el-
yurtga foyda yetkazishi kerak. Jamiyat a’zolarining 
mana shun- day umumga keltirgan naflari, ayni 
paytda, o‘zlariga ham manfaat- lidir: “Naf’ing agar 

Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling