Kurs ishi mavzu: O`quvchilar jamoasining o`ziga xos xususiyati Topshirdi: Qadamova Dilasal Qabul qildi: Qutlimuratova Nargiza
Bob. I Jamoa haqida umumiy tushuncha sinif jamoasini tashkil etish va tarbiyalash
Download 129.42 Kb.
|
Dilasal
Bob. I Jamoa haqida umumiy tushuncha sinif jamoasini tashkil etish va tarbiyalash
Bosh sinf oʻquvchilari jamoasining oʻziga xos xususiyatlari Sinf rahbari ishida o‘quvchilar jamoasini shakllantirish markaziy vazifa hisoblanadi, chunki jamoada shaxsni tarbiyalash – tarbiyaning etakchi prinsipidir. Bolalar jamoasini shakllantirish metodikasi hozirgi kunda ancha to‘liq va mukammal ishlab chiqilgan. Bu metodikaning umumiy asoslari pedagogika kursida bayon etaman, jamoa va jamoada shaxsni tarbiyalash nazariyasiga tayanadi. Jamoa nazariyasi qoidalariga muvofiq uni yaratish metodikasi ishlab chiqilgan. Uning umumiy asoslari quyidagilardan iborat: talablar qo‘yish; faollarni aniqlash, o‘quv mehnat, ijtimoiy siyosiy va ommaviy madaniy faoliyatdagi istiqbollarni tashkil etish; sog‘lom jamoatchilik fikrini shakllantirish, ijobiy an’analarni yaratish, va ko‘paytirish. Ta’riflangan bu qoidalar har qanday jamoa (maktab, sinf jamoasi, maktabdan tashqari bolalar birlashmasi va hokazolar)ni shakllantirish va rivojlantirish uchun qo‘llanma bo‘lib hisoblanadi. Bolalarning jamoa turmush, normalari va qoidalarining intizomini bo‘zilishiga munosabatlarini kuzatib jamoaning tashkiliy tuzulishi ta’sirchanligi ishonch hosil qilish mumkin. Jamoa rivojlanishining dastlabki bosqichlarida bolalar tarqoq bo‘lib, ularda yakdil fikr va sinf raxbari tayanishi mumkin bo‘lgan ta’sirchan faollar bo‘lmaydi. SHuning uchun jamoada salbiy hodisalar ochiq muxokama qilinmaydi va mustaqil jamoa qarori qabul qilinmaydi. Agar jamoa rivojlanishning 2-chi bosqichida bo‘lsa, nomigagina emas balki harakatlarini qo‘llab quvvatlaydigan haqiqiy harakat qiluvchi faollar bo‘lsa, uning ayrim o‘quvchilar va jamoa oldiga muayyan talablar qo‘yishini kuzatish mumkin. Jamoaning rivojlanish darajasidan dalolat beradigan muhim belgilardan biri – o‘quvchilarning birgalikdagi faoliyatga ishtiyoqi chiqindi qog‘oz yoki metallolom to‘plash, kechaga tayyorgarlik ko‘rish kabi maktab tajribasida muntazam uchrab turadigan ishlarda ko‘zga tashlanadi. Jamoaning rivojlanish darajasini aniqlashda o‘quvchilarning faqat sinfdan tashqari faoliyatida namoyon bo‘ladigan munosabatlarni tahlil etish bilangina cheklanib bo‘lmaydi. Sinf rahbari ishining o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, u oddiy bolalar jamoasini emas, balki o‘quvchilar jamoasini shakllantiradi. O‘quvchilarning asosiy vazifasi o‘qishdan iborat. SHuning uchun sinf rahbari dastavval bolalarning o‘qishga qanday munosabatda ekanliklarni, o‘zlarini darsda qanday tutishlarni, o‘zlarini darsda qanday tutishlarni, uy vazifalarni sidqidildan bajarishlarni yoki bajarmasliklarni aniqlaydi. Va nihoyat eng muhimi – ularning o‘qishdagi muljallari ijtimoiy mohiyatga molik yoki molik emasligi hisoblanadi. 8–«B» sinfda shpargalkalar, aytib turishlar ko‘chirib yozishlar avj olgan edi. O‘quvchilar buni tan olishdan ham uyalishmas, bunday holni o‘ziga xos do‘stlik jamoatchilik deb hisoblashishar edi. Aksincha savollarga javob olishda «Sen shpargalkaga qanday munosabatdasan?» degan savolga faqat bir o‘quvchi – Nargiza bunday deb yozdi: «Aytib turishni va aytib turishdn foydalanishni o‘ziga ep ko‘rmayman». Anketa savollariga javob qaytarish natijalarini muhokama qilish chog‘ida ko‘pchilik Nargizaning tutgan yo‘lidan g‘azablanishdi: Qaranglar qanday mag‘rurlanib ketibdi! Qadr- qimmat bizda ham bor, lekin u algebra bo‘yicha kontrol ishga nisbatan ancha muximroq ishlarda namoyon bo‘ladi. Sinf rahbariga bu sinfda ishlash juda qiyin edi. Bu erda ko‘pgina qobilyatli va yaxshi o‘zlashtiradigan ayni paytda qoloq o‘quvchilar ham bor edi. Darsdan tashqari payitlarda turli tadbirlar-kechalar, uchrashuvlar, ekskursiyalar o‘tkaziladi. Lekin, bularning hammasi eng muhim narsaga – o‘quvchilarning ta’lim jarayoniga, munosabatiga va bu jarayondagi o‘zaro munosabatiga ta’sir ko‘rsatmasdi. Ko‘pchilik 8–sinf o‘qituvilari: o‘qish har bir kishining shaxsiy ishi, degan prinsipga amal qiladilar. YUqorida bayon etilgan sinf jamoasi rivojlanish darajasining pastligidan dalolat beradi. Mana shunday holatlar ro‘y bermasligi uchun jamoaning rivojlanish usulini aniqlab olishimiz kerak buning eng ishonchli usuli – o‘quvchilarni ular bilan darsda, darsdan tashqarida o‘zaro faol hamkorlik qilish jarayonida ko‘zatishdan iboratdir. Maxsus diagnostik usullar. Masalan: anketa, tarqatish, pedagogik vaziyatlarni vujudga keltirish, boshqalardan ham foydalanish mumkin. Lekin, bu usullar guruhni juda ehtiyotkorlik bilan katta pedagoglik odobi bilan qo‘llash lozim. O‘quvchilarni o‘rganishning har bir usuli ayni vaqtda tarbiya usuli ham ekanligi o‘qituvchilar uchun qonun bo‘lishi kerak. Jamoada shaxsni yakka tartibda tarbiyalashdan maqsad maktab o‘qituvchisini o‘z-o‘zini tarbiyalashga jalb etish, uni tegishli malaka va ko‘nikmalar bilan qurollantirishdan iboratdir. Tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatishga bo‘yini yor bermaydigan tarbiyasi qiyin bolalar – bu albatta, yomon o‘zlashtiruvchilar emas, holbuki ular orasida odatda ular ko‘pchiligi ana shunday bolalardir. Zamonaviy sinf rahbar o‘quvchidar yomon xulq atvorining, past o‘zlashtirishning sabablarini puxta o‘rganadi. Bunda o‘quvchining sinfdoshlari bilan munosabatlari, bu munosabatlarning ma’naviy asoslari eng muhim masalalardan biridir. Jamoa munosabatlari – dastavval muayyan prinsiplarga asoslangan va ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan maqsadlar yo‘naltirib turadigan o‘zaro ma’suliyatli munosabatlardir. Sinf o‘qituvchilari ko‘p bo‘lgan sharoitda har bir bola yakka tartibda yondashish, har bir bola qalbiga to‘g‘ri yo‘l topish juda qiyin. Agar o‘quvchilar jamoasi qo‘llab quvvatlasa, har xolda bunday yo‘lni topish mumkin. Jamoada shaxsni tarbiyalashda yakka tartibdagi yondashuvning mohiyati alohida o‘quvchini jamoa faoliyatigan jalb etishdan jamoani esa mazkur o‘quvchi bilan qiziqtirib qo‘yishdan ham iboratdir. Har qanday jamoada tarbiyasi qiyin bolalar bo‘ladi, lekin «ajratib qo‘yilgan» bolalar bo‘lmaydi. O‘quvchilarning xulq atvori, o‘quvchining muntazam o‘rganishni o‘z oldiga maxsus maqsad qilib qo‘ymasa uning uchun sezilmagan tarzda o‘zgarishi mumkin. Bunday o‘rganish yakka tartibda ishni tashkil etishning hal qiluvchi sharti hisoblanadi. Jamoani tashlantirish, yuzasidan olib boriladigan ish albatta ayrim o‘quvchilarning rivojlanishga ta’sir etadi va shuning uchun ham bu jarayon stixiyali emas, balki maqsadga qaratilgan va boshqariladigan bo‘lishi kerak. Sinf rahbari o‘quvchilarni yakka tartibda va jamoa bilan tarbiyalashda ota -onalar bilan o‘zaro hamkorlikda bo‘ladi. Ota-onalarga pedagogik bilim berishni uyushtirishda sinf rahbariga muayyan tarzda yordam beradigan asosiy manba «Ota-onalarga pedagogik bilim berishning namunaviy dasturi»dir. Mazkur dastur o‘quvchilarning ota-onalari bilan xilma-xil mashg‘ulotlarni birga qo‘shib olib borishni ko‘zga tutadi. Dasturda o‘quv yili mobaynida ikkita umumta’lim mashg‘ulotni va har bir sinf ota-onalari uchun 6 tadan 9 tagacha mashg‘ulot o‘tkazish ko‘zda tutilgan. Mashg‘ulotlar shunday tarzda quriladiki, ota-onalar pedagogika, psixologiya va fiziologiya asoslari izchil kursini o‘zlashtirib, farzandlari bilan sinfdan-sinfga o‘tgandek bo‘lishadi. Kurs bolalarning yosh xususiyatlariga muvofiq va ta’limining har bir yildagi ta’lim-tarbiya vazifalarini hisobga olib qurilgan. Ota-onalarning yuksak ta’limiy va madaniy darajasi pedagogik va psixologik ta’sir etish sifatini oshirish uchun ular bilan bevosita muomalada, o‘qituvchilarning bu yo‘nalishidagi ijodiy jamoa ishida o‘rganish mumkin. Ota-onalar bilan ish olib borishning an’anaviy tarkib topgan shakl bu ota-onalar yig‘ilishlaridir. Ota-onalar majlislari turli xil ko‘rinishda bo‘ladi. O‘qituvchilar u yoqi bu o‘qituvchining biror o‘quvchi uning darsida intizomni buzganligi xususidagi shikoyatga javoban ota-onani maktabga chaqirtiradilar. Sinf rahbari hamma narsani sinchiklab o‘rganib chiqishi kerak. Ba’zan o‘quvchilarning darsda yomon ishlashga, gap qaytarishga va hakozolarga o‘qituvchining o‘zlari aybdor bo‘ladilar. Bunday holda o‘qituvchida pedagogik odobning yo‘qligi yoki uning darsdan, sinfdan tashqari ta’lim-tarbiya jarayonini yomon tashkil etganligi uchun ma’suliyatni o‘qituvchi va ota-onalarga ag‘darish noto‘g‘ri bo‘lur edi. Agar o‘quvchi bir muncha tarbiyasiz intizomsiz bo‘lsa ham sinf rahbari ota-onalarga faqat uning kamchiliklari haqida gapirmasligi kerak. Bu ularning yoqimsiz bo‘lib, ular va pedagog o‘rtasida ishonchli munosabatlar o‘rnatishiga yordam bermaydi. Har bir ota-ona o‘z farzandini yaxshi ko‘radi, shuning uchun ular, o‘z farzandida hosil bo‘lgan yangi, ijobiy kurtaklar xususida quvonchni o‘rtoqlashadigan va bolalarning xulqidagi ijobiy jihatlarni mustahkamlash yuzasidan ehtimol tutilgan, birgalikdagi harakatlar xususida maslahatlashishni muhim deb hisoblaydigan sinf rahbariga samimiy hurmat va ishonch bilan qaraydilar. Bunday sharoitda ota yoki ona juda hayrixoh bo‘ladi va sinf rahbari bilan bajonidil aloqa bog‘laydi. Sinf rahbarining o‘quvchilar oilalarida bo‘lishi maktab va oila o‘zaro hamkorlikning muhim shakli hisoblanadi. Oilada bo‘lishning maqsadini aniq vaziyat belgilab beradi. Sinf rahbari nima maqsadda oilaga berishga muvofiq tarzda unga oldindan tayyorgarlik qo‘radi (O‘qituvchilar bilan maslahatlashadi, o‘quvchining o‘zlashtirishi xulqini aniqlaydi, avvalgi borishi natijalari to‘g‘risidagi mavzularni ko‘rib chiqadi, suhbat mazmunini va shaklini belgilaydi, muhokama qilish ota-onalar bilan kelishish uchun masalalarni tanlaydi, yaqin kelajak uchun ota-onalarning tarbiyaviy vazifalarni, tavsiyanomalarni va hakazolarni belgilab oladi). Oilada bo‘lganda faqat maslahatchi bo‘lib qolmasdan, o‘zi ham ota-onalarning fikri va takliflariga quloq solishlari kerak, chunki ular farzandlarining muvofaqqiyatidan bizga nisbatan kam manfatdor emaslar. YUqori sinf o‘qituvchilarining oilalariga borishni zarur deb hisoblaydigan sinf rahbari nohaqdir. YUqori sinf o‘qituvchilari oldida kasb tanlash mummosi turadi, ota-onalar esa bunga o‘z farzandlarining u yoki bu faoliyatiga qiziqishi va qobilyatini inkor etib, o‘z hayotiy tajribalari asosida yondoshadilar. Bu jihatdan sinf rahbari tamonidan odob bilan yordam berishi zarurligi ravshandir. Nobop oilalar bilan ishlash sinf rahbari uchun alohida qiyinchilik tug‘diradi. Odatda bola oilaviy notinchlikning qurboni bo‘ladi, binobarin uni pedagogikaga zid oilaviy munosabatlardan asrash – maktabning vazifasidir. 4- sinf o‘qituvchisi Javlonning ota-onasi o‘zaro qattiq ziddiyatda edilar. Otasi muhandis, spirtli ichimlikka berilib, rafiqasini haqoratlardi. Hattoki munosabatlarini yumshatishni istab uning bu qilmishlariga chidab kelardi. Lekin o‘g‘li Javlon aralashib otasidan onasini taqqirlashni bas qilishini talab qiladi. Ish mushlashishgacha borib etadi. SHundan so‘ng Javlon darslarga bormay qo‘yadi. Sinf rahbari shoshilincha chora ko‘radi, ya’ni Javlonning otasi ishlaydigan joyga borib tushuntirish ishlarini olib boradi. SHundan so‘ng oilada vaziyat asta sekin yaxshilana boradi. Ona ham, o‘g‘il ham o‘qituvchining ota bilan suhbatlashganini bilishmaydi. Jamoatchi va bilimli sinf rahbari har qanday vaziyatdan juda ustalik bilan chiqib ketadi va har tomonlama rivojlangan sinf jamoasini tashkil qiladi. Maktab, oila va jamoatchilikning tarbiyaviy ta’sirini muvofiqlashtirishda – oila boshqa tarbiyaviy muassasalardan farqli ravishda odamning butun hayoti davomida uning barcha tomonlariga, qirralariga ta’sir ko‘rsatishga qodir va odatda ta’sir ko‘rsatadi, Oila tarbiya vazifasining bu ulkan miqiyosi uning mafkuraviy va psixologik ta’sir ko‘rsatishining chuqur o‘ziga xosligi bilan uyg‘unlashib ketadi. Bu esa uni oila darajasida ta’sirchan qilibgina qolmay, shu bilan birga shahsiy tiklantirish jarayoninig zarur bo‘g‘iniga aylantiradi. Maktablar tajribasida faoliyat odatda ommaviy jamoa, guruh va individual shakllarda tashkil etiladi. Tabiyki individual shakllar muammolash nazarda tutmaydi. Faoliyatni tashkil etishning ommaviy shakllari ham (ya’ni ularda o‘quvchilarning muayyan guruhlari ishtirok etadi), o‘z mohiyatiga ko‘ra uni amalga oshirish jarayonida faoliyat maqsadiga (masalan, leksiya, konsert va hokazo) erishish uchun qatnashchilarning o‘zaro muammosini nazarda tutmaydi. Jamoa tashkil etishning samarali shakllaridan biri guruhiy ishdir bunda mazkur ish bolalarning tarkib jihatdan (eng ko‘pi bilan besh kishi) guruhlarda amalga oshiriladi. SHunday kichik guruhlarda barcha a’zolar bir-birlari bilan bevosita muomilada bo‘ladilar va bir-birlariga bevosita ta’sir ko‘rsatadilar. O‘qituvchilar guruhlarda muammolarning o‘ziga xos husuiyatini o‘rganish uning guruhlarni o‘quvchilar muomalasini tashkil etishning samarali shakliga aylantiriladigan xususiyatlarini aniqlash imkonini beradi. Maktablarda guruhiy ishlarni tashkil etishning turli usullari qo‘llaniladi: bir xil ishlar: unda jamoani tashkil etgan barcha guruhlar bir xil topshiriqlarni bajaradilar; tabaqalashtirilgan guruhiy ishlar; unda guruhlar individual topshiriq oladilar. Tashkil etishning guruhiy shakllari amalda o‘quvchilar faoliyatining barcha sohalarida qo‘llaniladi. Masalan: sinfdagi darsdan tashqari bilish faoliyatida «topilgan va topilmagan sirlar kechasi» o‘tkaziladi. Sinf bir necha guruhga bo‘linadi, ulardan har biri o‘z «siri»ni belgilab va uni sinfga taqdim etadi. Darsda bilish faoliyatini masalan 8-sinfdagi tarix darsida o‘quvchilar guruhlarga bo‘linadilar, ularning har biri topshiriq oladi. Guruhlarning vakillari topshiriqlarning bajarilish yakunlarini butun sinfga ma’lum qiladilar, sinf ular muhokama qilib, tuzatishlar kiritadi. Jamoa tashkil etganda o‘quvchilar muhitida mavjud bo‘lgan haqiqiy guruhlarni tutish, bir-biriga va o‘zaro do‘stlashadigan bolalarni birlashtirish zarur. Pedagog bu guruhlarni xususiyatlarini ularning yo‘nalishi, qiziqishlari, malakasini bilishlari hisobga olish va foydalanish kerak. Jamoa ishni tashkil etishda va amalga oshirishda vazifalarni taqsimlash vaqtida mazkur xusiyatlarni hisobga olish ishining samarodorligini oshiradi. Ikkinchi tomondan bu hol guruhdagi muammolarni jamoaning qiziqishlari sohasiga va jamoaning qiziqishlarini guruhdagi muomila sohasiga olib kiradi. Jamoa faoliyatini tashkil etishda o‘qituvchilarning shaxslararo real mavjud bo‘lgan aloqalarni hisobga olish ikki xil maqsadga erishish: guruh a’zolarini jamoa hayotiga jalb qilish va ular o‘rtasiga muomalaga ta’sir ko‘rsatish imkonini beradi. Sinf raxbarining bosh sinf oʻquvchilar jamoasini tashkil qilish boʻyicha asosiy faoliyati “O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqqiyot yo’li” asaridayoq mustaqil O’zbekistonni rivojlantirishning ma’naviy-ahloqiy negizlaridan biri-umuminsoniy qadriyatlarga sadoqatlilik ekanligini tahkidlash bilan birga, uning shaxs kamolotidagi ahamiyatini ham ko’rsatib o’tgan edilar. Keyinchalik bu masala I. A. Karimovning “Ma’naviyat va ma’rifat jamoatchilik markazini tuzish” haqidagi Farmonlarida, Yurtboshimizning “Istiqlol va ma’naviyat”, “Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot-’irovard maqsadimiz”, “O’z kelajagimizni o’z qo’limiz bilan qurmoqdamiz”, “Yuksak ma’naviyat-engilmas kuch” kabi asarlarida to’la to’kis o’z aksini to’di. Prezident I. A. Karimov O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining ikkinchi chaqiriq birinchi sessiyasidagi mahruzasida ma’naviyat sohasida amalga oshirilishi lozim bo’lgan vazifalarni ko’rsatish bilan birga “... O’zbekistonda yashayotgan barcha millat va elatlarning tili, madaniyati, urf-odat va an’analarini rivojlantirishga va sharoitlarni yanada kengaytirishdan iborat. SHu orqali yurtimizda qaror to’gan millatlararo totuvlik va barqarorlikni saqlash, uni ko’z qorachig’iday asrash-har birimizning muqaddas burchimizdir”,-deb tahkidlagan edilar. Ushbu vazifalarni amalga oshirishda xalqimizning milliy va umuminsoniy qadriyatlarga bo’lgan sadoqatliligi jamiyat va inson oldida turgan maqsad va vazifalar bilan uyg’unlashib bormoqda. Bu uyg’unlik xalqlar o’rtasidagi milliy urf- 5 odatlarni, an’analarni mustahkamlashda asos bo’lib xizmat qilmoqda. Natijada inson ongi va tafakkurida milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, ehtiqod kundan-kunga o’sib, xalqlar, millatlar o’rtasidagi do’stlik, hamkorlik rivojlanmoqda. Buning natijasida O’zbekiston dunyoga yuz tutmoqda. Umuminsoniy qadriyatlar faqatgina bizning Respublikamizdagina emas, balki butun jahonda bir butun, yaxlit holatda har bir inson qalbidan chuqur joy olmoqda. AQSH, Frantsiya, Turkiya, Ya’oniya, Koreya, „okiston kabi 50 dan ortiq mamlakat rahbarlarining O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimovga yo’llagan hamdardliklarida butun dunyo xalqlarining O’zbekiston bilan birga ekanligi ehtirof etilgan. Bunday hurmat va ehtibor negizida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I. A. Karimovning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va ma’naviy sohalarda di’lomatiya, o’ta madaniyat, katta bilim, donishmandlik, kishilarni ishontira olish qobiliyatlari bilan kelajagi buyuk davlatni bar’o etishdagi samarali ishlariga bo’lgan ishonch va ehtiqod ifodalangan. Bu birinchidan, ikkinchidan I. A. Karimov ta’limoti tufayli ulug’ bobomiz Amir Temur dovrug’ini qaytadan tiklash, butun dunyoga taratish, Buxoro, Xiva, Termiz, SHahrisabz, Qarshi, Samarqand, Toshkent, Marg’ilon shaharlari to’ylarining dunyo miqyosida nishonlanishi, Alisher Navoiy, Bahouddin Naqshband, Mirzo Ulug’bek, Imom al-Buxoriy, Ahmad al-Farg’oniy hazratlarining jahon madaniyatiga qo’shgan hissalarini ehzozlash, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga bo’lgan sadoqatining yorqin timsoliga aylandi. Darhaqiqat, qadim-qadimdan o’zbek millati jahon tsivilizatsiyasida o’zining munosib o’rnini egallashida umuminsoniy qadriyatlarga sadoqat bilan munosabatda bo’lgan. Har bir xalqning tarixiy, madaniy va ma’naviy merosini chuqur o’rgangan. SHu bilan birga boshqa millatlar, davlatlar, dinlar va tsivilizatsiyalarning o’ziga xos qadriyatlari va ijobiy tajribalaridan foydalanish natijasida jahon taraqqiyotida munosib o’rin egallab kelgan. Jahon ma’naviy madaniyatining xilma-xil jihatlari uyg’onish davrida juda rivojlangan bo’lib bu davrda yashab ijod qilgan sharq mutafakkirlari Abu Nasr Farobiy, al-Xorazmiy, Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Ahmad Yassaviy kabi allomalar, 6 Alisher Navoiy, Xusayn Bayqaro, Zahiriddin Muxammad Bobur kabi donishmand mutafakkirlar milliy va umuminsoniy qadriyatlarning chuqur ildizlari sifatida xalqimizning ma’naviy merosini mustahkamlashda va rivojlantirishda muhim o’rin tutgan va tutib kelmoqda. SHunday ekan, milliy va umuminsoniy qadriyatlar qadimiy va tarixiy bo’lib, uning mazmunida jinsidan qathiy nazar, o’zga millat xalqlariga hurmat bilan qarash dunyoning qaysi burchagida bo’lmasin, insoniyatning tinchligi va totuvligini tahminlash, har bir millat halqlarining o’z huquqlarini o’zi belgilash, o’ziga mustaqil bo’lib, o’ziga xos davlat tuzib yashash, o’z tili, dini, urf-odatlari o’zitga xos milliy qadriyatlari bilan bo’lish natijasida inson kamolotiga erishish, shaxsni ahloqiy shakllantirish kabi yo’nalishlar muhim o’rin egallagan. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I. A. Karimovning 2012 yilni “Mustahkam oila yili” deb ehlon qilishi yana bir bor milliy va umuminsoniy qadriyatlarga bo’lgan sadoqatning ifodasi bo’ldi. CHunki, sog’lom va mustahkam oila tushunchasi har bir millatga xos bo’lib, unda sog’lom naslni, jismonan baquvvat, ruhi, fikri sog’lom, iymon ehtiqodi butun, bilimli, ma’naviyati yuksak, mard va jasur vatan’arvar, oila’arvar, farzand’arvar, bola tarbiyasiga katta ehtibor beradigan avlodning shaxsini ahloqiy shakllantirishni nazarda tutiladi.SHu nuqtai nazardan biz hozirgi kunda kasb-hunar kollejlarida ta’lim olayotgan o’quvchilarni milliy qadriyatlar asosida shakllantirish uchun xalq pedagogikasiga va ulug’ mutafakkirlarimiz ishlab chiqqan ta’lim-tarbiyaga oid qarashlar tizimiga tayandik. O’quvchi yoshlarni ma’naviy-ahloqiy tarbiyalashda milliy qadriyatlardan foydalanishning nazariy jihatlari Respublikamiz demokratik, huquqiy, fuqarolik jamiyatining rivojlanish yo’liga o’tgach, milliy qadriyatlarning hayotdagi roli va o’rniga to’liq tushundik. Milliy qadriyatlarga sodiq bo’lgan xalqni qul qilish, abadiy istibdodda saqlash mumkin emas. SHu munosabat bilan I. A. Karimov Andijon voqealari haqida bergan intervg’yusida shunday degan edi: “Men oldin ham aytgan va hozir qalbimda his qilayotgan tuyg’ularni xalqimning oldida, yurtdoshlarimning yuziga qarab, ochiq aytishim lozim: men xalqimning ozodligi, yurtimning mustaqilligi uchun, kerak bo’lsa, jonimni beraman, lekin o’zbek xalqi hech qachon, hech kimga qaram bo’lmaydi”.2 SHunday ekan, milliy qadriyatlar asosida yoshni ma’naviy-ahloqiy tarbiyalashda, kelajagi buyuk davlat qurishda, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda milliy qadriyatlar muhim o’rin egallaydi. CHunki, mamlakatimizda yashayotgan har bir yoshning va butun aholining ma’naviyahloqiy kamoloti orqali insonparvar, demokratik, huquqiy fuqarolik jamiyati, kelajagi buyuk O’zbekiston bar’o etiladi. Davlatimiz rahbari I. A. Karimov shu boisdan ham milliy qadriyatlarga doimiy ehtibor berib kelmoqdalar. SHu oqilona siyosat tufayli xalqimiz o’zligini tanib, o’z shajarasini idrok etmoqda. Bu holat milliy qadriyatlar boy merosimizni o’zlashtirish asosida rivojlanib bormoqda. Prezidentimiz o’zining har bir mahruza va nutqlarida, suhbatlarida milliy qadriyatlarning ahamiyatiga alohida ehtibor bermoqdalar. Yoshlarda milliy qadriyatlarning rivojlanish negizlari, qudrati va ahamiyati, ma’naviy-ahloqiy kamolot yo’llari, bu sohadagi vazifa va tadbirlar belgilangan. I. A. Karimov asarlarida pedagogika fanining rivojlanishi uchun asos bo’lib xizmat qiladigan milliy qadriyatlarning tamoyillari bayon etilgan. 2 Каримов И.А. Ўзбек халқи ҳеч қачон, ҳеч кимга қарам бўлмайди.-Т.: “Ўзбекистон”, 2005, 157-бет. 8 CHunonchi, “O’zbekiston buyuk kelajak sari”, “O’zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura”, “Barkamol avlod-O’zbekiston taraqqiyotining „oydevori”, “Bizdan ozod va obod Vatan qolsin”, “Vatan-sajdagoh kabi muqaddasdir” kabi asarlarida milliy qadriyatlar asosida yoshlarni, xususan, yoshlarni ma’naviy-ahloqiy tarbiyalashning metodologik asoslari yaratilgan. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I. A. Karimov yoshlarni Vatanga sadoqat, yuksak ahloq, ma’naviyat va ma’rifat, mehnatga vijdonan munosabatda bo’lish ruhida tarbiyalash kabi masalalarga katta ehtibor berishi bilan birga “Biz farzandlarimizning barkamol ruhiy dunyosi uchun, ularning ma’naviy-ahloqiy jihatdan yetuk, jismonan sog’lom bo’lishi uchun doimo qayg’urishimiz, kurashmog’imiz zarur” deb tahkidlagan edi. Darhaqiqat, bugungi kunda faqatgina chinakam ma’rifatli odam inson qadrini, milliy qadriyatlarini, bir so’z bilan aytganda, o’zligini anglash, erkin va ozod jamiyatda yashash, mustaqil davlatimizning inson hamjamiyatida o’ziga munosib obro’li o’rin egallashi uchun fidoyilik bilan kurashishi mumkin. SHunday ekan, ta’lim-tarbiya jarayonida shaxsni har tomonlama ma’naviy-ahloqiy shakllantirish, uning qobiliyatlarini ro’yobga chiqarish hamda ijtimoiy turmush uchun zarur bo’lgan bilim, ko’nikma va malakalar bilan qurollantirish muhim ahamiyatga ega. Demak, yosh xulq-atvoriga milliy qadriyatlarni singdirish nafaqat ijtimoiyfalsafiy muammodir. Garchi qadriyatlar nazariyasi falsafiy muammo sifatida 1960 yillardan boshlab sobiq ittifoq tadqiq etila boshlangan bo’lsa-da, bu qadriyatlarning tarbiyaviy ahamiyatiga faqat mustaqillikka erishilgandan keyin ehtibor berila boshlandi. Falsafiy talqinga ko’ra, qadriyatlar inson va insoniyat uchun ahamiyatli bo’lgan erkinlik, tinchlik, ijtimoiy tenglik, haqiqat, ma’rifat, go’zallik, hayotda va tabiatda bo’ladigan yaxshiligu-ezgulik kabi jamiki hislatu-fazilatlar yig’indisidir. Ilmiy-’edagogik nuqtai-nazardan esa qadriyatlar insonning ma’naviy ehtiyojlari asosida „aydo bo’lgan. Amaliy faoliyatida davr sinovidan muvaffaqiyatli o’tgan, o’z shakli va mazmunida u yoki bu xalqning ma’naviy-ahloqiy olamini ifoda 9 etgan, asrlar davomida xalqning ma’naviy madaniyatini shakllantirish manbai sifatida qadrlanib kelingan jamiki ma’naviy ruhiy jihatlar majmui sifatida izohlanadi. SHunga ko’ra, umuminsoniy qadriyatlar barcha millatlar manfaatiga mos keladigan ma’naviy xazinadan iborat bo’lib, milliy qadriyatlar bilan yagona tarbiyaviy asosga egadir. Lekin, shuni aytish kerakki, bugungi kunda tez-tez tilga olinayotgan qadriyatlar muammosiga ilgarilari juda ham kam ehtibor qilinar edi. Qadriyatlar to’g’risida ga’ ketganda ushbu muammo esdan chiqarilayotganligini tahkidlash uchungina aytib o’tilardi, xolos. Yaqin o’tmishda nashr etilgan maqolalar, kitoblar, qarorlar va hakozolarda qadriyatlar g’oyasi tilga olingan bo’lsa ham ularga munosabatning qamrovli, serqirra va chuqur tahlilni talab qilar edi. CHunki, tarbiya oldida turgan maqsadlar qadriyatlarga nisbatan ikkinchi, hatto uchinchi darajali bo’lib, maktab, oliy ta’lim hayotida uning mintaletida „aydo bo’lgan umumiy mehyor sifatida qabul qilingan voqeylikni belgilay olmasdi. Qadriyatlar o’zgarsa, umumiy mehyorlar ham tarbiya oldida turgan maqsadlar ham o’zgarardi. Lekin, shuni aytish kerakki, kommunistik mafkura yillarida qadriyatlar asosi omma, jamiyat tomonidan qabul qilinsa ham siyosatchilar o’z obro’lari va qiyofalarini saqlab qolish uchun tan olinmagan, ro’yobga chiqmagan maqsadlarni targ’ib qilishda davom etardilar. Targ’ib qilinayotgan qadriyatlar, maqsadlar bunday olib qaralganda umuman yomon emas edi, hozirda biz umuminsoniy qadriyatlar deb atayotgan tushunchalarning ko’pini o’z ichiga olar edi, ammo bu siyosatning yomon tomoni shunda ediki, aytilayotgan narsalar haqiqat bilan uyg’un emas edi. Ahloqning istalgan bir namunaviy shakli targ’ib qilinib, haqiqatda esa boshqa ahloqiy namunalar rag’batlantirilar edi. Tarbiya masalalarida ham aniq maqsadga qaratilgan jarayonni ko’rish amri mahol edi. CHunki, tarbiya nazariyasi hayotdan orqada qolib, tarbiya maqsadlari aniq ifodalanmas va natijada yana ta’lim muassasalari zarur texnologiyalarni bilolmay qolardi. Ushbu muammo Rossiyaga taalluqli bo’lib qolmay, balki “kommunistik 10 davrdan qolgan davlatlar”ga tegishli ekanligini tahkidlash lozim. Lekin, milliy istiqlolning dastlabki yillaridanoq umuminsoniy va milliy qadriyatlarga keng yo’l ochilib, ta’lim-tarbiya jarayoniga yangicha talablar qo’yildi. Oliy o’quv yurtining jamiyat oldidagi mashuliyati, jamiyatning ta’lim muassasa oldidagi mashuliyati, uning talab va ehtiyojlari kundan-kunga rivojlanib bordi. Ayniqsa, 1999 yil 16-avgustda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Umumiy va o’rta ta’limning davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to’g’risida” qabul qilgan Qarori, shuningdek, oliy ta’lim bo’yicha ham shunnday Qarorning qabul qilinishi ta’lim mazmunini isloh qilishning yuqori bosqichga ko’tarilishini tahminlashga qaratildi. Qarorda “Umumiy o’rta ta’limning davlat ta’lim standarti o’zining tuzilishi va mazmuniga ko’ra davlat, huquq, maktab manfaatlari va vositalari muvozanatini aks ettiradi hamda eng asosiysi o’quvchi shaxsi, uning intilishlari, qobiliyati va qiziqishlari ustuvorligidan kelib chiqadi” deb tahkidlanadi. Bu g’oya oliy ta’lim davlat standartlari haqidagi Qarorida ham alohida o’ziga xos tahkidlanadi. Demak, qarorlarda ko’rsatilishicha, o’quvchi, yosh kamolotida fan, maktab, jamiyat uzviyligini davlat nazorat qiladi va unga g’amxo’rlik ko’rsatadi. SHu o’rinda shuni aytish kerakki, ushbu davlat ta’lim standartlari asosida o’quvchi va yoshlarning tayyorgarlik darajasiga qo’yilgan majburiy minimal talablarda milliy va umuminsoniy qadriyatlar haqidagi bilim, ko’nikma va malakalarni egallashlari shartligi ijtimoiy fanlarda, ayniqsa, falsafa, milliy g’oya, milliy mafkura, tarix, davlat va huquq asoslari, ma’naviy va sanhat madaniyati, ma’naviyat asoslari kabilarda ifodalangan. Davlat ta’lim standartlarida qadriyatlar haqidagi bilimlar bugun ta’lim muddati mobaynida va uning hamma shakllarida berilishiga alohida ahamiyat berilgan. SHunday ekan, har bir yoshni ma’naviy-ahloqiy fazilatlarini shakllantirishda badiiy adabiyotni o’qishga ishtiyoq uyg’otish, qo’shiq aytish, raqs tushish, rasm chizish malakalarini tarkib to’tirish, rangtasvirlar, ma’naviy asari, mehmorchilik, teatr to’g’risida tushunchalar hosil qilish, tarixga qiziqtirish muhim ahamiyatga ega. Go’zallik olamiga oshno bo’lgan inson hech qachon undan ajralmaydi. 11 Darhaqiqat, yoshlarni ma’naviy-ahloqiy tarbiyalashda adabiyot darsi davr bilan hamnafas bo’lishi zarur. Buning uchun adabiyot o’qitish dasturi davr bilan birga takomillashib, yangilanib borishi kerak. Adabiyot darsi o’z fani asoslarini o’rgatish bilan birga yoshlar uchun hayot darsiga aylanashi, ularni hayotga tayyorlashi lozim. SHunday ekan, har bir „rofessor-o’qituvchi oliy maktabda adabiyot o’qitishning maqsadini belgilashda, faqatgina yozuvchining tarjimai holi haqida mahlumot berish, har bir asarni tahlil qilganda, ijtimoiy kelib chiqishini ko’pirtirish bilan chegeralanib qolmay, balki, birinchi navbatda yoshni hayot haqidagi sonsanoqsiz muammolar to’g’risida mustaqil fikrlashga o’rgatish muhimdir. Hayotni o’rganishda adabiyot yoshga eng yaqin yordamchi bo’lishiga erishish lozim. Yosh adabiyot fanida adabiy asarlarni o’rganish orqali milliy qadriyatlarni o’zlashtirish imkoniyatiga ega bo’ladi. SHunday ekan, o’qituvchi o’z yoshsiga haqgo’ylik, adolat, vijdon, to’g’rilik kabi ma’naviy-ahloqiy fazilatlarni aqlangina emas, qalban ham his qilishga o’rgatish lozim. “Oliy ta’limning davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to’g’risida” gi Qaror ilovasida yoshlarning tayyorgarlik darajasiga qo’yiladigan majburiy minimal talablarida “O’zbekiston tarixi”, “Jahon tarixi” darslarida “insoniyat doimo oldinga intilganligi, bu esa tarixiy taraqqiyotning asosi bo’lganligini anglash; jamiyatda va dunyoda kechayotgan jarayonlarga o’zining mustaqil munosabatini bildira olish, milliy mustaqillik va uning dastlabki yutuqlari, mamlakatimiz bayrog’i, gerbi, madhiyasi, davlat ramzlari, Prezidenti tashqi aloqalarga doir tushunchalarga ega bo’lish; Prezident asarlarini bilish, ularda ilgari surilgan g’oyalar asosida mushohada yurita olish; dunyo xalqlari oldida turgan jahonshumul muammolar, ularni bartaraf etish vazifalari, O’zbekiston Respublikasining bu muammolarni hal etish yo’lida amalga oshirilayotgan ishlar haqida mahlumotga ega bo’lish kabilar haqidagi bilim, ko’nikma va malakalarni egallashlari shart”, deb ko’rsatilgan. Huddi shuningdek, “Davlat va huquq asoslari”, “Huquqshunoslik”, “Konstitutsiya asoslari” fanlaridan ham davlatning tuzilishi, ahloq va huquqning o’zaro bog’liqligi va tafovutlarini bilish; O’zbekistonda insonparvar, demokratik, 12 huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati qurish asoslarini tushuntira olish; o’zbek milliy davlatchiligi va uning taraqqiyoti haqida tasavvurga ega bo’lish; O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qabul qilinishi, uning tuzilishi va mazmunini tasvirlay olish kabilar haqidagi bilim ko’nikma va malakalarni egallashlari shartligiga ehtibor qaratilgan. Demak, oliy ta’lim muassasalarida ijtimoiy fanlar dasturlarini tahlil qilish shuni ko’rsatadiki, ularning mazmunida yoshlarni milliy qadriyatlar asosida ma’naviy-ahloqiy tarbiyalashga keng o’rin berilgan. SHunday ekan, ta’lim va tarbiyani milliy qadriyatlardan ajralgan holda yo’lga qo’yish yoshlarni ajdodlar merosidan nasl-nasabidan uzoqlashtirishga olib keladi. Ayniqsa, milliy o’z-o’zini anglash hissining shakllanmasligi ayrim hollarda millatlararo munosabatlarning buzilishiga, milliy hudbinlikni yuzaga kelishiga sabab bo’ladi. Ayonki, bu milliy vatan’arvarlik bilimlarining mazmunini yoritishda hato qilmaslik va tarixni, adabiyotni, falsafiy, huquqiy, siyosiy, iqtisodiy fanlarni faqat bitta millat nuqtai nazaridan tahlil qilib, boshqa xalqlarni tarixiy jarayonidan hatto hozirgi kun hayotidan “chiqarib” tashlash kerak degan mahnoni anglatmaydi. Jamiyat taraqqiyotida tarbiya jarayonining ahamiyati beqiyos. Bularni amalga oshirish uchun esa tarbiyachi va tarbiyalanuvchidan uzoq davom etadigan mashuliyatli munosabat, sharafli mehnat, qunt, iroda va shu kabi axloqiy xislatlar talab etiladi. Insoniy sifatlarning shakllanishida oiladagi, atrofdagi (mahalla, ko’cha, bog’cha, maktab, oliy o’quv yurti), ijtimoiy muhit va tarbiyalanuvchiga bo’lgan munosabat muhim rol o’ynaydi. 13 Ushbu sohada olib borilgan ko’p yillik ilmiy izlanishlarimiz natijalarining ko’rsatishicha, axloqiy tarbiyaning uzluksizligini quyidagi ko’rinishda olib borish maqsadga muvofiq ekan: ona qornida → oilada → maktabgacha ta’lim muassasasida → boshlang’ich maktabda → o’rta maktabda → O’MKHTda → oliy o’quv yurtida → oliy o’quv yurtidan keyingi faoliyatda. Tarbiya inson umrining oxirigacha davom etadigan jarayon bo’lib (inson umrining oxirigacha o’rganadi, degan naql asosida tarbiyalanib), doimiy ravishda rivojlanib, takomillashib, komillikka intilib yashaydi. Quyida uzluksiz ravishda olib boriladigan axloqiy tarbiyaning har bir bosqichini alohida ko’rib chiqamiz. 1. Oilada axloqiy tarbiya. Bola tarbiyasini ona qornidan boshlash maqsadga muvofiq bo’ladi. Ushbu fikrni bir qator SHarq mutafakkirlari ham tahkidlab o’tishgan. Bolani tarbiyalash uchun, avvalo ota-onaning o’zi tarbiyalangan bo’lishi kerak. Faqatgina ham jismonan, ham mahnan sog’lom otaonadan sog’lom farzand dunyoga keladi. Prezidentimiz I.A.Karimov sog’lom avlod to’g’risida fikr yuritib: «Sog’lom avlod deganda, shaxsan men, eng avvalo sog’lom naslni, nafaqat jismonan baquvvat shu bilan birga ruhi-fikri sog’lom, imon-ehtiqodi butun, bilimli, ma’naviyati yuksak, mard va jasur, vatan’arvar avlodni tushunaman» 1 , deb tahkidlaganlar. Ushbu fikrni har bir ota-ona, „edagog, tarbiyachilar tushunib yetmog’i va o’ziga shior qilib olmog’i lozim. Farzand tug’ilgan kunidan boshlab dastlab oila muhitida tarbiyalanadi. Bu davrda bolani to’g’ri ovqatlantirish, to’g’ri „arvarish qilish juda muhim. Bir yoshgacha bo’lgan davrda bola o’ziga yaqin kishilarni ko’rganda xursand bo’ladi, rangdor o’yinchoqlarni xush ko’radi. Bu davrda bolani alla, mahnoli erkalashlar, chiroyli o’yinchoqlar orqali tarbiyalab borish lozim. 1 yoshdan 3 yoshgacha bo’lgan bolalar esa turli o’yinchoqlarni o’ynay boshlaydilar, asta-sekin nutqi rivojlana boshlaydi. Bu davrda bolalar o’yin orqali bir-birlari bilan aloqa bog’laydilar, tasavvur, fikrlash jarayoni shakllanadi. Bu vaqtdan boshlab bolalarga do’stlik, inoqlik, o’zaro hurmat, bir-biriga yordam tushunchalarini sodda qilib 1 Ғайбуллаев Н. ва б. Педагогика (маъруза матни). Тошкент: 2000. 26-бет. 14 tushuntirib borish ahamiyatlidir. Bolalar bu davrda eshitgan narsasini takrorlashga urinadilar, shu sababli bu davrda kattalarning mahnili so’zlashuvi, yurish-turishi, odobi, o’zaro ahilligi, mehribonligi bola ruhiyatiga tahsir etadi. Ota-ona yoki tarbiyachilarning bolalarni sevishi, ularning xatti-harakatiga ziyraklik va mehribonlik bilan munosabatda bo’lishi, bolaning sog’lom o’sishiga, odob-axloqli bo’lishiga olib keladi. Bolani lozim bo’lganda maqtash, diqqatini ijobiy faoliyatga tortish, yomon ishlardan ehtiyot bo’lishini uqtirish, axloqsiz so’z va ga’lardan uzoqroqda bo’lishini tahminlash, o’rtoqlari bilan urishmaslik yo’llarini o’rgatish – ularga axloqiy tarbiya berishda ijobiy tahsir hisoblanadi. Download 129.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling