Kurs ishi mavzu: O’quvchilarni tarix fanidan ilmiy
Tarix o`qitishning og`zaki metodlari klassifkatsiyasi
Download 42.7 Kb.
|
Kurs ishi mavzu O’quvchilarni tarix fanidan ilmiy tadqiqotlar o
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tarix o’qitishning amaliy uslubi
Tarix o`qitishning og`zaki metodlari klassifkatsiyasi
Tarix o’qitishning amaliy uslubiTarix ta’limining amaliy uslubi didaktik va metodik ahamiyatiga ega. Maktabda tarix o`qitish tajribasi ta’limining hamma bosqichlarida ham o`quvchilarning mustaqil ishlari mumkinligini ko’rsatadi. O’qitish uslublari o’qituvchining ish usullaridagina iborat bo`lmay, balki bu uslublar o`quvchilarning ish uslublarini ham o`z ichiga oladi. Demak, ta’limning amaliy uslubi esa didaklik va uslubiy ayniqsa, yuqori sinflarda muhim rol uynaydi. Chunki, yuqori sinf(kurs) o`quvchilarining yoshi muvaffaqiyatli foydalanishga imkon beradi. Ta’limning amaliy uslubining asosiy yo`li o`quvchi yoshlarning hayotni o’ranish yo`lidir. Shuning uchun ham amaliy metod juda katta ta’limiy va tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi. Bu uslub tarix o’qitishni hayot bilan mustaqillik qurilishi amaliyot bilan borishga yordam beradi, bilim o`quvchilarning ishonchi va e’tiqodiga ko`maklashadi, o`quvchi yoshlarning fuqarolik burchini tushunib, jamiyatda o`z mavqelarini topib olishlariga yordamlashadi. O`quvchilarning amaliy bilish faoliyatiga ularning vaqtli matbuot bilan olib boradiga ishlari, ishlab chiqarish korxonalarining raxbarlari va ilg’orlari bilan, fermerlar bilan urush va mehnat veteranlari bilan suxbatlari, tarixiy ocherk yozish, foto-albomlar, maketlar yasash, rasmlar chizish va boshqalar kiradi.18 O`quvchilarning vaqtli matbuot bilan olib boradigan amaliy ishi o`quvchilarning bu ishi katta o`quv va tarbiyaviy ahamiyatiga ega. Mamlakatimizning ichki va xalqaro ahvoliga doir eng muhim voqealarni to`g`ri tushunishga ularga to`g`ri baho berishga o`rganadilar, vaqtli matbuot materiallarini tarix kursining muhim materiallarini chuqur o`zlashturishga yordam beradi. Maktab tajribasi shuni ko`rsatadiki, o`quvchilar gazeta va jurnal materiallarini o`rganishda individual vazifalarni bajarib mustaqil o`qish va amaliy faoliyati uchun zarur malakalarini hosil qiladilar. O`quvchilar vaqtli matbuotni o’qib ulardan o`zlariga zarur faktlarni raqamlarni tanlab olish voqealarini tahlil qilish ulardan tegishli xulosalar chiqara bilish va umumlashtira bilish, plan tuzish, matn yozish gazeta va jurnallardan kuchirma qilish, qo`shimcha adabiyotlardan foydalanishga o`rganadilar. Vaqtli o`quvchilarning darsda olgan bilimlarining chuqur va konkret bo`lishiga yordam beradi. Masalan, XI sinf o`quvchilari “Mustaqil yo`lidagi kurash” mavzusida uzbek xalqining ozodligi uchun kurashgan milliy qahramonlar 30-yilllar katog`onliklari, O`zbekistonning davlat mustaqilligi amalga yuqotilganligining vaqtli matbuotdan bilib oladilar. O`quvchilar o’qituvchi topshirig`i yoki o`z tashabbuslari bilan gazeta jurnallardan zarur materiallar to`playdilar. Har qaysisiga gazetaning nomi material qaysi gazeta yoki jurnaldan qirqib olinganligi qirqib olinganligi, yili, oyi, soni , beti, yozib quyiladi. Qirqilgan materiallar temalar bo’yicha maxsus papkalarga joylashtiriladi va kelgusida dars va darsdan tashqari mashg’ulotlarda foydalaniladi.19 O`quvchilar tomonidan to`plangan gazeta va jurnal materiallari asosida turli ko`rgazmalari qurollar diafilmlarga yaratish sohasida ham ba’zi tajribalar bor. O`quvchilarning amaliy bilish faoliyati sinf mashg`ulotlari bilan bog’lab olib boriladi. Sinfdagi mashg`ulotlarda olingan bilim va malakalar O`quvchilarni sinfdan tashqaridagi amaliyot faoliyatida pastki sinflarda ota-onalar Maktablar, korxonalar, kolxoz va boshqa jamoalar ijtimoyi hayotining barcha sohalariga o`quvchilarni ayniqsa, yuqori sinf o`quvchilarini jalb etishda maktab katta tajribasida hosil qilgan. O`quvchilar ijtimoyi ishlaridagi aktiv ishtiroki, ularning g’oyaviy e’tiqodini shakllantirishga yordam beradi. Natijada o`zlarini urab turgan muhit haqidagi tasavvur va tushunchalar haqidagi tasavvur va tushunchalar kengayadi, chuqurlasadi va konkretlashadi. Yuqori sinf(kurs) o`quvchilari pastki sinflarda, ayniqsa aholi orasida ijtimoiy-siyosiy ishlarni leksiya va suhbatlarni olib borish jarayonida xar xil fikrlar qarama-qarshi nuqtay nazarlarga duch keladilar. Ba’zi kutilmagan hodisalar o`quvchilarni tang ahvolga solib quyadi. O`quvchilarni bunday sharoitda amaliy faoliyatga tayyorlashda seminar mashg’ulotlari xar xil temalarda o’tkaziladigan mashg’ulotlar, nazariy konferensiyalar o`quvchilar tayyorlagan doklad va referatlar muhokamasi. Siyosiy mavzulardagi suxbatlar va boshqa tadbirlar g’oyat muhim o’rin tutadi. Guruh va ta’lim muassasasi miqiyosida o’tkaziladigan bu tadbirlar o`quvchilarga erkin fikr almashishiga pirovardida haqiqatni aniqlab olishga keng imkokoniyat yaratib beradiMetodist V. N. Bernadskiy sinfdan tashqari ishlar klassifikatsiyasiga bilish manbalarini asos qilib ularni quyidagi turlarga bo’ladi. Ma’lumki o`quvchilar faqat darslikni o’qish bilan chegaralanib qolsa, ularning bilim doirasi va o`tmish haqidagi tassavurlari tor bo’lib qoladi. Shuni e’tiborga olib V. N. Bernadskiy sinfdan tashqari ishlarni asosiy formasi sifatida qo`shimcha o’qishni tavsiya qiladi.20 1. Qo`shimcha kitob o’qish. U tarixidagi o’qiladigan kitoblarni 3 gruppaga bo’ladi: ilmiy-ommabop kitoblar tarixiy billetristika d) tarixiy davrga oid badiiy adabiyotlar 2. Qo`shimcha suratlar qurish: Jamoa bo`lib teatr va kinolarga borish va ularni birgalikda muhokama qilish. Tarixiy kechalar uyushtirish Tarixiy inssenerovkalar yoki p’esalar quyish Maktab tarixiy ko’rgazmalarini tashkil etish Olisdagi tarixiy joylarga ekskursiyalar uyushtirish V. N. Bernadskiy va A. Sa’dievning fikricha o`quvchilar sinfdan tashqari qo`shimcha kitob o’qib, filmlar ko’rib va radioleksiyalar eshitish, olgan bilimlari va tasavvurlari ommaviy faoliyat bilan qo`shib olib borib hosil qilingan taqdirdagina ko’zlangan maqsadga erishadi mustaqillikni tashabbus va ijodiy ishlash qobiliyatini ustira oladi. Keyingi 20-40 yil ichida, ayniqsa mustaqil davlat tashkil topgani maktabdan sung sinfdan tashqari ishlar ko`lamiki kengaydi mazmunan boyidi, ish formalari ko`paydi. Bu ishlarning nazariy tomonlari ham ishlab chiqildi. Sinfdan tashqari ishlar tashkiliy jihatdan ommaviy va to`garak ishlariga bo`linadi O`zining ilmiy tadqiqot asarlarida sinfdan tashqari ishlarning nazariy masalalarini ishlab chiqqan, maktab tajribasiga suyanib sinfdan tashqari ishlarning asosiy boshlang’ich formasi ommaviy ishlar ekanligi isbot qilib bergan. A. F. Rodin darsdan tashqari ishlarning ommaviy formasiga ovoz chiqarib o`qish kinofilmlar, p’esalar kurish, ekskursiya va poxodlar uyushtirish, o`quv konferensiyalari, kechalar va utrenniklar, konkurslar tashkil qilish, olimpiadalarda ishtirok etish, o`lka burchagi va maktab ko’rgazmalarini tashkil etish. Mamlakatimizni va chet ellik do`stlar bilan xat yozishib turish va boshqalarni kiritadi. N. F.Rodininig tarix ta’limida sinfdan tashqari ishlar sohasida tadqiqotlarning yana bir qimmatli tomoni shundaki, ularda sinfdan tashqari ishlarni o’qituvchilarning ijtimoiy foydali faoliyati bilan maxalliy yodgorliklarni muxofaza qilish turish, aholi orasida turli xil temalarda ma’ruza va suxbatlar uyushtirish, gazeta va jurnallar o’qib berish va x.k bilan bog’lab olib borish zarurligi ta’qidlanadi.21 Metodist M. N. Vagin tarix ta’limida sinfdan tashqari qilinadigan ish metodlari sohasida keyingi yillarda orttirilgan ilg’or tajribalarini umumlashtirib ularni 3 guruhga bo`ladi. Og`zaki metod. Sinfdan tashqari ishlarning bu guruhiga o’qituvchining hikoya qilib berish, ovoz chiqarib o`qish, yuqori sinflarda esa o’qituvchining darsdan keyin bo`ladigan leksiyasi kiradi. Sinfdan tashqari ishlarda o’qituvchining darsdan keyin bo`ladigan leksiyasi kiradi. Sinfdan tashqari ishlarda o`quvchining darsdan aktivligi va mustaqilligini oshirish maqsadida foydalahadi. O`quvchilar to`garak yig’ilishlarida tarixiy kechalar, lektorlar va aholi orasida qisqacha axborotlar, doklad va referatlar bilan qatnashadilar, muhozalarda nazariy konferensiyalarda tarixiy materiallar muhokamasida ishtirok etadilar. Yozma va bosma manbalar blan ishlash metodi. Sinfdan tashqari ishlarning bu turiga qo`shimcha kitob o’qish, tarixiy adabiy to`plamlar, xususiyatlar, arxivlardagi hujjatlar va boshqalarni o`rganish vaqtli matbuotni o`rganuvchilar to`garagi “barpo qilish” “Kitob va uning tarixi” degan temada kecha tashkil etish, o`lkaining o`tmishi va hozirgi hayotida doir har xil kitob va maqolalar qulyozmalarni o`rganish kabi ishlar kiradi.22 Ko`rsatmali materiallar bilan ishlash metodi(usuli). Illyustratsiya o`rganish kabi darsda boshlangan ishlarni sinfdan tashqari ekskursiyalar, paxod va ekspedisiyalar davomida to`plangan materiallar nusxasini ko’paytirish , rasmga olish shu materiallar asosida modellar yasash va namoyish qilish ham shu guruhga doir ishlarda qaytariladi. Bu ishlar ham sinfdagi ishlar bilan bog’lab olib boriladi. Gap shundaki, o’qucvhilar dars jarayonida egallangan ko`nikma va malakalarni sinfdan tashqari ishlarda yanada rivojlantirib takomillashtirib boradilar. O`quvchilarning yoshi, bilim va malakalari ularning individual mayilligiga va qiziqishlariga qarab tarix ta’limida sinfdan tashqari ishlarning mazmuni forma va metodlari turlicha bo`ladi. Hozir maktabda sinfdan tashqari ishlarning quyidagi asosiy tashkiliy formalari mavjud.23 1) Tarixiy to`garagi yoki tarixiy o`lkashunoslik, tarixiy siyosiy to`garak. Tarix yoki tarixiy o`lkashunoslik jamiyati. Darsdan tashqari tarixiy yoki tarixiy o`lkashunoslik ekskursiyalari, jamoa teatr va kinoga borish, kulpoxodlar. Uzoq joylarga tarixiy o`lkashunoslik ekskursiyalari. Arxeologiya ekspedisiyasida qatnashish. Tarixiy yoki o`lkashunoslik burchaklari muzeylari. Tarixiy yoki tarixiy o`lkashunoslik, tematik kechalar yoki tarix jamiyati, to`garak ishi haqida, uzoq joylarga uyushtirilgan ekskursiya va arxeologik ishlar haqidagi hisobat kechalari. Hisobat yoki tematik ko’rgazmalar. Yuqori sinf o`quvchilari uchun maktab lektoriyasi, lektorlar buyurosi, propogandistlar uchun seminar, suhbatlar. Tarixiy yoki tarixiy o`lkashunoslik konferensiyalar, munozara va muxokamalar. 11) Maktab o`quvchilarning tarixiy voqealarining qatnashuvchilari va shoxidlari, yozuvchilar va ijtimoiy arboblar bilan uchrashuvlari. Tarixiy yoki tarixiy o`lkashunoslik o’yinlari. Tarixiy byulletin, devoriy gazeta, qulyozma, jurnallar chiqarish. Sinfdan tashqari o’qishlar. Ko’rinib turibdiki sinfdan tashqari ishlarning formalari turli tuman mazmunga boy, hatto maktab tarix kursining tematikasidan chetga chiqish ham mumkin. Shuni aytish kerakki sinfdan tashqari ishlarning mazmuni qanchalik boy va turli tuman formalarda olib borilmasin, ular bir maqsadga ta’lim-tarbiya vazifalarini amalga oshirishga xizmat qiladi. Maktabda tashkil etillagan tarix to`garagi yoki tarixchilar jamiyati sinfdan tashqari qilinadigan barcha ommaviy ishlarni uyushtirish markazi va uning eng izchil formasidir. Qo`shimcha ommaviy ishlarni uyushtirish markazi va uning izchil formasidir. Qo`shimcha o`qish sinfdan tashqari ishlarning muhim formasidir. Bu ish o`quvchilatga kitob o’qishni targ`ib qilish, uning ahamiyatini tushuntirib kitobga qiziqtirishdan boshlanadi. Sinfdan tashqari o’qishni tashkil etishda o`quvchilarning yoshi bilimi hamda malakalari e’tiborga olinishi lozim. O’qutuvchi o`quvchilarni avvalo darslikda ko’rsatilgan badiy va ilmiy-ommabop asarlar bilan tanishtiradi va ulardan foydalanish yo’llarini gapirib beradi, yangi chiqqan kitoblar haqida ularni xabardor qilib turadi va kitob o’qishni uyushtiradi. Maktab tajribasida V-VII sinf o`quvchilari kitob o’qishga qiziqtirish maqsadida ilg`or o’qituvchilar quyidagi usullardan foydalanadilar. O’qituvchi o`quvchilarga o’qishi kerak bo`lgan kitoblarni aytish bilan birga shu kitoblarni aytish bilan birga shu ktoblarni o`quvchilarga ko’rsatadi va hatto eng muhim maroqli joylarini o’qib beradi, biroq o’qishni cho`zib yuborish yaramaydi. 15-20 minutdan oshirib yubormaslik kerak.24 O`quvchilarda mustaqil o’qish uchun tavsiya etilgan kitoblar ongli va to`g’ri munosabatni tarbiyalash uchun ularni o’qigan kitoblarini maxsus daftarga qayd qilib va har bir kitobga o`zlarining qisqacha taqrizlarini yozib borishga o`rganish kerak. Daftar quyida ko`rsatilgan formada olib boriladi:
O`quvchilarni tarix o’qitishning dastlabki yillardanoq bir xil ro`yhatni to`zib borishga o`rgata boshlash va uning odat tusiga kiritish lozim. Tabiiy V-VI sinflardagi o`quvchilarning o’qigan kitoblariga bergan baholari yuzaki bo`lsada, keyinchalik aytaylik VII-VII sinf o`quvchilarining bahosi mazmunan boyib boradi. IX-X sinflarda esa berilgan baholar mazmuni yanada chuqurlashadi. Tarixiy temalarda o’tkaziladigan kechalar sinfda tashqari ishlarning muhim tashkiliy formasi bo`lib, ularning asosiy vazifasi har xil san’at vositalari badiiy o’qish muzika, ashula, inssirovkalar yordamida o`quvchilarga tarixiy faktlar, voqealar hamda xodisalarning mazmuni, mohiyati va ahamiyatini o’qtirishdan iboratdir. Hozirgi vaqtda tarixiy temalardagi kecha va ertaliklar maktab tajribasida keng qo`llanilmoqda.25 Download 42.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling