Kurs ishi mavzu: O’quvchilarni tarix fanidan ilmiy


Download 42.7 Kb.
bet1/5
Sana18.06.2023
Hajmi42.7 Kb.
#1597402
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Kurs ishi mavzu O’quvchilarni tarix fanidan ilmiy tadqiqotlar o


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
Toshkent Davlat SHarqshunoslik Universiteti Sharq
Sivilizatsiyasi va Tarixi Fakulteti
III Kurs SHMT Arab-Ingliz guruhi talabasi Rustamov Sardor
Axtam o’g’lining Tarix o’qitishning zamonaviy usullari fanidan
yozgan

KURS ISHI


MAVZU: O’QUVCHILARNI TARIX FANIDAN ILMIY


TADQIQOTLAR OLIB BORISHGA QIZIQISHINI UYG’OTISH
Bajardi: Rustamov. S
Qabul qildi: Ikromov. Sh
TOSHKENT 2022
REJA:
Kirish;

  1. Ko`rsatmali qurollar tarixiy bilimlarning muhim manbai va uni aniqlashtirish vositasi.

  2. Tarix o`qitishda qo`llaniladigan ko`rsatmali qurollarning klassifikatsiyasi.

  3. Ko`rsatmali qurollardan foydalanishni uslubi.

  4. Tarix darsida xarita bilan ishlash

5.Tarixiy faktlarni va xronologiyani o'rganish.
6.Darslik bilan va tarixiy xujjatlar bilan ishlash usullari.

  1. Og'zaki jonli bayon qilish va yning turlari.

  2. Tarix o'qitishda bosma matnlardan foydalanish usullari.

  3. Tarix ta'limining amaliy uslubi haqida tushuncha.

  4. O'quvchilar amaliy bilish faoliyatining turlari.

  5. Vaqtli matbuot materiallari o'quvchilar amaliy faoliyatining asosiy manbai.

Xulosa;
Foydalanilgan Adabiyotlar Ro’yxati;

KIRISH


Mavzuning dolzarbligi. O`zbekiston Mustaqil davlat deb e‘lon qilinishi davlatimizning bugungi kunini emas, balki istiqbolini ham belgilab beruvchi asosiy omildir. O`zbekiston Respublikasining istiqlol yo`li avlod-ajdodlarimizning tarixiy an’analari va ma’naviy merosiga suyangan holda tanlab olindi. Tarix o`qitish uslubiyati ilmiy pedagogik fan bo`lib, u o`quvchilarga tarixdan puxta bilim berish, ularni tarbiyalash va kamol toptirishda maktabda o’qitiladigan tarix kursining maqsadini, ta‘lim-tarbiyaviy vazifalarini, mazmuni, uslub-usullarini hamda tarix o`qitishning eng muhim vositalarini belgilab beradi. Tarix o`qitish uslubiyatining asosiy fan sifatida oliy o`quv yurtlaridagi tarix fakul’tetlarining o`quv rejasiga kiritilishi va uni o`rganishdan ko`zda tutilgan maqsad kelgusida o`qituvchi bo`lib chiqadigan talabalarni maktabda tarix o`qitishning ilmiy asoslari bilan qurollantirishdan iborat. “Tarix o`qitish uslubiyati o`zining Mustaqil tekshirish predmetiga ega. Ta’lim muassasalarida tarix fanining o`qitilishi va o`qitish jarayonining o`rganilishi tarix o`qitish uslubiyatining predmetini tashkil etadi.
O`qitish jarayonining ob‘ektiv suratda amal qiladigan o`z qonuniyatlari bor. Ularni bilib olish va talim-tarbiya jarayonida bu qonuniyatlarga amal qilish, ulardan oqilona foydalanish maktabda tarix o`qitishni ilmiy asosda olib borishning muhim kalitidir. Zotan, Mustaqil-huquqiy davlat qurishining hozirgi bosqichida tarix o`qitishni yanada takomillashtirib borish, o`qitish jarayonida uning ob‘ektiv ravishda amal qiluvchi qonuniyatlarini aniq va mukammal bilib olish, bu qonuniyatlardan komil insonni tayyorlab yetishtirish maqsadida to`g`ri foydalanish zarur”.1
“Mustaqil O`zbekiston Davlatining tashkil topishining hozirgi bosqichida tarix o`qitishning yanada yaxshilab, yangilab borish, o`qitish jarayonini, uning ob‘ektiv suratda amal qiluvchi qonuniyatlarini aniq va mukammal bilib olish, bu qonuniyatlardan huquqiy demokratik davlatning faol va ongli quruvchilarini tayyorlab yetishtirish maqsadida to`g`ri foydalanishi zarur. Tarix o`qitish uslubiyatining tadqiq etadigan, talabalarni puxta va mukammal bilim olish amalda suyanishi kerak bo`lgan maxsus kursning umumiy qonuniyatlari nimalardan iborat va ular ta‘lim jarayonida qanday namoyon bo`ladi, u tarix o`qitish jarayonining tarkibiy qismlari (maqsadi, mazmuni, o`qitishning metod va usullari hamda natijalari) o`rtasidagi qonuniyatli aloqalar quyidagicha nomoyon bo`ladi. Tarix o`qitishning asosiy maqsadi, maktabda o`qitiladigan boshqa fanlar singari, o`zligini anglash tarbiyasidan iboratdir. Bu maqsad bir butun, qator ta‘lim-tarbiya vazifalaridan tashkil topadi. Maktabda tarix o`qitish vazifasi o`quvchilarda ongli dunyoqarashini shakllantirishdan iboratdir. Tarix o`qitish jarayonida bu bosh vazifa bilan birga yoshlarni mehnatga ongli munosabatda bo`lishi ruxida, o`zbek xalqining tarixiy o`tmishi, o`zligi ma‘naviyati ruxida, huquqiy tarbiyalash, ularni bilish va ijodiy ishlash va malakalarini ham amalga oshirib boriladi.
Tarix o`qitish deganda, tarixiy materiallar vositasida o`quvchilarga bilim berish ularni o`zligini anglash bu haqiqat davlat siyosati darajasiga ko`tarish ruxida tarbiyalash va kamol toptirish vazifalarini amalga oshirish uchun zarur bo`lgan jarayonni, ya‘ni o`qituvchi va o`quvchilarning ilmiy (ichki) o`quv xarakatlari (tashqi) jarayoni tushuniladi”.2 Tarix kursining mazmuni deganda birinchi navbatda tarix dasturi va darsligada belgilab berilgan tarixiy bilimlar ko’lami o`quv metariallari: uning mazmuni, tarixiy faktlarni taxlil qilish asosida kelib chiqadigan xulosalar va umumlashtirishlar, o`quvchilarning tarixiy materiallarni o`zlashtirish va olgan bilimlardan foydalana bilish sohasidagi o`quv usullari, ko`nikma va malakalari sistemasi, shu jumladan, ularni ilmiy tadqiq qilish ishlarining eng oddiy formalarini egallashlari ko`zda tutiladi.
O’quvchilarni tarix fanidan tadqiqotlar olib borishda qiziqishini uyg’otish uchun Tarix o’qitishning zamonaviy usullari fanimizda bir qancha usullar mavjud ulardan yuqoridagi mavzuni yoritishda quyidagi eng afzal deb hisoblaganlarimni misol qilib keltirib o’tmoqchiman. 1. Ko`rgazmali uslubiyat. 2. O’g’zaki uslubiyat.
3. Amaliy uslubiyat.
Ko`rsatmalilik deganda avvalo o’qitish va o’rganishning ko`rsatmali usuli, o`qituvchi bayonining ko`rsatmali bo’lishi, uning o’quchilardagi tayyor bilimlarga suyana bilishi, dars mavzusini bayon qilish vaqtida ko`rsatmali qurollardan foydalanish va ko`rsatmali qurollar vositasida o’quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirish hamda ularning o’rganilayotgan tarixiy faktlarni, voqea va xodisalarni aynan o’zini yoki ularning tasvirlarini ko’rish yordamida o’rganishlari tushiniladi. Tarixiy hujjatlar va badiiy adabiyotlardan foydalanish o`qituvchi bayonini obrazli qilib aniqlashtirsa,ko`rsatmali qurollar vositasida o’quvchilarning eshitish faoliyatiga ko’rish va sezish organlarining faoliyati ham qo’shiladi.Shu bilan ularning bilimi yanada chuqurlashadi, mustahkamlanadi. Tarix o`qitishning ko`rsatmali bo’lishining ta‘limiy va tarbiyaviy ahamiyati ham katta. Avvalo, ko`rsatmali qurol o’quvchilarning bilim olishda muhim manba bo’lib xizmat qiladi. Ko`rsatmali tasvirlar tarixiy fakt va xodisalarning tashqi ko’rinishinigina emas, balki ularning ichki mohiyatini ham ochib beradi. Ko`rsatmali qurollar o’quvchilarning murakkab tarixiy xodisalarni, tarixiy tushunchalarning ma‘nosini osonroq tushunib olishlariga yordam beradi.3 Ko`rsatmali qurollar tarixiy tushunchalarni shakllantirishga,ularning nazariy xulosalar va umumlashgan yakunlarni, ijtimoiy rivojlanishning ob‘ektiv qonuniyatlarini o’zaro aloqalarini yaxshiroq tushunib olishlariga yordam beradi, shuningdek o’quvchilarni estetik jihatdan tarbiyalashning muhim vositasi bo’lib ham xizmat qiladi. Shu tariqa ko`rsatmalilikni ahamiyati tarixiy faktlarni, hodisalarni ko’rish organlari ishtirokida mushohada etishga va ular haqida tasavvur hosil qilishga yordam beradi. Shunday qilib, ko`rsatmalilik metodi: 1) tarixiy bilimlarning asosiy manbalaridan biri bo’lib xizmat qiladi;

  1. o’quv materialining ta‘lim tarbiyaviy vazifalarini muvaffaqiyatli amalga oshirishga yordam beradi;

  2. o`qituvchi bayonining aniq obrazli va emotsional bo’lishiga yordam beradi; 4) o`quvchilarning o`quv materialini o`rganishga qiziqishini oshiradi va ularning bilish faoliyatini faollashtiradi;

  1. o`qituvchining bayonini va uning darsda qo`llagan boshqa o`quv usullarini o`quvchilarning tushunib olishini yengillashtiradi;

  2. o`quvchilar fikrlash faoliyatini va ijodiy qobiliyatini o’stiradi;

  3. o`quvchilar bilimning aniq, chuqurroq va mustahkamroq bo’lishiga yordam beradi. Ko`rsatmali qurollar o’zining mazmuni, tarixiy obrazlarning xarakteri, ularni tayyorlash texnikasi va foydalanish usullariga qarab quyidagi turlarga bo’linadi:4

  1. Predmetli ko`rsatmalar: tarixiy yodgorliklar, estalik joylari, arxitektura yodgorliklari, qurol-yarog’lar, ro`zg’or buyumlari, shu jumladan arxeologik topilmalar.

  2. Tasviriy ko`rsatmalar: o`qitishda foydalanish uchun ishlangan tarixiy kartinalar va lbomlar,san’at asarlari,portretlar,rasmlar,fotohujjatar va fotokopiyalar, darsliklardagi illyustratsiyalar, o`quv filimlar va kinofilmlar, maketlar, har xil modellar va boshqalar.

  3. Shartli ko`rsatmalar: qurollar, tarixiy va kontur kartalar, tarixiy atlaslar, sxemalar, grafika, diagramma va kartogrammalar,appilikatsiyalar va pedagogik rasmlar. Predmet ko`rsatmalilik ta‘limda alohida kasb etadi. Fizika, ximiya yoki botanika o`qitucvchilari o`rganilayotgan mavzuni o`quvchilarga formula, shakl va

boshqalarni ko’rsatib tushuntirsalar tarix o`qituvchisi unday imkoniyatdan mahrumligiga sabab, masalan o`quvchilarga ibtidoiy odamlar hayoti va faoliyatining aynan o’zini ko’rsatib berolmaydi, faqat gapirib beradi. Ko`rsatsa faqat ibtidoiy kishi ishlatgan qurollarni, yashagan joylarini yoki aytaylik feodallarning o’zaro urushlarini emas, urushda ishlatilgan qurollarni boshqa ba‘zi buyumlarni masalan, Jaloliddin Manguberdining janglarda ko’rsatgan jasorati va qahramonliklarni emas, balki ular to’g’risida rassomlar chizgan ayrim rasm,kartinalarni ko’rsatishi mumkin xolos. Lekin har xolda kishilarning o’tmishidan qolgan yodgorliklari tarixiy voqealar to’g’risida real tasavvur qilishga so`zsiz yordam beradi.5 O`quvchilar oradan bir necha asrlar hatto necha-necha
ming yillar o’tib ketgan zamonlardagi voqealar to’g’risida ma‘lumot beruvchi haqiqiy buyum va narsalarni juda qiziqish va hayajon bilan o`rganadilar. Shuning uchun maktablarda tarixiy o’tmishni o`rganishning asosiy manbalaridan biri bo`lgan bu yodgorliklarni to’plash va ulardan foydalanishga juda katta e‘tibor beriladi.
Tasviriy ko`rsatmali qurollar maktab tajribasida hammadan ko’p qo’llaniladi.
Tasviriy ko`rsatmalar bir necha xil bo’ladi.
a) o’tmishdan qolgan haqiqiy asl nusxa hujjatlar asosida yaratilgan tasviriy ko`rsatmalar,hujjatli foto suratlar va hujjatli kinofilimlar,predmet yodgorliklarining tasvirlari mehnat qurollari, madaniy yodgorliklarning tasvirlari va shakllari. b) ilmiy jixatdan asoslab rekonstruktsiya qilingan arxitektura va boshqa yodgorliklar, tasviri, ro`zg’or buyumlari yoki ularning tasviri.
v) rassomning ijodiy faoliyati bilan qilingan tasviriy ko`rsatmalar,
tarixiy san‘at asarlari,darsliklarda berilgan illyustratsiyalar,maketlar,modellar va boshqalar.6 Ko`rsatmali qurollarni tanlash va ulardan foydalanishda o`qituvchi quyidagilarni e‘tiborga olishi lozim:

  1. O`quvchilarning yoshi, bilimi va malakalari o’sib borgan sari ularning predmet va tasviriy ko`rsatmalarga qiziqishi ortib boradi.

Masalan sinf o`quvchilarini ko’proq o’tmishdagi voqea-xodisalarning yaxlit manzaralari tasvirlangan kartinalar, maketlar va modellari qiziqtiradi. Yuqori sinflardagi o`quvchilarni esa yodgorliklarining aynan o’zi va shartli ko`rsatmalar qiziqtiradi.

  1. Har bir dars uchun tanlangan ko`rsatmali qurol mazmuni, g’oyaviyligi ilmiyligi jihatidan talabga javob beradigan bo’lishi, sinf o`quvchilariga mos bo’lishi, soni ko`paytirib yuborilmasligi lozim. Agarda ko`rsatmali qurollar ko’payib ketsa, o`qituvchi va o`quvchilar ish qurollari bilan ovora bo’lib qolib, o`quvchilarning dars materialini o`zlashtirishlariga xalaqit berishi mumkin. 3. O`quvchilarning ko`rsatmali qurollarni ongli ravishda puxta o`zlashtirib olishlariga erishish kerak.

4. Ko`rsatmali qurollar o`qituvchining bayoni jarayonida ko`rsatib boriladi. Tarix o`qitishda qo`llaniladigan tasviriy ko`rsatmali vositalar ichida o`quv kartinalari muhim o`rin tutadi. Kartinalar o`rganilayotgan voqealar va xodisalar haqida o`quvchilarda yorqin tasavvur hosil bo`lishiga yordam beradi. Tarixiy temalarga bag`ishlangan kartinalar syujeti va xarakteriga qarab quyidagi turlarga bo`linadi.
1.Voqealik kartinalari. Ularda muhim voqealar ijtimoiy hayotdagi noyob faktlar, harbiy harakatlar,voqealar yoritiladi. Bu kartinada o`qituvchidan voqeani yorqin hikoya qilib berishni, voqeaning rivojlanishi va undagi dramatizmni ochib berishni, o`quvchilarga axloqiy va g`oyaviy-siyosiy ta‘sir etishi mumkin.

  1. O`rganilayotgan davr uchun tipik bo`lgan voqealarni aks ettiruvchi kartinalar. Kartinaning bu turi katta bir voqeani yoki uning bir ko`rinishini o`rganish bilan bog`lik bo`lgan hamma savollarga javob beradi. Ular ustida o`quvchilarning faol mustaqil ishlarini tashkil etishi ham mumkin.

  2. Qadimgi shaharlar, qurilishlar, arxetektura yodgorliklari yoki ularning ansambli tasvirlangan tarixiy kartinalar. Kartinalarning bu turini o`qituvchi o`quvchilarga mufassal tasvirlab tushuntirib beradi. Masalan: o`quvchilarning “Oqsaroyga” xayolan ekskursiya qildirish.

  3. Tarixiy portretlar. Ular ustida o`quvchilar mustaqil ish olib boradigan bo`lsa, ular tarixiy shaxslarning hayoti va faoliyagini og`zaki va yozma ravishda hikoya qilib beradi. Shu tariqa kartinalardan foydalanish va ular ustida ishlash metodlari, ularning mazmuni va xarakteri bilan belgilanadi. Hozirgi vaqtdagi maktab tarix kursining deyarli hamma bo`limlari yuzasidan o`quv kartinalar yaratilgan.Keyingi yillarda ularning soni yanada ko`paydi.7

Illkyutratsiya mazmunining murakkabligi, xarakteri o`quvchilarning tayyorgarligiga qarab suxbat yo’li bilan tahlil qilinishi mumkin, o`qituvchi o`quvchilarga mustaqil taxlil qilishni ham topshirishi mumkin.
Illyustrativ materiallar quyidagi turlarga bo`linadi:
1. O’tmishdagi buyum yodgorliklarining tasvirlari:
a) Ayrim buyumlar yoki ularning parchalari, ro`zg’or ashyolari, urush qurollari, mexnat qurollari;
b)Arxitektura yodgorliklari va san‘at asarlari tasviri. Ular ichida buyum va arxitektura yodgorliklarining tasvirlari asosiy o’rinni egallaydi. Bu gruppaga kirgan illyustratsiyalar juda ham turli-tuman bo`lib ob‘ektni tahlil qilish,taqqoslash va tegishli xulosalar chiqarish uchungina xizmat qilmasdan o`quvchilarni estetik ruxda tarbiyalash va ularga emotsional ta‘sir ko`rsatishning ham muhim vositasi bo`lib xizmat qiladi.

  1. Rassomlarning hayotdan olib yaratgan asarlari.

  2. Portretlar.

  3. Karikaturalar. Ular asosan XIX-XX asr voqealariga doir bo`lib ko`proq yangi va eng yangi tarix darsliklarida beriladi.Metodist olimlar karikaturalardan foydalanish tarixiy faktlarga, siyosiy arboblarga, ijtimoiy gruppalarga siyosiy xarakteristika berishga, ularga berilgan baholarni esa mustaxkam saqlab qolishga yordam beradi, o`quvchilar ongiga, g’oyaviy-siyosiy tarbiyasiga kuchli ta‘sir ko’rsatadi.8 Karikatura o`quvchilar oldiida tarixiy voqeaning moxiyatini ochib berish, tarixiy shaxsning faoliyatini fosh etishning ajoyib vositasi bo`lib xizmat qiladi deb baho berishadi.Vaholanki bizhihg milliy xususiyatlarimiz, diniy qarashlarimiz, urf – odatlarimizga karikaturalardan foydalanish unchalik ma’qul emas.

  4. Hujjatlar, yozuvlar, yozuvli tekstlar, toshga o’yilgan yozuvlar, qo’lyozmalar, nashr etilgan yozmalar tasviri. Bu xildagi illyustratsiyalar o`quvchilarning davr ruxini tarixiy sharoitni yaxshiroq tushunib olishlariga yordam beradi.

  5. Hujjatli fotosuratlar. Bu xildagi illyutratsiyalar, asosan XIX va XX asr voqealariga doir bo`lib yuqori sinflarda foydalaniladi.

Shunday qilib, illyutratsiyalar bilim manbalaridan biri bo`lib, tarix darslarida o`qituvchi bayonini aniqlashtirishda, uning g’oyaviy-siyosiy ta‘sirini kuchaytirishda, o`quvchilar bilimini mustahkamlash va mavjud bilimlarni ishga solishda ko`rsatmali material sifatida ham xizmat qiladi.
Xarita yordamida biror mamlakatning tarixiy bosqichlaridagi ahvolni aniq tasvirlab berish o`quvchilarda birinchidan ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivolanishi haqida aniq tasavvur yaratishga ikkinchidan inson avlodlari mexnatining o`zgaruvchilik kuchini puxta tushunib anglab olishlariga yordam beradi. Binobarin, xarita bilan ishlash juda katta ta‘limiy va tarbiyaviy ahamiyatga ega. Darsda kartadan foydalanib tarixiy voqea sodir bo`lgan joyni ko`rsatish, o`quvchilarda geografik muhitning roli haqida tasavvur yaratish balki tarixiy voqealarning moxiyatini ularning qonuniyatlarini, o`zaro aloqalari, sababnatijalarini ochib berishda ham muhim rol uynaydi. Xaritadan tarixiy voqeani tushuntirib berishdagina, emas balki uni taxlil qilishda va umumlashtirishda ham foydalaniladi.9 Tarix o`qitish tajribasida tarixiy xaritalarning uch turidan foydalaniladi.

  1. Umumiy xaritalar. Ular bir mamlakat yoki bir gruppa mamlakatdagi tarixiy

voqealarni, ularning mavqeini, tarixiy rivojlanishning ma‘lum bosqichidagi ahvolini aks ettiradi. Masalan, XVIII asrning birinchi choragida Xiva xonligi, 1789 yilda Yevropa va boshqalar.

  1. Obzor xaritalar. O`rganiladigan voqealar rivojlanishning izchilligini uzoq davr mobaynida territoriyaning o`zgarganini aks ettiradi. Masalan: “XIV-XV asrlarda Temuriylar davlatining kengayishi”, “Rim davlatining yuksalishi”.

  2. Tematik xaritalar. Ma‘lum tarixiy voqealarga yoki tarixiy jarayonning ayrim tomonlariga bag`ishlanadi. Masalan, «Xonliklarning ijtimoiy - iqtisodiy ahvoli». Tematik xaritalarda ijtimoiy hayotga doir masalalar chunonchi, iqtisodiy masalaga, sotsial harakatlarga, sinfiy kurash yoki harbiy o`tmishga doir masalalar to`laroq yoritiladi. Darslik va atlaslardagi xaritalarning ko`pchiligi tematik xaritalardir. O`qituvchi bosma yoki qo`lda tayyorlangan osma tematik kartalardan ham foydalanadi. Sxematik xaritalar yoki xarita sxemalar ham, tematik xaritalarning bir turidir. Tarix darslarida o`quvchilarni mamlakatimizning tabiiy sharoiti va iqtisodini rivojlanish tarixi bilan chuqurroq tanishtirish maqsadida tabiiy va iqtisodiy geografik xaritalardan ham foydalaniladi. Birorta ham darsni xaritasiz tasavvur etish qiyin. Xarita tarix darsining eng zaruriy qo`llanmasi bo`lib hisoblanadi. Tarix darslarida ta‘limning texnika vositalaridan foydalanishi darsning samaradorligini oshiradi. Ta’limning texnika vositalari o`qitish va o`rganish sifatini ko`tarishga, o`quvchilarning o`quv materialini qiziqib o`rganish, puxta o`zlashtirishga xizmat qiladi. Tarix o`qitish tajribasiga ko`ra maktabda ta‘limning quyidagi texnika vositalardan foydalanilmoqda.10 1 .Oddiy texnika qurilmalari: Xarita va o`quv kartinalari ilinadigan yog`ochdan yoki boshqa materialdan yasalgan siljiydigan oddiy qurilmalar,sinf doskasi, sinf devoriga ilinib ikki yoqlama ochiladigan doska.

2. Ovozli apparatlar, proigrovatel, magnitafon, radiopriemniklar .
Badiiy asarlar yozilgan plastinka va magnit lentalar ham bor.
Buyuk davlat va jamoat arboblarining birinchi navbatda Prezident
I.A.Karimovning nutqlari yozilgan kassetalardan, slaydlardan foydalanishi mumkin. Maktab tajribasida bu manbalardan foydalanishda quyidagi usullar qo`llaniladi:

  1. yozuv materiallari yuzasidan o`quvchilarga savollar berish bilan bu yozuvlar materialiga qo`shimcha qilinadi.

  2. Avvalo slaydlar namoyish etiladi, so`ngra suhbat yordamida tahlil qilinadi.

  3. Qadimgi yozuvlar asosida o`quvchilarning musqaqil ishlari tashkil etiladi. Ovozli texnika vositalariga radio eshittirishlari ham kiradi. O`qituvchi o`quvchilar uchun radio orqali maxsus dastur yoki umumiy dastur bo`yicha tarixdan beriladigan eshittirishlarni tashknl etadi. Hozirgi vaqtda bunday eshittirishlar ko`pincha magnit lentalarga yozib olingan bo’ladi.

  4. Har xil ko`rsatuv asboblari va qurilmalar ta‘lim texnika vositalarining uchinchi guruhini tashkil etadi. Ular epidiaskop, diopozitivlar, diafilmlar va o`quv kinofilmlardan iborat.

Tarix darslarida bunday texnika vositalaridan foydalanish uchun maktabda zarur texnik sharoit mavjud bo`lgan kabineti yoki texnika vositalaridan foydalanishga moslangan maxsus tarix kabineti bo`lishi kerak.

  1. Kabinetda juda katta doska bo`lishi kerakki, uning bir qismi ekran bilan band bo`lsa, bir qismi yozish uchun bo’sh bo`lsin;

  2. xarita va kartinalar ilinadigan maxsus moslama bo`lsin;

d) Zarur texnika vositalari va ularni ko`rsagadigan apparatlar kabinetda mavjud bo`lishi bilan birga ular tuzuk, ishga yaroqli holda saqlansin. Bunday maxsus kabinet bo`lmagan taqdirda, sinfni ham, uni texnika vositalaridan foydalanadigan qilib jixozlasa bo’ladi.11
4. O`quv kinofilmlari ham ta‘limning ko`rsatmali vositalari jumlasidandir.
Tarix o`qitishda o`quv kinofilmlari eng ta‘sirchan va samarali ko`rsatmali vositasidir. Kinofilm o`quvchilar ko`z o’ngida tarixiy voqeaning jonli obrazini to`liq harakatda gavdalantiradi.
O`quvchilar boshqa ko`rgazmalardan ko`ra, kinofilmlar vositasida tarixiy o`tmishni jonlliroq idrok etadilar.
Tarixiy temalarga bag`ishlangan badiiy filmlar o`zining mazmuni va tarixiy voqealarning jonli qilib ko`rsatishi jixatdan tarixiy badiiy asarlarga o`xshab ketadi. Hujjatli xronikal filmlar esa, o`sha davrning ko`rsatmali hujjati bo`lib xizmat qiladi.
Kinofilmlar, ayniqsa badiiy filmlar o`quvchilarga emotsional ta‘sir ko`rsatish,estetik va ahloqiy tarbiya berish vositasi hamdir.Kinofilmlar bilim olish vaqtini iqtisod qilishga ham yordam beradi. O`quvchilar oddiy sharoit o`qituvchining bayonidan muzey va har xil tarixiy joylarga ekskursiyalarga borib, soatlar sarf qilib oladigan bilimlarini 10-15 daqiqalik filmni ko`rib ham olishlari mumkin. Negaki o`quvchilar filmni tomosha qilib tarixiy obrazlarning butun qiyofasi, xarakteri, psixologiyasi, dunyoqarash va boshqa tomonlarini ham ko`z bilan ko`radi.12
Kinofilmni o`quvchilarga ko`rsatishdan oldin, o`qituvchining o`zi uni sinchiklab ko`rib chiqishi va o`rganishi lozim. Bu bilan o`qituvchi filmning umumiy mazmuni bilan asosiy diqqatni jalb qiladigan eng muhim kadrlar va diktor teksti bilan tanishadi. Shundan keyin film o`quvchilarga ko`rsatiladi, so`ngra film yuzasidan suhbat o`tkaziladi, eng muhimi kadrlar yuzasidan o`quvchilarga savollar beriladi. Filmni mazmuniga bog`lab uyga vazifa topshiriladi. Tarix o`qitish tajribasiga o`quv filmlaridan foydalanishning quyidagi asosiy usullari mavjud:

  1. O`qituvchi o`z bayonini o`quv filmining eng muhim va yorqin kadrlarni ko`rsatish bilan bog`lab olib boradi. Tanlab olingan o`sha kadrlarni izohlaydi va tegishli xulosalar chiqaradi;

  2. 10-15 minut qisqa o`quv filmlariga bag`ishlab dars o`tkaziladi;

v) maxsus kino darsi tashkil etiladi;
g) Darsdan tashqari vaqtda film tomosha qilinadi.
d) O`qishdan tashqari vaqtlardagi teleko`rsatuvlar, o`quvchilar bu eshittirishlarni uyda tomosha qiladi.
Darsda o`quv teleko`rsatuvlariching ikki xil turi qabul qilinadi: a) 15 daqiqa teleko`rsatuv;
b) 30-40 daqiqa davom etadigan yangi materialni bayon qilishga bag`ishlangan tematik teledars yoki takrorlash darsi.13
O`qitish uslublari tizimiga asos qilib olingan bilim manbalarida o`qituvchining jonli, so`zi nutqi asosiy rol o`ynaydi.O`qituvchining jonli nutqi o`quvchilarning ko`z ungada tarixiy o`tmish va hozirgi ijtimoiy xayotning yorqin manzarasini, xalq ommasining mehnati va qudratini, kishilarning yorqin obrazlarini gavdalantiradi. O`qituvchining bayoni emotsional va ishontiruvchi kuchga ega, jonli nutq o`quvchi ongiga tez yetib boradi, uni ma‘lum xulosalarga olib keladi, tarixiy jarayonning qonuniyatlarini tushunishni osonlashtiradi, o`quvchilarga tarixiy materialni taxlil qilish va umumlashtirish namunasini ko`rsatib beradi. O`qituvchining jonli nutqi puxta bilim va malaka manbai bo`lishi bilan birga juda katta tarbiyalovchi kuchga ega. O`qituvchining nutqida mantiq; intonatsiya, urg`uning kuchi, dalillarining jonli va ishonarli bo`lishi o`quvchilarning ongiga, xis tuyg`ulariga kuchli ta‘sir ko`rsatadi. Ularni fikricha o`rgatadi, ma‘lum xulosalarga olib keladi, tarixiy jarayonni uning qobiliyatlarini to`g`ri tushunishga yordam beradi.
O`qituvchining jonli so`zi o`quvchilarning o`qish o`rganishi va bilish faoliyatini boshqarishni, unga rahbarlik qilishning metodik usullari va vositalarini ham o`zida mujassamlashtiradi. Jonli nutqning bu imkoniyatlaridan oqilona foydalanish o`quvchilar bilimining puxta va mustaqil bo`lishini ta‘minlaydi, tarix o`qitishning ta‘limiy vazifalarini muvaffaqiyati amalga oshirishga yordam beradi. Ma‘lumki, tarix o`qitishdagi maqsad o`quvchilarga bilim berish va malakalar hosil qilish bilan birga juda murakkab va mas’uliyatli tarbiyaviy vazifalarni ham amalga oshiradilar. Bunda o`qituvchining g`oyaviy-siyosiy tayyorgarligi, ahloqiy qiyofasi, madaniyati muhim o`rin tutadi. Binobarin, maktabda tarix o`qitish darajasi o`qituvchining saviyasiga, ularning nazariy bilimi va pedagogik maxoratiga, o`qituvchi jonli nutqining didaktik talablariga javob bera olishiga bog`likdir.14 O`qituvchi nutqi, bayonining ilmiyligi, g`oyaviy-siyosiy tinikligi, xayotiyligi, tarbiyaviy xarakteri o`quvchilarning mustaqillik va faoliyatini oshirishga, ularda kunikma va malakalarni xosil qilishga yorlam berish, fikrlar izchilligi va tushunarli bo`lishi jihatdan didaktikaning asosini prinsipi va qoidalarning to’liq javob beradigan bo`lishi lozim.
O`qituvchi bayonini puxta o`rganish va uni o`zlashtiri1i ustida raxbarlik qilishida:

  1. O`quvchilarning o`rganishi pedagogik jihatdan to`g`ri tashkil etilishiga.

  2. O`qituvchi bayoni strukturasining pedagoshk jihatdan to`g`ri tashkil etilishiga.

  3. Bayon qilinaetgan materialni o`quvchilarning yozib olishiga e‘tibor berishi lozim. O`quvchilarning o`qituvchi bayonini etibor va qiziqish bilan o`rganishni a) o`qituvchi darsning vazifalari, maqsadi va bayonining asosiy momentlarini qisqacha so`zlab beradi. Masalan, bugungi darsimiz Chingizxon boshlik mug`ullarning O`rta Osiyoga bostirib kirishi, yurishining vaxshiylik xarakteri, bosqinchilarga qarshi O`rta Osiyo xalqlarining qahromonona ko`rashi mug`ullarning hukmronligi o`rnatilgandan keyin ham ko`rashning davom etishi, chunonchi xoin feodallarga va bosqinchilarga qarshi Maxmud Tarobiy boshchiligidagi ko`zg`alon haqida bo`ladi. Shu bilan birga bu voqeaning kimlar tomonidan va qanday manbalar asosida yozilganligini ham kurib o`tamiz.

b) O`qituvchi o`rganilayotgan temaning muhimligi yoki qiyinligini aytib uni puxta tushunib, bilib olish uchun nima qilish keraqligini aytaylik, bayonning qaysi joylariga e‘tibor berish keraqligini, o`tilgan materiallardan nimalarni eslash zarurligini, qo`shimcha qanday materiallarni (badiiy asardan aktivlashtirishda) muhim o`rin tutadi. O`qituvchi bayonidagi intonatsiya va urg`uning kuchi, pauza, jumlalarning ixcham va mantiqan to`g`ri ifoda qilinishi, nutqning ravon, sof, boy obrazli va ta‘sirchan bo`lishi unda xalq donishmandligini ko`rsatuvchi maqollar, xikmatli so`zlardan, badiiy asar namunadaridan o`rinli foydalanish ayniqsa muhimdir. Shunday qilib, tarix o`qituvchisi didaktik talablar hamda tarix predmetining mazmuni va vazifalariga mos ravishda materialni konkret va ko`rsatmali qilib so`zlab tushuntirib bera olishi kerak. Xar bir o`qituvchi bu san‘atni egallab olishi mumkin albatta. Buning uchun tarixiy materialni og`zaki bayon qilish, uning asosiy metodlari oldiga quyilgan talablarni puxta bilish, nutqni
ustirish ustida, aniq, ravon ta‘sirli va obrazli so`zlash ustida tinmay ishlash mashq qilish kerak, xolos.
O`qituvchi tarixiy materialni og`zaki bayon qilish formalarini, ularning o`ziga xos xususiyatlarini qanchalik aniq tushunsa, ulardan shunchalik maqsadga muvofiq foydalana oladi. Tarix o`qitishning g`zaki metodlari, ya‘ni o`qitishda o`qituvchi jonli so`zining qanday usullarda o`quvchilarga yetkazish masalasini metodist olimlar turlicha talqin etadilar. Metodistlardan N.V. Andrevskaya bilan V.N. Bernadskiy 1947 yilda nashr etilgan «Yetti yillik maktablarda tarix o`qitish» qo`llanmasida qaysi parchani qanday, hujjatni yoki vaqtli mabuotda e‘lon qilingan maqolani va x.z.ni o’qib chiqish zarurligi va boshqalarni uqtirib o`tadi. Vazifa shundan iboratki, o`qituvchining bayoni o`zining xarekteri bilan bayon qilingan umumiy voqeaning ichki aloqalarini o`quvchilarning tushunib olishlariga yordamlashsin.15 Buning uchun o`qituvchi iloji boricha materialni bayon qilish planiga muvofiq muntazam va izchil suratda so`zlab berishi, bir masalaning tamomlab, unga yakun yasab keyingi masalaga o`tishda o`quvchilar oldiga tegishli savollarni quyib borish ham o`qituvchi bayoninnng tushunarli bo`lishiga yordam beradi. (Masalan, ana shu sabablarga ko`ra mo’g’ul bosqinchilari O`rta Osiyoda o`zlarining hukmronligini o`rnatishga muvaffaq bo`lsalarda, O`rta Osiyo xalqlarining ko`rashi nega to`xtab qolmadi, Nima uchun ular O`rta Osiyo xalqlarining irodasini buka olmadi?).
Tarix o`qitishning hamma pallalarida ham o`quvchilarga darsni bayon qilish imkonini berish va xatto uni doskaga yozib qo`yish, materialni shu reja asosida bayon etish lozim bo`ladi. Bu birinchidan, o`qituvchi bayonining muntazamligini ta‘minlasa, ikkinchidan o`quvchilar olgan bilimning ham konkret puxta va mustaxkam bo`lishini, eng muhimi uning sistemali ravishda izchillik bilan yaxlit o`zlashtirishini ta‘minlaydi.
O`qituvchi bayoninish uslubi ham o`quvchilarning bayonini puxta o`rganish va ularning bilish faoliyatini metodikasi "(Metodika prepodovaniya istorii v semiletney shkole)" degan asarlarida hikoya tarixiy materialni og`zaki so`zlab berishning asosiy metodi, voqealar ta‘riflar va tasvirlab berish, tushuntirish usullari esa hikoya metodining elementlari yoki boshqa xil turi deydilar. N.V. Andreevskaya 1958 yilda chiqqan "V-VI sinflarda tarix o`qitish metodikasi ocherki" degan qo`llanmasida ham shu fikrni ilgari suradi. Metodist M.N. Zinovev "Tarix o`qitish metodikasi ocherki" (Ocherki metodiki prepodovaniya istorii RSFSR. APN. 1955 g.) nomli qo`llanmasida tarixiy materialni og`zaki bayon etishning hikoya va maktab leksiyasi metodlarini ko`rsatadi. V.G.Kartsov "VIII-X sinflarda SSSR tarixini o`qitish metodikasi ocherklari" (Uch pedgaz, 1955g.)da tarixiy bilimlar ikkita asosiy metod hikoya va suxbat yordamida bayon qilinadi.16 Yuqori sinflarda qo`llaniladigan hikoyani ko`pincha maktab leksiyasi deb ham yuritiladi deyish bilan u maktab leksiyasini hikoyaning bir turi deb qaraydi. U og`zaki bayonini tavsiflash, hikoyasi, tushuntirish, suxbat, qisqacha bayon deb to`rt to`rga ajratadi.
Ko`rinib turibdiki 60-yillarga qadar ham tarixiy bilimlarni og`zaki bayon metodlari metodik adabiyotlarda aniq klassifikatsiya qilinmagan. Xatto bu haqda aniq bir fikrga ham kelinmagan edi.
Metodistlardan A.A. Vagin bu masalani birmuncha mukammal ishlab chiqdi. U shu problemaga doir tarixiy metodik adabiyotni chuqur o`rganib va maktabda tarix o`qitish tajribalariga suyanib turib og`zaki bayon metodlarini ko`rsatmali asosda quyidagi turlarga bo`ldi.17

Download 42.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling