Kurs ishi mavzu: O’quvchilarni tarix fanidan ilmiy


Download 42.7 Kb.
bet3/5
Sana18.06.2023
Hajmi42.7 Kb.
#1597402
1   2   3   4   5
Bog'liq
Kurs ishi mavzu O’quvchilarni tarix fanidan ilmiy tadqiqotlar o

XULOSA


Ta’lim muassasalarida masalan, maktabda tarix o`qitishning asosiy vazifasi o`quvchilarga tarix fanidan puxta bilim va shu bilimlarni amaliyotda qo`llash ko`nikmalari va mahoratini hosil qilishdan iborat. Tarixni o`rgatish yoshlarni g`oyaviy-siyosiy jihatdan chiniqtirish va ularda ilmiy dunyoqarashni shakllantirishni hozirgi zamon taraqqiyotining asosiy tushunchalari va ziddiyatlarining muhim shartidir.Tarixni o`rganish kishilik ahamiyatning tarixiy rivojlanishini, taraqqiyotining asosi bo`lmish ishlab chiqarshi usulining jamiyat xayotida belgilovchi roli haqida, tarixning ijodkorlari bo`lgan xalq ommasining
roli hamda tarixda shaxsning ahamiyati to`g`risida ma‘lumotlar beradi. Mazkur tushuncha va qonuniyatlar o`quvchilar ilmiy dunyoqarashining asosini tashikl qilib, ularning ijtimoiy xayotga munosabatini belgilovchi e‘tiqodga aylanmog`i kerak. Chunki ilmiy dunyoqarash jamiyat hamda inson tafakkuri taraqqiyotining umumiy qonuniyatlarini chuqur va puxta o`rganitish asosida yo`zaga keladi, bilimi mustaxkam ishonchga aylangan istiqlol e‘tiqodiga va ilmiy dunyoqarashga ega bo`lgan kishigina o`zini urab turgan muhit va olamni tushunadi, ijtimoiy xayotdagi voqealarga to`g`ri baho beradi. Tarixiy faktlarni o`zlashtirish ta’lim tarbiya jihatdan har qancha muhim bo`lsa ham faktlarni bilishning o`zi o`quvchilariing tarixini bilish jarayonidagi birinchi bosqichidir. Tarixni o`rganib bilib olishning ancha yukoriroq bosqichi tarixiy faktlarning o`rtasidagi muhim bog``lanish va munosabatlarini bilib olish, ularni amalda tadbiq eta bilish o`quvchi1arni saviyasiga yarasha tarixiy jarayonni tushuna olishdan iborat. Masalan V-VII sinflarda qadimgi Dunyo va o`rta asrlar tarixi (jahon tarixidan) taraqqiyotning qonuniyligi haqidagi tushuncha ta‘riflab berilmasada o`quvchilarda tarixiy xodisalar o`rtasidagi bir qancha sabab natijali bog`lanishlarning barqarorligi va zarurligi haqidagi tushuncha hosil bo`lmay qolmaydi.
O`quvchilar bir xildagi sabablar bir xildagi xodisalar bilan eziluvchilarga bo`linishi albatta davlatning vujudga kelishini, sinflar mavjudligi esa muqarrar ravishda sinfiy kurashni keltirib chiqarishni bilib olishadi. Ibtidoiy jamoa quldorlik va feodal ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyalar haqidagi tushunchalar sinflarda o`zlashtirilishi kerak bo`lgan tarixiy bilimlar sistemasining asosini tashkil etadi.
VI-VII sinflarda "Ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyalar" tushunchasi ta‘riflab berilmaydi. Biroq o`quvchilar dastlabki ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyalarning o`ziga xos asosiy xususiyatlarini hamda jamiyatning xar qaysi formatsiyadan o`ta borishi progressiv ahamiyatga ega ekanligini bemalol tushunib olishlari mumkin. Bu bilimlar yuqori sinflarda tarixiy jarayonni yaxlit bir xolda tushunilishi uchun zamin yaratadi.26 Bu uch formatsiyadan xar biri hozirgi vaktda mavjud bo`lgan va umumiy krizisni boshidan kechirayotgan to`rtinchi formatsiya kapitalistik formatsiyadan farq qilib paydo bo`lish, rivojlanish tushkunlikka ketish va xalok bo`lishdan iborat bosqichlarni o`z boshidan kechiradi. Ana shu qonuniyatlarni o`zlashtirish keyinchalik yuqori sinf o`quvchilarining kapitalistik formatsiya ham tarixan kelib chiqqanligini uning tushkunlikka ketishi va krizisi qonuniy xal ekanligini tushunib olishlariga yordam beradi.

Download 42.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling