Kurs ishi mavzu: O’smirlik davrida emotsional soha rivojlanishi va uning guruhdagi ijtimoiy mavqe bilan o’zaro aloqasi bajardi
Xulosa………………………………………………………………….……
Download 53.64 Kb.
|
O'SMIR
Xulosa………………………………………………………………….……
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati…………………………………….….. Ilova KIRISH Mavzuning dolzarbligi: O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikni qo‘lga kiritib, jahonning rivojlangan davlatlari orasida munosib o‘rinni egallab, dadil qadamlar bilan ilgarilab borar ekan, shubhasiz shu mustaqillikni va uning porloq istiqbolini ta’minlovchi omillarning ahamiyati tobora ortib boraveradi. Barkamol avlod kamoloti g‘oyasini turmushga tadbiq etish uchun istiqlolning dastlabki kunlaridanoq milliy ma’naviyat, milliy ta’lim va tarbiya muammolarini hal qilishga jiddiy e’tibor berilmoqda. Mamlakatimizda maorif tizimida aniq va ravshan hamda ilmiy asoslangan davlat siyosati mavjud. U insonparvarlik va demokratiyaga suyangan bo‘lib, unda har bir fuqaroning ta’lim va tarbiya olishi konstitutsiya asosida qonunlashtirib qo‘yilgan. Hozirgi davrda yuksak qobiliyatli mutaxassislarni tayyorlashga nisbatan talab kun sayin ortib bormoqda. Modomiki, shunday ekan, alohida olingan iste’dodli shaxslardagina emas, balki barcha mehnatkashlarning ijodiy imkoniyatlarini iloji boricha ko‘proq rivojlantirish zarurati yuzaga kelmoqda. Bunday sharoitda inson va uning intellektual salohiyatiga aloqador fanlarning roli ortib borishi har bir inson shaxsida mavjud yashiringan tarzdagi imkoniyatlardan foydalanish, ularni ro‘yobga chiqarish yo‘l-yo‘riqlarini nazariy jihatdan ishlab chiqish ehtiyoji namoyon bo‘lmoqda. Shu bois mamlakatimizda “Ta’lim to‘g‘risidagi qonun” va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” ning ikkinchi sifat bosqichi - o‘z kasbining zukkolari, o‘ta zehnli, kuchli intellektual salohiyat egasi, o‘zida mukammal dunyoqarash va boy ma’naviyatni mujassamlashtirish, ularni jahon hamjamiyatida raqobatbardoshligiga erishishni maqsad qilib qo‘yadi. Shunday ekan, o‘smir va o‘spirin shaxsini, kelajak avlodni o‘zining sog‘lom va mustaqil fikriga ega bo‘lgan yetuk shaxs sifatida tarbiyalash hozirgi kunda ko‘ndalang qo‘yilgan asosiy vazifalardan biriga aylangan. Bugungi kunda psixologlarni qiynayotgan muammolardan biri bu o‘quvchilar guruhlarida shaxslararo munosabatlarni, shaxs xususiyatlarini iloji boricha to‘liq va mukammal o‘rganib chiqishdir. O‘smirlik davri ayrim psixologik adabiyotlarda «o‘tish davri», «og‘ir davr», «inqiroz davri» kabi nomlar bilan ataladi. Bu davrning «keskinligi», «og‘irligi», «murakkabligi» nimalar bilan asoslanadi? G‘.B.Shoumarov fikriga ko‘ra o‘smirlik davrining og‘ir, murakkab davr ekanligi ko‘plab psixologik, fiziologik, ijtimoiy omillar bilan bog‘liq. Bu davrda rivojlanishning barcha jihatlari: jismoniy, aqliy, axloqiy, ijtimoiy va shu kabilarning mazmun-mohiyati ham o‘zgaradi. Bu davrda o‘smir hayotida, ruhiyatida, organizmining fiziologik jarayonlarida, uning ijtimoiy holatida jiddiy o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. Aksariyat vaziyatlarda ularda bir-biriga qarama-qarshi bo‘lgan turli xil holatlar kuzatiladi. Biz bilamizki, o‘smirlarni tarbiyalashning o‘ziga xos xususiyatlari, qonuniyatlari, imkoniyatlari xatti – harakat motivlarining ifodalanishi va vujudga kelishining murakkab mexanizimlari mavjud. Shuning uchun ham o‘smirlarni tarbiyalashda ularning xususiyatlarini to‘la hisobga olgan holda ta’lim va tarbiyaviy tadbirlarni qo‘llash zarur. Download 53.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling