Kurs ishi mavzu: O’zbek mumtoz musiqasi
Download 78.88 Kb.
|
ulug\'bek
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.BOB. O’ZBEK MUMTOZ MUSIQASI VA UNING XUSUSIYATLARI
Kurs ishining maqsadi.O’zbek mumtoz musiqasining kelib chiqishi tarixi bilan tanishish mavzuni yortib berish.
Kurs ishining obe’kti. O’zbek mumtoz musiqasi Kurs ishning vazifasi: obektidan kelib chiqib qoyidagi vazifalar belgilab olinadi. O’zbek mumtoz musiqasi va xususiyatlarini o’rganish. 1.BOB. O’ZBEK MUMTOZ MUSIQASI VA UNING XUSUSIYATLARI 1.1.O’rta asir musiqa madaniyati O‘ZBEK MUMTOZ MUSIQASI VA UNING XUSUSIYATLARI O‘zbek xalqining musiqa madaniyati ko‘p asrlik tarixga ega bo‘lib, u ko‘pchilik sozanda va xonandalar avlodining faoliyatida qaror topgan an’anaviy musiqa san’ati ekanligi haqida guvohlik beradi. An’anaviy musiqa — bu badiiy jarayon bo‘lib, unga xalq tomonidan yaratilgan, asrlar osha bizgacha yetib kelgan xalq musiqa ijodi yoki musiqa folklori va yetuk sozanda-bastakorlar tomonidan ijod etilgan mumtoz musiqasi kiradi. Bu ijodiyot namunalari og‘zaki an’anada saqlanib, sayqal topib, barkamol musiqa asari sifatida rivojlanib kelmoqda.O‘zbek mumtoz musiqasi o‘tmishdan o‘zining teran ma’noga ega ekanligi, murakkabu mukammalligi va beqiyos an’analarni o‘zida mujassam etganligi bilan o‘zga xalqlar musiqasidan ajralib turadi. Ushbu musiqa ijodiyotida xalqimizning o‘tmish an’analari, boy va teran ma’nolarga asoslangan tarixi muhrlangan. Ularning har bir namunasi tarixdan bir sadodir. Binobarin, ularni qanchalik o‘rganmaylik, qanchalik sirlaridan voqif bo‘lmaylik, shunchalik yangi qirralari ochilib, o‘zining benazir xususiyatlarini namoyon etadi. Shu nuqtai nazardan o‘zbek mumtoz musiqasini o‘rganish, ularda mujassam etilgan falsafiy g‘oyalarni anglash, tarix sadolarini uqib olish, ularning siru sinoatlarini idrok etish uchun bugungi kunda imkoniyatlar yetarli…O‘zbek mumtoz musiqasi o‘quv qo‘llanmasi musiqa va san’at kollejlari hamda akademik litseylar tizimidagi an’anaviy ijrochilik bo‘limlari o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, unda o‘zbek xalqining boy merosi bo‘lmish mumtoz musiqasi janrlari haqida ma’lumot beriladi. Ko‘p asrlar davomida sozandayu xonandalar va baslakorlar tomonidan ijro etib kelinayotgan mumtoz musiqa namunalari — ashula, katta ashula, dostonlar va maqomlar — avloddan avlodga, ustozdan shogirdga o‘tib, saqlanib, sayqal topib hozirgi kungacha rivoj olib kelmoqda. Mazkur qo‘llanmada mumtoz musiqaning har bir janri mavqei, mazmuni, shakli va ijro uslublari ma’lum darajada yoritilib beriladi. MUMTOZ MUSIQA HAQIDA TUSHUNCHA MUMTOZ MUSIQA «Mumtoz musiqa» mohir sozanda, xonanda hamda bastakorlar ijodiningeng nodir namunasi bo‘lgan maqomlar, yirik shakldagi murakkab kuy vaashulalarni o‘z ichiga oladi. Amaliyotda u «mumtoz musiqa» yoki «kasbiymusiqa» deb ham yuritiladi. Demak, mumtoz musiqa xalq ijodiyotining professional yo‘nalishiga xos bo‘lgan eng sara musiqiy namunalaridir. Ushbu yo'nahshga xos bo‘lgan asarlar iste’dodli bastakorlar tomonidan yaratilganhamda yuksak malakaga ega bo‘lgan xonanda va sozandalar tomonidan ijro etib kelingan. Ularning mazmuni murakkab va mukammaldir. Shu bois, ularni ijro etish uchun katta san’atkorlik tajribasi, mahorat, malaka va musiqiy savodxonlik kerak bo'ladi. Qadimdan mumtoz musiqa yoshlarga ustozlar tomonidan o'rgatib kelingan. Ushbu ustoz-shogirdlik an’anasi hozirgacha davom etib kelmoqda. Mumtoz musiqa yirik shakldagi kuy va ashulalardan tarkib topgan.Ular mazmunan va shaklan rang-barangdir. Ma’lumki, bizning diyorimiz sheva nuqtayi nazaridan 4 ta katta vohaga bo‘linadi. Bular: Buxoro—Samarqand, Xorazm, Surxondaryo—Qashqadaryo va Farg‘ona-Toshkent vohalaridir. Sheva nafaqat tilda, balki musiqiy ohanglarda ham o‘z aksini topadi. Qadrli o‘quvchilar! Mumtoz musiqa merosimiz kelajakda yaratiladigan barcha musiqiy asarlar uchun ohang-kuylar xazinasidir. Bu chorakda Siz musiqamizning mumtoz turlari va vohaviy xususiyatlari haqida umumiy tushunchaga ega bolasz Mumtoz cholg'u kuylari ma’naviy oziqa sifatida insonlarga huzur baxsh etadi. Xalqimiz orasidan mumtoz cholg‘u kuylar yaratgan va ijro etgan juda ko‘p mashhur kishilar yetishib chiqqan. Usta Ohm Kornilov, Yunus Rajabiy, To'xtasin Jalilov, Saidjon Kalonov, G ‘anijon Toshmatov, Faxriddin Sodiqov, Muhammadjon Mirzayev, Turg-un Alimatov, Ahmadjon Odilov, Abduhoshim Ismoilov, 0 ‘lmas Rasulov, Qahram on Dadayev va boshqalar shular jumlasidandir. MUMTOZ ASHULA Ashula — bu qo‘shiqqa nisbatan rivojlangan, shakl jihatidan kallaioti bo'lgan avjh asardir. Ashulaning so‘z matnlari ham asosan g‘azal janriga ko‘proq mansub bo‘ladi. Bunday xususiyatlarga ega bo‘lgan asarlar, odatda, «mumtoz ashula» yoki «xalq ashulasi» deb yuritiladi. Mumtoz ashulalar ham xalq ichidan chiqqan mohir sozanda, xonanda va bastakorlar tomonidan yaratilgan. Mumtoz ashulalar o‘zining salobatliligi, keng qamrovliligi va purma’noligi bilan ajralib turadi. Ularning turlari, shakllari juda ham ko‘p. Mumtoz ashulalar xalq orasida keng ommalashgan. Ularga «Ushshoq»lar, «Feruz»lar, «Bayot»lar, «Suvora»lar, «Chorgoh»larni kiritish mumkin. Xalqqa yoqqan ashula tezda ommalashadi va uning namunasi ham ko‘payadi. Xususan, «Ushshoq»ning bir qancha turi bor. «Samarqand Ushshog‘i», «Qo‘qon Ushshog‘i», «Toshkent Ushshog‘i», «Sodirxon Ushshog‘i» va boshqalar. «Guluzorim», «Dilxiroj», «Ey Sabo», «Ko‘cha bog‘i I-II» , «Abdurahmonbegi», «Aylagach», «Fig'on», «Sensan sevarim», «Munojot», «Tanovar» kabi ashulalar esa xalq orasida mashhur bo‘lib ketgan. GULUZORIM Hoji Abdulaziz Abdurasubv musiqasi Mumtoz ashulalar mumtoz adabiyot namoyandalari — Jomiy, Navoiy, Fuzuliy, Bobur M ashrab, Xorazmiy, Ogahiy, Nodira, Muqimiy, Furqat, Charxiy kabi shoirlarning lirik yo‘nalishda yaratilgan g‘azal va she’rlariga bastalangan. mumtoz ashulalar yakka yoki jo‘rnavozhkda ijro etiladi. Xonandalar esa, sozandalar ansam bli jo ‘rligida yoki o‘zlarining sozlari jo ‘rligida ham ashula aytadilar. Mumtoz ashula ijro etishda ko‘proq tanbur, dutor, g‘ijjak, doyra cholg ‘ularidan tuzilgan dastalardan foydalanadilar. Mumtoz ashula ijrochilarini biz «hofiz» deb ataym iz. Biz ustoz xonandalardan Halima Nosirova, Saodat Qobulova, Orifxon Hotamov, Ochilxon O taxonov, H asan Rajabiy, 0 ‘lmas Saidjonov, M unojot Yo‘lchiyeva, M ahmudjon Tojiboyev, Mashrab Ermatovlarni hurmat bilan tilga olamiz. Mumtoz ashulalar mumtoz adabiyot namoyandalari — Jomiy, Navoiy, Fuzuliy, Bobur, M ashrab, Xorazmiy, Ogahiy, Nodira, Muqimiy, Furqat, Charxiy kabi shoirlarning lirik yo‘nalishda yaratilgan g‘azal va she’rlariga bastalangan. Mumtoz ash u lalar yakka yoki jo‘rnavozhkda ijro etiladi. Xonandalar esa, sozandalar ansam bli jo ‘rligida yoki o‘zlarining sozlari jo ‘rligida ham ashula aytadilar. Mumtoz ashula ijro etishda ko‘proq tanbur, dutor, g‘ijjak, doyra cholg ‘ularidan tuzilgan dastalardan foydalanadilar. Mumtoz ashula ijrochilarini biz «hofiz» deb ataym iz. Biz ustoz xonandalardan Halima Nosirova, Saodat Qobulova, Orifxon Hotamov, Ochilxon Otaxonov, H asan Rajabiy, 0 ‘lmas Saidjonov, M unojot Yo‘lchiyeva, M ahmudjon Tojiboyev, Mashrab Ermatovlarni hurmat bilan tilga olamiz. O'RTA ASR MUSIQA MADANIYATI Katta ashula va uning ijrochilik an’analari Qadimiy madaniyat ochoqlaridan biri - Orta Osiyoda yashagan xalqlar jahon fani va madaniyati xazinasiga salmoqli hissa qoshganlar. Ular musiqa madaniyati sohasida ham juda boy va qadimiy merosga ega. Orta Osiyo xalqlarining musiqa madaniyati tarixiga doir qadimiy yozma manbalar va arxeologlari tomonidan topilgan yodgorliklar buning dalili boladi va shu xalqlarning yuksak madaniyatga ega bolganligini tasdiqlaydi. Lekin arab istilosi davrida (VII-IX asrlar) boshqa madaniy yodgorliklar qatorida musiqaga doir yozma manbalar qam kuydirilib, yoqotib yuborilgan. Shuning uchun Orta Osiyo xalqlarining sonugi ming yillik madaniyati tarixiga oid yozma manbalargina bizgacha yetib kelgan. IX asrning ikkinchi yarmida Movarounnahr va Xurosonda xalq ozodlik kurashining avj olishi, yerlik xalqlarning istilochilarga qattiq qarshilik korsatishi va qozgolonlari natijasida arab xalifaligi hukmronligi agdarilib, mahalliy Tohiriylar va songra Somoniylar davlati barpo etildi. Bu davrda fan, madaniyat va san’atning rivojlanishi uchun bir qadar sharoit yaratildi. Orta Osiyodan chikqan qator olimlar xuddi shu davrlarda orta asr fani tarixida ozlarining ilmiy asarlari bilan jahonga mashhur boldilar. Fanning boshqa sohalarida ham olmas ilmiy asarlar yaratgan al-Forobiy, Ibn Sino, al-Xorazmiy kabi kopgina buyuk olimlar musiqa nazariyasi («Ilmi musiqiy») boyicha ham ilmiy asarlar yaratdilar hamda Shark musiqa fani taraqqiyoti tarixida butun bir davr ochib berdilar. Bu olimlar Sharq xalqlarida qollanilgan musiqa nazariyasining yuzaga kelishida hal etuvchi rol oynadilar. Buyuk faylasuf-olim, orta asr Sharq musiqa nazariyasining asoschilaridan biri - Abu Nasr Muhammad al-Forobiy 871 yilda Sirdaryo yoqasidagi Forob shahrida tugilib, 950 yilda vafot ztgan. U, Orta Osiyo turkiy qabilalaridan chiqqan bolib, dastlabki ma’lumotni oz yurtida oladi. Durustgina bilim egasi bolgan al-Forobiy Bagdod, Damashq shaharlariga, songra Misrga boradi va u yerlarda oz ma’lumotini oshiradi. Al-Forobiy ajoyib musiqachi va musiqa nazariyachisi edi. U, oz davrida mavjud bolgan barcha musiqa asboblarida chalardi. Kuylarni ayniqsa nay va tanburda katta mahorat bilan ijro etardi. Ba’zi manbalarda korsatilishicha, al-Forobiy qonun asbobini ixtiro etgan, osha davrlarda mashhur bolgan ud sozini takomillashtirishda juda katta ishlar olib borgan. Al-Forobiy falsafa, mantiq, matematika va boshqa fanlar boyicha katta-katta ilmiy asarlar yaratgan zamonasining yetuk olimlaridan edi. Musiqa ilmi esa matematika fanlaridan biri hisoblanib, ularga arifmetika, geometriya, astronomiya va musiqa ilmlari kirardi. Al-Forobiy ozining musiqaga bagishlangan risolalarida Sharq musiqa nazariyasini asoslab berdi. Uning musiqa asarlari «Kitabul-musiqiy al-kabir» («Musiqaga doir katta kitob»), «Kilamu fil-musiqiy» («Musiqaning uslublari haqida kitob»), «qitabul-musiqiy» («Musiqa kitobi»), «qitabun fi-ihsa’il - ulum» («Fanlar klassifikatsiyasiga doir kitob»)ning musiqaga bagishlangan qismi, «Kitabun fi-ihsa’il-iqa’» («Musiqa ritmlari - iqo’ klassifikatsiyasi haqida kitob») va boshqalardir. Al-Forobiy va osha zamondagi boshqa olimlarning ilmiy-nazariy asarlari zamonasi talablariga kora arab tilida yozilgan bolib, Sharq musiqasi nazariyasining tub masalalarini sharhlab beradi. Al-Forobiyning musiqa nazariyasiga bag’ishlangan kitoblari Sharqda bu haqda yozilgan asarlarning eng mukammali va eng mashhurlaridan bolib, ozidan songgi davrlarda yashab, ijod etgan musiqa olimlari kitoblarining yozi-lishida asos bolib xizmat qildi. Al-Forobiy yolini davom ettirganlardan biri - Abu Ali ibn Sino edi. Abu Ali ibn Sino (980-1037) Buxoroga yaqin - Afshona qishlogida tug`ilgan. U buyuk faylasuf, tabiatshunos, mashhur tabib, shu bilan birga ajoyib musiqa nazariyachisi ham edi Ibn Sinoning «Kitabush-shifa’» («Shifo kitobi»), «Donishnoma» («Bilim kitobi»), «Risalatun fi-ilmil musiqiy» («Musiqiy ilmi haqida risola») va boshqa kitoblarining musiqaga doir qismi al-Forobiy asarlari qatorida jahon musiqa fani va madaniyati tarixida alohida ahamiyatga ega. Abu Ali ibn Sino musiqa haqida maxsus asarlar yozish bilangina chegaralanmadi, balki u musiqa nazariyasiga bagishlangan katta-katta asarlarini tibbiyot kitoblariga ham kiritdi. Bu tasodifiy hol emas edi,. albatta. Abu Ali ibn Sino ozining tibbiyotga oid. olmas asarlarida, musiqaning hissiy ta’sir kuchiga katta baho bergani holda, ruhiy kasalliklarni davolashda uni yuksak qadrladi. Xususan, Ibn Sinoning «qonunu fit-tibb» kitobida bir necha orinda musiqa asarlarini ruhiy kasalliklarga «shifo dasturi» sifatida tavsiya etiladi va uning shu kabi asarlarida musiqa nazariyasini sharhlab beradigan alohida bolim ajratiladi.Uning «qitabush-shifa’», «qitabun-najat» («Najot kitobi») asarlari shular jumlasidandir. Manbalarda sharh etilgan musiqaning ayrim nazariy masalalarini taqqoslab korish shuni isbotlaydiki, Abu Ali ibn Sino ozining musiqa haqidagi asarlarida al-Forobiyning musiqaviy-estetik qarashlarini yanada rivojlantirdi va uni yuqori bosqichga kotardi. IX-X asr musiqa madaniyati tarixida Orta Osiyodan chiqqan buyuk olim Abu Abdullah Muhammad ibn Yusuf al-Kotib al-Xorazmiyning «Mafatixul-ulum» («Ilmlar kaliti») ensiklopediyasining musiqa nazariyasiga bagishlangan qismi ham alohida orin tutadi. Al-Xorazmiyning asari Orta Osiyo xalqlari fan va madaniyatn tarixini yoritishda muhim manbalardan biridir. Sharq olimlari ozlarining ensiklopediya tarzida yozilgan kitoblarida, dastlab musiqani falsafa fanlaridan biri deb hisoblaganlar, shu bilan birga, falsafa fanlarining biri sifatida oz asarlariga kiritganlar. Bunda ular, shubhasiz, musiqaning badiiy-estetik kuchi va ijtimoiy-tarbiyaviy rolini hisobga olgan bolsalar kerak. Songgi davrlarda esa musiqa ilmi matematika fanlarining biri sifatida ensiklopediya tarzidagi kitoblarga kiritilgan edi. Al-Qindiy (IX asr), al-Forobiy, Ibn Sino, al-Xorazmiy kabi mashhur olimlarning asarlari kop asrlar davomida Sharq xalqlari musiqa nazariyasini sharxlab berishda asosiy manba bolib xizmat etdi va songgi davrlarda yaratilgan musiqa risolalarining mazmunini aniqlab berdi. Al-Forobiy zamonasidan boshlab, qariyb XV asrlargacha yozilgan musiqaga oid nazariy risolalarning mavzui, mundarijasi (ularning ichki mazmunidagi ba’zi tafovutlardan qat’iy nazar) bir-biriga juda kop masalalarda yaqin turadi. Musiqa nazariyasiga bagishlab turli davrlarda yaratilgan bu risolalarda ayrim masalalar yuzasidan ba’zi ixtiloflar mavjud. XIII asrning ulkan olimi Safiuddin Abdulmomin al-Urmaviy, al-Forobiyning nazariy mulohazalarini ba’zi masalalarda togri kelmasligini isbotlashga harakat qilgan edi. Bunday ixtiloflar musiqa akustikasi, musiqa tovushi (savt yoki nag’ma), ritm (iqo’) ta’rifida, ud asbobidagi ayrim pardalarning ornini aniklashda va boshqa masalalarda oz ifodasini topgan. Bunday ixtiloflarda qariyb, uch asrdan koproq davr musiqasining tarixiy. taraqqiyoti jarayonida yuzaga kelgan ozgarishlar oz aksini topdi.Sharq musiqa risolalarida qoyilgan masalalar xozirgi zamon boshlanqich musiqa nazariyasiga yaqin turadi. Lekin orta asr musiqa risolalarida Sharq xalqlari otmish musiqasining amaliy tomonlari bilan bogliq bolgan masalalar ham borki, hozirgi zamon musiqa nazariyasida bular umuman uchramaydi. Orta asr musiqa olimlari nazariy masalalarda koproq al-Forobiy, ibn Sino asarlarida berilgan ta’rifni asos qilib olganlar. Musiqa nazariyasi songgi davrlarda yashab, ijod etgan olimlar- Safiuddin Abdulmu’min, Mahmud bin Mas’ud ash-Sheroziy (XIII-XIV), Xoja Abdulqodir Marog`iy (XIV asr), («Jamiul-alxan», «Maqasidul-alqan» risolalari avtori), al-qusayniy, Abduraqmon Jomiy (XV asr) va boshqalarning asarlarida yanada rivojlantirilgan edi. Bu olimlarning musiqa risolalarida maqom masalasi musiqa nazariyasining eng yirik va tub masalalaridan biri sifatida qaraladi. Chunki musiqa nazariyasini sharhlab berishdan maqsad uni jonli musiqa asarlari - maqomlar bilan boglashdan hamda musiqa amaliyotini umumlashtirib tushuntirib berishdan iborat edi. Shunday ekan, maqomlar haqidagi mulohazalarni bayon etishdan oldin ularga bogliq bo`lgan va qadimny ,musiqa risolalarida sharh etilgan ba’zi masalalar haqida qisqacha fikr yuritamiz. Bu masalalar maqomlarning nazariy va amaliy tomonlarini va umuman sharq xalqlari jonli musiqa asarlarining tashkil etadigan elementlarini ta’riflab beradi. Mumtoz musiqa tarkibi ikki xil shaklga ega bo‘ladi. Ulardan biri, cholg‘u musiqasi bo‘lsa, ikkinchisi, ashula yo‘hdir. Cholg'u musiqasi tarkibi eng soda xalq kuylaridan tortib to murakkab maqom namunalarigacha bo‘lgan asarlami o‘z ichiga oladi. Shularning orasida maqom cholg‘u yo‘llari bilan birga juda ko‘p an’anaviy mumtoz asarlar ham bor. Mumtoz kuylarni o‘zbek bastakorlari turh davrlarda yaratganlar. Mumtoz kuylar azaldan o‘zbek xalq cholg'ulari — tanbur, dutor, g‘ijjak, nay, chang va surnay kabi sozlarda ijro etib kelingan. Eng ommabop cholg'ularimizdan yana biri doyradir. Amaliyotda aksariyat mumtoz kuylar yakka cholg‘ularda hamda jo‘rnavozlikda ijro etib kelinmoqda. Hammamiz sevib tinglaydigan mumtoz kuylarimiz juda ko‘p. Ularga «Hojiniyoz I—II», «Choli Iroq», «Mirzadavlat», «Munojot», «Savti Munojot», «Ufori Munojot», «Ilg‘or», «Rohat», «Rajabiy», «Sharob I—II», «Aliqambar», «Qo‘shchinor», «Navro'zi Ajam» kabi kuylarni misol qilish mumkin. Shulardan bolalarga boplari «Dilxiroj», «Jonon», «Lazgi» kabi kuylardir. 1.2.SHashmaqom–mumtoz musiqamiz asosi SHASHMAQOM - MUMTOZ MUSIQAMIZ ASOSI Shashmaqom - o ‘zbek va tojik xalqlarining m um toz musiqasi hisoblanadi. Shashmaqom Buxoroda XVIII asrga kelib to ‘la shakllangan. Uning tarkibida 250 dan ortiq yirik shakldagi kuy va ashulalar mavjud.Shashmaqom - olti maqom deganidir. Ular «Buzruk», «Rost», «Navo», «Dugoh», «Segoh» va «Iroq» deb nomlanadi. Shashmaqomni maxsus bilimga ega bo‘lgan sozanda va xonandalar ijro etishadi. Ularni biz «maqomchilar» deb ataymiz. Azaldan Shashmaqomni ijro etadigan maxsus ansam bllar faoliyat ko‘rsatib kelgan. Bunday ansambllarga Toshkentda 0 ‘zbekiston Teleradiokompaniyasi qoshida tashkil etilgan Yunus Rajabiy nomidagi «M aqomchilàr», Buxoro, Xorazm, Samarqand, Andijon va Farg‘ona viloyatlaridagi maqomchilar ansambllari misol bo‘la oladi. SAMOI DUGOH Xalq musiqas shashmaqom ashula boʻlimining birinchi guruh shoʻbalari turkumli tarzda yaxlit ijro etilganida, Saraxbor bilan boshlanib, soʻng uning taronalari (6 tagacha) oʻqiladi. Taronalarning oxirgisi talqin doira usulida aytiladigan suporish qismi vositasi bilan Talqin shoʻbasiga silliq ulanib boradi. Talqin taronasi ijro etilib, nasr doira usulidagi suporish orqali Nasr shoʻbasi va uning taronalariga oʻtiladi (Nasr shoʻba namunalari bitta maqomda 2—3 tagacha yetadi). Oxirgi Nasr shoʻbasi, odatda, taronasiz oʻqilib, bevosita Ufar ashula yoʻllariga qoʻshiladi va oxirgi suporish bilan turkum yakunlanadi. shashmaqom ashula boʻlimining ikkinchi guruhidagi shoʻbalar oʻzaro bogʻlanmagan tarzda mustaqil ashula yoʻllari hisoblanib, ularning har biri, asosan, 5 qismli turkumni tashkil etadi. Masalan, asosiy Savt yoki Moʻgʻulcha ashula yoʻlidan keyin unga ushbu kuy mavzuining yangicha vaznusulli (Talqincha, Qashqarcha, Soqiynoma va Ufar) namunalari navbatmanavbat ulanadi. Maqomlarning tarixiy, nazariy, estetik masalalari uzoq oʻtmishdan shu kunga qadar musiqashunoslar tomonidan har tomonlama oʻrganilmoqda. Xususan, Urta asrlar musiqa risolalarida Sharq mumtoz musiqasiga xos pardalad tuzilmalari keltirilib, maqomot hamda xalq musiqasiga xos tovushqator va usullar tuzilishi haqida mulohazalar yuritilgan. 19-asr boshi va oʻrtalarida shashmaqomga oid maxsus yozma sheʼriy toʻplam — bayozlar yuzaga keldi. Ularda maqomlarga aytilgan gʻazal matnlari keltirilgan, maqom va shoʻbalar nomlari hamda ijro etiladigan ashulalar turkumining tartibi koʻrsatilgan. Komil Xorazmiy va uning oʻgʻli Muhammad Rasul tanbur chizigʻi yordamida yozib olgan Xorazm maqomlari ham shashmaqomning 19-asr namunalari haqida qimmatli maʼlumot beradi. shashmaqom ashula yoʻllarida oʻzbek hamda fors mumtoz shoirlaridan Rudakiy, Jomiy, Lutfiy, Navoiy, Bobur, Fuzuliy, Hofiz, Amiriy, Nodira, Zebunniso, Ogahiy va boshqalarning ishqiylirik, falsafiy, nasihatomuz, diniy mazmundagi gʻazallari, shuningdek, xalq toʻrtliklari jalb etilgan. shashmaqom, asosan, ogʻzaki tarzda avloddanavlodga ustozshogird anʼanasida oʻtib keldi. 1920-yillarda Buxoro, Samarqand, Toshkent shahrilarida maxsus musiqa maktablari, bilim yurtlari tashkil qilinib, ularda maqom va xalq musiqa namunalarini oʻzlashtirishga eʼtibor qaratildi; Ota Jalol, Otagʻiyos Abdugʻaniyev, Domla Halim Ibodov, Shorahim Shoumarov, Abdusoat Vahobov, Usto Shodi Azizov kabi maqomdon sozanda va hofizlar yoshlarga saboq berish uchun jalb etildilar.shashmaqomni ilk bor V.A.Uspenskiy Ota Jalol va Ota Gʻiyos ijrolaridan hozirgi nota yozuviga olib nashr ettirdi („Shashmakom, Shest muzmkalnix poem“, M. — Buxoro, 1924). Mulla Bekjon Rahmon oʻgʻli va Muhammad Yusuf Devonzodaning „Xorazm musiqiy tarixchasi“ (M., 1925), Fitratning „Oʻzbek klassik musiqasi va uning tarixi“ (Samarqand — T., 1927) risolalari 20-asr maqomshunosligining dastlabki namunalari boʻlib, qimmatli maʼlumotlarga ega. Shashmaqomni oʻrganishga, ayniqsa, 1950-yillardan koʻproq ahamiyat berila boshlandi. I.Rajabov qalamiga mansub „Maqomlar masalasiga doir“ (T., 1963) tadqiqoti oʻzbek maqomshunosligi rivojlanishini yangi bosqichga koʻtardi. Tojikistonda B. Fayzullayev, shashmaqomSohibov va F. Shahobovlar oʻz ijrolarida notaga olib, V.M.Belyayev tahriri ostida shashmaqomning 5 jildini nashr ettirdilar („Shashmaqom“, M., 1950—67). Oʻzbekistonda shashmaqom ni Yunus Rajabiy oʻzi va boshqalar sozanda va xonandalar ijrosidan yozib olib, ikki marta — „Oʻzbek xalq musiqasi“ (V j., T., 1959) va „Shashmaqom“ (I—VI j. lar, T., 1966—75) nomi bilan nashr ettirdi. Toshkent konservatoriyasida „Sharq musiqasi“ kafedrasi (1972 yil), u asosda „Musiqiy sharqshunoslik“ va „Anʼanaviy ijrochilik“ (1992 yildan) kafedralari orqali shashmaqomni ilmiy oʻrganish va amaliy oʻzlashtirish oliy, oʻrta maxsus hamda boshlangʻich taʼlim bosqichlarida yoʻlga qoʻyildi. 1983 yildan boshlab maqom ijrochilarining respublika tanlovi (1991 yildan Yu.Rajabiy nomida) muntazam oʻtkazib kelinmoqda. Oʻzbek xalqi musiqa boyliklari asosida yuzaga kelgan shashmaqom, oʻz navbatida, zamonaviy musiqa sanʼati rivojlanishiga samarali taʼsir koʻrsatdi. Oʻzbekiston bastakorlari va kompozitorlari oʻz ijodida shashmaqomdan keng koʻlamda foydalanishni davom ettirmoqdalar. Bulardan M.Ashrafiy, M.Burhonov, K.Jabborov, T.Jalilov, D.Zokirov, S.Kalonov, Y.Rajabiy, T.Sodiqov, Fahr.Sodiqov, M.Tojiyev, O.Hotamov va boshqalar yaratgan ashula, romans, xor, simfoniya va opera asarlarida maqomlar salohiyatini oshirishda salmoqli yutuqlarni qoʻlga kiritishgan. „Oʻzbektelefilm“ studiyasi tomonidan „Shashmaqom“ filmi suratga olingan (1972, rejissor T.Akromov). Hozirgi davrda Oʻzbekiston boʻylab shashmaqomni ijro etishga ixtisoslashgan Maqom ansambli kabi professional ansambllar, havaskor badiiy jamoalar maqomlarni ijodiy oʻzlashtirish hamda targʻib etish borasida samarali faoliyat koʻrsatmoqda Shashmaqom shakli bastakorlik san’atining mahsulidir. Bastakorlik an’analari ham juda qadimdan boshlab davom etib kelmoqda. Temuriylar, ayniqsa Navoiy davrida, keyinchalik XVI-XVII asrlarda bastakorlik san’ati yuksak darajada bolganligi qolyozma man’balardan ma’lum. Bastakor sozi tojikcha bolib, boglovchi, bastalovchi ma’nosini anglatadi. Otmishda bastakorlarning faoliyati turlicha bolgan. Dastlab ular maqomlar va xalq musiqa asarlari asosida betakror kuy va ashulalar yaratganlar. Yana, bastakorlar maqom pardalari negizida yangi-yangi yollar, yaratganlar, tayyor kuyga yangi pardalar kiritib, yoki uni boshqa doira usuliga tushirib, jozibali va mukammal asarlarni yuzaga keltirganlar. Binobarin, she’r matnlarining ashulaga shaklan hamda mazmunan moslab tushirilishiga ham alohida ahamiyat berganlar. Shashmaqomdagi turkumlarning yuzaga kelishila bastakorlardagi bunday tajriba alohida ahamiyat kasb etadi. Ba’zan sho’balar, masalan, Buzruk maqomidagi Talqini Uzzol, Nasri Uzzol va Ufari Uzzol qismi ohangdosh ashulalar bolib, faqat doira usuli va she’r olchovidangina farq etadi. Shashmaqom turkumlari kopincha ashulalarning yangidan-yangi variantlarini yaratish bilan takomillashtiriladi. Shunday qilib, Shashmaqom otmishdagi bastakorlik an’analarining mahsuli sifatida, maqomchilikdagi boy tajribaga asoslangan holda yuzaga keldi. Keyingi ikki asrdan koproq, otgan davr ichida, bir sozanda – xonandadan ikkinchisiga ogzaki tarzda otib kelishi jarayonida Shashmaqom tobora juda katta ozgarishlarga uchradi va bizgacha etib keldi. Bu narsa XIX asrda tuzilgan va maqomlarga aytilgan she’r toplamlaridagi maqom va sho’balar nomini, she’r olchovlari hozirgi maqom qismlari bilan solishtirilsa, yaqqol seziladi Shashamaqom ozbek xalqi musiqa merosida juda katta orin tutadi Shashamaqom yollarida milliy va mahalliy musiqaning boy ohanglari, vazn xususiyatlari, doira usullari va ashulalar she’rlarini moslab tushira bilish qoidalariga bogliq qator tomonlar mujassamlangan. Xalq musiqa asarlarining qaysi birini olib qaramang, ular u yoki bu maqom yoki uning sho’ba pardasi, kuy tuzilishi, doira usuliga juda oxshashligani bilib olish mumkin. Keyingi kuzatishlar Shashmaqom, xalq musiqa merosining asosini tashkil etadi deyishga imkon beradi. U 250 ga yaqin cholgu va ashula yollarini oz ichiga oladi. Ular asosida yaratilgan yuzlab xalq kuy va ashula namunalari, surnay yollari hisobga olinsa, maqomlarning xalq musiqasida tutgan orni naqadar baland ekanini yana bir bor bilib olish mumkin. Shashamaqomga kirgan oltita maqomning har biriga alohida toxtalib otishdan avval maqomlarning tuzilish qoidalari haqida umumiy tarzda tushuncha beramiz.Shashmaqom - tojikcha olti maqom demakdir. Shashmaqom taruibidagi Buzruk, Rost, Navo, Dugoh, Segoh va Iroq maqomlarining har biri yirik shakldagi turkumli asarlar bolib, 20 tadan 45 tagacha katta va kichik hajmdagi maqom yollarini oz ichiga oladi. Otmishda maqomlarning ijri etilishida tanbur va doira etakchi sozlardan hisoblangan. Maqom qismlari turkum tarzida yoki yakka kuy va ashulalar tarzida yakka navozanda xonanda yoki dastalar tamonidan ijro etilgan. Jornavozlik tarkibida Ikkita tanbur, bitta dutor, bitta qubuz yoki sato, doira va bir necha hamnafas xonandalar bolgan. Korinib turibdiki, dastaga yolgiz torli asboblar kiritilgan. Bizningcha tanburning etakchi soz deb qabul qilinishiga ham ma’lum sabab bor. U turli maqomlarga moslab sozlashga qulay bolgan. Mabodo ashulachining ovozi keng diapazonli maqom yollariga yeta olmasa, uni bir-ikki pardaga past qilib sozlash mumkin edi. Olti maqomlarga asboblarni sozlashda ham tanbur qandaydir olchovli soz bolgan. Binobarin uni turli maqomlarga moslab sozlash mumkin. Shu sababli olti maqomga tanbur uch xil (kvinta, kvarta va katta sekunda) qilib sozlangan va Mezrobi Rost, Mezrobi Segoh, hamda Mezrobi Navo deb nomlangan. Buyuk olimlar jahon fani, me’morchiligi, adabiyoti va san’ati rivojiga katta hissa qo’shib kelganliklari aniq va ravshan qilib ko’rsatib berilgan. ashula va maqom namunalari, cholg’u kuylari, bastakorlik ijodiyotining noyob mahsullari rosmana, musiqa folklori bilan uzviy bog’langan holda shakllanib, rivojlanganligi yoritiladi. Dastlab o’n ikki maqom, keyinchalik esa «Shashmaqom» shaklidagi bu merosning asosi yetuk bastakorlar, sozandayu xonandalar tomonidan bunyod etilgan va takomiliga yetgan. Shashmaqom”ning Mushkulot bo‘limini 6 tadan 10 tagacha rang-barang cholg‘u asarlar turkumi tashkil qiladi. Ulardan beshtasi asosiy, muqarrar qismlar bo‘lib, qolganlari ulaming variantlari yoki har bir maqomga xos mansub cholg‘u qismlari ham uchraydi (maqomlarda har bir qism yoki sho‘ba uchta ma’noda ishlatiladi: 1-mustaqil asar; 2-turkum qismi; 3-usul nomi). Mushkulotning asosiy qismlari - tasnif, tarje’, gardun, muxammas Ulaming har bir kuy yo‘llari mustaqil cholg‘u qismlar hisoblanadi va o‘zlariga mansub bo‘lgan maqomlar nomi bilan qo‘shib aytiladi. Masalan, Buzruk tasnifi, Rost garduni, Navo tarje’, Iroq muxammasi va h.k. “Shashmaqom”ning cholg‘u yo‘llari ohang va kuy tuzilishi jihatidan juda murakkab va puxta yaratilganligi bilan ajralib turadi.Mushkulot bo‘limi qismlarining kuy mavzulari o‘z xarakteri, doira usuli o‘ziga xoslik bilan ajralib tursa, ulaming “xona” va “bozgo‘y” lad asoslari va asar shakli bir xilligi bilan harakterlanadi. Asarlar “xona” va “bozgo‘y” asosida shakllanadi. “Xona” va “bozgo‘y” kuy tuzilmalari bo‘lib, cholg‘u asarlari shakli ulaming almashuvi asosida gavdalanadi. “Xona” (uy, xona) - asosiy kuy jumlasi bo‘lib, unda asaming asosiy mavzusi va ohangi mujassamlangan va rivojlanish jarayonida u shaklan va mazmunan boyitib boriladi. Kuy o‘z harakati doirasida yuqoriga intilib, avjga tomon rivojlana boradi va asta-sekin o‘zining boshlang‘ich pardasiga qaytadi. Shu tufayli, xonaning har bir kuy tuzilmasi son belgisi bilan belgilanadi - Xona 1, Xona 2 va h.k. (X]? X2, X3 va h.k.). “Bozgo‘y” (qaytaruv) - kuy tuzilma bo‘lib, xona mavzusi ohang asosida ifodalanadi va ijro jarayonida o‘zgarmaydigan shaklda muntazam takrorlanib (naqarotga o‘xshash) turadi. Download 78.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling