Kurs ishi mavzu: O’zbek mumtoz musiqasi


BOB.O’ZBEK MUMTOZ MUSIQASI VA UNI NOTALASHTIRISH TARIXI


Download 78.88 Kb.
bet3/3
Sana16.06.2023
Hajmi78.88 Kb.
#1513909
1   2   3
Bog'liq
ulug\'bek

2. BOB.O’ZBEK MUMTOZ MUSIQASI VA UNI NOTALASHTIRISH TARIXI
2.1 Katta ashula va uning ijrochilik an’analari
Katta ashula Farg‘ona vodiysining mahalliy uslubiga xos vokal janrlardan biridir. Xalq orasida patnisaki ashula deb ham yuritiladi. Katta ashula, odatda, cholg‘u asboblarisiz ikki-uch xonandalar tomonidan ijro etiladi. Katta ashulaning kuy tuzilishi va ijrosi murakkab shaklda bo'lganligi uchun malakali mohir ashulachilar ijro etadilar. Shu bois, ularni xalqimiz katta ashulachilar deb atashadi. Katta ashula ijro etish uchun ashulachida juda katta diapazonli, baquwat, chiroyli ovoz boiishi kerak. Ijrochilik sirlarini ustozlardan o‘rganish talab qilinadi. Chunki katta ashula keng ko'lamli ohangi, usul jihatidan erkinligi, faqat Farg'ona vodiysiga xosligi bilan ajralib turadi. Ijro paytida katta ashulachilar navbat bilan birin-ketin ijro etadilar. Kuy jumlalarining yakunini esa hamnafaslikda, birgalikda ijro etadilar. Katta ashulachilar qo‘llariga likopcha ushlab oladilar. Bu ashula aytishda qulay bo‘lishi uchun xizmat qiladi. Hamroqul Qori, Mamatbobo Sattorov, Jo‘raxon Sultonov, M a’murjon Uzoqov, Odiljon Yusupov kabilar mashhur kata ashulachilardandirlar.
Ashula – lirik xarakteridagi rivojlangan kuy va shakliga ega bo’lgan aytim yo’li. Ashula janri ham mumtoz musiqaning yetakchi janrlaridan bo’lib, o’zining kuy rivoji, vazmin lirik yoki og’ir xarakteri, hayajoni va dardli mazmuni, diapazon kengligi, ritmining sezilarli darajada murakkabligi va ijro uslubi mukammalligi bilan ajralib turadi. Aruz vaznida yozilgan G’azal, ruboiy, muhammaslar ashula janrida keng qo’llanib kelingan.
Falsafiy ma’noga ega bo’lgan, shuningdek, soQinch, alam, ayriliq va hasratni ifodalovchi ishqiy-lirik va ayrim nasihatgo’y mazmun ko’proq ashula mavzusiga xosdir. Ashulada so’z va kuy uzviy bog’liqni, bu holat asarning butun mazmunini, mohiyatini tashkil etadi. Chunki undagi umumiy mantiqiy bog’liqlik, vazn, qofiya, ohang, musiqiylik tinglovchida zavq-shavq uyg’otadi, hayajonli kayfiyat paydo qiladi.
O’zbek mumtoz ashulachiligining shartli xususiyatlaridan biri uning kuy rivoji va shakli, mavzu va uslubiy ko’rinishlari xilma-xilligidir. har bir musiqiy janr o’zining shakl tarkibi, xususiyatlari va ijrochilik an’analariga ega. Shular orasida ashula juda keng tushunchaga ega bo’lgan shakldir. Mumtoz ashulalar musiqiy matnining rivojlanishi hamda kuy tuzilmalarining nisbatan davomliroqligi va kengroq diapazonligi, baland avji mavjudligi bilan xalq ashulalaridan sezilarli darajada farqlanadi. Shu tufayli ashula shaklidagi asar mumtoz va bastakorlik ijodiyotlarida keng o’rin olgan, uning lokal variantlari mavjud, jumladan, Buxoroda xalq ashula, Xorazmda suvora, naqsh deb yuritiladi. Bunday ashulalar shaklan va mazmunan yanada murakkabroq va mukammalroq bo’lib, mumtoz musiqamizning salmoqli qismini tashkil etadi. Bu ashulalar yakka ijroda, cholg’u ansambli jo’rligida aytilib kelingan. Ularning rivojlanish jarayoni daromaddan boshlanib tobora avjlangan holda rivojlanadi. «Adolat tanovari», «Munojot», «Girya», «Ko’chabog’i», «Adashganman», «Qomating», «Kurd» kabi mumtoz ashulalar xonandalar repertuaridan mustahkam o’rin olgan. “Tanovar” xalq va mumtoz ashula yo’llari xalqimiz orasida keng tarqalgan. Uning xalq yo’lidagi “Sumbula”, “Qora soch”, “Etdi sendek” variantlari dutor jo’rnavozligida talqin etilgan bo’lib, “Farg’onacha tanovar”, “Toshkent tanovari”, “Qo’qoncha tanovari”, “Yovvoiy tanovar” kabi mumtoz ashula yo’llari ham ijod etilib, xalqimiz orasida ommalashib ketgan. “Tanovar» yo’llariga ko’pgina o’zbek bastakorlari va xonandalari yondoshgan holda uning noyob va o’zgacha ijod va ijro talqinlarini yaratilishiga muvaffaq bo’lishgan. Bu asar mazmunan, shaklan va o’zining kuychangligi, hayajonligi bilan ajralib turadi. Kuyning keng rivoji, ohanglar bezaklar bilan ko’proq boyitilishi, uning sadolanishi asarning ehtirosli, shirador va ta’sirchanligi chiqishi tinglovchiga zavq va huzur baxsh etadi.“Tanovar”ning boshlanQich ohanglari, mustasnosiz, o’rta pardalarda joylashgan bo’lib, ijro jarayonida asta-sekin rivojlanib (kuy diapazoni kengayib) boradi va avj qismida o’zining ta’sirchanlik holatiga olib keladi. Unda tinglovchini ham, ijrochi ham hayajonli bir tuyg’uni his etishiga va ikkiyoqlama xususiyat kasb etiladi. Umuman olganda ashulaning har bir obrazi va har bir shakl tuzilmasi tarkibida o’z aksini topadi. O’zbek mumtoz musiqasini tashkil etgan, badiiy barkamol, shaklan murakkab, usluban mukammal sifatlari bilan ta’riflanuvchi mumtoz ashulalar qatorida yana bir namunalari mavjud. Alohida musiqa asari sifatida ma’lum maqom sho’’basi asosida yuzaga kelgan, yetuk hofizlar talqinida ma’lum va mashhur bo’lgan «maqom ashula yo’llari» ham mumtoz ashulachilik ijodiyotining mahsuli bo’lib, bular – «Samarqand Ushshog’i» yoki «Hoji Abdulaziz Ushshog’i», «Sodirxon hofiz Ushshog’i», «Qadimiy ushshoq», «Toshkent Ushshog’i» yoki «Mulla To’ychi Ushshog’i», «Qo’qon irog’i», «Toshkent irog’i» va boshqalar .O’zbek xalqi azal azalda musiqa, san'at, madaniyat, me'morchilik sohalarida yuqori choqqilarni zabt etib kelgan. Hozirgi kunda ham mustaqil O’zbekistonimizda bu sohaga berilayotga e'tibor, yaratilgan imkoniyatlar juda katta bolib, ijod qilayotgan, sohani rivojlanishiga ozining hissasini qoshishga intilgan barcha yoshdagi ijodkorlarimizga oz vazifalarini sidqidildan bajarishlariga turtki bermoqda. Aynan muxtaram yurtboshimiz Shavkat Mirziyoyev Miromonivich tomonidan musiqa san‟atiga etibor qaratilganligi bu sohani rivoji xalq, jamiyat hayotida dolzarb ekanligi, madaniy va ma'rifiy yuksalish davlatimizning eng muhim maqsadi ekanligidan dalolat beradi. Shu jumladan, Shavkat Mirziyoyev 2017-yil 17-noyabr kuni “Ozbek milliy maqom san’atini yanada rivojlantirish chora tadbirlari togrisida”gi qarorni qabul qildi. Maqom san’atini yanada rivojlantirish, bu borada shakllangan maktablar an’analarini, buyuk bastakorlar, hofiz va sozandalar merosini chuqur ilmiyasosda organish va qayta tiklash kabi dolzarb vazifalarni bajarish maqsadida Ozbekmilliy maqom san’ati markazi tashkil etilmoqda. Ozbek mumtoz musiqasi otmishdan ozining teran ma'noga ega ekanligi, murakkabu-mukammalligi va beqiyos an'analarni ozida mujassam etganiligi bilan ozga xalqlar musiqasidan ajralib turadi. Ushbu musiqa ijodiyotida xalqimizning otmish an'analari, boy va teran ma'nolarga asoslangan tarixi muhirlangan. Ularning har bir namunasi tarixdan bir sadodir. Ozbek mumtoz musiqa tarixiga nazar solsak otmishdan ikki yonalish ya'ni bir biridan paydo boluvchi va bir birini toldiruvchi shuningdek ozining alohida hususiyatlariga va sifatlariga ega bolgan yonalishlardan tashkil topgan. Bulardan biri, hayotiy mezonlar bilan bogliq folklori bolsa, ikkinchisi ana shu jonli jarayonning ijodkori tafakkuri bilan toldirilgan mumtoz musiqa yonalishidir. Shakillanish va ravnaqi yolida har ikki yonalish ozining ichki qonuniyatlari, shaklu shamoili, ishlash uslubi, mavqei, joyi, vaqti, ijro an'anlari va shu kabi qator oziga xos xususiyat asosida rivoj topib shakillanib bugungi kunga qadar yetib kelmoqda. Bu ikki yonalishni ijodiy mezon, ijrochilik an'analari va talqin masalalarida e'tiborga loyiq oziga xoslik jihatlari talayginadir. Manbalarga kora, professional (ustozona) sanat bizning hududlarimizda milodning birinchi asrlarida yuzaga kelgan va rivojlangan. Mumtoz musiqa deganda ozbek xalqiga mansub, uning yetuk sozanda bastakorlari tomonidan asrlar davomida yaratilgan musiqa san'at namunalari(aytim-ashula va cholgu musiqalari) kozda tutiladi.[5,25] XX asrda ozbek mumtoz musiqasi namunalarini toplash va yozib olish zamonaviy Yervropa nota yozuvida ifodalash ishlari avj oladi. Buxoro "Shashmaqom"i ilk bor rus kompozitori Viktor Uspenskiy tomonidan notaga olinib (1923), toplam sifatida chop etildi, keyinchalik Boboqul Fayzullayev, Shonazar Sohibov va Fazliddin Shahobovlar(Tojikiston 1950-1961),Yunus Rajabiy (Ozbekiston 1959), kabi ijrochi va bastakorlar tomonidan yozib olinib nashr etildi. "Xorazm maqomlari" turkumi Komil Devoniy tomonida ( XIX asrning ohirida) ihtiro etilgan "tanbur chizigi" yozuvida kuy, usul va ijro asoslari qonunlashtirilib, qoidalarga boysungan holda mukammal ijro etilishi Xorazmda yolga qoyilgan. Yozib olingan va nashr etilgan toplamlar orqali ilmiy tadqiqot ishlari ham jadallashdi, shu bois XX asrning birinchi yarmida Rahmon Bekjon va Devonzoda . A. Fitrat, N. Mironov, V.Uspenskiy, V. Belyayev , Y. Romonovskaya, I. Akbarovlarning mumtoz musiqa masalalariga bag`ishlangan maqolalar va kitoblari yuzaga keldi, XX asrning ikkinhi yarmidan bu ishlar yanada rivojlanib, I. Rajabov, Y.Rajabiy, F. Karmatov, T.Vizgo, T.Gofurbekov, O. Matyoqubov, R. Abdullayev, A,Jumayev, A.Nazarov, R.Yunusov, O. Ibrohimov, S.Begmatov kabi musiqashunos olimlar ilmiy ishlarida oz aksini topdi.[4,54] Viktor Aleksandrovich Uspenskiy (1879-1949) Ozbekiston va Turkmaniston xalq artisti, san'atshunoshlik fanlar doktori, musiqa etnograf, oqituvchi va iste'dodli kompozitor. U 1917-yildan Toshkentda ozining kop qirrali ijodiy va jamoatchilik faoliyati bilan respublikamiz musiqa madaniyati rivojlanishiga kata hissa qoshgan va Ozbekiston hamda Turkmaniston hududlarida folklore ekspeditsiyasi otkazdi. Xalq va mumtoz musiqa namunalarini yozib iolinishida eng katta tashabbus korsatgan. 1923-yilda ustoz ijrochilardan "Shashmaqom" turkumini yozib oldi va 1924-yilda Moskvada "Olti musiqali poema" nomidagi toplamni nashr etildi. Shu yillar davomida "Fargona Toshkent maomlari", kattaashula va zikr aytimlarini yozib olgan. Ozbek xalqining xalq va mumtoz musiqasi namunalarini yozib olgan, jumladan, Xorazm maqomlarining cholgu yollarini 1939-yili "Xorazm klassik musiqasi” nomi bilan chop ettirgan. Koplab nota toplamlari va maqolalar muallifi. Yunus Rajabiy Ozbekiston xalq artisti, Davlat mukofoti sovrindori, sozanda, hofiz va bastakor, Ozbekiston Fanlar akademigi. Ozbek musiqasini saqlab, targib etish va rivojlantirishda jonbozlik korsatgan. Ozbekistonda ijro jamoalari, teatrlari va ansambllari tashkil etish ularni faoliyatini kengaytirishda faol ishtirok etdi, 1927- yili Ozbekiston radio qoshida etnografik ansambl (keynchalik xalq cholsgu orkesrtori), 1958-yilda esa ilk professional maqom ansambli va boshqa jamoalar yuzga kelishida ozining beqiyos xissasini qoshgan. 1930-yildan boshlab xalq qoshiq va kuylarini, maqomlar va bastakorlar asarlarini notaga yozib oldi va 1955-yilda "Ozbek xalq musiqasi'" kop tomlik antologiyasida chop eta boshladi. Buxoro "Shashmaqomi", "Fargona -Toshkent maqomlari", katta ashula va cholgu kuylarini yetuk san'atkorlar ijrosidan yozib olindi. 1978-yilda "Musiqa merosimiziga bir nazar" nomli risolasi ha shular jumlasidan.

Yunus Rajabiy ijodida ashulalar, cholgu asarlari va musiqali dramalar orin olgan. Matniyoz Yusupov(1925-1992) Ozbekistonda hizmat korsatgan san'at arbobi, sozanda, honanda va kompozitor. Toshkent Davlat Konservatoriyasini tamomlagan (1960. U musiqali drama, opera, vokalsimfonik va kopgina qoshiqlar muallifi. M.Yusupov Xorazm xalq qoshiq va kuylari, doston qoshiqlar va asosan Xorazim maqomlarini yozib olgan. Uning nota yozuvlari "Ozbek xalq musiqasi antologiyasinig VI va VII jildlarida (1958- 1960), uchtomlik beshta kitobdan iborat "Xorazm maqomlari" toplamida (1978-1991) Is'hoq Rajabov (1927-1982) sozanda va maqomshunos olim, san'atshunoslikfanlari doktori (1971). Orta Osiyo davlat universitetini tugatgan (1950). Ozbek musiqasi tarixi , orta asr "Musiqiy risolalar " va ayniqsa, ozbekmaqomlariga ilmiy- tadqiqot ishlarini olib borgan. "Maqomlar masalasiga doir" (1963), "Maqom asoslari" (1992) va kopgina maqolalar muallifi. Toshkent davlat konservatoriyasida "Maqom asoslari" fanidan ijrochi- talabalarga saboq berib kelgan ustozlar sirasidan. Fayzulla Muzaffarovich Karomatli (1925) Ozbekistonda hizmat korsatgan fan arbobi, san'atshunoslik fanlar doktori, (1971) professor, musiqashunos, Nizomiy nomidagi Toshkentpedagogika instituti (1944) va Toshkent davlat konservatoriyasi (1950) tamomlagan. 1972- yili Toshkent 'konservatoriyasi qoshidagi "Sharq musiqasi" kafedrasini tashkil etgan. 1954- yilan boshlab Ozbekiston va Markaaziy Osiyo davaltlari boylab otkazilgan ekspeditsiyalarda rahbarlik qilgan. Ozbek vsTojik an'anaviy musiqasi namunalarini toplab, yozib olish ishlarini olib borgan. "Ozbek xalq musiqa merosi XX asr' 1,2 kitoblar (1978- 1985), "Pomir musiqa san'ati", 1 2- tomlar ( N.N urjonov bilan birgalikda 1978 1985). "Ozbek cholgu musiqasi merosi" (1972) va boshqalar. U faoliyati mobaynida Xalqaro "Maqom" guruhi hamraisi bolib ham korsatgan. Ozbek an'anaviy musiqiy namunalarini toplash, magnit tasmalarga yozib olish, hujjatlashtirish, nota yozuvida muhrlash va ilmiy organish hamda ularni nota toplamlari, kitoblar va gramoplastinkalar orqali nash etishda san'atshunoslik ilmiy-tadqiqot institutining faoliyati ahamyatlidir. 1928-yili Samaqrand Ozbeklarning xalq va klassik musiqasini organish ilmiy tekshirish instituti sifatida ish boshlagan muassasa, keyinchalik ozbek musiqasini organish markazigaaylandi. V.Uspenskiy, I.Akbarov, F.Karomatli kabi atoqli olimlar rahbarligida respublikaning va Markaziy Osiyoning turli jouylarida ekspeditsiya ishlari olib borildi. Natijada Ozbekistonda juda boy musiqas arxivi yuzaga keldi va kundan kunga boyib bordi. Hozirgi kunda institut fonatekasi 1million metrdan ziyod magnit tasmalarda va audio disklarda xalqimizning noyob durdonalariturli xalq qoshiqlaridan tortib to yetuk san'atkorlar tomonidan ijro etilgan yirik maqom tukumlarigacha saqlanmoqda
2.2 Mumtoz musiqaning madaniyatimizdagi o’rni
Musiqa madaniyati xalqlar orasidagi yaqinlikni, do'stlikni mustahkamlaydigan omil. Ma’naviyati buyuk bo‘lgan xalqning kelajagi ham buyukdir. Ma’naviyati boy bo‘lgan xalqimizning mumtoz musiqa merosi beqiyos ekanligiga o‘tgan darslar davomida guvoh bolindi. Mumtoz musiqa xalqimizning ustoz sozanda, xonanda va bastakorlari tomonidan yaratilgan ma’naviy oziqadir. Ularning mukammalligi, serko‘lamligi, salohiyatliligi va salobatliligi esa buyuklik nishonasidir Shu bois, har bir davr ijodkorlari o‘z xalqining o‘tmishiga tayansa, mumtoz musiqasini ardoqlasa va an’analarini davom ettirsa, kelajak uchun munosib ish qilgan bo‘ladi. Har qanday zamonaviy ijod o‘tmish an ’analari bilan sug‘orilsa, u ijod namunasi millat faxriga aylanadi.
KLASSIKi MUSIQA
Klassik musiqa deb, muayyan shakl asosida yaratilgan musiqiy asarlarga
aytiladi. 0 ‘zbek xalq klassik musiqasi janrlariga maqomlar, maqom yo‘lida yaratilgan ashulalar va kuylar, katta ashula va suvoralar kiradi. Klassik musiqani o‘tmishda yashab ijod qilgan bastakorlar, sozanda va xonandalar yaratganlar. Klassik musiqa janrlarining har biri o‘z shakliga ega. Klassik musiqa mukammal musiqiy cholg‘ularda ijro etiladi. 0 ‘zbek maqomlari, odatda, tanbur sozida ijro etilgan. Maqomlarda usul tizimi juda muhimligi sababli, doyra cholg‘usi xonandalarning sozi bo‘lgan. Doyrani chertib xonish qilganlar. Hozirgi davrga kelib maqomlami chang, qonun, nay, surnay, rubob, g‘ijjak va dutorlarda ijro etish mumkin. 'Klassik iborasi mumtoz so‘zi bilan ma’nodosh. Amaliyotda butun jahon musiqasiga nisbatan tushunilganligi bois, o'quvchilarga «klassik» deb bayon etish lozim ko‘rildi.
SURXONDARYO VA QASHQADARYO
M UM TOZ M USIQASI
Surxondaryo va Qashqadaryo vohasi o‘zining mahalliy urf-odatlari va an’analari bilan alohida ajralib turadi. Ularning mumtoz musiqasi asosan dostonchilik bilan bog‘liqdir. Doston ijrochilik an’analarida esa adabiy-nasriy va musiqiy xislatlar mujassamlashgan.Doston ijrochiligining o‘ziga xosligi - ularning ovoz ishlatishida (tomoqda kuylaydi) va d o ‘m bira ch o lg ‘usida jo ‘r bo‘Hshidadir. Shu bois, bu voha ko‘proq dostonchilik san’ati bilan mashhur. Doston ijrochilari xalq orasida dostonchi, baxshi, shoir deb ataladi. Dostonlaming qo‘shiq qilib aytiladigan qismi esa «noma» deyiladi. Bu vohada eng ko‘p tarqalgan dostonlardan «Alpomish», «Sohibqiron», «Avazxon», «Iskandarnoma», «Go‘ro‘g‘li», «Oshiq G ‘arib va Shohsanam» va boshqalar. Ular tarixiy bahodirlik va ishqiy dostonlar hisoblanadi.
XORAZM VOHASINING MUMTOZ
MUSIQASI
Xorazm eng qadimiy madaniyatga ega bo'lgan, o‘zining madaniyati va san’ati bilan 0 ‘rta Osiyo madaniyati taraqqiyotiga katta hissa qo‘shgan vohalardan biri.
Xorazm mumtoz musiqasi janrlarga boy. Chunonchi, maqom, maqom yollarida yaratilgan mumtoz kuy va ashula hamda o‘ziga xos doston ijrochiligi san’atlariga ega. Xorazm maqomlari «Rost», «Buzruk», «Navo», «Dugoh», «Segoh», «Iroq» va «Panjgoh» (to‘liq bo'lmagan qism) lardan iborat. Umuman, ular «Olti yarim maqom» deb yuritiladi. Xorazm maqomlaridan tashqari, bu vohaga xos bo'lgan «Suvora», «Naqsh», «Faryod» kabi mumtoz kuy va ashulalar ham bor. Bular aynan Xorazm mumtoz musiqasining namunalaridir. Ularning ijro uslublarida o'ziga xoslik mavjud. Ular cholg‘u va ashula ijrochiligida yaqqol seziladi. XIX asrda esa Xorazm maqomlari «Xorazm tanbur chizig‘1» asosida notaga olingan. Xorazm mumtoz musiqasining yana bir turi - bu doston ijrochiligidir. Chunki bu vohada dostonlar ham ashula uslubida ijro etiladi. Doston ijrochilari xalq orasida baxshi nomi bilan yuritiladi (jumladan, Bolabaxshi). Xorazm vohasi mumtoz musiqa ijrochiligiga xos cholg‘ular quyidagilardir; tor, g‘ijjak, qo‘shnay, tanbur, dutor, surnay va doyra. Xorazm mumtoz musiqasining ustozlari Madrahim Sheroziy, Hojixon Boltayev, Komiljon Otaniyozovlar.
FARG‘ONA - TOSHKENT VOHASINING
MUMTOZ MUSIQASI
0‘zbekistonda har bir vohaning o‘ziga xos musiqiy an’analari mavjud. Farg‘ona-Toshkent vohasining mumtoz musiqasi shu yerda yashaydigan xalqlarning turmush tarzi, mashg'uloti va etnik hayoti asosida vujudga kelgan. Ushbu voha mumtoz musiqasiga maqom yo‘llarida yaratilgan asarlar kiradi. Bular:«Bayot I—V», « Gulyor-Shahnoz I—V», «Dugoh Husayniy I—VII»,
«Chorgoh I-V» lar. Shu bilan birga, vohaga xos bo‘lgan cholg‘u turkumlari, surnay yo‘llari va ayniqsa, katta ashula janri alohida e’tiborga loyiqdir. DUGOH HUSAYNIY TARONASI M.M. J = 92 Xalq musiqasi Kel-sang a-gar kul-bam a-ro boshus- tiJ 1 H bosh us- ti- na... Farg‘ona — Toshkent mumtoz musiqa namunalari orasida Shashmaqomga nisbatan soddaroq, xalq ashulalari, katta ashulalar va qo'shiq janrlarining ta’sirida yaratilgan juda ko‘p asarlar mavjud. Bu vohaning mumtoz musiqasiga seijilolik, kuychanlik, joziba va shu bilan birga, erkinhk xosdir. Shu bois, bu vohadan ijrochilik yo‘llariga ega bo‘lgan sozanda va xonandalar ko‘p chiqqan. Jumladan, Erka qori Karimov, Mamatbuva Sattorov, Jo‘raxon Sultonov, Ma’muijon Uzoqov, Usta Ro'zimat Isaboyev, Abduqodir Ismoilov, G ‘anijon Toshmatov, Yunus Rajabiy, Faxriddin Sodiqov, Fattohxon Mamadaliyev kabi ustoz san’atkorlarni tilga olishimiz mumkin.
XULOSA.
O‘zbek mumtoz musiqasining zarhal sahifalarini varaqlar ekanmiz, undagi bor nozik jihatlarini ehtirof etmasdan iloji yo‘q. Chunki bu jihatlami ilmiy o‘rganish, tahlil etish va yakuniy xulosalar chiqarish har bir tadqiqotchi olimning dolzarb vazifalaridan biridir. Maqomlaming parda, usul tizimlari, ulaming ma’anaviy hayotdagi o‘mi haqida Kindiy, Forobiy, Ibn Sino, Urmaviy, Mahmud Sheroziy, Marog‘iy, Kavkabiy, Darvesh Ali Changiy kabi olimlar o‘z tadqiqotlarida batafsil to‘xtalganlar. Bu an’ana xonliklar davrida ham, XIX Asrlarda ham davom ettirilgan. XX asming 30 yillariga kelib esa, yangicha, zamonaviy talablar doirasida, Yevropa usuliga suyangan holda maqomlar tadqiq va tahlil etila boshlandi. Xorazmning el maqomlari bo‘lmish Dutor maqomlari ham XX asming mazkur davridan boshlab qisman o‘rganilgan. Biz ushbu tadqiqotimizni Dutor maqomlarining keng qamrovi bilan tadqiq qilishga bag‘ishlagan edik. Tadqiqot davomida quyidagi xulosalarga kelindi: 1. Maqomlami tahlil qilish, ulami ilmiy o‘rganish va amaliyotga joriy etish. Xorazm tadqiqotchilari tomonidan XIX asming 70-yillariga kelib, Xorazm maqomlarini to‘la qog‘ozga tushirish yo‘llarini kashf qilganliklari. Bu qilingan ish tarixga Xorazm Tanbur chizig‘i nomi bilan kirganligi. Shashmaqom bizgacha udum sifatida yetib kelgan. Xiva xonlarining Qo‘ng‘irot sulolasi davrida xonlaming musiqaga bo‘lgan ijobiy munosabatlari, XIX boshlarida Niyozjonxo‘ja Buxoroga borib, Shashmaqom ilmini o‘rganib, Xorazmda joriy qilishga harakat qilgani, Xorazm maqomlari bu davrlarda yuksalgani va yangi tartibda tizilgani, bu jarayon Muhammad Rahimxon Feruz davriga kelib o‘z cho‘qqisiga ko‘tarilganligi haqidagi ma’lumotlami kirgizdik. 2. Manbalardan ma’lum bo‘ldiki, XIX asming 20-yillarida Niyozjonxo‘ja Buxoroga borib, Shashmaqom va uning tarkibini o‘rganib keladi. Niyozjonxo‘janing ismi Xorazm maqom tarixida alohida tilga olinadi. Binobarin, u Xorazm musiqashunoslari va sozandayu xonandalari orasida tanilgan edi. Munis va Ogahiyning tarixiy asarlarida Niyozjonxo‘janing ismi Sayid Niyozjon tarzida uchraydi.Niyozjonxo‘janing Xorazm maqomlariga qilgan muhim xizmati shundan iboratki, u Buxoro Shashmaqomi asosida Xorazmning milliy maqomlarini, kuy-qo‘shiqlarini qayta ishlab, Xorazmning o‘ziga xos milliy-mahalliy maqom tizimini ishlab chiqdi. Bunda Xorazmning Olti yarim maqomi nazarda tutiladi, albatta. Xorazmning el maqomlari, xalq kuylari esa Dutor maqomlari sifatida alohida tizim bo‘lib, azaldan kelayotgan mumtoz kuy va ashulalar bo‘lib qolaverdi. 3. Muhammad Rahimxon Feruzning musiqaga nisbatan alohida e’tibori natijasida Xorazm Tanbur chizig‘ini yaratish fikri tug‘ildi va bunga Xorazmning mashhur musiqashunosi, davlat arbobi Komil Xorazmiy mas’ul qilib tayinlandi. Keyinchalik Komil Xorazmiyning yoshi ulug‘ligi, ko'zidagi kasallik e’tiborga olinib, Xorazm Tanbur chizig‘ini mukammal tugallash ishlarining boshida Xon Feruzning musiqadagi ustozi, Komil Xorazmiyning katta o‘g‘li Muhammad Rasul Mirzo turib, Xorazm Tanbur chizig‘iga Xorazm maqomlarini to‘la olish ustida sozanda va xonandalami ikkita guruhga ajratib, birdaniga ish olib bordilar. Maqomlaming aytim yo‘llarini qog‘ozga tushirishda Mirzoning о ‘ zi boshchilik qilgan bo ‘ Isa, chertim yo ‘ llariga mohir xattot va sozanda Xudoybergan Muhrkan boshchilik qilgan. Xorazm Tanbur chizig‘i XIX asming 80-yillarida Muhammad Rahimxon Feruzning tashabbusi va homiyligi yordamida Komil Xorazmiy boshchiligidagi bir guruh musiqashunoslar tomonidan yuzaga keldi va qariyb yarim asr davomida amaliyotda joriy etildi. Xorazm Tanbur chizig‘ida Tanbur maqomlaridan olti yarim maqomning aytim va chertim yo‘llari va Dutor maqomlari to‘la ravishda o‘z ifodasini topgan. 4. XX asming 30-yillariga kelib, Komil Devoniy tomonidan Xorazm Tanbur chizig‘ining yangi nusxalari yaratildi. Komil Devoniy o‘z davrida Xorazm maqomlarining aytim yo‘llarini ishlashni maqsad qildi va buni to‘la amalga oshirdi. Uning nusxasi 2002-yilda topilib, 0‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.Karimov tomonidan 0‘zbekiston davlat konservatoriyasi muzeyiga topshirildi.
ADABIYOTLAR
1.S.BEGMATOV, D. KARIMOVA, Q. MAMIROV MUSIQA
6-SINF UCHUN DARSLIK 6-sinf uchun darslik
Qayta ishlangan 5-nashri 0 ‘zbekiston Respublikasi Xalq ta ’limi vazirligi nashrga tavsiya etgan G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi Toshkent — 2008
2.0 ‘ZBEKIST0N RESPUBLIKASI OLIY VA 0 ‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI Madrimov Bahrom Xudoynazarovich 0‘ZBEK MUSIQA TARIXI О ‘zbekiston Respublikasi Oliy va о ‘rta maxsus ta ’lim vazirligi tomonidan 2— Musiqiy ta ’lim yo‘nalishi talabalari uchun о ‘quv qo 'llanma sifatida tavsiya etilgan TOSHKENT-2018


Download 78.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling