Laboratoriya ishi N2 Mavzu: Kichik o’lchamdagi lokal kompyuter tarmoqlarini yaratish Ishning maqsadi: Lokal tarmoq yaratishdan maqsad-tashkilotlar, oliy o‘quv yurtlarida mavjud kompyuter parki va uning resurslari


Download 124.62 Kb.
bet1/6
Sana14.10.2023
Hajmi124.62 Kb.
#1701575
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2-tajriba ishi. Kichik o’lchamdagi lokal kompyuter tarmoqlarini




Laboratoriya ishi N2
Mavzu: Kichik o’lchamdagi lokal kompyuter tarmoqlarini yaratish
Ishning maqsadi: Lokal tarmoq yaratishdan maqsad-tashkilotlar, oliy o‘quv yurtlarida mavjud kompyuter parki va uning resurslari (printer, skaner, katalog, fayllari) dan unumli, tejamli foydalanishni tashkil qilishni o’rganish.
Ishning vazifasi: Lokal tarmoq haqida va uning turlari haqida tushunchaga ega bo’lish va sozlashni o’rganish
Nazariy qism: Lokal tarmoq turlari va ularning o‘ziga xos xususiyatlari.

Lokal tarmog‘ini uchta sxema orqali ulashimiz mumkin. Shinali ulanish-chiziqli ma’lumotlarni ishlatish kanalini ishlatadi, unga nisbatan qisqa biriktiruvchi liniyalar vositasi bilan interfeys plata orqali barcha uzellar ulangandir. Tarmoqning uzatish uzelidan ma’lumotlar shina bo‘yicha ikkita tomonga tarqatiladi. Oraliqdagi uzellar kelayotgan axborotlarni translyatsiya(olib ko‘rsatish) qilmaydi. Ma’lumot hamma uzellarga keladi, lekin axborotni kimga yuborilgan bo‘lsa, o‘sha qabul qiladi.
Shinali ulanish eng oddiy tarmoqlardan biridir. Bunday tarmoqni yengil kuchaytiriladi va konfiguratsiyalanadi hamda turli xil tizimlarga moslashtiriladi; u alohida uzellarning mumkin bo‘lgan nozozliklariga nisbatan turg‘indir. Shinali tarmoq keng ma’lum bo‘lgan Ethernet tarmog‘i va uning bazasida tashkil etilgan, ofislarda ishlatiladi. 
Halqali tarmog‘ida (aylanma ulanish) hamma uzellar aloqa kanallari bilan umumiy yopiq halqaga ulangan. Tarmoq bir uzelining chiqishi keyingisining kirishi bilan ulanadi. Halqa bo‘yicha ma’lumot uzeldan uzelga uzatiladi va har bir uzel yuborilgan axborotni retranslyatsiya qiladi. Buning uchun har bir uzelda tarmoqda ma’lumotlarning o‘tishini boshqarish imkonini beradigan o‘zining interfeysli va uzatuvchi-qabul qiluvchi apparaturasi bor. Uzatuvchi-qabul qiluvchi apparaturani soddalashtirish maqsadida halqa bo‘yicha qiymatlarni uzatish, ko‘pincha, faqat bir yo‘nalishda bajariladi. Qabul qiluvchi uzel faqat unga yuborilgan axborotni qabul qiladi va anglab oladi.
O‘zining moslashuvchanligi va ishonchliligi bilan amaliyotda keng tarqalgandir. 
Yulduzsimon tarmog‘i tarmoqning asosini server tashkil qiladi, unga ishchi stansiyalarning har biri o‘zining aloqa liniyasi bo‘yicha ulanadi. Barcha ma’lumot markaziy uzel orqali uzatiladi, u tarmoqdagi ma’lumot oqimlarini retranslyatsiya qiladi, qayta ulaydi va marshrutlaydi.
Bunday tarmoq o‘zining tuzilishi bo‘yicha, aslini olganda, teleqayta ishlash tizimiga o‘xshash bo‘ladi, unda hamma abonent punktlari intelektual bo‘ladi.


Download 124.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling