Kurs ishi mavzu: O’zbek musiqa teatri «halima»


«Halima» asari chop etilmagan. Uning 1929-yili Andijon teatrida


Download 45.89 Kb.
bet4/6
Sana21.06.2023
Hajmi45.89 Kb.
#1639074
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
UMARALIYEV G\'AYRATBEK JOHON

..«Halima» asari chop etilmagan. Uning 1929-yili Andijon teatrida
sahnalashtirilgan va hozirda Hamza nomidagi san’atshunoslik institutida saqlanuvchi
nusxasidan ikki sahna chop etildi.

«HALIMA» Birinchi parda
Sahna. Halimaning otasini bog’i bo’lib, har tomonda gullar ochilgan. Ko’m-ko’k mevalar daraxti, bog’ning maysazor joyida skameyka qo’yilgan. Erta tong vaqti, bulbullar va turli qushlar sayragan, ko’rkam bir manzara. Tong otib kelar oldida yoki boloxonasimon shiypon. Shiyponda Halima uxlab yotgan bo’ladi. Shiypon oldida hovuz bo’ladi. Hovuz atrofi gullarga bezangan va serdaraxt ko’rkam bir joy. Muzika «Navo» kuyi chaladi, uzoqdan Ne’matning ovozi. Muzika «Iroq» kuyi chaladi, parda ochiladi. «Iroq»...
N e’ m a t — Kel, ey tongning shamoli uyqudan dildorimni uyg’ot, Qadrdon do’stiga boqmas vafosiz yorimni uyg’ot, G’arib bulbulni sayratgan guli-gulzorimni uyg’ot, Ko’ngilga fitnalar solgan alamlik torimni uyg’ot, Ko’ngilni o’zga band etgan sahar setorimni uyg’ot, Avj. — Ko’zimda uyqu yo’q tunlar yurib jononni izlarman. Farog’at qolmadi tanda tilak armonni izlarman Sulaymon taxtiga mingan ulug’ xoqonni izlarman. Muhabbat mulkiga kirgan aziz sultonni izlarman, Judolik kuyini chalgan ko’ngil ozorini uyg’ot. E... Jonim Halima seni bir ko’rsam edi yuragimdagi sevgi hasratlarimni aytib olgan bo’lur edim. Kecha Ortiqboy dadangning oldiga odam yuborib seni so’rabdi. Dadang «xo’p» deganday qilib javob beribdi.
Muzika: «Omon-omon» ashulasi:
Ne’matning ashulasi:
E, gullar ochilmanglar Bulbullar sayramanglar, omon-omon, To’xtang qushlar uchmanglar, omon-omon-e. Suvlar oqmang jildirab, omon-omon. Yiltirab qaramanglar, Guvullamang, e o’rmonlar. Dardimni qo’zg’atmanglar, omon-omon Dardimni qo’zg’atmanglar, Ko’nglimni ko’p buzmanglar — Sirli ovozlaring bilan, omon-omon, Ohu navo tuzmanglar.
(Uzoqdan muzika «Chorgoh» avji eshitiladi). Bog’dan kelur cholg’u sasi Qo’zg’alur dil qayg’usi, omon-omon. Kim uning cholg’uchisi. Yaxshilab chol cholg’uchi Barakat qo’lingning kuchi, omon-omon. Sevgilim hasratini Aytib olay cholg’uchi, omon-omon. Aytib olay cholg’uchi.
Ne’mat bog’dan chiqib keta boshlaydi. Birozdan so’ng Halima boq’qa chiqib, sochini o’rib, skameykaga o’tirib «Qanchalar» ashulasini aytadi. Muzika. «Qanchalar» (Halima) Qanchalar qon yig’lasam, holimni so’rmas hech kim, Rahm etib ko’zimdagi yoshimni bilmas hech kim, Yo’lda yotsam yastanib menga egilmas hech kim, Ko’ksimni ming pora qilsam menga boqmas hech kim, Yoridin payxam olib, men sari kelmas hech kim. Bilmadim bu dardimni kimlarga izhor aylasam, Dardi yo’qlar ichra qoldim bilmam endi naylasam, Ishqi dardi dilga sig’mas endi qayga joylasam, Telba Majnun ko’nglimni qay band birlan bog’lasam, Men kabi mazlum bo’lib yig’lab ezilmas hech kim.
Halimaning onasi chiqadi.
Ro k i y a — Halima, Halima, Halima-yu... Choyingni ich! H a l i m a — Hozir deb javob berib, daraxt, gullarga termulib o’ltirib, ashula aytadi.
Muzika chaladi. «Bahor o’ldi» (Halima) Bahor o’ldi ochildi gullar har yonda, Bulbullar sayrashurlar u yon, bu yonda.
Tog’ ustida qo’zilar ma’rab o’tlashurlar Tog’dan toshga echkilar sakrab o’ynashurlar. Tog’dan pastga tushadir tiniq suv jildirab Ko’l ichida suv to’la turadi (jildirab) mil-millab. Har yon bezangan bezanmish turli o’t bilan yashnashib, Bilmam ko’nglim ochilmas hech bir o’yin-kulgi bilan.
Shu payt Ortiqboy yuborgan sovchilar — dasturxonchi Xoljon xola bilan boyning singlisi Norxonim ko’chadan kirib kelishadi. (Bog’ni) eshigidan boq’qa haraydilar. Xoljon xola Norxonimga Halimani ko’rsatib maqtaydi. (Halimani orqasidan ko’rishadi.)
X o l j o n — Kelin qilsang arzigudek, qarang orqasi to’la soch, husni bo’lsa undan yaxshi.
Xoljon xola, Rokiya, Rokiya deb chaqiradi. R o k i y a — Voy nechuk shamol uchirdi, hoy Halima, ko’rishadi. Supaga ko’rpacha solib o’tqizadi. Fotiha o’qilgach dasturxon yozmoqchi bo’lib harakat qiladi. (Xoljon xola «qo’y bolam ovora bo’lma!», — deydi).
X o l j o n — Rokiya, qo’y bolam dasturxonga ovora bo’lma!
R o k i y a — Voy aylanay, kelib yuribsizlarmi, Qutlug’ uydan quruq chiqma, (Samovar qaynab, non ushatadi).
X o l j o n — Aylanay Rokiya, qulchilikka keldim. Juda yaxshi joy, yegani oldida, yemagani ketida, bir qo’li moyda bo’ladi, bersang shunday joyga berasan.
N o r x o n i m — (so’zga aralashib) Akam ham obro’lik odam, o’zlari esa endi 65 yoshga kirdilar.
R o k i y a — Hali qizim yosh, endi 16 yoshga kirdi: otasi bor, akasi bor, otasi biladi. X o l j o n — (Fotiha o’qib turishadi. Rokiyaga) Bo’sh kelma, eringni qo’lga ol, orqa- voshlarini silab ko’ndir, qizing borsa yayrab, yashnaydigan joy. (Chiqib ketishadi. Halima shu payt daraxt panasida yashirinib turgan bo’lib, xotinlarning so’zlarini eshitib oladi. Halimani onasi bog’dan chaqiradi. Halima uyga kiradi. Shu vaqt bog’ orqasidan Ne’matning ashulasi eshitiladi.)
Muzika «Sayra bulbul» kuyi:
N e ’ m a t — Sayra bulbul, chaqir mening go’zal yorim yor-yor, Bir yo’l to’yib ko’rsam yuzing yo’q armonim yor-yor. Chiq yolg’izim, chiq yonimga ko’rsat yuzing yor-yor, Bu dardimga davo topsang o’ygin o’zing yor-yor. Chiqmaysanmi yo’llaringga qarab qoldim yor-yor, Ayriliqning azobiga ko’p qiynaldim yor-yor.
Birga-birga yurgan choq’larin, yoshlik davrlarini eslab so’zlanadi. Muzika: «Qizg’on malagim» kuyi Qizg’on malagim chidolmam endi
Ayriliqqa hech tuzolmam endi Tinmay oqadir yosh ko’zlarimdan, Sensiz dunyoda turolmam endi. E — sevgiligim, go’zal Halima Bir kelib chiqsang edi yonima. Ko’nglimdagi dardlarimni aytsam Rahming kelardi bu yosh jonima!
Halima uyg’onib, sekin shiypondan tushadi. Muzika chalinadi.
H a l i m a — Ne’mat akajon, xush, kelibsiz Kimlar ila so’zlashib turibsiz, Kim bor edi oldingizda, ayting? Nega yolg’iz so’zlab o’ltirursiz?
N e’ m a t — Men yolg’iz emasman, e go’zal yor, Ko’nglimda hamisha suvrating bor. Kelding o’zing ham ko’nglim yoridi, Kel oldima so’zlashaylik biroz Bir so’z meni bul yerga keltirdi.
Ikkisi skameykaga o’ltiradi.
H a l i m a — Ul qanday so’z ekan. Sizni bu yerga keltirgan? N e’ m a t — Aytmay desam yuragim yonadi, aytsam tilim kuyadi. H a l i m a — Ayting tezroq, yuragimga o’t solmang u qanday so’z ekan, hozir oyim chaqirib qoladilar. N e’ m a t — Oh... Jonim Halima, yoshlikdagi birga o’ynab yurgandagi sening so’zlaring hech mening yodimdan ketmaydi: kecha zolim Ortiqboy dadangning oldiga kishi yuborgan ekan, dadang «xo’p» degandek javob beribdi.
H a l i m a — Ne’mat akajon, qo’ying, bu so’zlarni eshitgandan ko’ra quloqlarim sitilsin! U qari cholga borgandan ko’ra qora yerga borganim yaxshiroq.
N e’ m a t — Oh... Jonim Halima men kambag’al bo’lsam, seni otangdan so’ratsam otang «yo’q» deb javob beribdi, nima qilay hech ilojim yo’q.
Halimani onasi chaqirib qoladi.
R o k i y a — Halima, Halima-yu, Halima! H a l i m a — Ne’mat aka, yoshlikdagi bergan so’zim chin, sizdan o’zgani demayman. So’zim — so’z! — deb (Ne’matdan uzoqlashadi. Halima onasiga) Hozir (deb javob beradi.) Ne’mat qo’lidagi gulni Halimaga otadi. Halima hidlab qoladi.
Parda tushadi

Download 45.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling