Kurs ishi mavzu: O’zbek musiqa teatri «halima»
«HALIMA» ANDIJON TEATRIDA: HALIMA NOSIROVA
Download 45.89 Kb.
|
UMARALIYEV G\'AYRATBEK JOHON
- Bu sahifa navigatsiya:
- LUTFIXONIM SARIMSOQOVA ONA ROLINI QANDAY O’YNAGANI HAQIDA
«HALIMA» ANDIJON TEATRIDA: HALIMA NOSIROVA
HALIMA ROLI USTIDA QANDAY ISHLAGANI HAQIDA «Halima» dramasi ustida repetitsiyalar ham boshlanib ketdi. Men Halimaning yurak dardlarini ifodalaydigan ashulalarini bor vujudim bilan berilib aytardim. Muzika va so’zlar meni bolalik xotiralarim tomon, tug’ilib o’sgan qishlog’im tomon beixtiyor eltar, Hojar pamning qo’ng’iroqday yangroq ovozi, jilg’alarning mayin shildirashi, onamning mungli ashulalari va dutorning dilrabo sadolari Halimaning o’lim oldidagi ashulasi bilan qo’shilib ketib, yurakni o’rtaydigan, asablarni qaqshatuvchi yagona ohang kashf etardi... Adashguday bo’lsam, Muzaffar Muhamedov muloyimlik va ehtiyotkorlik bilan ogohlantiradi. Men uning ko’nglidagisini darrov tushunaman, yo’lga tushib olaman. Yangi spektaklni rejissorimiz ham, aktyorlar, muzikantlar ham zo’r zavq shavq bilan tayyorlashar edi. Hammamiz ham shu spektakl bilan yashar edik. Halima rolini tayyorlashimda menga Halima rolining birinchi ijrochisi Mahsuma Qoriyeva ko’p jihatdan ko’maklashdi. Keyin eski shaharga tushib, u yerdagi tanish xotin-qizlar bilan suhbatlashdim, ularning hikoyalari ham eski turmush yo’sini va eski urf-odatlarni xayolan tasavvur qilishimga yordam berdi. Bizning «Halima» postanovkamiz hamma vaqt zo’r muvaffaqiyat bilan o’tar edi. Men bu spektaklda Halima rolini besh yuz martadan ortiq ijro etdim, hamma vaqt tomoshabinning olqishiga sazovor bo’ldim. Yaqin o’tmishimiz haqida haqqoniy hikoya qiluvchi, xalqimizning sevimli muzikasi bilan yo’g’rilgan spektakl tomoshabinlarga shunday ma’qul bo’lib qolgan ediki, ulardan ko’pchiligi uni takror-takror ko’rardi. Pyesa O’zbekistondagi barcha teatrlarda qo’yildi, u o’n yildan ortiq sahnadan tushmadi. LUTFIXONIM SARIMSOQOVA ONA ROLINI QANDAY O’YNAGANI HAQIDA Teatrimiz G’ulom Zafariyning «Halima» pyesasini sahnalashtirdi. Bu asarda Ne’matning onasi obrazini yaratdim. Mana shu ona roli menga muvaffaqiyat bag’ishladi. Ilk namoyish kutganimizdan ham ziyoda bo’ldi. Oxirgi pardada Ne’mat o’lgach, onasi uning jasadi ustida ko’z yosh to’kib o’tirar ekan, parda asta-sekin yopilardi. Odatdagidek, Ne’mat «o’ldi». Ko’nglim buzilib, a’zoyi badanimni titroq bosdi, marsiya aytib, faryod urdim. Hamma bu marsiyaga mahliyo bo’lib, pardani yopish hech kimning xayoliga kelmabdi. Men bu marsiyani artist bo’lib emas, ona bo’lib aytdim o’sha paytda. Yurak bag’rim farzand dog’i bilan ezilib ketgandi. Xuddi shu kuni, spektakl boshlanay deb turgan paytda, teatr hovlisida edim. Notanish bir mo’ysafid kirib, «Lutfiga aytinglar, bolasi shifoxonada qazo qildi», degan xunuk xabarni aytib qoldi. Yuragim tilka-pora bo’lib ketgandi, o’shanda. Bu mudhish hodisani na rejissor Muzaffar Muhamedovga, na turmush o’rtog’im Muhammadjon Tojizodaga aytmay, sahnaga chiqib ketdim, chunki dublorim yo’q edi. Sahnada rolni ijro etdim emas, o’zimning shaxsiy dardlarimni tomoshabinlar bilan o’rtoqlashdim. Download 45.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling