Kurs ishi mavzu: O‘zbek tilida olmoshlarning leksik-grammatik xususiyatlari Ilmiy rahbar


II bob. Tilshunoslikda olmosh so’z turkumi va uning yasalishi


Download 0.75 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/18
Sana06.05.2023
Hajmi0.75 Mb.
#1436026
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
ZARIN kurs ishiiiiii

II bob. Tilshunoslikda olmosh so’z turkumi va uning yasalishi.  
 
2.1.Olmosh so’z turkumining yasalishi 


26 
Olmoshda shaxs, hurmat, miqdor, munosabat ma’nosining mujassamligi 
va ularning nutqda rang – barang usulda namoyon bo’lishi tilshunosligimizda 
aniqlangan. Masalan, kishilik olmoshidan [ men ] , [ biz ] – so’zlovchi, [ sen ], [ 
siz ] – tinglovchi, [ u ], [ ular ] – o’zga shaxsni bildiradi. Miqdor ma’nosining 
ifodalanishi jihatidan [ men ], [ sen ] – birlikni, [ biz ], [ sizlar ], [ senlar ], [ bizlar
] – ko’plikni, [ siz ], [ular ] – birlikni ham, ko’plikni ham betaraf ma’noni 
anglatadi. Hurmat ma’nosi II, III shaxs olmoshiga xos. Munosabat ma’nosi 
kishilik olmoshining kelishik qo’shimchasini olib o’zgarishida yuzaga chiqadi. 
Kishilik olmoshiga egalik ma’nosi ham xos. Ushbu olmosh qaratqich kelishigida 
egalik ma’nosini bildiradi: bizning universitet.
O’zbek tilida egalik ma’nosi kishilik olmoshiga [ - niki ] qo’shimchasini 
qo’shish bilan ham ifodalanadi: meniki, bizniki, seniki kabi. Yuqoridagi 
ma’nolarning ifodalanish tarzini boshqa LMG da ham kuzatish mumkin.
Olmoshlar boshqa so’z turkumlari singari affiksatsiya va kompozitsiya 
usulida yasaladi. Lekin judayam kam uchraydi.
Affiksatsiya usuli. Affiksatsiya usuli gumon olmoshida uchraydi. Bu usul 
bilan asosan olmoshdan olmosh yasaladi.
Yasash asosiga qo’shilib, olmosh hosil qiluvchi affiksning so’z yasash 
darajasi ham turlicha : [ -alla ], [ - dir ]. Bu affiksning har biri turli derivatsion qolip 
tarkibida olmosh yasaydi : [ - alla + so’roq olmoshi / narsa = 1 ) asosdan anglashilgan 
narsa / predmetning gumonligi ] qolipi hosilalari quyidagicha : [ allakim ], [ allanima 
], [allanarsa ], [ allaqayer ] kabi.
[ so’roq olmoshi + dir = 2) asosdan anglashilgan narsa / predmetning 
gumonligi ] qolipi quyidagi olmoshlarni beradi : [kimdir ], [ nimadir ], [ qayerdadir 
], [ qachondir ], [ qaysidir ] kabi.

Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling